Mavzu: Qadimgi Xorazmning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasida tutgan o’rni. Reja



Download 51,61 Kb.
Sana16.11.2019
Hajmi51,61 Kb.
#26167
Bog'liq
Sharipov Avaz

MAVZU: Qadimgi Xorazmning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasida tutgan o’rni.
Reja:
1.Mavzuning o’rganilganlik darajasi

2. Qadimgi Xorazmning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasida tutgan o’rni

3.Xulosa

4.Foydalanilgan adabiyotlar


Dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan bo'lgan va o'zbek davlatchiligining dastlabki tamal toshlari qo'yilgan qadimgi Xorazm tarixi juda katta va murakkab ilmiy muammo sifatida ko'plab olimlarning e'tiborini jalb qilib kelgan. Bu narsani biz uzoq o'tmish sadosi sifatida iz qoldirgan “Katta Xorazm” davlati tarixini o'rganish misolida ko'rishimiz mumkin.

Amudaryo va Orololdi hududida yashayotgan xorazmliklar tarixi uzoq o’tmishga — IV ming yillikdan boshlangan va yangi tosh davr deb nomlangan neolitga borib taqaladi. Voha tarixining bilimdoni akademik S.P.Tolstovning ma’lumotlariga qaraganda qadimgi ajdodlarimiz Kaltaminor, Tozabog’yop, Suvyorgan, Amirobod kabi ulkan madaniyatlarni yaratganlar va uzoq o’tmishdan yodgorlik sifatida qoldirganlar. Bu noyob madaniy meros va uni o’rganishga juda ko’plab olimlar o’z hissasini qo’shganlar.

Mazkur davlat birlashmasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar grek va fors yozma manbalarida uchraydi. Mil. old. VII–VI asrlarda Quyi Amudaryo, Zarafshon va Tajan daryosi havzalarida yashayotgan qabilalar “xorasmiylar” nomli xalq atrofiga birlashishgan va konfederatsiya (uyushma) shaklidagi dastlabki davlatlardan birini tashkil etishgan. Harbiy demokratiya printsiplariga asoslangan bu davlat aholisi uzoq yillar davomida Assiriya, Midiya va Eron ahmoniylari hurujlariga qarshi kurasha olgan.

“Katta Xorazm” konfederatsiyasida yetakchi bo’lgan “xorazmiylar” haqidagi ma’lumotlar Kichik Osiyolik tarixchi Gekatey Miletskiyning “Er tasviri” asarida uchraydi. Bu xalq Eron davlati hududidagi parfiylardan sharqdagi yerlarda yashagan va ularning “Xorasmiya” nomli shahri bo’lgan ekan.

“Tarix otasi” deb tan olingan va 9 qismdan iborat “Tarix” nomli asar yozgan Gerodot (480-425) ahmoniylar davlatining XVI satrapiyasiga (viloyati) kirgan xalqlar orasida parfiyaliklar, so’g’dlar, ariylar bilan birga xorazmiylar ham borligini ko’rsatadi . Bu xalqning nomi Doro I tomonidan mil. old. 517-515 yillarda Behistun qoya toshiga tushirilgan yozuvlarda ham qayd qilingan.

Buyuk Gerodot xorazmiylar yerlarini suv bilan ta’minlaydigan yirik daryo haqida ma’lumotlar qoldirgan. “Atrofi tog’lar bilan o’ralgan vodiydan Akes daryosi oqib o’tadi — deb yozadi u. — Bu vodiy qachonlardir xorazmliklar qo’lida bo’lgan, u parfiylar, saranglar, famoniylar chegarasida bo’lib, ularning yerlarini sug’organ. Hokimiyatga forslar kelgach, bu vodiy podsho qo’liga o’tgan” . Qadimgi Akes daryosining hozirgi nomi haqida olimlar orasida yagona bir fikr yo’q. Ularning ayrimlari bu daryoni Tajan, Gerirud, yana boshqa birlari esa — Amudaryoning nomi bilan bog’laydi.

“Katta Xorazm” muammosini o’rganish bir necha davrlarga bo’linadi. Uning dastlabki bosqichi — yozma manbalar, birinchi navbatda “Avesto”ni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan. 1873 yilda Venada “Xorazm tarixi va xronologiyasiga doir” nomli kitobni nashr qildirgan nemis tilshunos olimi Eduard Zaxau “Avesto”da ko’rsatilgan “Kayrizao” mamlakati qadimgi Xorazm deb ta’kidlagan. Yana bir nemis olimi Yojef Markvart pahlaviy an’analarida zardushtiylarning Xorazmga ko’p e’tibor berganliklarini inobatga olib, bu yer “Avesto”da bir marta tilga olinishiga qaramay, u boshqa nom ostida berilgan degan hulosaga keladi. Olim “Avesto”dagi “Ar’yanem Vaychax”ning geografik o’rnini Xorazm bilan solishtiradi va bu afsonaviy mamlakat o’ziga bir necha qabilalarni birlashtirgan Xorazm podshohligi, ya’ni “Katta Xorazm” degan ilmiy taxminni 1901 yilda ilgari suradi . Y.Markvartning fikrini V.V.Bartol`d, Kissiling, S.P.Tolstov, YA.F.Fulomov, M.G.Vorob`eva va boshqa olimlar quvvatlashgan hamda geografik jihatdan mazkur davlat hududi Xorazm yerlariga to’g’ri kelishi haqidagi taxminni ilgari surganlar.

“Katta Xorazm” muammosini yechish uchun yevropalik olimlar olib borgan tadqiqotlarda ikki yo’nalish ko’zga tashlanadi. Bir qator olimlar “Katta Xorazm” davlat birlashmasi hozirgi Xorazm vohasida vujudga kelgan bo’lib, uning ta’sir doirasi Shimoliy Afg’oniston va Sharqiy Eronga qadar yoyilgan deb hisoblasalar (Markvart, Kissiling, Tomashek), ikkinchi yo’nalish tarafdorlari (Tarn, Al`txaym, Gershevich, Xenning) esa xorasmiylar dastlab Marv yoki Hirot atrofida yashagan, so’ngra esa forslar tazyiqi ostida shimolga — Quyi Amudaryo bo’ylariga ko’chishga majbur bo’lganlar degan fikrni quvvatlaydilar.

1938 yilda Y.Markvart va V.Tarn ismli olimlarning yangi yirik ilmiy ishlari nashr qilindi. Y.Markvart o’zining oldingi g’oyasini chuqurlashtirib, “Avesto” ma’lumotlarini grek yozma manbalari bilan taqqoslaydi hamda Gerodotning fikrlari asosida O’rta Osiyo va Xurosonning keng hududlarida ahmoniylardan oldin qudratli Xorazm podshohligi mavjud bo’lgan degan fikrni isbotlaydi.

I.Markvartning tadqiqotlaridan behabar bo’lgan sharqshunos V.Tarn “Xorasmiya” deb nomlangan podshohlik mavjud bo’lgan, degan g’oyani ilgari suradi. U geograf Strabonning parslari, Gekatey Miletskiy, Gerodot va Arrianning asarlaridagi xorasmiylar haqidagi fikrlarni bir biri bilan bog’lab, xorasmiylar Parfiya va Baktriya oralig’ida, aniqrog’i Marv yoki Hirot atroflarida yashaganlar deb xulosa chiqaradi.

“Katta Xorazm” haqidagi tasavvurlarni sharqshunos F.Al`txaym kengaytirgan. U xorasmiylar dastlab Xuroson tog’lari vodiylarida yashaganlar va ularning eng yaxshi yerlarini forslar tortib olganlaridan so’ng, Amudaryo bo’ylariga ko’chishga majbur bo’lganlar degan fikrni ilgari surgan.

Bu taxminni yevropalik olimlardan V.Xenning va I.Gershevich qo’llab-quvvatlashgan. Lingvinist V.Xenning “Avesto” tili bilan Xorazm tilini bir biri bilan taqqoslab, ularning yaqinligini aniqlagan. “Avesto”dagi so’zlar g’arbiy Eron tiliga ham, sharqiy Eron tiliga ham o’xshamas ekan. Shu boisdan olim “Avesto”dagi dastlabki muqaddas madhiyalar — “Gatlar” Marv yoki Hirot atroflarida, keyingilari esa Seyistonda yashagan xalqlar tiliga yaqin shevada yozilgan deb hisoblaydi.

“Katta Xorazm” mavzusining o’rganishdagi ikkinchi bosqich — arxeologik tadqiqotlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan. Bu muammoni o’rganishga akademik S.P.Tolstov katta hissa qo’shgan. U “Katta Xorazm”ning mavjud bo’lganligini isbotlash uchun dastlab yozma ma’lumotlarga, xususan Xitoy va arab manbalariga ham murojaat qildi. Natijada “Avesto”da tilga olingan “Qang’a” va “Ayr’yanem Vaychax” hududlari Xorazmning geografik o’rniga mos kelishini aniqladi. Olim Xorazm hududidagi mil. old. VII-VI asrlarga oid yirik irrigatsiya inshootlari — Davdon, Chermonyop, Gavho’ra kanallari va ularning yaqinidagi Ko’zaliqir va Qal’liqirdan topilgan moddiy manbalarni “Katta Xorazm” davlati tarixi bilan bog’lashga xarakat qildi. Natijada u “Avesto”da mavjud “Kvadrat Vara”ning tasviri bilan qadimgi Xorazm qal’alarining qurilish uslubidagi o’xshash tomonlar borligini aniqlashga muvaffaq bo’ldi.

Ammo barcha olimlar ham S.P.Tolstovning fikrini yoqlashmagan. Hususan, Janubiy Turkman arxeologik ekspeditsiyasi boshlig’i, akademik V.M.Masson ko’p yillik tadqiqotlari asosida Xorazmda davlat shaklidagi qabilalar uyushmasi bo’lganligi haqidagi fikrlarini shubha ostiga oladi.

Akademik S.P.Tolstovning “Katta Xorazm” davlati va uning sug’orish inshootlari haqidagi g’oyalarini qadimgi Xorazmning sug’orish tarixini chuqur o’rgangan olim YA.F.Fulomov qo’llab-quvvatladi va uni yangi arxeologik tadqiqotlar xulosalari bilan tasdiqladi. Olimning fikricha, Gerodotning Akes daryosi haqidagi ma’lumoti noaniq bo’lishi bilan birga, bo’rttirib ham berilgan. Chunki Akes daryosi hozirgi janubiy Turkmanistondagi Tajan yoki Atrek daryosi vodiylariga o’xshaydi. Holbuki o’z navbatida xorazmliklar undan foydalana olmaganlar. Gerodot tasvirlangan suvni kanallarga bo’luvchi murakkab to’g’onning ahmoniylar hukmronligi davrida Amudaryoda qurilganligi ham shubha tug’diradi. Xorazmda yirik kanallar mil. old. I ming yillik o’rtalarida, ya’ni “Xorazm-Massaget” ittifoqi tashkil topgandan keyingi davrda bunyod etilgan. Xorazmliklar Janubiy Turkmaniston yerlarini bosib olib, bu hudud uchun ahmoniylar Eroni bilan kurash olib borganlar.

“Katta Xorazm” muammosini o’rganishga I.M.D`yakonov va M.G.Vorob`eva katta hissa qo’shgan. Xorazmning arxaik madaniyatiga oid 300 dan ortiq manzilgohlar mavjudligi va ularning janubiy Turkmaniston madaniyatiga o’xshash umumiy tomonlari borligini aniqlagan arxeolog M.G.Vorob`eva “Katta Xorazm” davlati chegaralarini belgilashga muvaffaq bo’ldi. Olimaning fikricha bu davlatning chegarasi janubda Amudaryoning o’rta oqimida joylashgan Qo’shqal’a va Odoytepa oralig’idan, shimolda — Orol dengizi “va g’arbda — Sariqamish ko’li yaqinidan o’tgan.

“Qadimgi Xorazm” muammosi tadqiqotchilari orasida xorazmliklarning asli vatani qayerda bo’lgan degan masalada ham yagona fikr yo’q. Xususan, bir guruh olimlar (S.P.Tolstov, YA.F.Fulomov, I.M.D`yakonov, M.G.Vorob`eva) xorazmliklar Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm vohasida yashab, janubiy Turkmanistongacha bo’lgan hududda hukmronlik qilganlar deb hisoblasalar, yana birlari (V.M.Masson, I.V.P`yankov, B.F.Fofurov, B.I.Vaynberg, A.S.Sagdullaev, L.S.Tolstova) xorazmliklar Tajan–Gerirud daryolari havzalarida yashashgan va keyinchalik qandaydir tazyiq ostida shimolga — hozirgi Xorazm hududiga ko’chib kelganlar, deb ta’kidlaydilar.

“Katta Xorazm” tarixiga oid yangi ma’lumotlarni professor B.I.Vaynberg o’rgandi. U mil. old. 674 yilga oid Asarhoddon yozuvlarida Ossuriya davlatiga qaram bo’lgan sharqdagi eng uzoq o’lka — Xoreana (Xorazm) haqida yozma ma’lumot borligini aniqladi. Olim Xoreanadagi Koles–Mura daryosining tasviri Gerodotning Akes daryosi haqidagi ma’lumotlariga mos kelishi, shimoliy Eron hududida yashagan xorazmliklar assiriyaliklar tazyiqi ostida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlariga ko’chishga majbur bo’lganlar degan fikrni ilgari surdi.

Mil. old. VII asrning birinchi yarmiga to’g’ri kelgan bu ko’chish vaqtida xorasmiylarning bir qismi Quyi Amudaryo havzasiga, aksariyati esa — Oqchadaryo atrofiga kelib o’rnashgan. B.I.Vaynbergning bu taxminlari grek geografi Strabonning ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi. Mahalliy massaget va ular yashagan hududga kelgan xorasmiylarning yerli aholi bilan aralashib ketishi natijasida bir-biriga o’xshamaydigan ikki madaniyatni — amirobod va quyisoy madaniyatini vujudga keltirgan.
Etnograf L.S.Tolstova xorazmliklarning yangi yerlarga ko’chib kelish haqidagi ma’lumotlarni o’zbek va qoraqalpoqlar orasidagi rivoyatlar bilan bog’lab o’rgangan . Dastlab Marv atroflarida yashagan xorazmliklar Amudaryo bo’ylariga ko’chib kelganlaridan so’ng, mil. old. VII asrda (al-Beruniy ma’lumotlariga qaraganda mil. old 1202 yilda) kayyoniylar sulolasi vakili Siyovushning o’g’li Kayhusrov boshchiligida ilk davlatga asos solganlar.

“Katta Xorazm” haqidagi yevropalik olimlar tomonidan ilgari surilgan fikrni tahlil qilgan arxeolog A.S.Sagdullaev Xorazm davlati birlashmasining poytaxti deb taxmin qilinayotgan Ko’zaliqir qal’asi mudofaa devorlari bilan Baktriyadagi qadimgi Qiziltepa devori orasida o’xshashlik borligini isbotladi. Olim Xorazmning arxaik davr madaniyati ob’ektiv asosda O’rta Osiyoning janubidagi xalqlar yodgorliklariga yaqin deb ko’rsatadi.

Ko’rinib turibdiki, qadimda “Katta Xorazm” qabilalar konfederatsiyasi mavjud bo’lganligini ko’pgina tadqiqotchilar e’tirof etsalar–da, ular orasida yagona bir fikr yo’q. Yangi manbalarning tadqiq qilinishi Xorazm tarixida iz qoldirgan ajdodlarimiz o’tmishini haqqoniy yoritish va madaniy qadriyatlarimizni tiklashga xizmat qiladi.

O'rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to'g'risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o'lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydiniashtirish, yetarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo'ladi. Bu o'rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqa-larning asarlari, yodnomalari, forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, oMkamizda keng ko'lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G'ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.SagdulIayevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molik. Arxeolog olimlarimizning so'nggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo'lsak, O'zbekiston hududida bronza davridayoq, 2-ming yillik o'rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.

Barcha daliliy ashyolar miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshlarida, aniqrog'i VII-VI asrlarda Vatanimiz hududlarida 3 ta: Katta Xorazm, Baqtriya hamda saklar va massagetlar konfederatsiyasi ko'rinishidagi dastlabki davlatlar shakllangan. Bu davlatlar o'ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o'tgan. Ayniqsa, bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo'lganligi bilan ajralib turadi. Katta Xorazm «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo'lgan davlatlarning qadimgi sharq tipiga mansub edi. Saklar va massagetlarning konfederatsiyasi esa chorvador turlarning ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi qabilalarning harbiylashgan davlatidan iborat edi.

Xorazm davlati egallagan hududlar ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya'ni Murg'ob va Tajang daryolari atroflariga qadar ham yoyilgan.

Miloddan avvalgi so'nggi ming yillikning boshlariga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o'ziga xos sun'iy sug'orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo'lgan shahar-qal'alar Qal'aliqir, Ko'zaliqir, Jonbosqal'a va boshqalar - bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan daloiat beradi. Negaki, bu singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o'zgarishlar davlat boshqaruvi yo'li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo'lgan. Qadimshunos olim Ya. G'ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha o'nlab metrdan iborat kana! o'zani, obod dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o'z hududiy chegaralariga ega bo'lgan o'lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma'lumoticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo'ylab 360 dan ziyod sun'iy sug'orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho'lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan.f Gerodot taassurotlarida Xorazm o'lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega boiib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug'doy, suli, arpa, meva-sabzavot-chilik mahsulotlarini mo'1-ko'l yetishtirganligi qayd etib o'tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g'isht, paxsalardan keng foydalanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko'rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o'ziga xos ko'rkamligi ta'minlangan. Bu ko'hna hudud bag'rida ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o'tib, saqlanib kelayotgan ko'plab osori atiqalar, shahar-qal'alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadiJ Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog'-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olingan qimrnatbaho ma'danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko'rsatkichiga yetganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug'ullangan, ularning tuya, ot, qo'y-echkilardan iborat ko'plab suruvlari bo'lgan. Savdo bozorlarida g'alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunar-mandchilik buyumlari ayirbosh qilingan.

Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to'g'risida ma'lumotlar hozirgacha yetarli emas. Rivoyatlarga ko'ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi - Siyovushiylar bo'lganlfgi zikr etiladi. «Aves-to»da ta'kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o'g'li bo'lgan. Siyo-varshon o'limidan so'ng lining nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o'ch olib, hokimiyatni egaliab, Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos soladi.

Qadimgi Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kadimgi Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. Xorazm haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qadimgi yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.

"Xorazm" atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "Xorazm" atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. Xorazm tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "Xurr Xurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, Xorazmni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, Xorazm ayrim-ayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "Xorazm" atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan.

Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shimoliy qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shimoliy va shimoli-sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning janubiy qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan.

Qadimgi Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimgi aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimgi madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi ( Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, mil. av. 2ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar ( Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-a.lar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan ( Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimgi aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.

Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan ( Joytun madaniyati va Namozgohtepa).

Mil. av. 2ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qadimgi sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubi-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.

Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning bir qismi jan. tomon siljib to shim. Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.

Miletlik Gekatey (mil. av. 6-a.) maʼlumotlari asosida Gerodot (mil. av. 5-a.) axomaniypar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining jan.sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shim. Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiradi.

Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axomaniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.

Mil. av. 6—5-a.larda X. Axomaniylar davlatining 16satraplik tarkibiga kirgan. Mil. av. 5-a. oxiri — 4-a. boshlarida esa, u aloxida satraplik hisoblanganTarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan janubida Areyadan sharqda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan.Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farkdi oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylar, areyaliklar, girkaniyaliklardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.

Mil. av. 4-a.ning 2-yarmida Xorazmda mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush (Siyovaxsh) asos solgan. Mil. av. 328 y. bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi (turkumi) nomi bilan tilga olingan Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼa boʻlgan. Keyinchalik (305 y.) esa Kat shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi (beti)da tojdor xukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. 1-a.ga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar mil. 8-a.gacha zarb etilgan.

Xorazm davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qad. davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Katta xorazm davlati haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud bo’lsada ammo ular yakdilli ko’zga tashlanmaydi. Qadimda mana shu nomdagi davlat bo’lgan yoki bo’lmaganligi hususida ham aniq ma’lumotlar yo’q. Xususan men tarix fanlari doktori prefossor M.Is’hoqovdan ana shu masalada so’raganimda olim ham tarixda bunday davlati bo’lmaganligi bu qarash yevropalik olimlar fikri ekanligi,xorazmiylar bunday kata hududni egalamaganligi to’g’risida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.O’ylashimcha mana shu masalaga olimlarimiz tomonidan ko’proq e’tibor berilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Madrahim Maxmudov:“Katta Xoram ilmiy muomosining o’rganilish tarixidan”

2. С.П.Толстов древние хоразмъ

3,O’zbekiston milliy ensklopediyasi 6-tom Toshkent 2000-2005

4. Eduard Zaxau: “Xorazm tarixi va xronologiyasiga doir” Vena 1873

5. Воробьева М.Г. Проблема «Большого Хорезма» и археология // Археология и этнография Средней Азии. – М.: Наука, 1979.

6. Рапопорт Ю.А. Краткий очерк истории древнего Хорезма в древности // Приаралье в древности и средневековье. – М.: Наука, 1998



7.wikipediya ma’lumotlari xorasmiy.uz internet sahifalari


Download 51,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish