Mavzu: Sigirquyruqnamolar —



Download 5,88 Mb.
bet1/8
Sana21.06.2022
Hajmi5,88 Mb.
#689625
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sigirquyruqnomalar qabilasi (1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

Namangan Davlat Universiteti
Biotexnologiya fakulteti biologiya yo’nalishi
K.BIO.BU-21-guruh talabasi Nurillayev Nuriddinning
Botanikadan


KURS ISHI


Mavzu: Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi


Bajardi:

Tekshirdi:

Namangan 2022







Reja
Kirish
I-Bob Adabiyotlar sharxi
II-Bob Asosiy qism
2.1 Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi haqida umumiy tushuncha.
2.2 Sigrquyruqdoshlar oilasiga tavsif.
2.3 Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasiga kiruvchi o’simliklar turkim turlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi kiruvchi o`simliklarni ximoya qilish, muhofaza qilish va turlar sonini o`rganish hozirgi kunda dolzarb muammodir. Sababi yashash muhitining yomonlashuvi, ekologiyaning buzilishi va inson antropalogiyasi. O'simliklar dunyosi vakillari tabiatda juda keng tarqalgan: ulami quruqlikda, chuchuk va sho'r suvlarda, hatto Arktika va Antarktida muzliklarida ham uchratish mumkin. O'simliklar Yer yuzasida keng tarqalishidan tashqari juda xilma-xildir. Bularni bir-biridan ajratish va turli maqsadlarda foydalanish uchun ulami har tomonlama o rganish zarur. Yer sharida tarqalgan o'simliklarni o'rganish bilan botanika fani shug'ullanadi. Hozirda o'simliklarning ichki va tashqi tuzilishi, o'sishi, rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muxit bilan o'zaro munosabatlari, Yer sharidagi o'simliklar qoplamining tarqalishi va taqsimlanish qonuniyatlari, o'simliklar olamining kelib chiqishi, o'simliklarning tasnifi, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo'lgan qimmatli o'simlik turlarining tabiiy zahiralari va ulardan oqilona foydalanish yo'llarini, yem-xashak, dorivor, mevali, sabzavot, texnik va boshqa turlarni madaniylashtirishning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish tabiatni va o'simliklar resurslarini muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratish botanikaning oldida turgan vazifalardir.
Bunda eng muhimi inson uchun ozuqa hisoblangan o'simliklardir. Ularga Jung‘or sigirquyrug‘i kabi qimmatli o'simliklar kiradi. Sabzavot o'simliklari, rezavor mevali, yong'oq meva, boshoqli, dukkakli, madaniy o'simliklar ham katta ahamiyatga ega O'simliklarning ikkinchi guruhini sanoatda foydalaniladigan turlar tashkil etadi. Ular moy beruvchi, efir moyli, tola beruvchi, oshlovchi, bo'yoq beruvchi o'simliklardir. Uchinchi guruhga dorivor o'simliklar kiritilib, ular kishilami turli kasalliklardan davolashda ishlatiladi. Qishloq xo'jaligida yem-xashak hisoblangan o'simliklar to'rtinchi guruh sifatida ahamiyatga ega. Beshinchi guruhm bakteriya va zamburug'lar tashkil etib bijg'ish jarayonlarida va tuproq unumdorligini oshirishda katta rol o'ynaydi. Insonning xo'jalik faoliyatida o'simliklardan hosil bo'lgan mahsulotlar toshko'mir, yonuvchi slanetslar, torf va neft kabilar muhim ahamiyatga ega.
Tirik tabiatning muhim tarkibiy qismi bo'lgan o'simliklar biologik moddalami normal aylanishini ta'minlaydi, atmosferani kislorod bilan boyitadi, organik moddalami to'playdi. Bu esa o'z navbatida inson va hayvonlar uchun ozuqadir. O'simliklar mikro iqlimga ham ta'sir etadi, issiqlik balansini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Havoning nisbiy namligini oshiradi va joyning suv va shamol rejimlariga ta'sir etadi. Barcha o'simlik turlari ilmiy-amaliy maqsadlar uchun bitmas-tuganmas boylik hisoblanadi. Shuning uchun ham noyob va yo'qolib borayotgan o'simlik turlarini muhofaza qilish muhimdir. O'zbekistonda 1998 yillarda chop etilgan Qizil kitobga 301 ta o'simlik turlari kiritildi.
Sigirquyruqnamo o`simliklar o`zlarining tuzilishi va tarqalishi bo`yicha nafaqat o`simiklar dunyosida, balki butun organik olamdagi eng katta gurux hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 300 turkumga mansub 5000 tur tashkil etadi. Bular shakli va xajmi bo`yicha ham eng yirik organizmlar hisoblanib, ular orasida 1sm. dan (suvda o`suvchi Lemna) 150 metr balandlikdagi (Avstraliyada o`suvchi evkalipt) o`lkan daraxtlar mavjud. Gulli o`simliklar yoshi, kelib chiqishi bo`yicha eng yosh Mezozoy erasining bo`r davridan boshlab rivojlangan o`simliklar hisoblanadi. Hozirda ular Yer yuzi bo`ylab tarqalishi va tuzilishi bo`yicha eng murakkab va xilma–xil moslashuvga ega bo`lgan o`simliklar hisoblanadi. Ular dunyoning hamma qit`alarida ekvatorning issiq tropik o`rmonlaridan tortib, Shimoliy Arktika muzliklarigacha tarqalgan. ekologik nuqtai-nazardan ham ular turli xil sharoitlarda (muhitda) o`sishga mosshlashgan: issiq jazirama cho`ldan eng baland tog` cho`qqilarigacha, chuchuk va sho`r suv xavzalaridan (ko`l, soy, daryo, dengiz, okean) boshlab ohakli, gipsli, toshli va boshqa jinslardan iborat bo`lgan joylarda tarqalgan. Gulli o`simliklarning bu darajada turlar sonining ko`p bo`lishi, shaklan xilma-xiligi, geografik va ekologik diapazonining kengligi ularning murakkab tuzilganligiga va qator o`ziga xos belgilarga ega ekanligiga olib kelgan. Gulli (yopik urug`li) o`simliklar boshka o`simliklarga nisbatan tashki sharoitga yaxshirok moslashgan, chunki ularda reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo`lib, urug` ko`rtaklari mevachi barglar bilan koplangan. Yopik urug`li o`simliklar urug`i tashki tomonidan meva bilan uralib turganligi uchun noko`lay sharoitdan (kurib kolishdan, xarorat ta`siridan va xayvonlardan) ximoya kilinadi. Eng qadimgi gulli o`simliklar xasharotlar va shamol vositasi bilan changlangan. Gulli o`simliklar hayotida tuguncha ham katta rol o`ynaydi. Tuguncha bu mevachi barglarning ko`shilib o`sishi natijasida vujudga kelib, undan meva xosi bo`ladi. Gulli o`simliklar o`ziga kerakli ozukani vegetativ organlardan kabul kiladi. Yopik urug`li o`simliklarda gametofit juda kiskarib ketgan, anteridiylar yo`kolib ketib, spermalar vujudga kelgan. Yopik urug`li o`simliklar uchun xos yana bir muhim belgi shundan iboratki, ularda ko`sh urug`lanish mavjud. ko`sh urug`lanish natijasida deyarli bir vaktda yani murtak (embrionO bilan endosperm vujudga keladi.
Mavzuning maqsadi: Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi kiruvchi turlar va navlar haqida ma’luotlar to`plash va ularni o`rganish.
Ishning vazifasi: Ushbu kurs ishini bajarishda quidagilarni o`z oldimizga vazifa qilib oldik.

  1. Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi turlari va navlari biologiyasini o`rganish;

  2. Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi turlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini o`rganish;

  3. Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi turlari va navlarining bugungi kundagi ahamiyatini yoritib berish;



I-Bob ADABIYOTLAR SHARXI
Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi ajdodlarining kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud.
Monofilitik yo‘l bilai gulli o‘simliklar bitga qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi (Akad. Taxtadjyan).Polifilitik yo‘l bilan esa Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi bitta o‘simlikdan emas balki, bir nechta qadimiy ajdodlardan kelib chiqqan.
Ingilz botanigi R. Melvilla fikricha. Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi dastlabki vakillari devon davrida riniofitlardan kelib chiqqan. Bu jarayon urug‘li paporotyaiklargacha permning oxiri va triasning boshlarigacha davom etgan. Unga gondvan hududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashhur rus botanigi A J T. Taxtadjyan dastlabki gulli o‘simliklar Janubiy-SHarqiy Osiyoda paydo bo‘lgan deb qaraydi, chunki eng qadimiy oddiy tuzilishga ega bo‘lgan gupli o‘simliklar shu regionda uchrayxy. Amerikalik olim Dj.Stebbins fikricha, dastpabki gulli o‘simliklar quruq hududlarda tez o‘sishta moslagagan ikki urug‘pallalilarni o‘z ichiga olgan, bir urug‘pallalyutar esa suv havzalarida va soy bo‘ylarida o‘sgan. Gulpi o‘simliklar ko‘pchilik olimlarniig fikriga qaraganda eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan bugasimon ochiq urugli o‘simliklardan kelib chiqqan.
Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi kelib chiqishi to‘g‘risida asosan 3 ta nazariya mavjud.
Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari R. Vetgshteyn va A. Karstenlarning (1900) fikricha, eng qadimiy sodda tuzilishga ega bo‘lgan o‘simliklarning gullari bir jinsli, gul qo‘rg‘oni oddiy yoki gul qo‘rg‘onsiz bo‘lgan. Ular shamol vositasnda changlangan. Bunday o‘simliklarga misolqilib, qizilcha (efedra) va kazuarinlarni keltirishadi.
Ikxinchi strobilyar nazariya. U 1905 yilda yaratilgan. Ochiq urug‘lilarning vakili bennettitaarning qoldiqlari topilgandan keyin bu nazariya paydo bo‘lgan. Unga ko‘ra bennetgitlarning strobillaridan gul paydo bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Bu nazariyasi bo‘yicha, strobillardan qoskl bo‘lgan gul ikki jinsli, gulqurg‘onli bo‘lib, hasharotlar vosigasida changlangak. Unga misol qilib, magnoliyalar olingan. Nemis botanigi X. Gallir (1912), ingliz olimlari, A. Arber, D. Parkinlar (1905) strobillar yoki chingul nazariyasining asoschilari hisoblanadi.
Telom nazariyasining asoschisi nemis olimi Vssimmerman (1959) eng qadimgi Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi ajdodlari psilofitlarning telomidan kelib chiqqan deydi.
Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yo‘q. Shu bois, Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi qachon va qaerda paydo bo‘lgan va eng qadimiy gushti o‘simliklarning dastaabki vakillari qaysi o‘simliklar degan savollar paydo bo‘ladi. Ilmiy manbalarda ta’kialanishicha gulli o‘simliklar bo‘r davrida paydo bo‘lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi bir qator dalillar mavjud. Demak, Sigirquyruqnamolar — Scrophulariales qabilasi dastlabki vakillari taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo‘lgan Ayrim olimlar gulli o‘simliklar mezozoy erasining trias davrida, poleozoy erasining perm davrida paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar.
O‘z davrining ko‘zga ko‘ringan olimi, botanik A. Krishtofovich gulli o‘simliklar qo‘qqisdan paydo bo‘lib, mezozoy florasini tez sur’atlar bilan egallaganligi to‘g‘risida fikr yuritadi.Gulli o‘simliklarning bu qadar taraqqiy etishi va er yuzini tez sur’atlar bilan egallashining sababi nima? Bu savolning javobini M. Golenkin va A. Taxtadjyan ishlaridan topish mumkin.M. Golenkinning «Yashash uchun kurash g‘oliblari» (1959) deb nomlangan ilmiy asarida, gulli o‘simliklar tarixiy taraqqiyot davrida yashash uchun kurash jarayonida g‘olib chiqishida ularning vegetativ organlari muxim rolь o‘ynagan, xususan organlarning quruq muhitga, kuchli quyosh nuriga moslashganligidir, deb fikr yuritadi. Uning fikricha, bo‘r davrining o‘rtalariga qadar yer sharining iqlimi nam bo‘lib, Quyosh nuri bevosita erga tushmagan, uning bir qismini atmosferadagi bug‘ qatlami ushlab qolgan va bunday ob-havo sharoiti namsevar paporotniksimon va ochiq urug‘li o‘simliklar uchun qulay bo‘lgan. Paporotniksimonlar Quyosh nuri tik tushmaydigan nam iqlim sharoitiga moslashgan. Bo‘r davriga kelib, iqlim sharoitining keskin o‘zgarishi paporotnik va ochiq urug‘lilarning keskin kamayishi va uning o‘rniga muhit sharoitlariga moslashgan gulli o‘simliklarning tez sur’atlar bilan rivoj topishiga va tarqalishiga sabab bo‘lgan. Paporotnik va ochiq urug‘lilardan faqat bir qismi, ignabarglilar bizga qadar etib kelgan. Ular quruq muhit va tik tushadigan Quyosh nuriga moslashgan bo‘lib, hozirgi paytda ham shimoliy yarim sharlarda katta maydonlarda o‘rmonlar hosil qiladi.Golenkinning ta’biricha, gulli o‘simliklar uchun mos iqlim sharoitlarida dastlab Yer yuzida juda kam tarqalgan sut emizuvchilar, qushlar, hasharotlar uchun ham juda qulay bo‘lgan va ularning gulli o‘simliklar bilan parallel tez sur’atlar bilan ko‘payishiga imkon yaratilgan.Ma’lumki mazkur hayvonlar gulli o‘simliklarning changlanishi va tarqalishida muhim rol o‘ynaydi.Yer yuzida iqlim sharoitlarining keskin o‘zgarishini Golenkin bizga ma’lum bo‘lmagan qandaydir kosmik sabablar bilan bog‘laydi. Yer tarixini ikkiga ya’ni, gulli o‘simliklar paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan davr qadimiy davr va gulli o‘simliklar paydo bo‘lgandan keyingi davr hozirga qadar davom etayotgan yangi davrga bo‘ladi. Bu ikki davr oralig‘ida g‘ayri tabiiy, er shari qonuniyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan va o‘simliklar olamining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lgan falokatli fojia ro‘y beradi. Taxtadjyan gulli o‘simliklarning tez tarqalishi sabablari hakida boshqacha fikrda. U tog‘ paydo bo‘lish jarayoniga alohida e’tibor beradi. Yura davri va bo‘r davrining boshlarida intensiv ravishda tog‘larning paydo bo‘lishi, materiklar va okeanlar chegaralarining o‘zgarishi, shimoliy yarim sharlar iqlimining o‘zgarishi va quruqlasha borishiga ta’sir qiladi. Shunga ko‘ra yorug‘lik miqdori ham o‘zgara boradi. Boshqacha qilib aytganda, yer yuzida mavjud bug‘ qatlamini siyraklasha borishi natijasida, quyosh nuri erga tusha boshlaydi, yorug‘lik intensivligi kuchaya boradi, tabiatda sodir bo‘lgan bunday o‘zgarishni tan olar ekanmiz, er sharida iqlim sharoitlarini qandaydir kosmik o‘zgarishlarga bog‘lashimizning hojati yo‘q albatta.A.Taxtadjyan gulli o‘simliklarning yuksak darajadagi morfologik va ekologik o‘zgaruvchanligini alohida ta’kidlaydi. U gulli o‘simliklarda mavjud, ularni suv bilan ta’minlaydigan differensiyalashgan ksilema va fotosintez jarayonini o‘tishida muhim rol o‘ynaydigan barg tuzilishiga alohida e’tibor beradi. Gulli o‘simliklarning yuksak darajadagi muhit sharoitlari bilan bog‘liq holdagi o‘zgaruvchanlik qobiliyati ularning turlituman muhit sharoitlarida baland tog‘lardan past tekisliklarga cho‘lubiyobonlardan botqoqliklarga tarqalishiga yordam bergan. A. Taxtadjyan fikricha, gulli o‘simliklarning turli- tuman muhit sharoitlariga moslashish qobiliyati, ularning yashash uchun kurashida g‘olib chiqishi va o‘simliklar olamida hukmronlik rolini egallashida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Gulli o‘simliklarning hukmron bo‘lishiga boshqa omillarning ham o‘ziga xos ahamiyati bo‘lgan. Bu faktlarni faqat gulli o‘simliklar uchun xos changlanish va urg‘ochi gametofitning yuksak darajadagi taraqqiyoti xisoblanadi. Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning talablari bilan bog'liq holda rivojlangan. Shuning uchun o'simliklarni o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar faqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o'simliklardan eramizdan awalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoya katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, kcyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan.XVIII asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf ctilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi.XVII asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shvcd tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi.XX asrga kclib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, fiziologiya, gcobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va boshqalar kiradi. O'rta Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning talablari bilan bog'liq holda rivojlangan. Shuning uchun o'simliklarni o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar faqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o'simliklardan eramizdan awalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoya katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, kcyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan.
XVIII asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf ctilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi.
XVII asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shvcd tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi.
XX asrga kclib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, fiziologiya, gcobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va boshqalar kiradi.
O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb" nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan.
Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan rus olimi B.A. Fedchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro'yxati" deb nomlangan ko'p qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan.
O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda tarqalgan o'simliklarni ilmiy asosda har tomonlama o'rganish o'tgan asrning 20-yillaridan boshlangan.
1920-yillarda O'rta Osiyo Davlat univcrsitcti (hozirgi O'zbckiston Milliy universitcti) va 1940-yillarda O'zbckiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbckiston botaniklarining O'rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ckspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar kolleksiyasi) to'plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazi—O'zR FA „Botanika IIChM) „O'zbckiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda 1 million 400 mingdan ko'proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o'simlik nusxalari saqlanadi. Mana shu o'simlik nusxalarini o'rganish va tabiatda olib borilgan kuzatishlar asosida 1941 — 1962- yillarda 6 tomli „O'zbckiston florasi" kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963—1993- yillarda O'zbckiston botaniklari tomonidan 10 tomli „O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi" yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlandi.
Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining o'simliklari" (2 tomli), akad. Y.P.Korovin „O'rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. I.I.Granitov „G'arbiy-Janubiy Qizilqum o'simliklari qoplami" (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg'ona vodiysi o'simliklari" (2 tomli) nomli asarlari bilan O'rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.
Mashhur botanik olim P.A.Baranov (1882—1962) O'zbekistonda o'simliklar anatomiyasi va cmbriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909—1999) csa o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar.
Akad. A.M.Muzaffarov (1909—1997) O'zbckiston tuban o'simliklarini o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi.
Akad. F.N.Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida chct cllardan olib kclingan o'simliklarni o'rganish bo'yicha juda kalta ishlar qilinmoqda.
„Botanika" IIChM xodimlari tomonidan botanika ianining turli sohalari bo'yicha ko'plab monografiya va to'plamlar yaratildi. Bular orasida 4 tomli „O'zbckiston o'simliklari qoplami va ulardan oqilona foydalanish", „O'zbckiston paleobotanikasi", O'zbckiston Rcspub- likasining „Qizil kitob"i kabi yirik asarlar bor.O`simlik va muhit orasida murakkab aloqadorlik mavjud. O`simliklar tabiatdagi modda almashinuvi jarayonida muhim ro`l o`ynaydi. Yashil o`simliklar planetamizdagi hayotning asosiy manbaidir. Quyoshdan keladigan yorug`lik energiyasi yashil o`simliklar tomonidan o`zlashtirib, ularning hujayrasida ximiyaviy energiya, uning yordamida esa o`simlikka atrof-muhitdan keladigan noorganik moddalar organic moddalarga, ya`ni oqsil, yog`, uglevod, vitamin, organik kislotalar va boshqalarga aylantiriladi. Bu hosil bo`lgan moddalardan o`simliklarning o`zidan tashqari hayvonlar, odamlar va yashil bo`lmagan o`simliklar foydalanadi.




II-Bob Asosiy qism

Download 5,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish