Mavzu Nutqni eksperimental psixologiyada amaliy o’rganish



Download 31 Kb.
Sana28.02.2021
Hajmi31 Kb.

Mavzu Nutqni eksperimental psixologiyada amaliy o’rganish.
SHuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funktsiyalari (ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo’lishidan qat’i nazar ularning eng muhimi – bu so’zdir. Har bir so’z ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi (masalan: mashg’ulot, daftar, yomg’ir va boshqalar).
Tilning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:


  1. til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va murabbiylar);




  1. til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: “Lektsiya bo’lmaydi”, “Bugun bayram” – ta’sir qilishdan, ta’sir o’tkazishdan iboratdir);




  1. tilning muhim funktsiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).

Odam hayvonot olamidan farqli o’laroq o’zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo’lishidan qat’i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tilning eng asosiy funktsiyasi – bu kommunikatsiyadir.


Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtiri, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha jarayonining o’zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo’lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo’zg’atuvchilardan iboratdir (masalan: “Marsh”, “Salom”).
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson “signallarni - signali” (I.P.Pavlov) tarzdagi so’zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po’stida amalga oshadi.
P.Broka (1861 y.) miya po’stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kasb etgan va “so’z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz” deb atagan.
K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida “so’zlarning sensor obrazlari” joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar “stimul-reaktsiya” tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning ichlan

programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo’lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.


Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin)
Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan oldin, maxsus kod orqali bu fikrning asosini tuzamiz – u programmalashtirish mexanizmidir.
Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o’tish bilan bir guruh mexanizmlar keladi.
Esda olib qolishni so’zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo’llashni ta’minlovchi mexanizm.
Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o’tish mexanizmi.

Programma elementlarini grammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.

So’zni ma’nosiga qarab qidirishni ta’minlovchi mexanizmlar.

Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexanizmlar.


Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovushlarni to’ldirishiga o’tish mexanizmlari.

Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm.


Tadqiqodchi A.R.Luriya nutqning afaziyasini tekshirib, ular quyidagi turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
dinamik afaziya – gaplar yordami bilan so’zlash qobiliyatining buzilishi; efferent motor afaziyasi – gapning grammatik tuzilishi, buzilishi; afferent motor afaziyasi – nutq artikulyatsiyasining buzilishi; semantik afaziya – gaplar o’rtasidagi bog’liqlikning buzilishi; sesor afaziya – so’zlarni idrok qilishning buzilishi.

Nutq rivojlanishi davrlari.

1-davr 2 oydan 11 oygacha.
2-davr 11 oydan 19 oygacha.
3-davr 19 oydan 3 yoshgacha.

Nutq rivojlanishi quyidagi qususiyatlarga ega:



  1. gugulash.




  1. g’udurlanish (soxta so’zlar).

    1. paradigmatik fonetika (1,3- 1,5 yoshgacha) – buvi, buva, o’tir,

o’tirdi, o’tiradi.

  1. nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje – situativ nutq).




  1. nutq egotsentrizmi (J.Piaje – egotsentrik nutq). Nutq vujudga kelishining nazariyalari

Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to’plangan nazariy


va amaliy materiallar tahliliga ko’ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo’luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.
Odatda o’pka va nafas olish tana a’zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi.


Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat