Dars:O’qish
Mavzu:Navro’z
Maqsasd : a) Ta’limiy: O’quvchilarga Navro’z bayrami haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga milliy qadriyatlar, o’zbekona urf-odatlar,Vatanni sevish va uni ardoqlash kabi insoniy tuyg’ularni qadrlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi korreksion : O’quvchilarni mustaqil fikrlashga va o’z fikrini asoslay olishga o’rgatish orqali ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodlari : interfaol, klaster, suhbat, didaktik va ta’limiy o’yinlar.
Jihoz: darslik, tarqatma savollar, AKT vositalari, slaydlar, rag’bat kartochkalar.
Darsning borishi:
1 .Tashkiliya qism: Salomlashish
Sinf tartibiga soqchi
Bolalar kim navbatchi?
Tozalikni saqlovchi
Darsimizda hamma bor
Barchamiz darsga tayyor.
O’qituvchi: O’quvchilar darsimizni boshlashdan oldin o’quvchilar oltin qoidalarni eslaymiz.
(O’quvchilar oltin qoidalarni birma-bir aytib chiqishadi)Qani o’quvchilar hamma darsga tayyormi?
O’qituvchi: O’lkamizda qaysi fasl?
O’quvchi: Hozir o’lkamizda bahor fasli.
Hamma: Bahor keldi gulbahor
Etagida gul tutib
Bizga intiq lolazor
Qirlar bag’rida kutib.
O’qituvchi: Barchamiz ekranga qaraymiz video roliklar ketma-ketligi ko’rsatiladi.
Bahorda qaysi bayramlar nishonlanadi?
O’quvchilar : 8-mart xotin-qizlar bayrami , 21- mart Navro’z bayrami (Slaydlar ko’rsatiladi)
O’qituvchi Balli bolajonlar 8- mart onajonlar bayramini nishonladik.
Dunyoda bir mushtipardek
Rahnamo bo’lmas ekan
Barcha oltin marjonlar ham
Onadek bo’lmas ekan
O’quvchilar davom ettirishadi she’r aytishni.
Klaster o’yini tashkil etiladi. Doskaga 2 ta o’quvchi chiqib bajarishadi.
O’qituvchi: Darsimiz
Oquvchilar: O’qish darsi: she’r.
2 . O’tilgan mavzuni mustahkamlash
O’qituvchi: O’tilgan mavzu ?
O’quvchi : “Qaldirg’och yana keldi ! hikoyasi
O’tilgan mavzu o’yin orqali mustahkamlanadi. Past o’zlashtiruvchilarga bo’yalmagan qaldirg’ochlar beriladi.
O’quvchilar bo’yashlari kerak.
O’qituvchi : Bugun sinifimizda havo shari uchib keldi. Havo shari ichida qushlarimiz savollari bilan uchib kelishgan . (Qaldirg’och 4 ta chiziladi)
1-savol.
Bu qanday qush ?
2-savol.
Qalodirg’och o’lkamizga qachon uchib keladi ?
3-savol.
Ayvonda qanday hodisa ro’y berdi ? (hikoyadan)
4-savol.
Qaldirg’och nega xursand bo’lib uchib ketdi?
Javob bergan qaldirg’ochlar daraxtga yopishtirib qo’yiladi.
Past o’zlashtiruvchilar bo’yagan qaldirg’ochlar ham rangini aytib o’z joyiga yopishtiriladi
Savol-javob o’tkaziladi (Past o’zlashtiruvchi o’quvchi bilan)
1 Bu qanday qush?
2 Qanotlarining rangi qanaqa?
32Uyingizda qaldirg’och in qurganmi?
4 Qaldirg’och qanday uchadi?
5 Qaldirg’ochlar nechta bo’ldi?
3 . Yangi mavzu: “Navro’z” she’ri
O’qituvchi: Barchamiz ekranga qaraymiz. 21-mart . Butun O’zbek xalqi Navro’zi olam bayramini nishonlaydi. O’quvchilar kim aytadi? Navro’z bayramida qanday taomlar pishiriladi? – o’quvchi …
Qanday ishlar qilinadi ?
O’quvchi : navnihol ko’chatlar o’tkaziladi . Bayramda bolalar navro’z haqida sho’x qo’shiq aytib raqsga tushishadi. Har xil o’yinlar o’ynaydilar. (o’yinlar nomi aytiladi)
O’qituvchi: balli bolajon. Bugungi mavzumiz ham navro’z she’ri
O’qituvchi Navro’z so’zini Nav- yangi , ro’z – kun tushuntiriladi va kitobdan she’r o’qiladi;
Ko’kda oltin kamalak,
Doshqozonda sumalak,
Davraga chorlab tinmay.
Jar solar karnay sunray,
Navro’z muborak , navro’z !
Navro’z – bahor bayrami,
Quvonchlarning ayyomi.
Shodliklar misli buloq,
Quyosh bilan kulib boq,
Navro’z muborak, navro’z !
Past o’zlashtiruvchi bilan ishlash
Kesma harflardan so’zlar yasash
ONA , BAHOR, GUL, NAVRO’Z.
(bo’g’inlarga ajratish)
o-na, gul,
ba-hor, nav-ro’z
O’quvchilar kitobdan she’rni o’qishadi:
Doskaga shu so’zlarni yozdirish.
Dam olish daqiqasi. (raqs “Kapalak” qizlar)
“Ortiqchasini top o’yini” 2 ta o’quvchi doskaga chiqib shilliq qurt cho’[ntagidan meva va sabzavotlarni topib savatchaga solishadi.
Mavzu mustahkamlanadi.
O’qituvch: O’quvchilar she’rimiz mazmuni nima haqida ekan?
Navro’z bayrami qachon nishonlanadi ?
Qanday taomlar pishiriladi ?
“Daraxtni beza o’yini”
O’quvchilar havo sharidan gullar shaklini olib daraxtga yopishtirishadilar va gul shaklini chizadilar yaproqlarini sanaydilar.
O’qituvchi : Balli bolajonlarim .
2 ta o’quvchi doskaga chiqib barchani Navro’z bayrami bilan tabriklaydi.
Baholash barcha o’quvchilar rag’batlantiriladilar.
Vazifa : She’rni yod olish .
Yakunlash!
Bilim haqida so’z yoki she’r!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |