Mavzu So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar



Download 146.58 Kb.
Sana29.01.2017
Hajmi146.58 Kb.
5-sinf. Ona tili.

Mavzu

So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar

Maqsad

Darsning ta`limiy maqsadi:

O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, so’roq gaplar haqida tushuncha berish.



Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O`quvchilarni maktablarini sevishga, uni ozoda tutishga, maktab jihozlarini asrab-avaylashga o’rgatish.



Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblikka undash.



Vazifalari

Vazifalari: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, kengaytirish;

Mavzuga oid berilgan savollarni o`quvchilar tomonidan guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



O`quv jarayonining mazmuni

Og`zaki va yozma nutqda mavzuga oid tayanch so’z va gaplarni nutq vaziyatiga mos holda qo`llash va yozish.

O`quv jarayoni amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: “Mozaika”, “Klaster” “Aqliy hujum”, «Rasmli rebus» usullari.

Vosita: 5-sinf Ona tili darsligi, texnologik vositalar, mavzuga oid ko`rsatmali va tarqatma materiallar.

Turi: Yangi bilim beruvchi.

Usul: Interfaol.

Nazorat: Og`zaki ,yozma nazorat, savol-javob.

Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishadi. O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o`rgatadi.

O`quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma`lumotga ega bo`ladi.

Kelgusi rejalar

O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o`z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O`quvchi: Mustaqil ishlashni o`rganadi. O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlaydi, ularni o`rganadi. Do`stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi.

Darsning blok-chizmasi



Tashkiliy qism

5 daqiqa

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

Yangi mavzuni tushuntirish

10 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

O`quvchilarni baholash

5 daqiqa

Uyga vazifa berish

5 daqiqa


DARSNING QOIDALARI:

  1. Qo`l ko`tarib javob berish.

  2. Faol qatnashish.

  3. Bir-birini eshitish.

  4. Intizomga rioya etish.


DARSNING BORISHI.

I .Tashkiliy qism.

O`qituvchi: Sinfga kirgach, o`quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomatni aniqlayman. O`quvchilarnidarsga tayyorgarligiga, jumladan, kitob, daftar ruchkalarining holatiga nigoh qarataman.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uy vazifasini tekshirish
O`qituvchi: - Assalomu alaykum, hurmatli o`quvchilar! Sizlarni ko`rganimdan xursandman. Tayyor bo`lsangiz, darsni boshlaymiz. Avvalo, uy vazifasini tekshirib chiqaylik. Sizlarga 86 -mashq vazifa qilib berilgan edi.

O`quvchilar yozib kelgan darak gaplarini birma-bir o’qib beradilar. Ularning ishlari tahlil qilinadi. So’ng ball qo‘yiladi.



O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, o’tgan darsda qanday mavzuni o’tgan edik?

  1. O`quvchi: Darak gap mavzusini o’tgan edik.

O`qituvchi: Xo’sh, Darak gap nimaga aytiladi? Unda tinish belgilar ishlatiladi?

  1. O`quvchi: Biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gap darak gap deyiladi. Darak gapning kesimi ko`pincha xabar mayldagi fe'l bilan ifodalanadi. Masalan: Kecha biz Navoiy muzeyiga bordik.




  1. O`quvchi: Yozuvda darak gapning oxiriga odatda nuqta qo`yiladi: Bugun ijodiy uchrashuv kechasi bo`ladi. Biz ham boramiz.

O`qituvchi: Rahmat, demak o’tilgan mavzuni yaxshi tushunibsizlar. Keling, hozir mana bu suratlarga qarab darak gaplar tuzaylik.

c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpgc:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

Suratlar asosida tuzilgan gaplar daftarlarga yozilib o’tilgan mavzi mustahkamlanadi.


III. Yangi mavzuni tushuntirish

O`qituvchi: Rahmat, endi bevosita “Klaster” asosida mavzuni davom ettiraylik:

c:\users\администратор\pictures\без имени-1.jpg

Yangi mavzuning nomi “So’roq gap”. Yozib olinglar.

So`zlovchiga noma'lum bo`lgan narsa, hodisa, voqea haqida so`roqni ifodalaydigan gap so`roq gap deyiladi. So`roq gapda so`zlovchi o`zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga undaydi: shu fikrni tasdiqlash yoki inkor etishni talab qiladi, masalan:



-Darsga borasanmi?

-Ha, boraman.

Yozuvda so`roq gapning oxiriga so`roq belgisi qo`yiladi: Kuzimizning go`zalligin, og`aynilar, ko`rganmisiz? (Q.M.)

Biror sabab bilan uzilib qolgan so`roq gapning oxiriga so`roq belgisi va undan keyin ketma-ket ikki nuqta qo`yiladi, masalan:

-Ishlarim yaxshi.



-Yaxshimi-a?..

Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadi: so`roq gap, odatda, so`zlovchiga noma'lum bo`lgan biror narsa haqida xabar bilish, shu to`g`rida ma'lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi. Masalan: Bu kitobni o`qiganmisan?

So`roq gaplar quyidagi yo`llar bilan hosil bo`ladi:

1. Gap tarkibida kim?, nima?, qanday?, qaysi?, qancha?, necha?, qayerda?, qachon?, nima uchun? kabi so`roq so`zlari bo`ladi: Sport musobaqasida kimlar g`olib chiqdi?

2. -mi, -chi, -a, -ya, -ku, nahotki kabi so`roq yuklamalari ishtiroki bilan: Sen ketayapsanmi? Dars-chi? Sen Sanobar opaning o`g`lisan-a?

3. Faqat so`roq ohangi yordami bilan:

- Soat besh bo`ldi,-dedi u.

- Besh bo`ldi?

Mavzuga doir 87, 89-mashqlar ishlanadi. Va birgalikda tekshiriladi. Mashqlar bajarilgach, diktant yozdiriladi.



Diktant. Bizning uyimiz

Bu ko`cha - bizning ko`chamiz. Biz shu ko`chadagi oltinchi uyda yashaymiz. Uyimiz ko`p qavatli. Biz to`rtinchi qavatda, o`ninchi xonadonda yashaymiz. Maktabimiz Sebzor ko`chasida joylashgan. Men maktabga troleybusda boraman. Sobir maktabga yaqin joyda yashaydi. U maktabga piyoda boradi.



Matn yuzasidan savollar:

Siz qayerda yashaysiz?

Maktabingiz qayerda joylashgan?

Maktabga qanday borasiz?

O`rtog`ingiz qayerda yashaydi?

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Blis-so’rov” metodi asosida so’rov tashkil etiladi.

Bu qanday gaplar?

Darak gap

Buyruq gap

Istak gap

So’roq gap

Hozir o’lkamizda qanday fasl?











+

Kattaga hurmatda – kichikka izzatda bo’l.




+







Qani endi havo isib ketsaydi.







+




O’lkamizda oltin kuz fasli kirib keldi.

+












odat

kichiklar
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzu bo’yicha “Charxpalak” metodi asosida guruhlar bir-birlariga gap yozadilar. Avvalo, beternib so’zlar beriladi guruhlarga. So’ng biri darak gap, 2-si uni so’roqqa aylantirishi kerak, 3-si uni buyruq gapga aylantirishi kerak. Masalan:


bermoq

yaxshi

yordam



  1. guruh: Kichiklarga yordam berish – yaxshi odat.

  2. guruh: Kichiklarga yordam berish yaxshi odatmi?

  3. guruh: Yaxshi odating - kichiklarga yordam berishingdir!

Mashq. Quyidagi so’roq gaplarga javob bering. Qanday gaplar hosil bo’ldi?

1. Yig‘ilishda kimlar qatnashdi? 2. Sizga ona tilidan kim dars o‘tadi? 3. Siz qanday musiqani yoqtirasiz? 4. U senga nimalar olib berdi? 5. Qodiriyning qaysi romanini bilasiz? 6. Siz qaysi futbol jamoasining muxlisisiz?



«Rasmli rebus» o’yini bilan o’tilgan mavzuga yakun yasaladi.Ya’ni o’quvchilarga rasmlar tarqatiladi:

  1. Doira, anor, rayhon, anjir, kapalak gilos, arava, piyoz.

  2. Surnay, o’rdak, ruchka, olma, qog’oz, gilam, arqon, pufak.

  3. Baliq, ukki, yo’lbars, uchqun, quduq, gazlama, anjir, paket.

Rasmlar nomining bosh harfidan mavzuning nomi «Darak gap, so’roq gap, buyruq gap» so’zlari kelib chiqishi kerak.

V. O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.

O’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar asosida baholanadi va izohlanadi.



VI. Uyga vazifa:

Quyidagi darslikdagi 94-mashq “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusida matn tuzib kelish.



X u l o s a

Xulosa qilib aytganda, men o`z oldimga maqsad qilib qo`ygan rejalarimni o`z joyida ishlatdim va o`quvchilarga suhbat, savol –javob, aqliy hujum, jadvalda yozish, klaster usullaridan foydalanib, yangi mavzuni yoritishga harakat qildim



Ushbu darsda o’quvchilar “So’roq gap” mavzusidagi gaplarni suhbat va turli topshiriqlarda qo’llashdi. Darak, so’roq va buyruq gaplarni farqlashni o’rganishdi. “Blis-sorov” usuli vositasida yangi mavzuni mustahkamlash, «Aqliy hujum» usuli vositasida tezkor fikr yuritish, xotirani mustahkamlash, «Charxpalak» usulida gaplarni to’g’ri tuzish, tezkorlik kabi ko’nikmalarni egallashda yordam berdi. Guruhlarda ishlash esa o’quvchilarda o’zaro fikr almashish, muomala qilish, birdamlik va hamjihatlik, guruh uchun ma’suliyatni his etish kabi munosabatlarni shakllantirishda yordam berdi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. I. A. Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”. 2008 yil.

  2. N.Mahmudov, A.Nurmanov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo`rayeva. Ona tili. 5 – sinf uchun darslik. 2 – nashri. 25 – 26 – sahifa.

  3. Hozirgi o`zbek adabiy tili. II Sintaksis. Toshkent 1966 y. O`z. SSR “Fan” nashryoti.

  4. A. Hojiyev. “Lingvistik terminlarning izohli lug`ati”.

  5. Ma`rifat. 2012 yil 21 – aprel 6 – sahifa.


Download 146.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat