Mavzu: Membrananing tuzilishi o’tkazuvchanligi haqidagi ma’lumotlar, Hujayraning ko’payishi mitoz, neyoz, amitoz, Hujayra kiritmalari



Download 1.59 Mb.
bet15/15
Sana15.07.2021
Hajmi1.59 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Hujayra markazi, sentrosoma. Hozirgi vaqtda hujayra markazi deb nomlanuvchi tuzilmani 1875 yili Gertvig ochgan. Hujayra markazi deb, u bo`linish dukining ustki qismidagi tuzilmani atagan. Hujayra markazi hamma hayvon hujayralarida topilgan bo`lib, faqatgina tuxum hujayrasida yetilish davrida yo`qoladi.

Turli hujayralar Geydengayn temir gematoksilini bilan bo`yalganda sentrosoma ikkita sentrioladan iborat ekanlign ko`riladi. Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa sentroplazma yoki sentrosfera deb ataladi. Sentriolalar zich donachalar (kattaligi 0,2-0,8 mkm) holida ko`rinib, o`zaro ingichka tortma - sentrodesmoza bilam bog`langan. Interfaza holatidagi hujayralarda hujayra markazi ikkita sentrioladan (diplosomadan) iborat. Bo`linish davrida esa uning tuzilishi murakkablashib, atrofida nurafshon zona-astrosfera hosil bo`ladi.

Hujayra markazining tuzilishi to`g`risidagi asosiy ma’lumotlar elektron mikroskopik tadqiqotlar natijasi to`laroq olingan. Sentriola silindrsimon tanacha bo`lib, uzunligi 0,3-0,6 mkm, diametri 0,1-0,15 mkm (18-rasm, a). Tanachaning devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan tashkil topgan bo`lib, tanachaning ichi bo`sh. Naychalar hamma hujayralarda bir xil bo`lib, bir-biridan gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh bo`lib joylashadi. (18-rasm, b). Har bir guruh 3 ta mikronaychadan tashkil topgan bo`lib, ularni triplet deb yuritiladi. Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha) diametri 25 nm, devor qalinligi 5 nm bo`lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Har bir triplet uzunligi sentriola uzunligiga teng. Ikkinchi va uchinchi B va C mikronaychalar A mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 emas, balkn 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi. Sentriolada mikronaychadan tashqari yana qo`shimcha tuzilmalar bor. A mikronaychadan ikki o`siqcha (qo`lcha) lar chiqib, ularning biri qo`shni tripletning C mikronaychasiga, ikkinchisi esa sentriola markaziga yo`nalgan. Sentriola silindrining markazida «arava g`ildiragi» singari tuzilma bo`lib, «o`q qism» va 9 ta spitsadan tashkil topgan. Spitsaning har biri tripletning A mikronaychasiga qarab yo`nalgan.

18-pacm. A - hujayra markazi :(tsentrosoma) ning elektron mikrofotogrammasi,

X 87.000. I- sitoplazma; 2 - sentriola; 3-silindr devorini tashkil etuvchi naychalar; 4- sentriola satellitlari, 5-mikronaychalar. B- Sentriola va kiprikchalar ko`ndalang kesmalarida tuzilmalarning joylashish sxemasi. A - sentriolaning proksimal qismidan kesma; B - sentriolaning distal qismidan kesma; V-kiprikcha kesmasi. markaziy naycha (vtulka). 2- spitsalar: 3-qulcha; 4-amorf modda; 5-kiprikchani o`rab turuvchi plazmatik membrana; 6- kiprikchalar spitsalari; 7-kiprikchaning mufta bilan o`ralgan markaziy mikronaychalari, A, B, C - larning joylashish sxemasi.
Taxminlar bo`yicha, «satellitlar» sentriolalar aktivligiga bog`liq bo`lib, doimiy bo`lmagan tuzilmadir.Ko`pgina tadqiqotchilar sentriolalarni bazal tanachalar bilan o`xshashligi bor deb ta’riflashadi. Bazal tanachalar oddiy hayvonlarda va ko`p hujayrali organizmlarda xivchin va kiprikchalarning hosil bo`lishi bilan ko`rinadi. Odam embrioni yuqori nafas yo`llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan rivojlanadi. Spermatogenez davrida yadroga nisbatan distal joylashgan sentriola bazal tanachaga aylanib, undan esa spermatozoid dumi hosil bo`ladi.

Yuqorida keltirilgan dalillar asosida o`tgan asr oxirida hujayra markazi, xivchin, kiprikchalar va bazal tanachalar bir xil tuzilmadan nborat degan fikr ilgari surildi. Elektron mikroskopnk tekshirishlar sentriola va bazal tanachalarning ultrastrukturasi bir xil ekanligini tasdiqladi. Bazal tanachalar silindrsimon bo`lib (uzunligi 0,5 mkm, diametri 0,1 - 0,2 mkm) sentriola singari 9 zich tuzilmadan iborat.



Kiprikchalar hujayra sitoplazmasining ingichka silindrsimon o`sig`i bo`lib, diametri 200 nm ga teng. Bu o`siq asosidan ustki qismigacha plazmatik membrana bilan qoplangan bo`lib, kiprikcha markazida mikronaychalar sistemasi joylashadi. Kiprikchadagi mikronaychalar sistemasini aksonema deyiladi. Kiprikchalar aksonemasi bazal tanacha va sentriola mikronaychalar sistemasidan farqli ravishda 9 tripletdan iborat bo`lmay, balki aksonema devorini hosil qiluvchi 9 juft periferik va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat.

18-rasm. V-Aksolotl leykotsiti diplosomasining tuzilishi (sxema).

1-ona sentriol; 2-qiz sentriol; 3-satellit oyoqchasi; 4-satellit boshchasi; 5-mik- ronaychalarning birlashish joyi; 6-mikronaychalar (Yu. S. Chensovdan, 1978).
Umuman kiprikchalar mikronaychalar sistemasini (9X2)+2 deb yozish mumkin. Sentriolada esa bu sistema (9X3)+0 ga teng. Bazal tanacha va kiprikchalar aksonemasi uzviy bog`liq bo`lib, ular bir-biriga davom etuvchi tuzilmani xosil qiladi. Bazal tanachaning A va V mikronaychalari aksonemaning A va V mikronaychalaridir.

Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda rol o`ynaydi. Hozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish hujayra markazi tomonidan bajariladi. Kutblar hujayra markazlarining bir-biridan qochishi natijasida hosil bo`lib, dukning va xromosomalarning joylashishini belgilaydi.

Ba’zi tadqiqotchilar sentriola naychalari va duk fibrillalari diametrining bir xilligiga asoslanib, fibrillalar sentriola naychalaridan hosil bo`ladi deb fikr yuritadilar.

MEYOZ
Ko`payishda etilmagan jinsiy hujayralar diploid (2p) hujayralar to`plamiga ega boladi. O`sish davrida hujayralar bolinmasdan, faqato`sadi. Gametalarningetilishihujayralar bolinishining alohida bir turi — m e y o z tufayli boradi, Meyoz mohiyati xromosomalar sonining ikki baravar kamaylshi (reduktsiyalanishi) dan iboratdir. Bunday to`plam — gaploid to`plam deyiladi va Vp tarzda belgilanadi. Meyoz jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez) jarayonida kechadi Generativ hujayralar—meyoz yoli bilan ko`payadi. Jinsiy hujayralarning meyoz yoli bilan ko`payishi. Ikkinchi meyoz birinchisiga qaraganda juda tez kechadi va P — profaza, P —metafaza, P —anafaza, P — telofazalardan iborat boladi. Meyoz keta —ket keladigan ikki bolinishni o`z ichiga oladi. Ularni bir —biridan farq qilish maqsadida bolinish fazalarining oddiga I yoki II raqamlari qo`iiladi. Meyoz ham mitoz kabi interfazadan boshlanadi. Bunda DNK ikki hissa ortishi natijasida xromosomalar ham ikki hissa ko`payadi. Meyoz vaqtida xromosomalar gametalarda 2p ga teng keladigan xurli kombinatsiyalarda ta`minlanadi. Odam uchun bu — 2238388608 kombinatsiyani tashkil etadi. Birinchi bolinish fazasi ancha murakkab bolib, uzoq vaqg davom etadi. Ba'zi organizmlarda oylab, hatgo yillab davom etishi mumkin. Birinchi meyoz bolinish ikkinchisiga qaraganda ancha murakkab bolib, uzoq vaqt davom etadi. Birinchi meyotik bo`linish profazn vaqtida juft xromosomalar bir —birining oldiga o`gab «gaziladi, so`ngra korfyugatsiyalana boshlaydi. Mitoz va meyozni taqqoslash uchun ular yonma —yon rasmda ko`rsatilgan. Juftxromosomalar bir —birigaaniqto`trilanib, bir —biriga qo`shiladi. So`ngra ikkita nimtadan (xromonemadan) iborat korfyugatsiyalarning har biri o`z jufti bilan chirmashadi. Spirallanib kaltalasha boshlaydi. Ular bir —biriga yopishib, yonma —yon joylasha boshlaydi va xromosomalar qismlari bilan almashishadLBukesishishyokichatishishga krossingover yoki


xromosomalarning chalkashuvi deyiladi, Bu jarayonlar bilan bir
vaqtning o`zida mitozdagi kabi yadro qobigl parchalanib, yadrocha
yo`qolib ketadi, so`ngra bolinish dugi hosil bo`ladi. SHunday qilib,
1 — profazaning o`ziga xos xususiyati gomologak xromosomalar
korf yugatsiyalanshxsh va o`xshash qismlar bilan almashinishidir. 1 —
metafazada xromosomalar juft—juft holatda hujayraning ekvator
tekisligi bcrylab joylashadi (mitoz metafazasida xromosomalarning chsoylashishini eslang). So`ngra 1 — anafaza boshlanadi, gomologik xromosomalar eutunligicha xromosomalarga ajralmagan holda harakatlana yushlaydi. Mitozning anafazasida esa har bir. xromosoma fomatidga ajralib, xromatidlar qutblarga harakatlanadi. — telofazada xromosomalar soni ikki hissa kamaygan ujayralar hosil boladi. Birinchi meyoz bilan ikkinchi meyoz • rasidagi juda qisqa vaqtai interkinez deyiladi, interfaza o`lmaydi, chunki bunda DNK molekulalarining ikki hissa rtishiga ehtiyoj yo`q. P —profazada xromosomalar spirallanadi, yadro qob; archalanadi, yadrocha yo`qolib ketib, bolinish urchugi hos oladi, bunda korfyugatsiyalanish kuzatilmaydi. P — metafazada xuddi mitozdagi kabi xromosomalar ekvator tekisligiga joylashadi.

P —anafazada xromosomalar bir —biridan ajralib alohida xromosomalarga aylanadi va qutblar tomon harakatlanadi (1 — anafazada gomologik xromosomalarning bir — biridan ajralishini eslang). II — telofazada ikkita xromosomali, gaploid to`plamli bo`lgan hujayralar hosil boladi. SHunday qilib, meyoz natijasida har bir diploid to`plam boshlangich hujayra ketma —ket ikki marta bolinishi natijasida 4 gaploid to`plamli jinsiy hujayralar—gametalar hosil boladi.

Meyozning biologik ahamiyati.

1. Meyoz tufayli avlodlar almashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o`zgarmaydi. Agar gametogenezda xromosomalar soni kamaymaganda, har bir yanga avlodda xromosomalar soni tinmasdan ikki hissa ortib boraverar edi. Natijada turning eng xarakterli xususiyatlaridan biri— xromosomalar soniningdoimiyliga buzilar edi.

2. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko`p xilma —xil kombinatsiyalari hosil boladi. Ota yoki ona xromosomalari meyozda har xil gametalarga tarqalishi natijasida gametalarda xromosomalarning yangi to`plami hosil bo`ladi.

3. Xromosomalarning korfyugatsiyalanib, o`xshash qismlar bilan almashinuvi (krossingover) natijasida irsiy axborotning yangi to`plami hosil boladi. Natijada gametada ota —ona xromosomalari aralashgan holda boladi. Har xil xromosomalarga ega gametalar irsiy o`zgaruvchanlikka sabab boladi. Irsiy o`zgaruvchanlik organizmlarning evolyutsiyasiga olib keluvchi asosiy omillardan biridir Ba"zi hollarda

meyoz jarayonida xromosomalarning gametalarga taqsimlanishi buziladi. Natijada ayrim gametalarda gomologik xromosomalarning har ikkalasi, ayrimlarida esa bittasi ham bolmasligi mumkin. Bunday holatlar organizmlarning rivojlanishi buzilishiga olib keladi va har xilirsiy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab boladi. r~itoz va meyozning o`xshashligi va farqini bir — biri bilan taqqoslang.
Mitoz:

Eukariotik organizmlarning asosiy ko`payish usuli hujayralarning odatdagi usullar bilan bo`linishi mitotik (mitoz —ip) yani ipsimon bolinish deyiladi. Be"zan ikkinchi nomi kariokinez deb ham ataladiTirik organizmlarning barchasi hujayralardan iborat. Organizm hujayralarga nisbatan uzoqroq umr ko`radi.

Masalan: eritrotsitlar 120 kun yashaydi, bunda umri tugagan adralarurnigadoimoyangahujayralarhosilbolibturadi. Organizmdagi millionlab hujayralar bir sekundda nobud bolib, ularning o`rniga yangilari hosil bolib turadi. Turli hujayralarda bolinish turlicha kechadi. Nervg mushak xujayralari, qizil qon tanachalari etuk bosqichga ettandan keyin ular umuman bolinmaydi. Ko`pgina ichak epiteliysi hujayralari, teri, o`pka hujayralari organizmning butun hayoti davomida bolinib turadi. Bo`linish muddati har xil, u 8 soatdan 100 kungacha va hatto undan ham ortiq bolishi mumkin. SHu tartibda hujayralar hosil bolib boradi. Eukariotik hujayralar asosan ikki xilusulda bolinib ko`payadi:

1.Mitoz — somatik hujayralarning bolinishi.



2.Meyoz — jinsiy hujayralarning ko`payish usuli. Hujayraning bir marta, ikki marta bolinishi oraligl — interfaza yoki interkinez (lotincha Meg — orasi degan ma`noni anglatadi) deb ataladi. Eukariotik hujayralar asosan mitoz bo`linish usulida bo`linadi. Mitoz asosida hujayralarning soni ortadi, organizmlar o`sadi, bolingan hujayralarning o`rni tiklanadi. Bir hujayrali organizmlarda mitoz tufayli jinssiz ko`payish jarayoni amalga oshadi. Mitoz juda murakkab jarayondir. Hujayralar bolinishdan oldin unga tayyorlanishadi. Bunday vaqtda hujayra yadrosida xilma —xil morfologik va biokimyoviy o`zgarishlar kechadi. Hujayraning bolinishgacha va bolinishdan keyingi bosib o`tgan yoli mitotik tsikl deb ataladi. Mitoz tsikli — mitoz va unga ketgan vaqtlar yigandisidan iborat. Xullas, mitoz tsikli mitoz va interfazadan iborat.,! Interfaza o`z vaqgida ketma — ket keladigan davrlarga bolinadi: F. Sintezdanavvalgidavr&" harfi bilan belgilanadi. S~ davrida hujayra o`sadi va DNK sintezlanishga tayyorlanadi. Bunda DNK reduplikatsiyalanishi uchun zarur bo`lgan azotli asoslar, fermentlar, RNK va oqsilmolekulalari sintezlanadi. Sintez davriz harfi bilan belgilanadi. Budavrda DNK reduplikatsiyalanib, uning miqdori ikki hissa ortadi. SHu bilan birga RNK va oqsil molekulalari sintezlanadi — tsentriolalar soni ham ikki marta ortadi. Sintezdan keyin (mitozdan avval) gidavr S2 harfi bilan | belgilanadi. Bu davrda ham RNK va oqsil sintezi davom etadi. dyniqsa, bolinish dutini hosid qiluvchi mikronaychalar tarkibiga kiradigan t u b i 1 i n oqsili sintezlanadi. Interfaza tugallangandan keyin hujayraning bolinishi yoki mitoz jarayoni boshlanadi. Mitoz hujayralardato`xtovsiz kechadigan jarayondir. Ammo uni tushuntirish oson bolishi uchun shartli ravishda to`rtta faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazaga bo`linadi. Mitozdajuda katgao`zgarishlar kuzatiladi. Mitoz hujayra hayot tsiklining juda ham kam vaqtini tashkil etadi. Masalan: ichak epiteliysi hujayralari 20 — 22 soat yashashi mumkin. Profazada xromosomalar spiralga o`ralib kaltalashishi va yo`gonlashishi boshlanadi. Interfazaning sintez (3) xromosomalarning tarkibidagi DNK miqdori ikki xissa orttanligi uchun profazadagi xromosomalarning har qaysisi ikkita xromatidlardan iborat bo`ladi. Spirallanish natijasida xromosomalar tobora yo`g"onlashib, yoruglik mikroskopda ko`rinadigan bolib qoladi.Sitoplazmaga joylashgan hujayra markazining tsentriolalari juft — juft bolib, bir —biridan itarila boshlaydi. Ularning o`rtasida mikronaychalar malum tartibda joylashib, qutblarni bir —biri bilan biriktiruvchi kalavasimon bolinish dugani hosil qiladi. Ularning bo`linish dugi tarkibida tsentriolalar bolmaydi. Profaza hujayra yadrosi qaytadan tuziladigan davrdir. Xromosomalar spirallanadi (spiral bo`lib o`raladi) va optik mikroskopda yaxshi ko`rinadigan bo`lib qoladi. YAdrocha va yadro pardasi erib, asta —sekin yo`qolib ketadi. Natijada bolinish duti paydo boladi. Metafaza paytida xromosomalar dug ekvatori bo`ylab joy oladi va xromosoma plastinkasi o`qi, metafaza plastinkasini hosil qiladi.





Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat