Mavzu: Navro’z bayrami



Download 47,5 Kb.
Sana20.09.2021
Hajmi47,5 Kb.
#180577
Bog'liq
dars ishlanma


Mavzu: Navro’z bayrami
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Navro’z bayrami haqida ma’lumot berish.Navro’z bayrami matni bilan tanishtirish.Ifodali va ravon o’qishga o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini singdirish.Ularda insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: mustaqil fikrlay olish, ravon, ongli,ifodali

o’qish malakasini rivojlantirish.

Dars uslubi:savol-javob,suhbat,no’ananaviy.

Dars jihozi:darslik,ko’rgazmalar,rasmlar.

Darsning borishi

Tashkiliy qism:

O’qituvchi:

Assalomu alaykum

Parvozga shay lochinlarim

Mustaqil yurt kelajagi

Alpomishu,Barchinlarim.
O’quvchilar:

So’zimiz boshi kalom

Ish boshidir intizom.

Ustoz, sizga chin dildan ,

Deymiz salom, assalom!

Ustoz, bizlar sog’lommiz,

Yangi darsga tayyormiz.

O’qituvchi:

Har narsadan xabarchi

Sinfda kim navbatchi?

Navbatchi o’quvchi:

Sinfda men navbatchi

Atrofga bir qarangchi.

Parta,stollar toza

Eshik ,oynalar soz-a.

Darsimiz o’qish darsi.

Davomat aniqlanadi.

Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi

O’tgan mavzuni mustahkamlash.

O’quvchilar Rauf Tolibning “Navro’z” she’rini yoddan aytib berishadi.

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.
1-guruh Boychechak

Gunafshadan o’zishga,

Yuguribsan boychechak.

Undan erta chiqishga,

Ulguribsan boychechak.

2-guruh Gunafsha

Gunafshaxon, gunafsha

Kulishlaring chiroyli.

Bog’imizda ochilib,

Turishlaring chiroyli.

3-guruh Lola

Lola lolani uzmas,

Lolazor husnin buzmas.

Lola ham yashnasin der,

Loladan yashnasin yer.

Guruhlarga savollar beriladi.Guruhlar savollarga javob beradilar.

Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?

Bahorda dehqonlar nima ish bilan mashg’ul bo’ladilar?

Bahor darakchilarini ayting?

O’quvchilar javoblari tinglanadi.To’g’ri javob bergan guruhlar rag’batlantiriladi.

Bahor fasli haqida savol-javob o’tkazilib dars mustahkamlanadi.

Yangi mavzuning bayoni.

Aziz bolajonlar biz siz bilan “Navro’z bayrami”matni bilan tanishamiz.Matnni ifodali qilib o’qib beriladi.

Navro’z bayrami.

Navro’z yangi kun demakdir.21-mart –Navro’z bayrami.Navro’zda tabiat uyg’onadi.Birinchi bo’lib chuchmoma, boychechaklar ochiladi.Onalarimiz sumalak pishiradilar.Yalpiz ,jag’-jag’,ismaloq kabi ko’katlardan terib ,ko’k somsalar yopadilar.Ko’chatlar ekilib ,hovli-joylar supuriladi.Ko’chalar tozalanib ,yasatiladi.Urishganlar yarashadilar.Bayramda turli tomoshalar bo’ladi.Hamma birgalikda o’ynab-kuladi.

Navro’z keldi ,soz keldi,

Turna keldi,g’oz keldi.

Yam-yashil chorbog’lardan

Bulbulday ovoz keldi.

(xalq qo’shig’i)

O’quvchilarga “Navro’z bayrami” haqida tushuncha beriladi

Navro’z yangi kun demakdir.21-mart bahoriy tengkunlik, kun va tun tenglashgan palla .Ajdodlarimiz bu kunni qadim-qadimdan nishonlab kelishgan. Navro’z –tabiat tantanasi,ekologik bayram ,mehr-oqibat,mehnat va tinchlik ayyomidir. Yurtimizda har yili Navo’z bayrami arafasida umumxalq hashari

o’tkaziladi.Katta-yu kichik ko’chaga chiqib, ariqlarni tozalaydi,atrofni supurib-sidiradi,daraxtlarni oqlab,xilma-xil gullar ekadi.

Navro’zda: Nihollar ekiladi .

Ariqlar tozalanadi.

Varraklar uchiriladi.

Rizq-ro’zimiz ,baraka so’raladi.

O’yinlar o’ynaladi.

Zo’r tomoshalar bo’ladi.

O’quvchilarga boshqotirma beriladi va o’quvchilar tomonidan bajariladi

1.Kichkina dekcha

Ichi to’la mixcha (anor)

2.Onalar qo’shig’i. (alla)

3.Poliz ekini. (tarvuz)

4.Yozuv quroli. (ruchka)

5.Millat. ( o’zbek)

6.Tok mevasi. (uzum)

Boshqotirma bajarilgach “Navro’z” so’zi hosil bo’ladi . Navro’z sozi nechta harf va tovushdan iborat?

Navro’z so’zi necha bo’g’indan iborat?

Navro’z so’zida nechta unli harf va tovush bor ? Undosh harflar-chi?

kabi savollar beriladi va navro’z so’zi tahlil qilinadi . Dam olish daqiqasi o’tkaziladi. Sumalakjon , sumalak, Buncha shirin bo’lmasang . Qariyalar kovlaydi , Senga mehr tilaydi . Darslikdagi rasm asosida savol-javob o’tkaziladi.Matn o’quvchilarga navbat bilan o’qitib chiqiladi.

Videolavha yordamida darslikdagi topishmoqlar ustida ishlanadi.

Oq sandig’im ochildi,

Olamga nur sochildi.

Dum-dumaloq barkash non,

Ko’k yuzida suzadi

Tez aytish:

Gulsara gulzor oralab gul sanadi.



“Klaster” usulida dars mustahkamlanadi.



O’quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko’ra baholanadi.

Uyga vazifa:matnni ifodali o’qib ,so’zlash,matnga mos rasm chizish.
Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish