Mavzu O’zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Download 29,06 Kb.
Sana25.01.2017
Hajmi29,06 Kb.
#1100
Mavzu 1. O’zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
"Tarix" atamasining mohiyati va mazmuni, uning tarixiy va zamonaviy talqinlari.

Tarix fanining bahs mavzulari va ularning xilma-xil talqinlari. O’zbekiston tarixi fanini o’rganishning dolzarbligi va muammolari. O’zbekiston tarixining mavzularini ilmiy-nazariy o’rganish va tadqiq etish masalalari.Vatanimiz tarixiga oid bilimlar negizida boshqa ijtimoiy siyosiy va gumanitar bilimlarning ishtiroki.

Tarixda milliylik va umuminsoniylik. Jahon tarixi taraqqiyotida millatimiz va yurtimiz tarixining o’rni. Islom Karimov — Vatanimiz va millatimiz tarixini o’rganishning asoschisi.

Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati, mazmuni. Insoniyatning paydo bo’lishi va uning faoliyati — tarixiy dunyoqarashning g’oyaviy ildizi.Tarixiy dunyoqarash, uning asosiy qadriyatlari va tamoyillari.

Tarix — dunyoqarash sifatida. Uni dunyoqarashning boshqa shakllari bilan o’zaro bog’liqligi. Tarixiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida tarixning o’rni va mavqei. O’zbekiston tarixining boshqa fanlarga ta’siri, O’zbekistonda ijtimoiy fanlar tizimidagi zamonaviy o’zgarishlar jarayoni. I.Karimov ijtimoiy-tarixiy bilimlarning yangi mazmundagi tizimini yaratish zaruriyati haqida.

Tarixning asosiy funksiyalari. Yosh avlodni ma’naviy komillik, istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashda tarix fanining ahamiyati.

Tarixiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakqurning aloqadorligi. Insoniyat dunyoqarashining o’zgarish dialektikasi, uning tarixiy va ijtimoiy jarayonlarga bog’liqligi.

Istiqlol va tarixiy dunyoqarashning o’zgarishi zarurati. Mustaqillik — tarixiy tafakkur o’zgarishining asosi va shart-sharoiti. Mustaqillikni mustahkamlash, yangi tafakkurni shakllantirishda tarixning o’rni va ahamiyati.

Tarixiy dunyoqarash o’zgarishida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati. Mustaqillik davrida ijtimoiy-siyosiy fanlarni o’qitish talablarining o’zgarishi. Tarixiy dunyoqarash va yoshlar kamoloti. Yoshlar ongida yangicha dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.


Mavzu 2. Markaziy Osiyo sivilizatsiya o’choqlaridan biri

“Madaniyat” va “Sivilizatsiya” atamalarining mazmun mohiyati.O’rta Osiyo — jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biri. Qadimigi davrlarda insoniyatning paydo bo’lishi. Ibtidoiy jamoa tuzumi va uning tarixiy davrlari. Ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy manzilgohlari. Farg’onadagi Selengur, Buxorodagi Uchtut, Toshkent viloyatidagi Ko’lbuloq- insoniyatning dastlabki makonlari.

Paleolit davrining tarixiy sanasi va uning buyuk o’zgarishlari. Bu davrla mehnat qurollarining takkomillashuvi. Olovning kashf etilishi. Turar joylarning va ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishi.

Mezolit davri.Tarixiy sanasi, o’zgarishlari va asosiy manzilgohlari. Qoyatosh suratlarning paydo bo’lishi.

Neolit davri. Kaltaminor, Hisor va Joytun madaniyatlari. Ijtimoiy xo’jalik yuritishning takomillashuvi.

Eneolit davri. Insoniyat hayotiga metallning kirib kelishi. Bu davrning asosiy manzilgohlari.

Bronza davri. Ilk mehnat taqsimoti. Ota urug’chilik tuzumiga o’tilishi. Sarazm, Zamonbobo, Sopollitepa-bronza davrining asosiy manzilgohlari.

Qadimgi davrlarda ilk shaharlarning paydo bo’lishi. Vatanimiz hududidagi shaharlar- Yerqurg’on, Afrosiyob, Jarqo’ton, Sopollitepa, Ko’zaliqir, Sangirtepa va boshqalar. Ijtimoiy taraqqiyotda shaharlarning o’rni.

Ibtidoiy davrlarning ma’naviy asoslari. Musiqa, tasviriy san’at, bayramlar va marosimlar.
Mavzu 3. Vatanimiz hududida tashkil topgan dastlabki davlatlar

Davlatchilik tushunchasi. Uning ta’rifi va mazmun-mohiyati.Markaziy Osiyodagi eng qadimgi davlatlar. Davlatlarning paydo bo’lishidagi asosiy omillar. Qadamgi Xorazm va Baqtriya podsholigi - Vatanimiz hududidagi dastlabki davlatlar. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.

Eron Ahamoniylarining O’rta Osiyoga yurishi. To’maris va Shiroq jasorati. O’rta Osiyoda Eron ahamoniylaridan keyingi o’zgarishlar.

Makedoniyalik Iskandarning O’rta Osiyoga yurishi. Salavkiylar davlati. Ellinistik madaniyatning kirib kelishi.

Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi. Diodot, Yevdetim, Demetriylar davri. Sug’rish inshoatlarining rivojlanishi. Davlat boshqaruvi va iqtisodiy taraqqiyot.

Dovon davlati. Hozirgi Farg’ona, Andijon, Namangan – qadimgi Dovon davlatining hududlari. Bu davlatning ijtimoiy iqtisodiy asosi. Samoviy otlar va uzumchilik. Madaniyati va an’analari.

Qang’ davlati. “Qang’” so’zining ma’nosi.Saklarning Qang’ davlatiga asos solishi.Bu davlatning asosiy manzilgohi va ijtimoiy turmushi. Milodiy II asrda uning qudratli davlatga aylanishi. Bu davlatning parchalanish sabablari.

Qadimgi Xorazm- mil.av. III asrlarda. Bu davlatning o’ziga xos madaniyatining saqlanib qolganligi va uning sabablari. Xorazm yozuvi. Oybuyirqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Jonbosqal’a va boshqa manzilgohlari.

Kushonlar saltanati. Bu davlatga Kudjulla Kadfizning asos solishi va beshta hokimlikning birlashuvi. Kushonlar davrida o’tkazilgan muhim islohotlar. Buyuk ipak yo’li va Kushonlar saltanati. Kushonlar davlatining boshqaruv shakli. Kanishka davridagi taraqqiyot. Budda dinining Markaziy Osiyo hududisha kirib kelishi. Kushon yozuvining paydo bo’lishi. Kushonlar davlatidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi. Eron, Hindiston, Misr, Xitoy kabi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning o’rnatilishi.

Kushon saltanatining poytaxtlari. Fayoztepa, Zartepa, Dalvarzintepa, Xolchayon – Kushonlar saltanatining madaniy yodgorliklari. Davlatning rivojlangan quldorlik bosqichi. Kushonlar saltanatining parchalanishi va uning sabablari.Bu davlatning Vatanimiz xalqlari hayotidagi alohida o’rni.

O’rta Osiyo hududida feodalizm. Ilk feodal davlatlarning tashkil topishi. Kidariylar, Xioniylar, Eftalitlar- Vatanimiz hududidagi ilk feodal davlatlar. Ularning ijtimoiy tuzumi.

Turk hoqonligi. Bu davlatning tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi. Turk hoqonligi davrida hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi. Turk hoqonligining Vizantiya imperatori Yustin II bilan munosabatlari. Turk hoqonligi davrida xalqaro savdo. So’zlashuvda yangi lahjalarning paydo bo’lishi. Bu davrla yer egaligi va soliqlar tizimi. Madaniyatning gullab yashnashi.

Arablar bosqini va Turk hoqonligining parchalanishi.
Mavzu 4. Buyuk ipak yo’li va hozirgi zamon.

Buyuk Ipak yo’lining vujudga kelishi va uning tarixiy nomlari. Buyuk Ipak yo’lining asosiy vazifalari. “La’l yo’li” mil. av. 3 – 2 mingyilliklarda vujudga kelgan u Pomir tog’laridan boshlanib Eron va Old Osiyo va Misr orqali o’tgan. Badaxshondan qazib olinadigan lojuvard toshi qadimgi Sharq zargarlari tomonidan yuksak baholangan.

“Shoh yo’li” mil. av. 6 – 4 asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini O’rta yer dengizi bo’yidagi Efes, Sardi shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri – Suza bilan bog’lagan. Buyuk Ipak yo’li 12 ming chaqirimcha uzunlikda bo’lgan. “Ipak yo’li” atamasining fanga kiritilishi.

Buyuk Ipak yo’lining tarmoqlari. Xitoydan to O’rta yer dengizi orqali Rimgacha bo’lgan yo’nalishlar. Buyuk ipak yo’lida tashilgan maxsulotlar aynan O’rta Osiyo xududidan xorijiy mamlakatlarga olib borilgan mahsulotlar turlari.

Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk Ipak yo’li shuhratining yanada oshishi. Bu davrda amalga oshirilgan obodonchilik ishlari.

16 asrga kelib Buyuk Ipak yo’li mavqeining pasayishi va uning sabablari. Buyuk geografik kashfiyotlar.

Buyuk Ipak yo’li va hozirgi zamon. Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati. Bu borada qabul qilingan davlat dasturlari va loyihalar. “Buyuk Ipak yo’li va muloqot yo’li” dasturining ahamiyati. Jahon xalqlari orasida Buyuk Ipak yo’lining madaniyat almashinuv vazifasi.

Mavzu 5. O’zbek xalqining etnik shakllanishi.
“Etnos” tushunchasining mazmun – mohiyati. O’rta Osiyo hududidagi qadimgi urug’ – qabilalar va aholi. Xorazmiylar, baqtriyaliklar, so’g’diylar, dovonliklar, qang’lar, sak va massagetlarning turmush tarzi va madaniyati. O’zbek xalqining etnik asosini tashkil etgan qadimgi aholi. Etnik shakllanishni o’rganishga O’z.Res. Prezidenti I.A.Karimovning fikrlari.

O’zbek xalqining etnik shakllanishidagi asosiy uchta muhim davr. Birinchi bosqich – miloddan avvalgi 3 – 2 asrlar ekanligi. Bu davrdagi etnogenes jarayonlar. O’rta Osiyo hududida ko’chib kelgan urug’ va qabilalar.

Ikkinchi bosqich – 9 – 12 asrlar. Turkiy qavmlarning to’liq shakllanishi. Yag’molar, qarluqlar,chigillar va boshqa urug’ – qabilalarning ijtimoiy hayoti. Turkiy qavmlarning antropologisi haqidagi nazariyalar.

Uchinchi bosqich – 15 asrning oxiri 16 asrning boshlarida Movarraunahr hududiga Dashti Qipchoq o’zbeklarining kelishi. “O’zbek” atamasining keng yoyilishi va bu haqdagi xilma – xil talqinlar. Antropologiyadagi o’zgarishlar. Etnik shakllanishni hozirgi davrda o’rganishning ahamiyati, dolzarbligi va bu borada qilinayotgan amaliy ishlar.



Mavzu 6. Markaziy Osiyo xalqlarining 9 – 12 asrlar davri madaniyati.
Arab xalifaligidan so’ng Sharqda yuz bergan uyg’onish davri. Buning asosiy omillari. Sharqda madaniyat markazlari bo’lgan shaharlar – Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Bag’dod. 9 – 12 asrlarda Markaziy Osiyodagi moddiy madaniyat ravnaqi. “Bayt – ul – xikma”larning tashkil etilishi. Me’morchilik va xalq amaliy san’ati.

Ilm – fan ravnaqi. Sharq dunyosining buyuk daxolari va ularning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan bebaho hissasi. Abu Rayxon Beruniy – uning xayoti va ijodi. “Mineralogiya”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar”, “Saydana” kabi asarlarining mazmun – moxiyati va jahondagi o’rni.

Ibn Sino uning tibbiyotdagi o’rni. “Tib qonunlari”, “Donishnoma” asarlarining mohiyati. Shifokorlik ahloqining shakllanishida Ibn Sino shaxsining ahamiyati.

Ahmad Farg’oniy – Sharqning buyuk matematigi va astronomi. Uning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan bebaho hissasi Misrdagi Nil daryosi sathini o’lchaydigan asbobning yaratilishida Ahmad Farg’oniyning xizmatlari.

Abu Nasr Forobiy – “Sharq Arastusi”. Uning faoliyati “Fozil odamlar shahri”, “Metafizika” asariga risola asarlarining ilmiy mohiyati.

Turkiy adabiyotning ravnaq topishi. Maxmud Qoshg’ariy (Devoni lug’ati turk), Yusuf Xos Hojib (Qutadg’u bilig), Ahmad Yugnakiy (Hibat – ul haqoyiq). Tarix ilmining rivoj topishi. Narshahiy, Utbiy va Bayxakiylarning tarix ilmidagi hissasi.

Islom madaniyatining tarkib topishi. O’rta Osiyolik buyuk xadisshunos olimlar. Imom al Buxoriy, At – Termiziy, Zamahshariy va boshqalar. Qur’onga tafsirlar. “Al – Jome’ as – sahhih”, “Al Kashshof” asarlarining mazmun mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati.

Musiqa madaniyati. 9 – 12 asrlarda yaratilgan ohanglar: “Shashmaqom”, “Navo”, “Basta”, “Ushshoq”, “Rost”. Bu davrlarning mashhur bastakorlari – changchi Lo’kariy, Abu bakr Rubobiy, Bunasr, Buamir.

Uyg’onish davrining hozirgi kundagi ahamiyati. Mustaqillik yillarida ulug’ allomalar xotirasiga atab qilingan amaliy ishlar. Jumladan, 1998 yil o’tkazilgan (YuNESKO xamkorligida) Imom al Buxoriy va Ahmad Farg’oniyning yubileylari va x.k.
Mavzu 7. Amir Temur davlati va uning g’oyaviy huquqiy asoslari

14 asrning ikkinchi yarmida Movaraunnahrdagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat. Chig’atoy ulusidagi feodal tarqoqlik. Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi va uning yoshlik yillari. “Jangi loy” va uning tarixiy ahamiyati. 1370 yil – Amir Temurning Movaraunnahr taxtini egallashi.

Amir Temur davlatining ichki va tashqi tuzilishi. Davlat boshqaruvi, soliqlar tizimi va yerga egalik qilish uslublari. Amir Temur davlatidagi soliqlarda imtiyozlar. Amir Temurning xarbiy saltanati, armiyasining tuzilishi. Amir Temurning xarbiy yurishlari: 3 yillik, 5 yillik va 7 yillik yurishlari. 1402 yildagi Anqara jangi. Amir Temur davlatidagi diplomatik munosabatlar.

“Temur tuzuklari” va uning tarixiy ahamiyati. “Temur tuzuklari”ning asosiy qismlari: 1) 1342 – 1405 yilgacha. 2) “Avlodlarga qoldirgan nasihatlar”.

Amir Temur davlatining parchalanishi. Markazlashgan davlatning ikki qismga bo’linishi (Xurosonda Shohruh Mirzo, Movaraunnahrda Mirzo Ulug’bek) keyingi davrlarda ham mamlakatning maydo bo’laklarga bo’lnib ketishi.
Mavzu 8. Temuriylar davri madaniyati
14 – 15 asrlarda Movaraunnahr va Xurosondagi moddiy madaniyat ravnaqi. Amir Temur tomonidan qurdirilgan Shohi Zinda, Bibixonim, Ahmad Yassaviy, Zangi ota, Oq saroy, Ko’k saroy me’moriy majmualari, yaratgan bog’lari va ularning jahon sayyohligidagi alohida o’rni.

Ilm – fan ravnaqi. Ulug’bekning ilmiy maktabi. Ulug’bek tomonidan qurdirilgan madrasalar va observatoriya. Ulug’bekning ilmiy merosi “To’rt ulus tarixi”, “Risolai Ulug’bek”, “Ziji Kuragoniy” asarlarining tarixiy ahamiyati. Temuriylar davrida nafis kitob va xattotlik. Sultonali Mashhadiy, Mir ali Tabriziy, Qilqalam temuriylar davrining mashhur xattotlari. Tasviriy san’at – Kamolddin Behzod “Sharq Rafaeli”, Maxmud Muzahhib va boshqalar.

Musiqa madaniyati. Xusayin Udiy, Abulqosim Noiy, Shoh Quli G’ijjakiy va Qulmuxammadlarning ijodiy merosi. Bu davrda yaratilgan ohanglar.

Badiiy adabiyotning rivoj topishi. Bu davrda ijod qilgan Lutfiy, Atoiy, Gadoiy, Sayfi Saroiy, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur. Ular ijodining ahamiyati, asarlarining mazmuni.

Mustaqillik yillarida Amir Temur va temuriylar tarixini tiklashga bo’lgan e’tibor. Amir Temur ordenining ta’sis etilishi, Amir Temur va Mirzo Ulug’bekning Parijdagi yubileylari va x.k.


Mavzu 9. O’rta Osiyoning xonliklarga bulinib ketishi, uning sabablari va oqibatlari.

Amir Temur vafotidan keyin mamlakatning parchalanishi. 15 asrda Movaraunnaxr va Xurosondagi siyosiy vaziyat. Shoxrux Mirzo va Mirzo Ulugbekning xukmronlik yillari.

16 asr boshlarida Movaraunnaxrga Dashti Kipchok uzbeklarining kelishi. Shayboniylar davlatining tashkil topishi. Urta Osiyoning uchta xonlikka-Buxoro, Kukon va Xivaga bulinib ketishi. Bu davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy va madaniy xayot. Davlat boshkaruvi- saroyda ta’sis etilgan yangi lavozimlar. Bu davrda utkazilgan muxim isloxotlar. Davlatning parchalanish sabablari.

Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi. Buxorodagi siyosiy vaziyat. Davlatda olib borilgan ishlar. Taxt uchun kurashlarning davom etishi. Maxalliy urug-kabilalar mavkeining ortishi.

1756 yil Buxoro amirligining tashkil topishi. Mangitlar sulolasi. Muxammal Raximbiyning xokimiyat tepasiga kelishi. Davlat va ma’muriy boshkaruv. Soliklar tizimida-xiroj, zakot, tanobona va boshka soliklar. Yerga egalik kilish turlari. Davlat, vakf va xususiy yerlar. Bu yer turlarining taksimlanishida boshka xonliklar yerlaridan farki. Buxoro amirligidagi madaniy xayot, me’morchilik. Madrasalarning kurilishi.

Kukon xonligi. Minglar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi. Shoxruxbiyning davlat boshkaruvi, bu davrda ruy bergan uzgarishlar. Kukon xonligining ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy va madaniy xayoti. Shoiralar Nodira, Uvaysiy va boshkalar ijodi.

Xiva xonligi.Muxammad Inokning kungirot uruglarini birlashtirishi.Xiva xonligidagi davlat va ma’muriy ,jirfhed/ CSolilar tizimi va majburiyatlar. Yerga egalik kilish turlari. Boshka xonliklardan farki. Xiva xonligida madaniy xayot.Kutlug Inoga, Ollokulixon va Dustim madrasalarining va Ichakkal’aning kurilishi. Xiva xonligida ijod kilgan shoirlar. Korakalpoklar xayoti.Ularning Xiva xonligiga buysundirilishi.

Korakalpok xalk og’zaki ijodi.



Mavzu 10. Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati.

Chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olish sabablari.O’rta Osiyoning xom ashyo bazasiga aylantirilishi. Rossiya boskinini tezlashtiruvchi omillar. Bu davrdagi xonliklar siyosiy vaziyat. Xonliklarning jaxon bozoridan uzilib kolishi.

Chor Rossiyasi boskinining boshlanishi. Ok Machitning olinishi. Rus generallari. 1865 yilgacha Avliyoota, Chimkent, Pishpak, Sayram va Toshkentning olinishi. Toshkent axolisining karshiliklari. Turkiston viloyati va xarbiy okrugining tashkil etilishi.

Chor Rossiyasining Buxoro amirligiga yurishi. Zarafshon okrugining tashkil etilishi. Buxoro amirining vassal deb e’lon kilinishi. Amir Muzaffarning buysunishi.

Xiva xonligining buysundirilishi. Muxammad Raximxon Feruz II va chor Rossiyasi munosabatlari. Gandimiyon shartnomasi. Xiva xonligining vassal deb e’lon kilinishi.

Chorizmning mustamlakachilik siyosati. Turkiston general gubernatorining tashkil topishi. Fon Kaufman- Turkiston general gubernatori, uning vakolatlari. Ma’muriy idora usulining joriy etilishi. Viloyatlar, gubernyalar, uyezdlar, volostlar, uchastkalar. Davlat boshkaruvi. Kengash va maxkama. Politsiya va sud. Ularning turlari.

Chorizmning kishloklarni boshkarish tizimi. Yerlarning davlat tizimiga utkazilishi. Vaktli Nizom loyixasi. Temir yullar kurilishi va uning sabablari. 1880 yil Turkistonda birinchi temir yul, uning yunalishlari.

Birja banklar. Ularning faoliyati. Chorizmning axolini kuchirish siyosati. Ruslarning yoppasiga Turkistonga kuchib keltirilishi. Birinchi rus kishlogining paydo bulishi. Turkistonda ilk paxta tozalash zavodlarining kurilishi.

Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida madaniy xayot. Demokratik adabiyotda satira va yumor janri. Mukimiy, Furkat, Avaz Utar va Zavkiy ijldi. Tarix ilmi. Sitorai Moxi Xosa, Labi Xovuz – me’morchilik namunalari.
Mavzu 11. Turkistondagi chorizmga qarshi milliy ozodlik harakatlari. Jadidchilik.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda milliy ozodlik xarakatlarining xarakteri. Pulatxon, Kurbonjon Dodxox, Abdumalik katta Tura, Dukchi Eshon va «Vabo isyoni» kuzgolonlari. Bu kuzgolonlarning xarakatlantiruvchi kuchlari. Milliy ozodlik xarakatining yengilish sababalari va tarixiy axamiyati.

Jadidchilik xarakatining yuzaga kelishi. Jadid suzining ma’nosi. Jadidchilik xarakatining sabablari va asosiy bosikchlari. Munavvar Kori, Bexbudiy, Chulpon, Tavallo, Usmon Nosi rva boshka jadidlar faoliyati. Turkistonda yangi jadid maktablarining ochilishi. Ismoilbek Gasparalining Turkistonga kelishi. Uning Buxoro amiri Abdulaxad bilan munosabati.

Jadidlar matbuoti. «Sadoi Turkiston», «Sadoi Fargona», «Tarakkiy» gazetalari, «Oyina» jurnali. Chop etilgan makolar mazmuni.

Jadidlarning madaniy okartuvchilik faoliyati. Teatrlar kuyilishi. «Padarkush», «Tuy», «Zaxarli xayot», «Obid ketmon» pьyesalarining saxnalashtirilishi. «Turon» teatr truppasining tashkil etilishi. Turkiston Milliy Universitetining tashkil etilishi va unda jadidlarning urni.

1917 yil oktyabrь inkirobining Turkistonga ta’siri. Jadidlarning siyosiy faoliyati. Turkiston Muxtoriyatining tashkid etilishi. Jadidlar kabul kilgan konun loyixalari. Turkiston Muxtoriyatining inkirozga yuz tutishi, buning sababalari. Muxtoriyat a’zolarining katagon kilinishi.

Jadidlar faoliyatining buungi kundagi axamiyati. Mustakillik yillarida ularning xotirasini abadiylashtirish uchun kilingan amaliy ishlar. Matuotda, teatrda, ta’limda ular faoliyatining ahamiyati.



Mavzu 12. Sovetlarning O’zbekistonda yuritgan katagonlik siyosati. Istiqlolchilar harakati.
Turkiston Muxtoriyati inkirozga yuz tutgandan sung Turkiston istiklolchilar xarakatining boshlanishi. Sovetlarga karshi kurolli xarakat. Fargona vodiysi – Istiklolchilar xarakatining markazi. Madaminbek, Shermuxammad, Katta va kichik Ergashlar, ular kulga kiritgan galabalar. Buxoro va Xivadagi istiklolchilar xarakati. Ular faoliyatidagi farklar. Istiklolchilar xarakatining inkirozga yuz tutishi, sababalari va uning tarixiy axamiyati. Turkistonda mustabid sovet xokimiyatining urnatilishi.

20-30 yillardagi sovetlar siyosati va milliy xududiy chegaralanishning utkazilishi. Uzbekiston SSRning tashkil topishi. Ma’muriy-buyrukbozlik tizimining karor topishi. Uzbekistonda katagonlik siyosatining boshlanishi, uning sabablari.

Katagonlik siyosatining uch muxim davri:

1.20-30 yillar. Davlat arboblarining katagon kilinishi. «Inogomovchilik», « Kosimovchilik» va «18lar»ning guruxbozlikda ayblanishi.

2.40-50 yillar. Adabiyot va san’at axllarining katagon kilinishi. Said Axmad, Mirtemir, Xabibiy, Maksud Shayxzodalarning ayanchli takdiri.

3.80 yillar. Paxta yakkaxokimligi davri. «Uzbeklar ishi», «Paxta ishi»ning mazmun moxiyati. Katagonlikning asoratli okibatlari.

Mustakillik tufayli katagon kilinganlar nomlarining tiklanishi.

Mavzu 13. Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning okibatlari.
20-30 yillarda Uzbekistondagi Yangi iktisodiy siyosat. Kommunistik partiyaning mafkura darajasiga kutarilishi. Sovetlarning industirlashtirish siyosati. Industirlashtirishning dastlabki yillarida kurilgan sanoat korxonalari. Samarkand va Margilondagi ipakchilik fabrikalari, Toshkent tukimachilik kombinati va x.k.

Bu davrda kadrlar siyosati. Kuplab texnologlar va injenerlarning Uzbekistonga keltirilishi. Kishloklarga mexanizator yetkazib beruvchi xunar texnika bilim yurtlari. Samarkand tibbiyot instituti, Toshkent pedagogika instituti, Toshkent tukimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent kishlok xujaligi instutlarining ochilishi. Bu davrda ijod kilgan adabiyot vakillari.

Sovetlarning dexkon xujaliklarini jamoalashtirish siyosati. Xususiy yerlarga barxam berilishi va kuloklarning sinf sifatida tugatilishi. Kollektivlashtirishning ayanchli okibatlari. Dexkonlarning xonavayron bulishi.

Ikkinchi jaxon urushi yillarida Uzbekiston iktisodi. Kuchib keltirilgan sanoat korxonalari. Ogir sanoatning rivojlanishi, Bekobod metallurgiya zavodining kurilishi. Kishlok xujaligidagi axvol. Fan va ta’lim. Fanlar Akademiyasining tashkil etilishi.

Uzbek xalkining galabaga kushgan xissasi. Shomaxmudovlar oilasining jasorati. Uzbek yigitlarining kaxramonlik unvoniga ega bulishi. Urushdan keyingi Uzbekiston iktisodiyoti. Yangi zavod va fabriklarning kurilishi.

Qo’riq va bo’z yerlarining uzlashtirilishi. Yangi axolii punktlarining vujudga kelishi. Yangiyer, Zafarobod, Zarbdor va boshka shaxarlarning paydo bulishi. Orol fojeasining kelib kelishi.

60-70 yillarda ilm fan. Yozuvchi va shoirlar ijodi. Teatr va kino soxasi. Iktisodiyotda bir tomonlama yondashuv. Paxta seleksiyasidagi uzgarishlar.

80 yillarda paxta yakkaxokimligining karor topishi. Sh.Rashidov davrida O’zbekiston. 90 yillarda mustakillikka bulgan intilishlar.


Mavzu 14. O’zbekistonda davlat mustakilligining qo’lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati.
90-yillarda sobiq Ittifoqdagi siyosaiy vaziyat. Mustaqillikka tomon intilishlar. Bu paytda O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. O’zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi.

1991 yil 31 avgustda O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. “Mustaqillik” tushunchasining mazmun mohiyati. Jahon davlatlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tan olinishi. Mustaqillikning ahamiyati.

O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. O’zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi. Keng strategik imkoniyatlar. Taraqqiyotning “o’zbek modeli”. O’zbekistonda mulkdorlar sinfining shakllantirilishi. Bozor infratuzilmasining yaratilishi.

O’zbekiston Respublikasining siyosiy tuzilishi. Davlat hokimiyati organlari va ularning asosiy vazifalari. Prezidentlik saylovlarining o’tkazilishi. I.A. Karimov- O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti. Ikki palatali Parlamentning asosiy vazifalari. Saylovlar to’g’risidagi qonunlar. Mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi.



O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari. 1991 yil 18 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining qabul qilinishi. Uning ramziy ma’nolari. O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining qabul qilinishi. Konstitutsiyaning xalq muhokamasiga qo’yilishi. 1992 yil 8 dekabrda Konstitutsiyaning qabul qilinishi va tarixiy ahamiyati. O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi kodekslar. 1992 yil 10 dekabrda Davlat madhiyasining qabul qilinishi. Uning mualliflari. 1994 yil milliy valyutaning muomalaga kiritilishi.
Download 29,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish