Mavzu: Nashriyot tizimlari Reja: Nashriyot tizimlari haqida tushuncha



Download 126.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.11.2020
Hajmi126.62 Kb.
  1   2


 

Mavzu: Nashriyot tizimlari 

 

Reja: 

 

1. Nashriyot tizimlari haqida tushuncha 

2. Tex, LaTex dasturlari 

3. Boshqa dasturlar. 

 

 


 

Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muxarrirlari shu soha uchun yaratilgan  

 

maxsus programmalar bo’lib, ular kichik  nashriyotlar yordamida gazeta- jurnal,  



kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan. Kichik nashriyot  

deganda, shaxsiy kompyuter programmaviy-texnik vositalari xamda turli-tuman chop  

qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma maxsulotlar tayyorlash  

jarayoniga tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma maxsulotlar kompyuterda tayyorlanib,  

bu matnni terish, tekshirish va taxrirlashdan to maketlashgacha bo’lgan bosqichlarni  

o’z ichiga oladi.  Keyichalik maket lazer printerida bitta asl nusxada chop etib olinadi  

va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlangan maxsus  

qurilmada ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi,  

broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan xam ta’minlanadi.   

Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot  

tizimlaridan foydalaniladi. Ular misol qilib  Page Maker, Ventura Publisher, Post  

Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.   

Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker programmalar  

paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay  

vosita hisoblanadi.   

Ventura Publisher esa gazeta-jurnallar matnini terish va chop etishga  

mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur  

joylarga joylashtirish (kompanovka qilish) va shunga o’xshish ushbu sohada ko’plab  

ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirish mumkin.   

Turli formulali matnlarni (masalan matematika, fizika, ximiya fanlariga oid)  

tayyorlashda  TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX taxrirlovchi  

dasturlaridan keng miqyosda foydalaniladi.   

Quyida biz ularning ba’zi birlarini ko’rib chiqishga xarakat qilamiz. Ularning  

ichidagi eng keng tarqalgan va talaygina imkoniyatlarni amalga oshirib beradigan  

nashriyot tizimi Page Maker dasturi Page Maker Aldus corporation firmasi  

tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft  

Windows operatsion sistemasining to’liq versiyasi bo’lishini talab qiladi. Page Maker  

dasturi katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa esa .pub kengaytmasi  




yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o’tish uchun sichqoncha ko’rsatgichini tegishli  

belgiga keltirib (vertikal simvolga) uning chap tugmachasi ikki marta turtiladi.  

Shundan so’ng ruyxatdan kerakli katalog nomi tanlanib, tugmachani ikki marta  

bosish orqali ishga tushiriladi. Shuni xam aytib o’tish kerakki, nashriyot tizimlarining  

asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha  

ko’proq darajada avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr saxifasi va uning  

umumiy ko’rinishini tayyorlashdagi qulaylik xamda o’zgartirishlar kiritishning  

osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr saxifasining umumiy ko’rinishini tayyorlashda  

xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib  

chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printerdan foydalanish ma’quldir. Matn va  

suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini  

kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to’g’ridan-to’g’ri xarf  

terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo’lda  

joylashtirishga extiyoj qolmaydi.   

Page Maker dasturi yordamida nashr saxifasini ekranda ko’rish va unga   

chop qilingunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin. Barcha kerakli  

o’zgartirishlar kiritilgandan so’ng, asl nusxa maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi  

yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.   

Xar qanday xujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga  to’g’ri  

keladi:  

•  Tahrirlangan qo’lyozma elemetlarini oxirigacha tayyorlash;  

•  Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish;  

•  Original maket (asl nusxa) ni tayyorlash.  

Ko’rsatilgan rejani amalga oshirishda va har bir sahifaning umumiy  

ko’rinishini tayyorlashda Page Maker nashriyot dasturi ishlatilishi mumkin. Saxifani  

nashrga tayyorlash uchun qo’lyozmaning matn va suratlarini qanday tartibda  

joylashtirish masalasini xal qilish lozim bo’ladi.  


Download 126.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим