Мавзу: миллий кураш kurash Kurash



Download 108 Kb.
Sana05.09.2021
Hajmi108 Kb.
#165930
Bog'liq
кураш 7410




МАВЗУ: МИЛЛИЙ КУРАШ

Kurash


Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shugullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (Oʻzbekiston janubi) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi boʻlganidan dalolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (II-III asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari oʻzlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart koʻyish yoʻli bilan aniqlashgan va bu shartda kurash musobaqasi boʻlgan. Bunga oʻzbek xalq qahramonlik dostoni — „Alpomish“dagi Barchin shartlarini misol qilib koʻrsatish mumkin. Ulardan biri ikki kurashuvchining biri oʻz raqibining belbogʻidan ushlab oʻziga tortadi, shu bilan birga oʻz raqibidan qutulishning chorasini qiladi…“. Bu taʼrif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“, Alisher Navoiyning „Hamsa“, „Holoti Pahlavon Muhammad“, Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ“, Husayn Voiz Koshifiyning „Futuvvatnomai sultoniy“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida kurash haqida qimmatli maʼlumotlar bor. IX-XVI asrlarda kurash xalqoʻrtasida keng ommalashgan. Shudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar kurash dovrugʻini oshirishgan. Kurash boʻyicha birinchi qitʼa chempionati 1999 yilning dekabrida boʻlib oʻtdi. Belorus poytahti Minsk kurash boʻyicha birinchi Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. Ayollar hamda erkaklar ishtirok etgan kurash boʻyicha birinchi Osiyo chempionati 2001 yilning aprel oyida bellashuvning vatani Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. 2001 yilning iyul oyida Janubiy Afrikaning Xartenbos shahrida Afrika qitʼasining birinchi qitʼa chempionati boʻlib oʻtdi. Birinchi Pan Amerika chempionati esa 2002 yilning mart oyida Boliviya poytaxti La-Pas shahrida boʻlib oʻtdi.

XKU doirasida uyushmaga aʼzo davlatlarda turli xalqaro turnirlar ham muntazam ravishda oʻtkaziladi.

Shu kabi nufuzli bellashuvlar sirasiga 2000 yildan buyon Britaniya kurash uyushmasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan Islom Karimov xalqaro bellashuvini keltirish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va XKU faxriy Prezidenti sharafiga tashkil etilgan mana shunday musobaqalar dastavval 2000 yilning oktyabr oyida Buyuk Britaniyaning Bedford shahrida boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi turnir 2001 yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning Dartford shahrida oʻtkazildi.

2001 yildan buyon XKU „eng yaxshi kurashchi“, „eng yaxshi hakam“, „eng yaxshi federasiya“ kabi 12 turli nominasiyada yilning eng yaxshi voqeasini va insonlarini aniqlashni yoʻlga qoʻydi. Kurash tarixida birinchi marotaba „2001 yilning eng yaxshi kurashchisi“ nominasiyasida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan bellashuvda ajoyib oʻyin koʻrsatib gʻolib chiqqan Braziliyalik kurashchi Aleksandr Katsuragi oliy mukofot sazovori boʻldi. Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqqan Polshalik Dorota Sikora „Yilning eng yaxshi kurashchi ayoli“ deb topilgan. „Eng yaxshi texnika“ nominasiyasida 2001 yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan ikki xalqaro turnirning mutlaq gʻolibi, oʻzbek kurashining navqiron yulduzi, ogʻir vaznli sportchi Abdulla Tangriev oliy mukofotni qoʻlga kiritdi. Bugungi kunga kelib kurash butun jahonda eʼtirof etildi. Boliviya, Kanada, AQSh, JARdan boshlab Gollandiya, Turkiya, Rossiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda kurash maʼlumu-mashhur. Hozirda XKU Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika qitʼalarida joylashgan 4 qitʼa va 40 dan ortiq milliy kurash federasiyalarini birlashtiradi. XKUsining xalqaro sport tashkiloti sifatidagi nufuzi kundan-kunga ortib bormoqda. Albatta XKU Prezidenti va tashkilot ijroya qoʻmitasi aʼzolarining turli xalqaro sport uyushmalari va tashkilotlari rahbarlari bilan olib borayotgan muzokara va uchrashuvlari koʻp jihatdan bunga turtki boʻldi.

Kurash eng qadimiy bellashuv turlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga jahon sahnasida u eng yosh sport turi hamdir. Oʻzining uzoq oʻtmishiga qaramasdan kurash faqatgina 1998 yilda jahon sport sahnasida shahdam odim tashladi. Ushbu odimlar na yengil va na qisqadir. Avval boshidanoq kurashning porloq odimlari va undan kutilgan maqsad aniq belgilangan edi. U ham boʻlsa Oʻzbek kurashini xalqaro sport turiga aylantirishdir.



Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya Kurash konfederatsiyalari tuzildi. Hozirgi paytda o‘zbekcha Kurash bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shug‘ullanadi. Kurashning bu turi bo‘yicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchiliklari, O‘zbekistonda at-Termiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan va boshqa ko‘plab xalqaro musobaqalar muntazam o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 22 ta olimpiada o‘rinbosarlari maktabi, 37 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabi va 206 ta Kurash maktabida sportning bu turi bo‘yicha o‘quvchilarga tahsil beriladi. Oliy o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq Kurash to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Kurashchilar bilan 851 nafar murabbiy shug‘ullanadi (2003). Osiyo olimpiya kengashi 2003 yilda Kurashning bu turini Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritdi
Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish