Mavzu: Miya ustuni antomiyasi Uzunchoq miya



Download 362,97 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi362,97 Kb.
#553598
  1   2

Mavzu: Miya ustuni antomiyasi
Uzunchoq miya (lot. medulla oblongata) poyasimon tuzilma boʻlib, miya ustunining bir qismini tashkil qiladi. U miyachadan oldinda va qisman pastda joylashgan. U neyronlarning konus shaklidagi massasi boʻlib, qusishdan aksirishgacha boʻlgan avtonomik (ixtiyorga bogʻliq boʻlmagan) funksiyalarga javobgar. Uzunchoq miya yurak, nafas, qusish va vazomotor markazlarni saqlaydi va shunday qilib nafas olish, puls va qon bosimining avtonomik funksiyalaida, shuningdek, uyqu-uygʻonish siklida ishtirok etadi.
Embrional rivojlanish davrida uzunchoq miya miyelensefalon (lot. myelencephalon)dan rivojlanadi. Miyelensefalon ikkilamchi pufakcha boʻlib, rombensefalon yoki ortki miyaning yetilishi davomida shakllanadi.
Bulb (piyoz) uzunchoq miya uchun ishlatilgan qadimgi termin va zamonaviy klinik terminologiyada ishlatiluvchi bulbar soʻzi (masalan bulbar falaj) uzunchoq miyaga qaratilgan va qisman tibbiy holatni bildiradi. Bulbar soʻzi uzunchoq miyaga bogʻlangan nervlar va traktlarni, shuningdek shular orqali innervatsiyalangan muskullarni, masalan til, halqum va hiqildoq muskullarini bildirishi mumkin.
Uzunchoq miya ikki qismdan iborat deb hisoblash mumkin:

  • Yuqorigi ochiq qismida orqa yuzasi toʻrtinchi qorinchadan tashkil topgan.

  • Pastki yopiq qismida toʻrtinchi qorincha uzunchoq miya oxiridagi obeksda torayadi va markaziy kanal qismini oʻrab oladi.

Tashqi yuzalari[tahrir | manbasini tahrirlash]


oldingi oʻrta tirqish yumshoq parda bukilmalarini saqlaydi va uzunchoq miya boʻylab kengayib boradi. U miya koʻprigining pastki qirgʻogʻidagi koʻr teshik deb ataluvchi kichik uchburchak sohada tugaydi. Bu tirqishning ikkala tomonidagi koʻtarilgan sohalar uzunchoq miya piramidalari deb ataladi. Piramidalar piramidal traktlarni saqlaydi – nerv sistemasining kortikospinal va kortikobulbar traktlari. Uzunchoq miyaning dum (pastki) qismida bu traktlar kesishadi, natijada bu nuqtada tirqish koʻrinmay qoladi va decussatio pyramidum deb ataladi. Ba’zi boshqa tolalar oldingi oʻrta tirqishning decussatio pyramidumdan yuqorisidagi qismlaridan chiqadi va miya koʻprigining yuzasi boʻylab lateral yoʻnaladi va oldingi tashqi arkasimon tolalar deb ataladi.
Uzunchoq miyaning yuqori qismida oldingi lateral va orqa lateral egatlari orasidagi sohada juft boʻrtmalar boʻlib Oliva tanalari (shuningdek olivalar) deb ataladi. Ular oliva tanalarining eng yirik yadrolari, pastki oliva yadrolaridan hosil boʻladi.
Uzunchoq miyaning orqa oʻrta egat va orqa lateral egati orasidagi orqa qismi orqa miyaning orqa tutamidan kiruvchi traktlarni saqlaydi. Bular oʻrta chiziqqa medial yotuvchi nozik tutam va lateral yotuvchi ponasimon tutamlar. Bu tutamlar nozik va ponasimon boʻrtmalar deb ataluvchi aylanasimon tepaliklarda tugaydi. Ular nozik yadro va ponasimon yadro deb ataluvchi kulrang modda massalaridan hosil boʻlgan. Bu yadrolarning somasi (hujayra tanalari) orqa ustun-medial lemnisk yoʻlining ikkinchi tartibli neyronlaridir va ularning ichki arkasimon tolalar yoki tutamlar deb ataluvchi aksonlari uzunchoq miyaning bir tomonidan ikkinchisiga oʻtadi va medial lemniskni hosil qiladi.
Boʻrtmalarning shundoqqina tepasida, uzunchoq miyaning tomoni uchburchak chuqurcha tomonidan egallangan va u toʻrtinchi qorinchaning polining pastki qismini hosil qiladi. Chuqurcha ikkala tomondan uzunchoq miyani miyacha bilan bogʻlovchi pastki miyacha oyoqchalari bilan oʻralgan.
Uzunchoq miyaning pastki qismi, nozik tutamning shundoqqina lateral tomonida boshqa boʻylama boʻrtma bor va tuberculum cinereum deb atalado. U ostidagi orqa miya uch shoxli nerv yadrosi deb ataluvchi kulrang modda toʻplamidan hosil boʻlgan. Bu yadroning kulrang moddasi uch shoxli nervning spinal traktini hosil qiluvchi nerv tolalari qavati bilan oʻralgan.
Uzunchoq miyaning asosi orqa miyaning ipsilateral tomonidan miya ustunining kontralateral tomoniga kesishuvchi kommissural tolalar bilan belgilanadi; bundan pasti orqa miya.

Download 362,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish