Mavzu: O‘zbek tilida so‘roq va undov gaplar Reja. I. Kirish. Gap haqida umumiy ma’lumot. II. Asosiy qism



Download 43.32 Kb.
Sana19.09.2019
Hajmi43.32 Kb.
Mavzu: O‘zbek tilida so‘roq va undov gaplar Reja. I. Kirish. Gap haqida umumiy ma’lumot.

II. Asosiy qism:

1. So‘roq gaplar haqida umumiy ma’lumot.

2. O‘zbek tilida so‘roq ma’nosini ifodalovchi vositalar:

a) so‘roq intonatsiyasi;

b) so‘z tartibi;

d) so‘roq olmoshlari;

e) so‘roq yuklamalari ;

3. Undov gaplar va ularning tasnifi haqida umumiy tushuncha.

4. Undov gapning turlari:

a) darak-undov gap;

b) so‘roq-undov gap;

d) buyruq-undov gap.



III. Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

O‘sib kelayotgan yosh avlod taqdiriga hech kim befarq qaragan emas. Bunda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni katta. Yoshlarni qay usulda o‘qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo‘lishiga qayg‘u-rish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi saviyamizni jaxon asoslari darajasiga yetkazish, xalq xo‘jaligida mutaxassislikka bo‘lgan talab va ehtiyojlarni ilmiy tahlil asosida aniqlash, xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridandir. Ilm ziyo salohiyati – bu xalqning, vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir. 1

Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.

Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatamiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etammiz.2

Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi avlodlar o‘rtasidagi ruhiy - ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilinig betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir.

Insoniyat tarixida tilga doimo katta e’tibor berib kelingan. XX asr oxriga tilga ijtimoiy xodisa sifatida qarash g‘oyasi keng yoyildi. Bu bejiz emas. Chunki jahondagi ko‘pgina mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy tillar davlat tili

yoki rasmiy til maqomiga ega bo‘ldi. Jumladan, o‘zbek tili ham. O‘zbek tiliga 1989- yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berilgan.

Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iborat. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo‘ladi.

Til kishilar o‘rtasida eng muhim fikr ifodalash vositasi ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi. So‘z ham, so‘z birikmasi ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ vazifadir. Bu vazifa gap uchun xos hisoblanadi.

Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir.

Gap - kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy va usullik ko‘rinishi. U so‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi.3

Gapning asosiy funksional belgisi kommunikativlik, ya’ni fikr ifodalash va bayon qilish vazifasidir.

Kommunikatsiya jarayoni uchun jamoa zarur. Aniqrog‘i, muayyan tilda axborot uzatish va qabul qilish shu tilda so‘zlashish malakasiga ega kishilarni taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat beradi.

Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlikdir Masalan: Bahor keldi va bahorning kelishi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida esa yo‘q.

Gap termini umumlashgan birlik mohiyat sifatida til birligini ham,

reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq birligini ham ifoda etadi.4

Gap biror voqea- hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni

ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki

faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi.

So‘z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi.

Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan

o‘zaro bog‘lanadi. Har bir gap biror maqsadni- mazmunini ifodalaydi.Og‘zaki

nuqtda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi.Ohang ayni bir

vaqtda gaplarni bir –biridan ajratib turadi. Ohang gap uchun eng muhm belgidir.

Ayrim so‘z ( Kuz. Tong.) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak,gap

yuzaga keladi va biror fikr- maqsad anglashiladi: Ko‘m-ko‘k dala.G‘arbiy



chegaralardan biri.

Gapning kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra

turlarini ham o‘z ichiga oladi. Gaplar kommunikativ maqsadiga ko‘ra nutqiy aloqa

turiga asoslanadi. Nutqiy jarayonda so‘zlovchi ma’lum axborotni yoki istak-

xohishni tinglovchiga bayon qilishni, ma’lum voqea, hodisa haqida tinglovchidan

so‘rashni, suhbatdoshini ma’lum axborotni bayon qilishga yoki ma’lum harakatni

yuzaga chiqarishga da’vat qilishni maqsad qiladi. So‘zlovchi o‘zining maqsadiga

muvofiq keladigan gap shakllarini tanlaydi. Shunga muvofiq gaplar ifoda

maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) darak gaplar, 2) so‘roq gaplar, 3)

buyruq gaplar, 4) istak gaplar.

Yuqoridagi gaplarning har qaysi til sathida bir-biridan farq qiladigan

o‘ziga xos modeliga ega. Har qaysi model nutq jarayonida modeliga kiruvchi

qo‘shimcha ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shaklga ega bo‘lib, modelga

umumlashgan (invariant) ma’noni xususiy variant ma’nolar bilan boyitishi

mumkin.

Har qanday gapning uyushtiruvchi markazi kesim bo‘lganligidan gapning

ifoda maqsadiga ko‘ra modellar ham kesim asosida ajratiladi.

Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra modellar tizimi kategoriyani hosil qiladi.

Invariant ma’no va invariant shakl asosidagi bu to‘rt xil gap uch belgi

asosida bir-biridan farq qiladi: a) I shaxs axboroti, b) II shaxsni harakatga qo‘z-

g‘ash, v) modallik.

Gap turlari

Darak

So‘roq

Buyruq

Istak(optativ)

Aloqa turlari













I shaxs axboroti

II shaxsni harak qo‘z

Modallik


+

-


0



-

+

0



-

+

+





+

-

+



Darak gaplar

Ma’lum voqea- hodisa, belgi-xususiyat haqida tasdiq yoki inkor yo‘li

bilan xabar beruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi .

Masalan: Azizxon ikki marta Do‘nan polvon ishlayotgan uchastkaga



borib ishini ko‘rib keldi. Bir yelka qoqib qanorni o‘ngladi. Oqsoqol chamadonini

qo‘lyiqlab eshak bog‘langan tomonga yugurdi. (Said Ahmad. Ufq. 92-bet)

Buyruq gaplar

Kesimi buyruq maylidagi fe’llardan ifodalangan gaplar buyruq gap hisoblanadi.

Masalan: –Siz to‘xtangiz, Otabek, –dedi. ( Qodiriy A. O‘tkan kunlar 322-bet.)

So‘ramang,-dedi Hasanali,-siz tinchkina tahoratingizni olib, namozingizni o‘quy



bering. (Qodiriy A. O‘tkan kunlar. 323-bet )

-Bolamni so‘kmang. - Bolaginamni g‘adablamang! -Bor, yuvin, keyin yeysan.

-Bolamga qattiq gapirmang. -Bolaginamga so‘yib bering yesin. (Said Ahmad. Ufq.

7-bet)

Ba’zan buyruq gapning markaziy qismi – kesim bevosita

ifodalanmasligi mumkin. U vaqtda bevosita ifodalanmagan buyruq maylidagi

fe’ldan ifodalanishi lozim bo‘lgan kesim nutq vaziyatidan anglashilib turadi.



Istak gaplar

Kesimi shart-istak maylidagi fe’llardan foydalangan gaplar istak gaplar sanaladi.

Masalan: -Tursunboy, bolaginam, tursang-chi.(Said Ahmad. 9-bet)

Istak gaplar so‘zlovchining istak-xohishini ifodalash uchun xizmat

qiladi. Bunday gaplar so‘zlovchining axborot berishi belgisida ko‘ra darak gaplar

bilan umumiylikni hosil qiladi. Lekin til sathida o‘zining alohida modeli

mavjudligi va nutqda konnotativ ma’no ma’lum axborot berish bilan birga,

so‘zlovchining istagi, xohishini ifodalanishiga ega bo‘ladi.

Istak gaplar so‘zlovchining istagini ifodalaganligi uchun ham u

kelgusida bo‘lishi orzu qilinayotgan voqea-hodisa, belgi-xususiyat haqida axborot

beradi.

So‘roq gaplar

So‘zlovchi o‘ziga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa haqida ma’lumot olish

maqsadida ishlatiladigan gaplar so‘roq gap hisoblanadi.

Masalan: Dildor bilan yaqinligi unga yoqmayaptimi? Yo akasi Dildorni sevib



qoldimikin? Nega shunday? Nega uning bolasi qo‘rqoq chiqdi ? (Said Ahmad.

Ufq. 245-bet)





So‘roq gaplar gapning boshqa turlaridan maxsus grammatik vositalari

bilan ajralib turadi.

So‘roq gaplarning shakily paradigmasi so‘roq gaplar xilma-xil vositalar

bilan hosil bo‘ladi. So‘roq gaplarni shakllantiruvchi vositalar gapni so‘roq

vositalari sanaladi.Ular quyidagilardan iborat:


  1. So‘roq yuklamalari (-mi,-chi,-a,-ya) so‘roq yuklamalari so‘roq gap kesimiga

qo‘shilib, so‘roq gapni shakllantiradi. So‘roq gapga qaysi qismiga mantiqiy

urg‘u tushishidan qat’iy nazar so‘roq yuklamasi kesim tarkibida bo‘ladi.

Masalan: –Meni o‘g‘lim deysizmi? - dedi.

Omon polvon shu yerdami?- dedi u yana boshini ko‘tarib. (Said Ahmad. 327-

bet)

Hech narsangiz yo‘qmi?



Shunaqami?

Rostdanmi? - dedi ajablanib rais. (Said Ahmad. 510-bet)

So‘roq yuklamalari orqali ifodalangan so‘roq gaplar ha yoki yo‘q

javoblarni talab qiladi. Yozuvda –mi yuklamasi so‘zga qo‘shilib, -chi, -a, -ya

yuklamalari so‘zdan ajratilib yoziladi.

Ilgari o‘zingiz uylangan edingizmi?

Yo‘q. (A.Qodiriy. O‘tkan kunlar. 73-bet.)

Amaking ko‘rinmaydi. Dalaga chiqib ketganmi?

Yo‘q, uxlayaptilar.

E, uyg‘otmaysanmi. G‘aflat bosib yotaveradimi?

Mayli, uxlasinlar. (Said Ahmad. Ufq. 439-bet.)

Ayrim turkiy tillarda, xususan, qorachoy-balgar tilida mantiqiy urg‘u

qaysi bo‘lakda bo‘lsa, so‘roq yuklamasi shu bo‘lak tarkibida bo‘ladi.

Masalan: To‘g‘rimi, Rahimberdi?

To‘pponcha polvon bormi? (Said Ahmad. 296-bet)

2.So‘roq olmoshlari (kim? nima? qachon? qayer? nega? va boshqalar.)

Masalan: –Kanal qaziganimizda hammani qoyil qoldirgan Do‘smat polvon

qani? Nima deb boraman? Qay yuz bilan boraman? (Said Ahmad. Ufq. 95-bet)

- Biz tomonlarda nima qilib yuribsan, opa? – dedi Nizomjon hayron

bo‘lib.

- Voy, opaginang aylansin, qayoqlarda yuribsan? (402-bet)

Masalan:

So‘roq olmoshlari bilan yordamida ifodalangan so‘roq gaplar so‘roqqa

javob bo‘luvchi so‘zni talab qiladi.

3.So‘roq ohangi. So‘roq ohangi so‘roq ifodalashning universal

vositasidir. U so‘roq gaplarning hamma turida ishtirok etadi. Lekin so‘roq

ifdolovchi maxsus shakily vositalar ishlatilmaganda, ohang asosiy so‘roq

ifodolovchi vosita hisoblanadi.

Masalan: suv keldi-suv keldi?

So‘roq ifodolovchi bu uch xil vositaning har bir til sathida umumlashgan

tip sifatida so‘roq modileni, ulaning bevosita kuzatish sathidagi namunalari munosa




So‘roq gap

So‘roq gap variantlari

1

2

3



R mi So‘roq

Olmoshi R

R ?


Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Bahorni kim sog‘inmaydi?

Bahorni sog‘inding ?


bati esa nutq sathida paratigmatik munosabatni hosil qiladi.

So‘rash ma’nosi ta’kidlangan so‘roq gaplarda grammatik vositalar

birdan ortiq bo‘lishi mumkin.

Masalan: –Majlisda nimadan bahs qiling‘anini-chi? (Qodiriy A. O‘tkan kunlar

292-bet)

So‘roq gaplarning ma’nolari.

So‘roq gaplar turli-tuman ma’nolarni, his-tuyg‘ularni va so‘zlovchining

voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.

1.Sof so‘roq gaplar. Bu tip so‘roq gaplar tinglovchining ma’lum javobini talab qiladi

Masalan: Majlisdan xabaring bo‘lsa, kim qaysi fikrda qolg‘anini bilarsan?

Basharti men bu vahshatka ishtirok qilg‘an bo‘lsam, qaysi aql va qanday

manfaatni kuzatib qo‘shilishqan bo‘laman?

Buyruqni qachon oldingiz? (Qodiriy A. O‘tkan kunlar 292-bet)

2.Ritorik so‘roq gaplar.

Ritorik so‘roq gaplar so‘roq shaklida bo‘ladi, javob talab qilmaydi. Badiiy

tilda, ba’zan ommaviy nutqda so‘zlovchi o‘z his-tuyg‘ularini hayajon bilan ifoda etadi. Ritorik so‘roq gaplar jumlaning ta’sirli bo‘lishiga xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi.

Masalan: Eng so‘nggi vidolashish kuni yetdi? (Qodiriy A. O‘tkan kunlar.

378-bet)

Ritorik so‘roq gaplarning maxsus turini aytmaysizmi, bo‘ladimi so‘zlari

bilan kelgan gaplar tashkil etadi.

Masalan: Ertasiga ot og‘rib qolsa bo‘ladimi? (Oybek)

So‘roq gaplarning mazmuniy paradigmasi.

So‘roq gaplar umumlashtiruvchi so‘roq ma’nosi bilan bir butunligini hosil

qilsa ham, lekin bu so‘roq ma’nosi real holda turli variantlar – semalar orqali

namoyon bo‘ladi.

1.Sof so‘roq semasi: Qizing ketti, nega aytmading?

2.Taajjub semasi: Shu gaplar rosmi?

3.Gumon semasi: Muxbir emasmisiz, mulla aka?

4.Buyruq semasi : To‘yga bormaysizmi?

5.Darak semasi: Agar Makkatillo Farg‘onaning yonida bo‘lsa, odamlar bormasmidi?

6. Tashvish semasi: Pojarniklar qildan qiyiq axtarmasmikin?

7.G‘azab semasi: Men bo‘ri bo‘ldimmi?

8.Kinoya semasi: Pichoqni shu Xolmat uradimi?

So‘roq arxisemasi ichidagi bu semalar munosabat so‘roq gaplarning

mazmuniy paradigmatik munosabatni hosil qiladi. Mazmuniy paradigma ichida

birinchi sema so‘roq gap uchun markaziy, qolgan semalar esa chegara semalar

sanaladi.



So‘roq gaplarda shakl va mazmun munosabati

So‘roq gaplar sof so‘roq semasi ifodalaganda uning shakli va mazmuni

o‘rtasida mutanosiblik bo‘ladi. Boshqa holatlarda nomuyanosiblik kuzatiladi.

So‘roq gaplar shakli va mazmuni o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ikki

guruhga bo‘linadi:

1)shakl va mazmuni mutanosib bo‘lgan so‘roq gaplar (sof so’roq gaplar);

2)shakl va mazmuni nomutanosib bo‘lgan so‘roq gaplar.

Shakl va mazmuni mutanosib bo‘lgan so‘roq gaplarning tarkibida so‘roq

gaplarning tarkibida so‘roq vositalari ishtirok etib, faqat shakl tomonidangina

so‘roqgap sanaladi .Lekin so‘zlovchining niyati o‘ziga noma’lum bo‘lgan voqea-

hodisa haqida so‘rash emas, balki o‘ziga ma’lum voqea- hodisa haqida axborot

berish, ma’lum voqeani amalga oshirishga da’vat etish bo‘ladi.

Shunga muvofiq, shakl va mazmuni nomutanosib bo‘lgan so‘roq gaplar ikki

guruhga bo‘linadi:



  1. so‘roq-darak gaplar;



  1. so‘roq-buyruq gaplar.

So‘roq-darak gaplar

Darak mazmunini ifodalovchi so‘roq gaplarga so‘roq darak gap deyiladi.

So‘roq-darak gaplar shakl tomonidan tarkibda so‘roq vositalari ishtirok

etishi belgisiga ko‘ra so‘roq gaplar bilan paradigmatik munosabatga kirishsa,

mazmuni jihatdan ma’lum voqea, belgi-xususiyat haqida axborot berish belgisiga

ko‘ra darak gaplar bilan paradigmatik munosabatga kirishadi. Bunday gaplarda

shakl va mazmun o‘tasida ko‘pincha ikki belgi asosida ziddiyat mavjud bo‘ladi:

birinchidan, ifoda maqsadiga ko‘ra ziddiyat (so‘roq shakli orqali darak

ma’nosining ifodalanishi), ikkinchidan, tasdiq-inkor belgisiga ko‘ra ziddiyat

(tasdiq shakli orqali inkor ifodalanishi, yoki aksincha, inkor shakli orqali tasdiq

ifodalanishi).

Paradigma a’zolari o‘rtasidagi farqli belgi shuki, so‘roq gap shakli orqali

ifodalangan tasdiq yoki inkor ma’nosi so‘roq gap orqali ifodalangan tasdiq yoki

inkor ma’mosidan kuchliroq ifodalanadi.Ya’ni so‘roq shaklida propozitiv ma’no

ustiga konnotativ ma’no qo‘shiladi. Demak, bu ikki paradigma a’zosi o‘zaro

konnotativ ma’noning bor yo‘qligiga ko‘ra farqlanadi.



So‘roq-buyruq gaplar

Buyruq mazmunini ifodalovchi so‘roq gaplar so‘roq-buyruq gap

hisoblanadi.

So‘roq-buyruq gaplar shakl tomonidan so‘roq vositalarining ishtirok etishiga

ko‘ra so‘roq gap hisoblansa ham, lekin u mazmunan buyruqni ifodalaydi. Shuning

uchun ham buyruq gaplar bilan mazmuniy paradigmatik munosabatga kirishadi.

So‘roq-buyruq gaplarda ham shakl va mazmun o‘tasida ikki xil ziddiyat mavjud

bo‘ladi:



  1. ifoda maqsadiga ko‘ra ziddiyat (so‘roq shakli orqali buyruq mazmuning

ifodalanishi)

  1. tasdiq –inkor belgisiga ko‘ra ziddiyat (so‘roq gapning bo‘lishsiz shakli

orqali tasdiq axborot ifodalash yoki bo‘lishli shakli orqali inkor axborot

ifodalash).

Buyruq mazmuning so‘roq gap shakli orqali berilishi uslubiy qimmatga

ega bo‘ladi. So‘roq gap shakli orqali ifodalangan buyruq mazmunini buyruq gap

shakli orqali ifodalagan buyruq mazmuniga nisbatan mayinroq bo‘ladi.

Gapning emotsionallikka ko‘ra turlari

Til sathida yuqorida ko‘rsatilgan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra gap

modellari nutq jarayonida turli variantlarda namoyon bo‘ladi. Nutq sathida esa bu

variantlar yana qo‘shimcha belgilarga han ega bo‘ladi. Bu belgilardan biri

so‘zlovchining his-hayajonidir.

Demak, darak, so‘roq, buyruq, istak gaplarning nutq jarayonida

so‘zlovchining his-hayajonini ham ifodalashi ularni his- hayaonga aylantiradi.

His-hayajonli gap undov gap deyiladi.

Undov gaplar shakliy tuzilish jihatidan ham farqlovchi belgilarga ega

bo‘ladi.

1.Undov ohangi, kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi;

2.Tarkibida hayajon bildiruvchi so‘zlar ishtirok etadi.5

Fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalangan gap undov gap deyiladi.

Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo‘rquv, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxirida undov belgisi qo‘yiladi.

Masalan: Yuz qizil, lablar qizil,

Barmoq uchi ham qip-qizil,

Qosh qora, ko‘zlar qora,

Hech bo‘lmasin baxting qora!



.

His-hayajon gaplar his-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq shaklidagi gaplardir. His-hayajon gaplarda, ko‘pincha, qancha, naqadar, qanday, shunchalar so‘zlari hamda undov so‘zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi.

Masalan:

Agar so‘roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so‘roq belgisi, undan keyin undov belgisi qo‘yiladi.

Masalan:

Salomlashish-so‘rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog‘langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi va undov gaplar hisoblanadi.



Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, so‘roq va undov gaplar til birligi sifatida inson his-tuyg‘ularini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular, o‘z navbatida, nutqni chiroyli, ravon bo‘lishini ham ta’minlaydi.

So‘roq gaplar turli-tuman ma’nolarni, his-tuyg‘ularni va so‘zlovchining

voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.

Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo‘rquv, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi.

Demak, darak, so‘roq, buyruq, istak gaplarning nutq jarayonida

so‘zlovchining his-hayajonini ham ifodalashi ularni his- hayaonga aylantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilmiy-siyosiy adabiyotlar:

1. Каримов И. А. Юксак манавият-енгилмас куч- Т.: Шарк, 2007, 83-б, 15-б.

2. Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.Тошкент: Узбекистон, 2016, 55-б, 14-б.
Ilmiy adabiyotlar:

3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M., Hozirgi o‘zbek adabiy tili.- Toshkent, Fan va texnologiya, 2009, 416-b.



4. Махмудов Н., Нурмонов А.збек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис).-Тошкент: Укитувчи, 1995, 149-б.


1 Каримов И. А. Юксак манавият-енгилмас куч- Т.: Шарк, 2007, 83-б, 15-б.

2 Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.Тошкент: Узбекистон, 2016, 55-б, 14-б.


3 Sayfullayeva R. ,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., Fan va texnologiya, 2009. – 416 b.



4 Махмудов. Н. Нурмонов А.узбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис) Т. Укитувчи 1995 149 б



5 Махмудов. Н. Нурмонов А.узбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис) Т. Укитувчи 1995 149 б



Download 43.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar