Mavzu Sodda gap haqida ma’lumot



Download 147,19 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2020
Hajmi147,19 Kb.
#39250
  1   2
Bog'liq
Sodda gap mavzusida ochiq dars

Sodda gap

Mavzu

Sodda gap haqida ma’lumot

45

Maqsad va vazifalar


Maqsad:

ta’limiy: o’quvchilarga sodda gap va sodda gapning turlari haqida ma’lumot berish; matndagi sodda va qo’shma gaplarni yig’iq va yoyiq gaplarni, egali va egasiz gaplarni aniqlash va tahlil qilish malaka va ko’nikmalarini o’stirish;

tarbiyaviy: o’quvchilarda kamtarlik, ilm olishga intilish kabi xislatlarni tarbiyalash;

rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlash matndan gaplarni aniqlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish ;



Vazifalar:o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, kengaytirishga erishish;

-mavzuga oid berilgan savollarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.





Malaka talablari



Bilim: sodda gap va uning turlari haqida bilim hosil qilinadi.

Ko‘nikma: darslikdagi mashqlar va qo'shimcha topshiriqlar orqali sodda gaplarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmasi shakllantiriladi.

Malaka: turli audio, videomatnlar berish orqali mavjud bilim, ko‘nikmalarini notanish vaziyatlarda qo‘llay olish malakasi shakllantiriladi.



O‘quv jarayonining mazmuni

Sodda gaplar , yig’iq va yoyiq gaplar, egali va egasiz gaplar haqida ma’lumot berish;




O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi: yangi mavzu bilan tanishtirish darsi

Dars usuli: induktiv ta’lim (amaliyotdan nazariyaga qarab borish)

Metod: “Guruhlarda ishlash “

Vosita: multimedia vositalari (videoproektor, kompyuter)

Nazorat turi: savol-javob

Baholash: 5 balli tizim asosida




Dars jarayoni

Tashkiliy qism: salomlashish, darsga o‘quvchilarni psixologik tayyorlash, navbatchi hisoboti orqali davomatni aniqlash;

Uy vazifasi nazorati:

Mavzu ustida ishlash:

Mavzuni mustahkamlash:

Uyga vazifa :


5 daqiqa
15 daqiqa

10 daqiqa

13 daqiqa

2 daqiqa


Kutilayotgan natija

O‘qituvchi: mavzuni barcha o‘quvchilar imkon darajasida to‘liq o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Darsda im-kon qadar ko‘proq o‘quvchilarni baholaydi. O‘quvchilar tomonidan darsni mustaqil o‘rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.

O‘quvchi: sodda gaplar va uning turlari yuzasidan bilimlarini kengaytiradi. Mustaqil ijodiy ishlashga o‘rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ishida mavzuga oid ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi.



Darsning borishi:

-navbatchi hisoboti tinglanadi;

-psixologik iqlim yaratish.


-O ’quvchilar, kim qaysi rangni yoqtiradi?

O’quvchilar quyidagi rangdagi shakllar orqali guruhlarga ajraladi .Psixologik iqlim yaratiladi.



Pushti rangdagilar – 1-guruh;

yashil rangdagilar- 2- guruh;

moviy rangdagilar- 3- guruh





O’quvchilar guruhlarga ajralishadi. Har bir guruh o’xshash jihatlari bilan o’zlariga nom tanlaydilar .

1-guruh : Iste’dod

2- guruh: Ijodkor

3- guruh: Mehnatkash

Dars “Zinama zina” metodi asosida tashkil qilinadi . Bu metodda har bir zinaga chiqish uchun turli ta’limiy –didaktik zinalarni bosib o’tishlari kerak bo’ladi. O’qituvchi darsning har bir bosqichida eng yuqori zinaga yetaklovchi ta’limiy usullardan birini ( galma- gal) qo’llaydi va g’olib o’quvchilarni ballar bilan baholab boradi.Bu metod orqali guruhlarda va individual ishlashga erishiladi. Dars oxirigacha har bir o’quvchi ishtiroki uchun ball to’playdi. Dars oxirida to’plagan ballari asosida har bir o’quvchi baholanadi.

Darsning o’tilgan mavzuni mustahkamlash qismida “Lahzada javob” usulidan foydalanadi . Bu usulda har bir guruh vakili uchun bittadan savol beriladi. Savolga javob bergan o’quvchiga 1 ball beriladi, 1- zinaga chiqiladi.


1. Bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlik nima?. ( gap)

2 .So‘z birikmasi nimani ifodalaydi ? tushuncha,

 3 Gap nimani ifodalaydi? Fikr

4. katta bino – bino katta. Gapni toping Bino katta

5. Gap uchun muhim belgi nima ? Ohang

6. Yozma nutqda ohangga qarab qanday tinish belgi qo’yiladi? Nuqta, so’roq, undov

7. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari ? darak, so’roq, buyruq, istak

8. Nuqta belgisi qaysi gaplar oxiriga qo’yiladi. Darak, buyruq, istak

9. Gapnng his- hayajonning ishtirokiga ko’ra turlari ? 2 turga

10. his- hayajon gaplar yana qanday nomlanadi? Undov gap

11. Undov gap qanday hissiyotlarni ifodalaydi? Quvonch, afsus, shodlik, tantana, qo’rquv, qayg’u

12. Gapning tuzilishiga ko’ra turlari ? 2 : sodda va qo’shma

13. Sodda gap deb nimaga aytiladi? Bir grammatik asosdan iborat bo’lib, ma’lum bir fikrni

ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.

14. Qo’shma gap deb nimaga aytiladi? Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib,

murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo‘shma gap deyiladi

15. Qimirlagan qir oshar. Bu tuzilishiga ko’ra turini ayting. ( sodda gap)

Bu usulda har bir to’g’ri javob uchun 1 ball beriladi. Ballar jamlqanib , g’olib guruh aniqlanadi.

Sinkveyn “usuli qo’llanadi. Bu usulda har bir guruhga bittadan so’z beriladi. Guruhdan 1 nafar o’quvchi doskada bajaradi 2- zinaga chiqiladi.

1.__________________________(tushuncha )

2. _________________________________( belgisi)

3. ___________________________________________( harakati)

4. ______________________________________________________(gap)

5. ______________________________________________( ma’nodoshi)



Bayram, kitob , dars so’zlariga guruhlar sinkveyn tuzadilar . Bu usulda o’quvchilarning savodxonligi oshiriladi, o’tilgan mavzular bilan bog’liqlik yuzaga keladi.

  1. Milliy, zo’r, katta

  1. Qilinadi, nishonlanadi, o’tkaziladi

3Yurtimizda har yili milliy bayramlar nishonlanadi.

4.Shodiyona, tantana, to’y, xursandchilik



Yangi mavzuni mustahkamlash. O’qituvchi yangi mavzuni slaydlar, ko’rgazmalar orqali tushuntirib beradi
Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bo‘lgan bitta kesim bo‘ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo‘shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo‘ladi.


Grammatik asoslarning miqdoriga ko‘ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo‘shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo‘linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo‘qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. (A.Q.) — Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. (0.)



Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

Egali gaplar

Biz yangi filmni tomosha qildik



Ega ishtirok

etmagan gap

Yangi filmni tomosha qildik





Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko‘ra: 



Sodda yig’iq gaplar
Shaxnoza o’qidi

Sodda yoyiq gaplar
Shaxnoza kitobni o’qidi.

Darslikdagi 110- mashq va 111- mashqlar “Soddadan murakkabga ” usulida bajariladi. Mashqlar sharti har bir tarqatmada 5 o’quvchiga mo’ljallangan topshiriq sifatida berilgan. 1) yig’iq gapni yoyiq gapga aylantirish; 2) egali gapni egasiz (berilgan fe’l bilan) gapni yozish; 3) sodda gapni qo’shma gapga aylantirish; yuqoridagi gaplarning ega va kesimini aniqlash; 5) har bir gapning turini aniqlash. Bajargan guruh 3- zinaga chiqadi. Bu usulda o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va yozma savodxonlikka xos bilim va malaka ko’nikmalari o’stiriladi.

1-guruhga
1.Men a’zoman __________________________________

2. Biz yangi binolar quramiz ( qurildi).___________________________________

3. Biz uyga qaytgach, birga dars tayyorladik _______________________

________________________________________________________

4. Ega va kesimni aniqlang_____________________________________

5. Gaplarning turini ayting.





1. Xonanda aytdi._____________________________________________________

2.Uzoqdan bir shu’la ko’rindi._( ko’rildi)__________________________________

3. Shamol turgach, hammayoqni to’zon qopladi. ____________________________
4. Ega va kesimni aniqlang_____________________________________

5. Gaplarning turini ayting


2-guruhga

3-guruhga
1.Aziz keldi. _________________________________________________________

2. U dadasini ko’rgani bordi. ( boriladi)_____________________________________

3. Men sinfga kirgach, Shaxnozani ko’rdim. ________________________________

___________________________________________________________________

4. Ega va kesimni aniqlang_____________________________________

5. Gaplarning turini ayting



Javobi nazorat qilinadi .

1.Men a’zoman Men Yoshlar Ittifoqi uyushmasiga a’zoman

2. Biz yangi binolar quramiz ( qurildi). Shahrimizda yangi binolar qurildi.

3. Biz uyga qaytgach, birga dars tayyorladik. Biz uyga qaytdik va birga dars tayyorladik

4. Ega va kesimni aniqlang Men , biz – egalar; a’zoman, quramiz , qurildi,

tayyorladik, qaytdik va tayyorladik -kesimlar

5. Gaplarning turini ayting. 1- gapda sodda yig’iq va yoyiq gap; 2- gapda egali va



egasiz gap , 3-gapda sodda va qo’shma gap
Mavzuni mustahkamlash uchun qo’shimcha topshiriqlar ham beriladi .

Bu kim?” deb nomlangan bu usulda matn beriladi Matnda nuqtalar o’rniga mazmuniga mos so’zlarni qo’yishlari va bu yozuvchining kimligini topishlari zarur. Bu usulni bajargan guruh 4- zinaga chiqadi.Ushbu interfaol usulda o’quvchilarning xotirasi sinaladi va so’zlarni qo’llay olish mahorati namoyish etiladi . O’qituvchi adabiyot fani bilan bog’lab, o’zbek yozuvchilari va shoirlarining asarlarini o’qishga, kitobxonlikka undaydi. O’quvchilarga aynan shu adiblarning rasmlari va kitoblari ko’rgazma sifatida ko’rsatiladi.



Bu shoir va yozuvchilar aynan dekabr oyida tavalludlari eslatilib o’tiladi.

1-guruh 2-guruh
O’zbekiston xalq shoiri … ….. 1918-yil 24-dekabrda Janubiy Qozog’istonning Chimkent viloyatiga qarashli Turbat …..da …….. Adib Shekspirning “Qiyiq …………. quyilishi”komediyasini o’zbek tiliga ….. Dastlabki asari “Yetti ……qissasi” Asar …….Toshtemir .”Do’ppi ….”, “Sartarosh …..”kabi she’rlarni ………

O’zbek adabiyoti ijodkorlaridan biri……. 1946-yil 27- dekabrda Toshkentda ……..Taniqli o’zbek adibi Mirzakalon …….yozuvchining tog’asidir.Adib fantastik va sarguzasht yo’nalishda …. ”Alvido……’, “Murdalar ………”, “Odamiylik …….”kabi asarlari bor. “Shaytanat” asari …… qismdan iborat

O’zbek adabiyoti ijodkorlaridan biri……. 1946-yil 27- dekabrda Toshkentda ……..Taniqli o’zbek adibi Mirzakalon …….yozuvchining tog’asidir.Adib fantastik va sarguzasht yo’nalishda …. ”Alvido……’, “Murdalar ………”, “Odamiylik …….”kabi asarlari bor. “Shaytanat” asari …… kitobdan iborat


Download 147,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish