Mavzu: O`quvchilarga yengil sanoat ishlab chiqarish asoslarini o`rgatish


Paxta tozalash korxonasini  boshqaruv tuzilmasining vazifalari



Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana28.09.2021
Hajmi1.07 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Paxta tozalash korxonasini  boshqaruv tuzilmasining vazifalari. Korxona 

rahbarining majburiyatlari va huquqlari uz navbatida qonuniy tartibga va meyoriy 

aktlarga 

javob 


beradigan 

akyiyadorlar 

jamoasining 

ustavi 


bilan 

belgilanadi.Korxona rahbari unga muvofiq ishlab chiqarish va moliyaviy xujalik 

faoliyatiga  rahbarlik  qilish  yuzasidan  berilgan  huquqlar  asosida  quyidagilarni  

ta‘minlash  lozim  buladi.Ishlab  chiqarish  hamda  belgilangan  nomenkulatura  va 

assortimentda  mahsulot  yetkazib  berish  rejalarini  bajarish,  ishlab  chiqarishga 

yangi  texnika  va  texnologiyalarni  joriy  qilish,  ishlab  chiqarish  mehnatni  tashkil 

etishni  yaxshilash,  muntazam  ravishda  mehnat  unumdorligini  oshirish  va 

tannarxni  kamaytirish,  foydani  oshishni  ta‘minlash,  korxonani  davlat  byudjeti, 

mahsulot yetkazib beruvchilar va istemolchilar oldidagi barcha   majburiyatlarini 

yaxshilash. 

Uz faolitida yagona rahbarlik tartibiga rioya qilib, muntazam ravishda ishlab 

chiqarish  kengashlarini  utkazish,  ularda  ishlab  chiqarish  rejalari,  yangi 

texnikaning  joriy  etish  rejalarini    va  boshqa    muhim  masalarni  muhokama  etish 

kerak. 


Sexlar,  ishlab  chiqarish  bulinmalari,  xizmatlar,  bulimlar,  xujaliklar  va 

boshqa tarkibiy bulinmalar korxona rahbari  tasdiqlagan  nizomga binoan faoliyat 

kursatadi. 

Paxta  tozalash  korxonalarining  rahbari  bosh  muxandis  orqali  ishlab  chiqarish-

texnika  qismiga,  tayyorlov  bo‘limi  boshlig‘i  orqali  paxta  tayyorlash  faoliyatiga 

rahbarlik qiladi. 



Bosh  muxandis paxta  tozalash korxonasi  rahbarining  birinchi  o‘rinbosaridir.  Uning 

faoliyat  doirasiga  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishning  joriy  va  istiqboliy  rejalarini 

belgilash,  ishlab  chiqarishga  texnik  rahbarlik,  texnologiya  jarayonni  yangilash, 

uskunalar  samaradorligini  oshirish  va  mahsulot  sifatini  yaxshilash,  ishlab 




chiqarishda  mehnatni  tashkil  etish  va  uning  xavfsizligini  ta‘minlash,  korxonaning 

materiallar,  ehtiyot  qismlar  va  asboblarga  ehtiyojini  anikdash  hamdaulardan 

foydalanishni nazorat qilish kiradi. 

Korxonaning  bosh  mexanigi  vazifasi  doirasiga  barcha  texnologik  va  energetik 

uskunalarning,  barcha  mashina  va  mexanizmlarning  tuxtovsiz  va  unumli  ishlashini 

ta‘minlash  kiradi.  Uning  zimmasiga  xarakatdagi  uskunalarni  o‘z  vaqtida  sifatli 

ta‘mirlash va modernizasiyalash hamda yangi uskunalarni montaj qilishni ta‘minlash 

yuklanadi. 



Bosh  mexanikka  ta‘mirlash-mexanika  ustaxonasi  va  ta‘mirlash  brigadasining 

brigadiri  bo‘ysunadi.  Smena  boshlig‘i  (ustasi)  to‘la  xukuqli  rahbar  hamda  ishlab 

chiqarish va mehnatning bevosita tashkilotchisi bo‘lib, o‘z bo‘g‘inida ishlab chiqarish 

rejasining bajarilishi uchun javob beradi. 



Ustalarga  ishlab  chikarish  bo‘g‘inlarida  ishchilarni  ishga  qabul  qilish  va  joy-

joyiga  qo‘yish,  sex  boshlig‘ining  (paxta  tozalash  korxonasida  bosh  muxandisning) 

tasdiklashi  bilan  ortiqcha,  shuningdek,  ishlab  chikarish  yoki  mehnat  intizomini 

buzuvchi  ishchilarni  ozod  etish,  ishchilarga  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  tarif 

razryadlarini  berish,  alohida  o‘rnak  ko‘rsatgan  ishchilarni  mukofotlashga  va 

rag‘batlantirishning boshqa turlariga tag‘dim etish xukuqi berilgan. U ishlab chikarish 

va mehnat intizomini buzuvchi ishchilarga intizomiy jazolar berish, ishlab chikarish 

me‘yorlarini  muntazam  bajarmayotgan  va  sifatsiz  mahsulot  ishlab  chiqarishga  yo‘l 

qo‘yayotgan ishchilarni past haq to‘lanadigan ishga o‘tkazish huquqiga ega. 

Usta  ishchilarni  nosoz  uskunada,  shuningdek,  sifatsiz  xom-ashyo  va 

materiallarda ishlashiga yo‘l ko‘ymasligi lozim. Korxona rahbarlari ustalarni ularga 

xos bo‘lmagan xo‘jalik vazifalari va har xil ko‘shimcha ishlar bilan band qilmasligi 

kerak. 

Usta  ishlab  chiqarishning  bevosita  tashkilotchisi  sifatida  o‘z  ish  bo‘g‘ini 

bo‘yicha  mehnat  unumdorligining  oshishi  va  mahsulot  birligiga  ishlab  chikarish 

xarajatlarining  kamayishini  ta‘minlash  shart.  Uning  vazifasiga  ish  bo‘g‘ini  va  ishlab 

chikarish  bo‘yicha  reja  hamda  grafiklarga  muvofik  ishchi  va  brigadirlarga 

topshirikdarni belgilash, ishlab chikarishda xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, mavjud 




ishlab  chikarish  uskunalaridan  samarali  foydalanishni,  ularni  ish  bilan  yuklash  va 

to‘g‘ri  bir  maromda  foydalanishni  ta‘minlashi  kerak.  Usta  belgilangan  texnologik 

va  mexnat  intizomiga,  ish  joylarida  tozalik  va  tartibga  qatiy  rioya  etilishini  kuzatib 

bormog‘i  kerak,  ish  joylari  bo‘yicha  barcha  ko‘rsatmalar  ustalar  tomonidan 

beriladi. 

Usta  ishlab  chiqarish  grafiklarini  ishlab  chikarishda  ishtirok  etadi,  ishlab 

chikarishni  o‘z  vaktida  tayyorlashni  va  bir  maromda  ishlashini  ta‘minlaydi.  Usta 

xavfsizlik  texnikasi  hamda  ishlovchilarning  mehnat  muhofazasi  qoidalari  aniq 

bajarilishi to‘g‘risida aloxdsa g‘amxo‘rlik kilishi kerak. 

Smena  boshlig‘i  (usta)ning  bevosita  ixtiyorida  kuyidagilar  bo‘ladi:  uskunani 

sozlovchi  va  smena  elektriklari,  jinchilar,  momiq  ajratuvchilar,  presschilar,  paxta 

uzatuvchilar, urug‘lik chigit tayyorlash, ishlab chikarish chikindilarini yig‘ish, tozalash 

va qayta ishlash bo‘yicha bo‘lim brigadirlari. 

 

Taiyorlov bo’limi  paxtani qabul qilish, saqlash va tashish bilan bog‘liq  ishlarga 

rahbarlik  qiladi.  Bo‘lim  vazifasi  tayyorlov  maskanlari  va  yetkazib  berish  bazalariga 

rahbarlik,  paxta  yetishtiruvchi  xo‘jaliklar  bilan  kontraktasiya  shartnomalari  tuzish, 

urug‘lik chigit tayyorlash, ular bilan paxta tayyorlov maskanlarini va ular orqali paxta 

yetishtiruvchilarni ta‘minlash, o‘rash xujaligini tashkil kilish, xom-ashyo va tayyor 

mahsulot  bo‘limi  bilan  birga  zavodga  tola  ortish  rejalarining  bajarilishini 

ta‘minlaydigan miqdor va assortimentda paxta yetkazib berish rejasini ishlab chiqish, 

tayyorlov maskanlarining xo‘jalik faoliyatini nazorat kilishdan iborat. 



Xom-ashyo va tayyor mahsulot bo’limi zavod xududidagi tayyorlov maskanida 

paxtaning  saklanishini  tashkil  kiladi,  ishlab  chiqarishga  qayta  ishlash  uchun  paxta 

yuborilishini rasmiylashtiradi, ishlab chiqarishdan tola, chigit, momik va chiqindilar 

kabul kilishni va tayyor mahsulotning saklanishini tashkil kiladi, paxta mahsulotlarini 

iste‘molchilarga ortib jo‘natadi va tegishli xujjatlarni rasmiylashtiradi. 

Reja bo’limi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat va ish haqini tashkil qilish 

bilan  shugulanadi,  boshqa  bo‘limlar  va  ijrochilarni  jalb  qilgan  holda  istikboliy  va 

yillik  rejalarini  ishlab  chiqadi,  ish  haqi  to‘lashni  tashkil  kiladi,  bo‘linmalar 



rahbarlariga  ishlab  chiqarish  rejasini, xodimlar ish haki fondlarni hamda ijrochilarga 

ishlab  chiqarish  topshirikdari  va  belgilangan  mehnat  meyorlarini  yetkazadi,  ishlab 

chikarish  rejasi  va  mehnat  rejasi  bajarilishining  borishini  nazorat  kiladi.  Reja  bulimi 

ishlab  chiqarish  ko‘rsatkichlarini  iktisodiy  taxlil  kiladi.  Uning  muxum  vazifasi, 

shuningdek joriy etilgan texnikaning iktisodiy samaradorligini aniklashdir. 

Buxgalteriya korxona xo‘jalik faoliyatining xisob-kitobini olib boradi hamda pul 

mablag‘lari  va  moddiy  boyliklarning  sarf  xarajatini  nazorat  kiladi.  Uning  vazifasi  - 

korxonaning  buxgalteriya  hisobini  va  balanslarini  olib  borish  va  tuzish,  ombor 

hisob-kitobining  olib  borilishini  hamda  xisobdor  moddiy  jihatdan  javobgar 

shaxslarda  saklanayottan  tovar-moddiy  boyliklarning  holatini  nazorat  kilish, 

tayyorlov  maskanlarida  hisob-kitobga  rahbarlik  qilish,  taftish  va  ro‘yxatga  olish 

ishlarini olib boradi, moliyaviy ishlarni bajarishdir. 

Texnik  nazorat  bo’limi  (TNB)  zavod  mahsulotlari  (paxta  tolasi,  chigit,  momiq, 

chiqindilar)ning sifatini, paxtaning turlari, navlari, sinflari va boshqa belgilar bo‘yicha 

uni  qabul  qilish,  jamlash  va  saqlashni,  tayyorlov  maskanlarida  va  zavod  xududida 

g‘aramlangan  paxtaning  sifatini  baholashni  nazorat  kiladi.  Bo‘limga  boshliq 

rahbarlik  qiladi,  u  ayni  vaqtda  zavod  laboratoriyasini  mudiridir.  TNB  boshlig‘i 

bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. 




Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat