Mavzu: moliyaviy bozor stavkalari reja: Foiz stavkalari va ularning turlari


Inflyatsiya va real foiz stavkalari



Download 56.46 Kb.
bet6/12
Sana12.05.2020
Hajmi56.46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Inflyatsiya va real foiz stavkalari

Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narx (baho)lari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal narx (baho) (nominal prices) nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning Price listda ko‘rsatilgan narxi (bahosi)ni va pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narx (baho) (real prices)larni alohida farqlashadi (ajratishadi).

Real va nominal narx (baho)lar farqlangani kabi, real va nominal foiz stavkalari ham farqlanadi. Obligatsiya bo‘yicha nominal foiz stavkasi (nominal interest rate) qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va Siz bergan pulingiz evaziga olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi (real rate of return) - bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgar-tirilgan (korrektirovka qilingan) nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblangan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflyatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daromadlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi.

Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mablag‘ sifatida ma’lum standart58lashtirilgan iste’mol savati ishlatiladi. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real stavkasi ushbu savatning tarkibiga bog‘liqdir. Milliy iste’mol narxlari indeksi(INI)ni (CPI — consumer price index) hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan iste’mol tovarlari savati ishlatiladi.

Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narx (baho)lari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu - nominal foiz stavkasi va o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib,bizning misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq lozim.

Keling, bunga amin bo‘lish uchun daromadlilikning real stavkasini aniq hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi misolga ko‘ra, Siz tomondan kiritilgan har 100 so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m olasiz. Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil etgan iste’mol korzinasi bu davr mobaynida 105 so‘m ga teng bo‘ldi. Joriy davrda sotib olish mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovar-lariga qo‘llagan holda Sizning 108 so‘mingiz qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun, 108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108 so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol savati o‘rniga o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng ekvi-valentdagi savatni olasiz. Shunga ko‘ra, daromadlilikning realstavkasi yillik 2,857% (bugungi bir savatga to‘g‘ri keluvchi kelgusidagi savatlar soni)ni tashkil etadi.

Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega:

1 + Drs = (1 + Nfs) : (1 + Id)

yoki, mos ravishda,

Drs = (Nfs - Id) : (1 + Id)

 

Bu yerda: Drs - daromadlilikning real stavkasi;


Nfs - nominal foiz stavkasi;

Id - inflyatsiya darajasi.

Ikkinchi formulaga bizning misolimizdagi ko‘rsatkichlarni qo‘yib, yana bir marotaba yillik real stavka 2,857%ni tashkil etishini tasdiqlashimiz mumkin:

Drs = (0,08 - 0,05) : 1,05 = 0,02857 = 2,857

E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, belgilangan daromadi


bo‘lgan instrument (vosita) real ko‘rinishda ma’lum darajada risk tashiydi. Misol
uchun, faraz qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz 66 stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflyatsiya darajasi avvaldan noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi.

Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% bo‘ladi. Agarda inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi.

Ikkinchi formulaga bizning misolimizdagi ko‘rsatkichlarni qo‘yib, yana bir marotaba yillik real stavka 2,857%ni tashkil etishini tasdiqlashimiz mumkin:

Drs = (0,08 - 0,05) : 1,05 = 0,02857 = 2,857

E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, belgilangan daromadi
bo‘lgan instrument (vosita) real ko‘rinishda ma’lum darajada risk tashiydi. Misol
uchun, faraz qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz 66 stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflyatsiya darajasi avvaldan noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi.

Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% bo‘ladi. Agarda inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi. AQSh G‘aznachiligi tomonidan I Bond obligatsiyalarini chiqarishning qanday sababi bor?. AQSh G‘aznachiligi amerikaliklarning kelajak uchun omonat (jam-g‘arma) qilishlarini rag‘batlantirish uchun yangi turdagi obligatsiyalarni chiqardi. G‘aznachilik investorlarga har yarim yilda narxlar o‘sishini hisobga olgan holda to‘g‘rilanadigan belgilangan foiz stavkali obliga-tsiyalarni taklif qiladi. Bu esa qo‘yilgan mablag‘larning xarid qobiliyatini himoya qiladi.

I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi qanday belgilanadi?

I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi ikki alohida


stavkalarning: belgilangan daromadlilik stavkasi va yarim yillik inflyatsiyaga teng o‘zgaruvchi stavka kombinatsiyasidan iborat. Belgilangan stavka obligatsiyaning
muomalada bo‘lgan davrida o‘zgarishsiz bo‘ladi. Inflyatsiya darajasiga bog‘langan o‘zgaruvchan stavka esa har 6 oyda o‘zgarishi mumkin. 6 oylik inflyatsiya darajasi hamda I Bond bo‘yicha belgilangan stavkaning yig‘indisi ushbu obligatsiyalar
bo‘yicha daromadlilik stavkasi keyingi 6 oy davomida qanday bo‘lishini ko‘rsatadi

I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari qanday?

I Bond obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng doirasiga ega; Siz
ularga jami 50 dollar yoki yiliga 30 000 dollar investitsiya qili-shingiz
mumkin;

I Bond obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘aznachilikning qimmatli


qog‘ozlari hisoblanib, AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va
kafolatlanadi;

I Bond obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z daromad-laringizdan


soliq to‘lash muhlatini 30 yilga uzaytirishingiz mum-kin, va bundan
tashqari, bu obligatsiyalar ma’muriy hudud (shtat)lar va mahalliy daromad
solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan;

I Bond obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi,


foizlari esa har yarim yillikda hisoblanadi;

I Bonds obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy


o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin.
Endi inflyatsiya sur’atini hisobga olgan holda indekslangan (TIPS) obligatsiyalar qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini yaxshiroq tushunish uchun, keling, qoplash muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz.

Faraz qilaylik, ular bo‘yicha real kafolatlangan yillik 3%lik foiz stavkasi taklif qilinmoqda. Daromadlilikning dollarli nominal stavka-sini, u inflyatsiya sur’atiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q. Agar inflyatsiya darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadlilikning yakuniy dollarli nominal stavkasi 5% atrofini tashkil etadi; 10%lik inflyatsiya darajasida esa daromadlilikning dollarli nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi.

Yuqorida aytilganlarni jamlagan holda, foiz stavkasi va’da qilingan daromadlilik stavkasi hisoblanishini eslatib o‘tamiz. Ko‘pchilik obliga-tsiyalar u yoki bu valyutada ifodalangan foiz stavkasini taklif qilishlari sababli, ularning iste’mol tovarlari narxlarining dinamikasini hisobga olgan holdagi real daromadlilik stavkasi - noaniq ko‘rsatkich bo‘ladi. Agar inflyatsiyani hisobga olgan holda indeksatsiyalanadigan obligatsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, mazkur holatda foiz stavkasi iste’mol savatiga kiruvchi aniq tovarlar narxini hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu savatni hisobga olgan holda, foiz stavkasi risksiz, kafolatlangan real stavka hisoblanadi


Download 56.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat