Mavzu: Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo'q qilish. Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish



Download 352.9 Kb.
Sana28.09.2021
Hajmi352.9 Kb.

Mavzu: Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo'q qilish.

  1. Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish.

  2. 2.Tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari.

  3. Askarning tungi hujumdagi harakati va suv to‘siqlaridan o‘tishi

Agar dushmanning alohida guruhlari mudofaaning oldingi marrasiga yorib o‘tib transheyalarga tushsa, askarlarning tarqab ketmasligi uchun avvaldan tayyorlanib qo‘yilgan «kirpi» va «ayrilar» darhol o‘rnatiladi. G‘ovlarni qo‘yib bo‘lib, yorib kirgan dushman bilan jangga kirishiladi va bir vaqtda transheya ichida harakatlanishga intilgan yoki g‘ovlarni transheyadan chiqarib tashlamoqchi (portlamoqchi) bo‘lgan dushman kuzatiladi. Ularni qisqa masofadan otib, granata uloqtirgancha qo‘l jangiga o‘tib, yo‘q qilinadi.

Hujumda askar dushmanni o‘t ochib, zararlash natijalaridan foydalanib, guruh (seksiya)ning boshqa askarlari bilan o‘zaro harakatlangan holda bor kuchini to‘liq ishga soladi. Hujumdan oldin u o‘zining vazifasini, seksiya va guruhi vazifasini, zararlash uchun nishonlarni va o‘t ochish tartibini aniqlashi, tank raqami (tanish belgisi)ni va shu tank ortidan harakatlanayotgan seksiyani hamda boshqa o‘t ochish vositalari bilan o‘zaro harakatni bilishi lozim. Yayov tartibda hamlaga o‘tganda — piyoda holatga o‘tish joyi va tartibi, seksiya





57-rasm. Piyoda jang qilish.

zanjiridagi joyi, g‘ov-to‘siqlardan o‘tish tartibini bilishi; komandir o‘rgatgan signallarni eslab qolishi; qurolning sozligini tekshirishi va uni jangga shaylab qo‘yishi; o‘q-dorilar sonini tekshirib chiqishi va kerak bo‘lsa, ularning o‘rnini to‘ldirishi; shaxsiy himoya vositalari sozligi va sonini, ust-boshi va unga taqilgan narsalarning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi zarur. Askar tungi hujum vaqtida ham xuddi kunduzgidek harakatlarni bajaradi. Qorong‘i paytda optik asboblardan foydalanadi. Suv to‘siqlaridan o‘tishda yakka o‘zi, suv kemalaridan va jangovar mashinalaridan foydalanishi mumkin.


Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish


Granatani uloqtirish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: uloqtirishga hozirlik ko‘rish (granatani o‘qlash va uloqtirish holatini qabul qilish) va granatani uloqtirish.



58-rasm. Dushman transheyasida granata portlashi.



59-rasm. Dushman transheyasida jang.

Granatani o‘qlash«Granatalar hozirlansin»komandasiga ko‘ra, jangda esa, mustaqil tarzda amalga oshiriladi. Granatani o‘qlash uchun uni sumkadan olib, korpus trubkasidan tiqinni chiqarish va zapalni trubkaga burab kiritish lozim. Shunda granata uloqtirish uchun tayyor bo‘ladi.





60-rasm. BMP mudofaada turibdi, to‘p va pulemyotlar olovi bilan

BÒR va tank bilan hujumga o‘tgan bo‘linmalarga zarar yetkazmoqda. Tanklar BMPga o‘q uzib, ularni zararlayotir.
Download 352.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat