Mavzu: O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi



Download 60.8 Kb.
Sana27.01.2017
Hajmi60.8 Kb.



Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun +998902295952 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega bo’ling!

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin.

P.S. Sizning to’lovingiz

www.entt.uz loyihasi rivoji uchun sarflanadi.

Narxi: 10000 sum



Ma`naviyat Sana 21.12.2012

Mavzu: O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi


Darsning maqsadi:

Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Dars o`tish metodi: Aralash, interfaol.

Dars jihozi: O`zbekiston respublikasini davlat madhiyasi mp3 formatda

I. Tashkiliy qism. 1.O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. 3.Biz bilgan bilimlar.

III. Yangi mavzu bayoni.

"O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to'g'risida" gi Qonun 1992 - yil 10 - dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.

Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining asosiy timsollaridan biri bo'lib, u O'zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg'ularini uyg'otadi.

O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo'lini ko'ksiga qo'yib kuylaydilar va tinglaydilar.






V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.Mavzuni o`qish

Ma`naviyat Sana 11.01.2013

Mavzu: Velosiped haydovchilachilari uchun qo`yilgan talablar


Darsning maqsadi:

Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Dars o`tish metodi: Aralash, interfaol.

Dars jihozi: Y`ol harakati qoidalar darsligi

I. Tashkiliy qism. 1.O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. 3.Biz bilgan bilimlar.

III. Yangi mavzu bayoni.

27.1

Yo'lda velosiped, aravani boshqarish, hayvonlarni haydab o'tish yoki ularni minib o'tish 14 yoshga to'lgan, mopedni boshqarish esa 16 yoshga to'lgan shaxslarga ruxsat etiladi.

27.2

Velosipedlar, mopedlar, aravalarni boshqarish, hayvonlarni minib borish yoki haydab ketish paytida yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga halaqit bermasa, yo'l yoqasida ham harakatlanishga ruxsat etiladi.
Yo'lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, minib olingan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to'dasi, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan hamda ularni quvib o'tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo'linishi kerak.

27.3

Velosiped tovush bergich moslamasi bilan jihozlangan va uning tormozi soz bo'lishi zarur. Qoronri vaqtda va etarli ko'rinmaslik sharoitida velosipedning old tomoniga oq rangli, orqa tomoniga qizil rangli chiroqcha yoki qizil rangli nur qaitargich, yon tomonlariga esa zarg'aldok yoki qizil rangli nur qaitargich o'rnatilishi kerak.

27.4

Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
rulni bir qo'lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
yo'lovchi tashish (ishonchli oyoq qo'gich bilan jihozlangan qo'shimcha o'rindiqda 7 yoshgacha bo'lgan yulovchini tashish bundan mustasno);
gabaritdan bo'yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshkarishga halaqit beradigan yuklarni tashish;
velosiped yo'lkasi bo'lgani holda yo'lning qatnov qismida harakatlanish;
tramvaylar harakatlanadigan yo'llarda va tegishli yo'nalishda bo'lagi bittadan ko'p bo'lgan yo'llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish, (velosiped yoki mopedlarga mo'ljallangan tirkamalar bundan mustasno).

V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.Mavzuni o`qish

Ma`naviyat Sana 21.12.2012

Mavzu:Barkamol avlod millat tayanchi


Darsning maqsadi:

Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Dars o`tish metodi: Aralash, interfaol.

Dars jihozi: O`zbekiston respublikasini davlat madhiyasi mp3 formatda

I. Tashkiliy qism. 1.O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. 3.Biz bilgan bilimlar.

III. Yangi mavzu bayoni.

      Bugungi kunda sog‘lom oilani shakllantirish, aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash eng ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan. Prezidentimizning 2009 yil 13 apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari tibbiyot muassasalari faoliyati ko‘lamini yanada kengaytirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaga tayyorlash, irsiy kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarning salomatligini muhofaza qilish bilan bog‘liq keng ko‘lamli ishlarni hayotga tatbiq etishda muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda.

            Mas’ul muassasalar tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, onalar va bolalarning kasallikka chalinish holatini qisqartirish, tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, bolalar nogironligini kamaytirish, sog‘lom irsiyat va sog‘lom avlodni ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish ishlariga jiddiy e’tibor qaratilgan.

            “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida respublikamizning eng chekka hududlarida ham aholini zamonaviy tibbiy va laboratoriya uskunalari yordamida davolash, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, o‘quv markazlari ilmiy salohiyatini yanada kuchaytirishga jiddiy ahamiyat berilgani bejiz emas.

            Albatta, normativ-huquqiy hujjatlarda aks etgan huquqiy me’yorlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda keng ko‘lamli va ta’sirchan targ‘ibot tadbirlari ijobiy samara beradi.

            Shu maqsadda FHDYO bo‘limimiz tomonidan “Oila — jamiyat  tayanchi”, “Sog‘lom ona — sog‘lom bola”, “Oila — muqaddas Vatan”, “Yoshlar — kelajak poydevori” kabi mavzularda aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan tadbirlarimiz yoshlarni oiladan boshlab el-yurtga, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularning odob-axloq, ma’naviyat tushunchalarini o‘zlashtirishlari, milliy qadriyatlarimizning ijobiy jihatlarini o‘rganishlariga zamin yaratmoqda.

            Zero, barkamol avlodning har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida nafaqat oila, davlat, jamiyat, balki barchamiz birdek mas’ulmiz. Prezidentimiz aytganlaridek, “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi”.

V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.Mavzuni o`qish

Ma`naviyat Sana 25.01.2013

Mavzu: Mardlar qo`riqlaydi vatanni


Darsning maqsadi:

Tarbiyaviy maqsad: Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Dars o`tish metodi: Aralash, interfaol.

I. Tashkiliy qism. 1.O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash

II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. 3.Biz bilgan bilimlar.

III. Yangi mavzu bayoni.

Ertaga yurtimizda katta bayram — Vatan himoyachilari kuni. Bu kunni nafaqat Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotganlar, balki keng jamoatchilik katta tantana bilan bayram qiladi.

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 2011 yil 28 oktabrda qabul qilingan "Vatan himoyachilari kunini va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi Farmoyishi bunga asos bo‘lib xizmat qilapti. Vatan himoyachilari kunini yuksak taktik tayyorgarlik, yorug‘ yuz bilan kutib olayotgan harbiy xizmatchilar orasida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining fidoyi askar va ofitserlari ham borligi quvonarli. Gazetamizning bugungi qo‘sh sahifasida ana shu boshqarma faoliyati haqida hikoya qilamiz.

Darhaqiqat, jahonda yurtlar ko‘p, lekin har bir inson uchun Vatan bitta, u ham bo‘lsa ajdodlari yashab o‘tgan, o‘zining kindik qoni tomgan aziz maskandir. Shuning uchun ham Vatan non kabi, jon kabi qadrlanadi, uni yot kuchlardan mudofaa qilish uchun kechani kecha, kunduzni kunduz demay sobit turuvchilar esa eng hurmatga sazovor insonlar bo‘lib, biz faxru iftixor bilan ularni Vatan himoyachilari dea ardoqlaymiz. Ularga ishonamiz va doimo sog‘u salomat yurishlarini istaymiz.



Yurtimizda Vatan himoyasiga hamma vaqt jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda. Ana shu e'tibor tufayli istiqlol yillarida armiyamiz har tomonlama rivojlantirildi, milliy armiyamizda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar tufayli zamonaviy, yurtimiz daxlsizligi va xavfsizligini ta'minlaydigan, tinch va osuda hayotimizni himoyalashga qodir, tezkor, ixcham, professional Qurolli Kuchlar shakllandi. Eng quvonarlisi, yigitlarimiz armiya saflarida xizmat qilishni sharaf deb bilmoqdalar.

V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.Mavzuni o`qish



Download 60.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik