Mavzu: Metodologiyani tadqiq etish manbalari. Deskriptiv va prospektiv metodologiya Reja



Download 26,14 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi26,14 Kb.
#333919
Bog'liq
Metodologiya 3-mavzu


Mavzu: Metodologiyani tadqiq etish manbalari. Deskriptiv va prospektiv metodologiya

Reja:

  1. Metodologiyani tadqiq etish manbalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Deskriptiv metodologiya.

  3. Prospektiv metodologiya.

Fanning har qaysi sohasida ilmiy bilish va ijodning maqsadi haqiqatning tagiga yеtish, ilmiy tadqiqot obyektining mohiyati, sifati va xossalari haqida haqqoniy va sifatli axborot olishdan iborat. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining oldida to’rgan ilmiy ijod metodologiyasi yangi, haqqoniy (ya’ni to‘g‘ri, mantiqan ziddiyatsiz) ilmiy bilim olishning shart sharoitlari va usullarini ko‘rib chiqadi. Fan me­todologiyasi va epistemologiyasining maqsadi fanda ilmiy ijod, bilishning falsafiy mantiqiy apparatini ishlab chi qishdan iborat.

Murakkab, dialektik jihatdan ziddiyatli, ammo juda qiziqarli, ba’zan hatto dramatik va fojiali ilmiy ijod jarayoni yagona, alohida va umumiy, sabab va oqibat, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodif, qism va butun, ichki va tashqi va hokazolarni tadqiq qilishni uz ichiga oladi.

Obyekt, hodisa, jarayonni teran, har tomonlama, obyektiv, ijodiy va qiziqish bilan o‘rganishgina olimlarga ilmiy haqiqatni kashf etish, olingan ilmiy bilimdan insonning amaliy extiyojlari uchun foydalanish imkonini beradi.

Faktlarfanda bilim negizini tashkil etadi. Ilmiy faktlarda o‘rganilayotgan hodisa haqida ma’lumotlar uz ifodasi ni topadi. Ilmiy faktlar ilmiy bilimlar, ilmiy farazlar, qonunlar va qoidalarni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishda faktlar ichki va tashqi aloqalar hamda qonuniyatlarni aniqlaydi, ilmiy bilimning o‘sishiga kumaklashadi.

Ilmiy ijod uzluksiz jarayon bo‘lib, faktlarni topish, olish va anglab еtish uning zarur elementidir. So‘nggi yillarda il­miy ijodning turli sohalarida, masalan, eksperimental fizikada eksperimental moslamada “faktlar yoki hodisalar”ning tayyorlanishi, ilmiy fakt ilmiy tadvdiqot mahsuli bo‘lgani holda, imkon qadar ko‘proq ma’noli axborotga ega bo‘lishi, olimlarning ijodiy izlanishlarida yo‘lchi yo’lduz bo‘lib xizmat qilishi uchun maxsusshart sharoitlar yaratish haqida ko‘p gapirilmoqda.

“Fakt”atamasi lotincha “faktum”so‘zidan kelib chikkan bo‘lib, “amalga oshirilgan”, “sodir etilgan”degan ma’noni bildiradi.

Binobarin,(ilmiy bilishda fakt deganda real amalga oshgan, o‘zining mavjud borlig‘ini ro‘yobga chiqargan ayrim hodisani nazarda tutish o‘rinli bo‘ladi. Avvalambor, empirik, tajriba o‘tkazish yo‘li bilan, ya’ni kuzatish va uning natijalarini tavsiflash orqali olingan qoidalar ilmiy fakt hisoblanadi.

Ilmiy bilim, ilmiy ijod real faktlar ga asoslanadi, bunda faktlarning o‘zi to‘g‘ri va tulikbo‘lishi kerak. Ilmiy fakt bu obyektiv xakkoniy deb isbotlangan va qaysi bilim tizimiga kiritilganidan kat’i nazar, o‘zining bu mazmunini yo‘qotmaydigan faktdir.

Binobarin, bir variantlilik va obyektivlikilmiy faktning muhim xos sasidir/

Faktlar to‘plash ilmiy izlanishning muhimqismidir, ammo faktlar olinishi bilan ilmiy bilishning ijodiy, ev­ristik qismi faqat boshlanadi. Yangi faktlarni fan binosi gamuvofiq ravishda kiritish, insonni qiziktirgan hodisa yoki jarayonni to‘g‘ri tushunish va tushuntirish zarur. Faktlar ilmiy farazlar, tahminlar, gipotezalar tuzishga faol yor dam beradi.

Fakt xakdsa epistemologik tushuncha sifatida gapirganda, mazkur tushuncha (“ilmiy fakt”) bilish faoliyatining o‘zida bi­lish obyektining u yoki bu xossalari xaqida haqqoniy axborotni mujassamlatptirgan va barcha odamlar tomonidan bir xil tu shunilishi mumkin bo‘lgan ayrim obyektiv natijasini ifoda etishini qayd etib o‘tish kerak.

Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining ilmiy bilish tizimida faktlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:tavsiflash;tushuntirish;asoslash;tushunish;bashorat qilish.

Ilmiy faktlar ilmiy bilish obyektini to‘g‘ri va obyektiv tavsiflaydi(Fakt ko‘rinishida olingan bilim va faktlarni tavsiflash asosida fan ilgari unga ma’lum bo‘lmagan, olingan faktlar natijasida ilmiy bilim arsenalidan urin olgan yangi bilimni tushuntirish va asoslashga o‘tadi.

Ilmiy faktlarni tushuntirish, asoslash, talk.in qilish asosida mazkur faktlarni tushunish, anglab еtish sodir bo‘ladi.

Bu yеrda Gegel o‘zining “Mantiq fani” asarida qayd etgan quyidagi so‘zlarni keltirish o‘rinli bo‘ladi: “U yoki bu predmetni anglab еtish faqat shundan iboratki, Men bu pred metni o‘ziniki qilib oladi, u predmetning mohiyatiga kirib boradi va unga o’z shaklini, ya’ni barchaga baravar taalluqlilik shaklini beradi”. Gegelning fikrini hozirgi zamon nemis faylasufi, falsafa va psixologiyaning asoschilaridan biri V. Diltey ham takrorlaydi. Bi­lishda tushunish deganda u obyektni «sezish asosida yalpi an­glab еtish va uni qayta tuzshgoshi tushunadi. Ilmiy fakt obyektni “sezish”, uning asl mohiyatini tushunib еtishga ko‘maklashadi. Faktlar olim narsalarni ma’lum nuqtai na zardan, ijodiy ko‘rishiga yordam beradi. Ilmiy faktlarni analizdan o‘tkazish, ularni talqin qilishga o‘zigaxos yondashuvni tanlay olishda olimning ijodiy salohiyati namoyon bo‘ladi.

Mana shunday ijodiy faollikda olimning miyasida atoqli fizik N. Bor qayd etgan “telbanamo g‘oyalar” tug‘iladi. Aynan mana shunday g‘oyalar ko‘pincha ilmiy kashfiyotlar ga olib keladi.

Ilmiy faktlarni qayta ishlash bilan bog‘ liq epistemologik vaziyat mazkur faktlarni tushunish va ta lqin qilishni zarur komponent sifatida uz ichiga oladiki, bu teran ilmiy abstraksiyalar, umumlashtirishlar va pro gnozlarga yo‘l ochadi.

Ilmiy faktning evristik qudrati uning ilmiy bilishda gi prognostik rolida uz ifodasini topadi: fanda bashorat, ilmiy faraz va intuitsiya faktlarga tayanadi. Masalan, qushlar va hasharotlar, ya’ni havodan og‘ir obyektlar fazo muhitida uchishga qodirligi buyuk mexaniq N.E. Jukovskiy to­monidan hozirgi zamon aerodinamikasining negizini tashkil etuvchi ko‘tarma kuch nazariyasining yaratilishiga olib keldi.

Barcha eng yangi aviatsiya va kosmonavtika vositalari — raketalar, samolyotlar, vertolyotlar, dirijabllarni loyihalash Jukovskiy kashf etgan aerodinamika asosida amalga oshiriladi.

Jamiyatning iqtisodiy tizimi, xo‘jalik yuritish mexanizmi, shu jumladan marketing — ayirboshlash asosida odam larning talab va extiyojlarini kondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyati turining rivojlanishi faktlarini o‘rganish ko‘p sonli iqtisod nazariyalarining (F. Kottler, A. Mar­shall, D. Keyns, U. Maslou va boshkalar) negizini tashkil etadi.

Ilmiy faktlarni olish va topish maxsus tashkil etilgan ilmiy tadqiqot faoliyati, ilmiy bilishning har xil metodlaridan ongli va ijodiy foydalanishning natijasidir. Bu jarayon rivojlanayotgan, o‘sib borayotgan ilmiy bilim tizimi bilan belgilangan bo‘lib, ilmiy ijod tuzilishida muhim o‘rin egallaydi.

Epistemologik nuktai nazardan fakt deganda fanda real mavjud deb qayd etilgan obyektiv voqelikning bir parchasi tushuniladi. Bilinmagan voqelikfakt bo‘lolmaydi, chunki u haqida biror gal aytish mumkin emas. Ilmiy ijodda, ilmiy tadqiqotlarni analizdan o‘tkazish va prognoz qilishda qo‘l ostimizdagi faktlardan kelib chiqishimiz zarur.

Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanida faktlarni shunchaki stixiyali ravishda to‘plamaydi, ularni rejali va ongli ravishda, izchil topadi. Shunday qilib, fan faktlarining majmui— bu xaos, bilimlar va axborotlarning betartib uyumi emas, balki ichki mantiqka ega bo‘lgan qat’iy tizimdir. U o‘zini yaratgan va undan ilmiy faoliyatida foydalanadigan odamlar uchun teran ev­ristik ma’noga ega.

Fanda - biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila biluvchi bilimlar tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub vositasida yaratiladi, shakllantiriladi va tekshiriladi.

Nazariya — bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N. borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har qanday N. ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. N. bilish jarayonidabiz toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi boshlangʻich asosdir. N. hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. N.ning boshlangʻich shakli gipotezalmr. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi N. yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish jarayonida kishilarning ilmiy N.lar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi N.larning shakllanishiga olib keladi. kundalik turmushda - biror hodisaga oid faraz va fikrlar to‘plamidir (masalan: Fitnalar nazariyasi).

Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi. Bu qoida ta’limning ilmiylik qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir.

Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,

Yana oshirmoqqa aylagil shiddat, – degan edi M.Ulug‘bek.

O‘quvchilar bilim bilan qurollanar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli bo‘lganini, ishlab chiqaruvchi kuchlarining qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar, ilmning borgan sari rivojlantira borishni, ilm esa o‘z navbatida hayotni yaxshilishga yordam berishini biladilar. Ilmning rivojlanishida tajribaning roli kattadir. Ilmiy nazariyalarning haqqoniyligi amaliyotda sinaladi: uni tajriba yo tasdiqlaydi yo inkor qiladi. Bunday nazariya bilan tajriba o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘quvchilar ilm asoslarini o‘rganish jarayonida fahmlab olishlari lozim. “Ulug‘lik gapda emas boshdan-oyoq, Yarti ish ham yuzta gapdan yaxshiroq” – degan Abdulqosim Firdavsiy. O‘quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar o‘quv-tajriba kabineti va laboratoriyalari, tajriba yer uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi.

Sa’diy Sheroziyning fikricha:” Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo‘ladi: biri mulk yig‘ib foydalanmagan va ikkinchisi esa ilm olib, amal qilmagan odam.

Harchand o‘qibsan, bilimdonsan,

Agar amal qilmasang, nodonsan.

Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi. Ta’lim bilan tarbiya bir-biri bilan bog‘liq bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi, A.Avloniy. U yana dars va tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga bog‘langan jon ila tan kabidir, deydi. Maktabda o‘quvchi yolg‘iz bilim, ko‘nikma va malakalarni egallabgina qolmaydi, balki har jihatdan mukammal tarbiyalanadi. Maktab o‘quv fanlarining har bir mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz tarbiyalovchi xarakterga ega. Shunga ko‘ra, maktab ta’limi, umuman, har qaysi dars jarayoni alohida ikki muhim vazifani:

1. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar yangi-yangi ilmiy bilimlar bilan qurollanadi.

2. O‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarash va ma’naviy-axloqiy tirbiya tarkib topishini o‘z ichiga oladi.

Ta’lim va tarbiyaning birligi: a) o‘zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o‘quvchilarda ilmiy materialistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish; b) ta’limda o‘quvchilarga muayyan ma’naviy-axloqiy sifat normalarini singdirish; v) o‘quvchilarning aqliy kamoloti hamda bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borishni nazarda tutadi.

O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Maktab ta’limida tabiiy fanlarni – matematika, fizika, ximiya, biologiya va astronomiya kabi fanlarni o‘zlashtirish orqali dialektik materializm asosida dunyoqarashlar tarkib topadi.

Barchamizga ma’lumki, shaxs tarbiyasi xilma-xil qadriyatlarga tayanib, amalga oshiriladi: - transtsendental (tarbiyalanuvchini mutlaq qadriyatlar – Haqiqat, Yaratguvchiga yaqinlashtirish);

- sotsiotsentrik (erkinlik, tenglik, mehnat, tinchlik, ijod, insonparvarlik va boshqalar);

- antropotsentrik (individuallik, foydalilik, o‘z-o‘zini namoyon etish va boshqalar).

Shaxsning har tomonlama kamol toptirishdagi tayanch qadriyatlarni belgilab olish o‘z navbatida ta’limiy paradigmalarni tanlab olishga ham imkon beradi.

Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zining o‘zi keng ma’noda turmush va fikrlashining biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya, deb izohlanadi.

Pedagogikada paradigma atamasining ikki xil ma’nosini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, bu faylasuf T.Kunning klassik ta’limotiga yaqin bo‘lib, umummilliy tushuncha hisoblangan paradigmalar ilmiy faoliyat modeli, tadqiqot me’yorlari, mezonlari, standartlari yig‘indisi, paradigma – ilmiy jamiyatdagi aniq fanlar yoki qator fanlarda umumiy tarzda qabul qilingan dunyoni tushuntirishga yetakchi yondashuv, bir butun g‘oyalar, qadriyatlar yig‘indisi. E.V.Berejkova, V.V.Kraevskiy, N.A.Korshunova kabi olimlar ham xuddi shunday nuqtai nazarga asoslanadilar.

Xususan, E.V.Berejkova va V.V.Kraevskiylar tomonidan paradigma tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “Paradigma – fanning obyekti emas, uning o‘zi nazariy standartlar, metodologik me’yorlar, qadriyatli mezonlar sifatidagi ilmiy faoliyat. Paradigma – aniq vaqt doirasida ilmiy jamoatchilikka muammolarni qo‘yish va ularni hal etish modeli sifatida taqdim etiladigan barcha ilmiy yutuqlarga tegishli tadqiqot vazifalarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya (yoki muammolarni qo‘yish modeli).

Paradigmani ikkinchi tarzda tushunish uni ta’lim tizimini loyihalashning asosi, g‘oya, yondashuv, tayanch modeli yoki ta’lim strategiyasi sifatida izohlanadi. Bunday talqin etishda qoidaga muvofiq ta’limiy paradigmalar tushunchasidan foydalaniladi va u ta’limning asosiy yo‘nalganligini aks ettiruvchi atamalar, qo‘yilgan pedagogik g‘oyalarning manbai va usulini o‘ziga qo‘shib oladi. Demak, shakllantiruvchi, insonparvar va ezoterik (I.A.Kolesnikov) avtoritar, manipulyativ va qo‘llab-quvvatlovchi (G.B.Kornetov), an’anaviy shakllantiruvchi, an’anaviy rivojlantiruvchi, shaxsga yo‘naltirilgan (S.V.Kulnevich) an’anaviy, ratsional va insonparvar (V.Ya.Pilipovskiy) ma’naviy va dunyoviy (I.A.Solovsova), pedagogik, androgogik, akmeologik, kognitiv va kommunikativ (Yu.G.Fokin) va boshqa paradigmalar ajratib ko‘rsatiladi.

A.Kostinning tasnifiga muvofiq fundamental zamonaviy paradigmalarga quyidagilar kiradi.

- asosida faoliyatli yondashuv turadigan, markazida bilim turadigan, ob’ektiv-axboriy yondashuvli ta’lim mazmunini tashkil etishning fanga doir modeli;

- asosida faoliyatli yondashuv turadigan texnologik o‘qitish yoki o‘quvchilarning faoliyatiga bog‘liq holdagi tuzilishga muvofiq ta’lim mazmunini tashkil etishning texnologik yo‘naltirilgan modeli;

- asosida o‘z mavqeini belgilab olish usullari, ta’limning individual yo‘nalganligi turadigan, asosiysi semantik individual rivojlanish bilan ta’lim mazmunining qo‘shilish usullari bo‘lgan ta’lim mazmunini tashkil etishning shaxsga yo‘naltirilgan, ya’ni antroponimik (P.G Izedrovich bo‘yicha) modeli;

- asosida so‘nggi ijtimoiy madaniy mexanizmlarni translyasiya qilish va ta’limiy qadriyatlarni qaytadan tiklash turadigan uyushma, xalq, etnik guruhlarning turli-tuman ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosliklari asosida tashkil etiladigan ta’lim mazmunini tanlab olishning ijtimoiy modeli;

- ta’limning maqsadli yo‘nalganligi yaxlit tarzda shaxsning rivojlanishini va o‘z-o‘zini rivojlanishiga yordam berish hamda zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga asoslangan axborotlashtirishga almashtiriladi. SHu nuqtai nazardan dunyoning ehtimoliy modeli, uni o‘zlashtirish darajasini nafaqat uning bilishi, qanchalik darajada tushunishini, ya’ni mazmunini egallaganligini aniqlab beradi;

- ta’lim jarayonining ta’lim oluvchilarning ehtiyoj, qiziqish va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda tashkil etilishi, shaxsiy fikriy faoliyatni ta’minlash, mazkur ehtiyoj, qiziqish, imkoniyatlarni namoyon etish uchun zarur sharoitni yaratish asosida ta’lim oluvchiga nisbatan nuktai nazar o‘zgaradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqishni talab etadigan yangi paradigmalarning paydo bo‘lishi amaliyotchi pedagoglarda ular asosida o‘z faoliyatini qayta qurish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Biroq “shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim”, “shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish” tushunchalari mazmuni kundalik, shuningdek ilmiy darajada ham bir xil ma’noni ifoda etmaydi. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning mavjud konsepsiyasi uning an’anaviy, fanga yo‘naltirilgan o‘qitishdan o‘ziga xosligi va farqi, eng avvalo shundaki, o‘zlashtirilgan bilim va faoliyat usullari faqat birgina maqsadni aks ettirmay, balki insonning “shaxs bo‘lish” ehtiyojini amalga oshirish (A.V.Petrovskiy), “uning sub’ektivligini shakllantirish”, shaxsning sub’ektiv tajribasini boyitish (I.S.Yakimanskaya), “shaxsiy vazifalar”ni amalga oshirish (V.V.Serikov), madaniyat kishisi sifatidagi individning shakllanishi (E.V.Bondarevskaya) sharti, vositasidir. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va o‘qitish jarayonlarini aynanlashtirishga intilish shaxsga o‘qitishning madaniy uyg‘unligi, insoniy muvofiqligi va hayotiy moslashuvchanlik tavsifi, eng avvalo, didaktik emas, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga yo‘nalganligi bilan bog‘liqdir.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. MirziyoevSh.Erkinvafarovon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: O‘zbekiston, 2016..

  2. Turakulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. - T.: Fan, 2006.

  3. ChorievA., ChorievI. Pedagogikaning fanlararo bog‘liqlik metodologiyasi. – T.: Fan, 2011.

  4. Choriev A., Choriev I. Pedagogika tarixi metodologiyasi. – T.: Fan, 2011.

  5. To‘raqulov X.A., Hasanboev J.J., Usmanov N.O‘., Alqarov I.Sh., To‘raqulov O.X. Ilmiy tadqiqot asoslari. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2011.

  6. Kraevskiy, V.V. Metodologiya pedagogicheskogo issledovaniya: Posobie dlya pedagoga-issledovatelya. – Samara: Izd-vo SamGPI, 1994.

  7. Shermuhammedova N.A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2014

Download 26,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish