Mavzu: Rivojlangan xorijiy davlatlar xamda O’zbekistondagi maktabgacha ta’lim tizimini taqqoslash: yutuq va kamchiliklari



Download 389,12 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi389,12 Kb.
#102414
Bog'liq
1 mavzu


Mavzu:Rivojlangan xorijiy davlatlar xamda O’zbekistondagi maktabgacha ta’lim tizimini taqqoslash: yutuq va kamchiliklari.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo’lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o’zgarishlarni insonning o’zini o’zgartirmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o’z-o’zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimini, ta‘lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o’qitish usullari va metodlari ma‘nan eskirib, ta‘limning ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.Quyida bazi rivojlangan davlatlarning maktabgacha ta’lim tizimini ko’rib chiqamiz.

Vengriyada bolalar bog’chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). Bog’chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov mashg’ulotlariga jalb etiladi. Bog’chalardagi mashg’ulotlar aholining ish rejimiga bog’liq holda tashkil etiladi. Ruminiyada esa bolalar bog’chalari (3-6 yosh 60 %) da ta‘lim boshlang’ich ta‘lim mazmuni bilan yaqindan bog’langan. CHexoslavakiyada 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar 1 yillik (3-5 yosh, 80 %), tayyorlov guruhlariga qatnashadilar. Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta‘lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bog’chalarni mablag’ bilan ta‘minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar xususiy shaxslar doimiy muassasalar zimmasidadir. Frantsuz maktablari boshlang’ich sinflari ertalab o’qish, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Frantsiya tizimida bolalarni go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:



Kichik guruh: 2-4 yosh.

O’rta guruh: 4-5 yosh.

Katta guruh: 5-6 yosh.

Maktabga tayyorlov guruhi 5-6 yosh bo’lib, ularga Frantsiyada 100 % shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun dastur va darsliklar mavjud.



Amerika Qo’shma Shtatlarida maktab hayoti oddiy maktablar ya‘ni boshlang’ich bilimlarni beradigan dargohlardan boshlanadi. O’quvchilarga boshlang’ich maktabda barcha darslardan faqat birgina o’qituvchi bilim beradi. Boshlang’ich maktablarda umumiy fanlar: o’qish, adabiyot, yozish, musiqa, matematika, tarix, geografiya va boshqa fanlar haqida nazariy ma‘lumotlar aniq reja asosida olib boriladi. Boshlang’ich sinflar 3 guruhga ajratilib, sinflar A,V,S tarzida nomlanadi. Bolalar uchun haqiqiy ta‘lim- tarbiya jarayoni 5yoshga to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana shu yoshda ular “Kinder garden” deb ataluvchi tayyorlov bog’chalariga jalb qilinadi. Bu tayyorlov bog’chalari xukumat tasarrufida bo’lib, bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil qilinadi. Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’laqonli bilim, ta‘lim berish, ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo’lib shakllanishini ta‘minlashdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasida ham maktabgacha ta’lim tizimi jadallik bilan rivojlanib bormoqda ayniqsa Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “2017-2021-YILLARDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA” gi qarorlaridan keyin bu soxada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.



Download 389,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish