R e j a : 1.Psixik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar.
2.Yosh taraqqiyotini davrlarga bo`lish.
3.Psixik taraqqiyot qonuniyatlari.
4.Yosh krizislari va yetakchi faoliyati.
Asosiy tushunchalar:
Senzitiv davr – biror psixik funksiya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr.
Interiorizatsiya – avval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funksiyaning shaxsning ichki funksiyasiga aylanishi.
Akseleratsiya – bolalar va o’smirlarda ma’lum davrlarda somatik va fiziologik o’sishning tezlashuvi.
Yosh – psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud.