Mavzu. Menejment nazariyasini shakllanishi va rivojlanishi. Reja: Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi. Menejmentning ilmiy maktablari



Download 80 Kb.
bet1/19
Sana01.01.2022
Hajmi80 Kb.
#281049
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2-мавзу 290921235931


2-mavzu. Menejment nazariyasini shakllanishi va rivojlanishi.

Reja:

1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi.

2. Menejmentning ilmiy maktablari.

3. Bоshqaruvning turli yo’nalishlari

4. Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi.

5. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari. O’zbekistonda menejment nazariyasining shakllanishi.

6. Menejment rivojlanishida yangi bosqich.
1. Menejment nazariyalarining evolyutsion rivojlanishi.
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo’lgan. U mehnatni taqsimla-nishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni boshqariladiganlar bo’ladilar.

Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.

O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni “qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash” bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.

Kapitalizm tuzumining boshlangach davrida tadbirkor - mulk egasi ishlab chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga a’lohida e’tibor berila boshlandi.

Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.

Boshqaruv muammosini birinchi bo’lib hal qilishga qadimgi misrliklar kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlashtirmaslik haqida masalani qo’yganlar.

Eramizga qadar 20 asrda Misrga qo’shni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko’rsatmalarini qo’llagan, amaldor shaxslar tomonidan javob-garlikni o’z tobelariga o’tkazishga yo’l ko’ymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.

Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari haqidagi ma’lumotlar va qadimgi Shumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi.

Boshqaruvga antik davrda ham ma’lum ulush qo’shilgan, bizning eramizdan 400 yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, ya’ni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi g’oyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham ko’rib chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini ta’minlash usullari bilan shug’ullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.

Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.

Menejmentni paydo bo’lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog’liq:


  • Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o’sishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning o’sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi;

  • Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o’sishi va bozor aloqalarini kuchayishi;

  • Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o’sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;

  • Yirik korporatsiyalarni paydo bo’lishi va shunga ko’ra faqat xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko’payishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o’zini o’zi boshqarishidan butunlay ajraladi;

  • Mulkni aktsiyadorlar o’rtasida jamlanishi, buning natijasida aktsiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo’ladi;

  • Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari;

  • Ijodiy, sho’’baiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi.

O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini qo’shgan.


Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish