Мavzu Ma’naviy ma’rifatli komil insonlarni tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng yaxshi omili. Reja



Download 29,7 Kb.
bet1/3
Sana26.05.2020
Hajmi29,7 Kb.
#56111
  1   2   3
Bog'liq
Мavzu Ma’naviy ma’rifatli komil insonlarni tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng yaxshi omili.


Мavzu Ma’naviy ma’rifatli komil insonlarni tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng yaxshi omili.
Reja
1. Ma’naviy ma’rifatli komil insonlarni tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng yaxshi omili.

2. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartidir.
Bizga, ma’lumki jinoyatchilik jamiyatda mavjud bo‘ladigan, davlatning maxsus nazorat choralarini o‘rnatishni talab qiladigan salbiy xodisa, u o‘zgaruvchan, ijtimoiy siyosiy huquqiy xodisadir.

SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, har bir alohida jinoyat sodir bo‘lishining o‘ziga xos individual sabablari mavjud. Insonlardagi insoniy sifatlarning (ijtimoiy ong, aql idrok, tafakkur, iroda) rivojlanishi hayotda yuz beradi. YA’ni ob’ektiv hayotda ijtimoiy muhit bilan shaxsning aloqadorligi tufayli insonda uning turli ijobiy sifatlari bilan birga salbiy sifatlari ham rivoj topadi. Har qanday ijtimoiy hodisaning, o‘zgarishning zamirida eng avvolo uni keltirib chiqaruchi sabab yotadi.

Mutafakkirlar siyosatshunoslar, huquqshunoslar, ruhiyatshunoslar, faylasuflar, korrupsiyaning kelib chiqishini turlicha fikrlaganlar. Ammo bizning fikrimizcha korrupsiyaning kelib chiqishiga, insonlarda huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy tizim, eng avvalo ma’naviy, ma’rifiy odobahloq qoidalari, insondagi komillik, to‘g‘riirog‘i komil inson g‘oyalarining etishmasligi asosiy sabab bo‘la oladi. Korrupsiyani oldini olishda ma’naviyatli, ma’rifatli, komil insonlarni shakllantirish orqali maqsadga erishish osonroqdir. Komil insonlarni tarbiyalashda har bir davlatning g‘oya va mafkurasi adolatli, ezgulik mafkurasi sifatida shakllanishi kerak.

Qadimgi davrlarda ham insonlarni bir biriga mehroqibatli bo‘lishlari uchun, noma’qul ishlarga qo‘l urmasliklari uchun g‘oya va mafkura katta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari halqimizning ko‘p ming yillik o‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, Sug‘diyona va Baqtiriyada ilk bor shakillangan. Ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba "Avesto" kitobida ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan. YAxshilik bilan yomonlik o‘rtasida azaliy kurash aks ettirilgan. Zardo‘shtiylikning ezgulik va insonparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g‘oyalar edi. Movaraunahr (Hozirgi O‘zbekiston hududi)da islom dining tarqalishi halqning yagona maslakka birlashtirishdek tarixiy vazifani bajardi. IXXII asrlarda Somoniylar, G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazimshoxlar sulolalari tomonidan mintaqada asos solingan davlatlar nafaqat O‘zbek halqi, balki jahon halqlari tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Muhammad Xorazmiy, Abu Nasir Farobiy, Axmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi alomalarning O‘lmas asarlari jahon fanini boyitdi. Mutasavvurlar: Xoja YUsuf Xomodoniy, Axmad YAsaviy, Adul Xoliq G‘ijdivoniy, Bahouddin Naqishband Najmiddin Kubro; muxadislar: Imom Buxoriy, Imom Termiziylarning ta’limotida aks etgan komil inson g‘oyalari, adolat haqidagi qarashlari jamiyatning sog‘lom ma’naviy axloqiy ruxini saqlashda mustahkamlashga xizmat qildi. Bu g‘oyalar vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoiylik va insonparvarlikni ulug‘ladi, o‘zbek davlatchiligining rivojlanishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nizomulmulkni «Siyosatnoma» kitoblarida davlat idorasi va axli fuqaroga munosabatda adalot, insof, diyonat, el yurt tinchligi va obodligi bosh g‘oya sifatida ilgari surildi. Bu g‘oyalar Temuriylar davlati g‘oyaviy tamoyillarining ustuvor yunalishi edi.

Bu intilishlar XIX asrda marifatparvarlik g‘oyalari bilan chiqan Ahmad Donishning ilg‘or qarashlarida, XX asr boshida yuzaga kilgan jadidchilik xarakatining taraqqiyparvar nomoyondalari Behbudiy, Fitrat, CHulpon, Munavar Qori, Abdulo Avloniy ijodi va foliyatida komil inson g‘oyalari ilgari surildi, insonlarni xaq yo‘liga boshlashda katta xizmat qildi. Mana shunday mutafakkiru allomalarning ijobiy g‘oyalari natijasida ajdodlarimiz oqu qorani yaxshi ajrata olgan. O‘tmish tvariximizda jinoyatchilikning turlari juda ham kam darajada uchragan. Masalan; Amir Temur o‘zining "Temur tuzuklari" kitobida shunday fikrni bildiradi.

"Mening sarhadimni kun chiqar sarhadidan, kun botar sarhadigacha bitta bolaning boshiga, bir toboq oltin qo‘yib junatilsa, bolaning boshidagi bitta ham oltin yo‘qolmaydi"

"Amir Temur hukmronligi davrida bozorlarda tartibintizom bo‘lgan, narxnavolar ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan, raislar, nazoratchilar haridor haqqiga hiyonat qilgan sotuvchilarni, chayqovchi iymonsizlarni jazolanganlar".

Xonliklar davrida ham "o‘g‘irlik, talonchilik, bozorlarda aldash hollari juda ham kam, deyarli uchramagan. Birinchi marotaba o‘g‘irlik qilgan kishining chap qo‘li, ikkinchi marotaba o‘g‘irlik qilsa o‘ng qo‘li kesilgan. Agar sotuvchi haridor haqqiga hiyonat qilsa, sotuvchini shaharmashahar aravaga o‘tqazib sharmanda qilishgan. Bozordagi do‘konlar eshigida umuman qulf qo‘yilmagan. O‘g‘irlik, talonchilik, tovlamachilik xollari rus bosqini davridan keyin ko‘payib ketdi. Mana shundan keyin bozorlarda, do‘konlarda qulf paydo bo‘ldi".

Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘tmish ajdodlarimizda odob ahloq, tarbiya, komil inson g‘oyalari etarli darajada mujassam bo‘lgan.

Biz ham korrupsiyaning ildizini yo‘qotishda, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni odob ahloqli, ma’naviy marifatli komil inson g‘oyalarni ularning ongiga singdirish orqali erishishimiz eng to‘g‘riroq va osonroq yo‘ldir. Ma’lumki, otabobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’limtarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’limtarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi45. Avvalo bu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdrish ta’limtarbiya muassasalarida (bog‘cha, maktablar, kasb hunar kollejlari va oliy t’lim o‘quv yurtlari) kengroq olib borishlarni taqozo etadi.

Inson e’tiqodsiz, g‘oyasiz, fikrlashsiz yasholmaydi. SHaxs va uning e’tiqodi masalasi muhim muommalardan biri bo‘lib, uning shakllanishi mohiyatan ijtimoiy omillarga bevosita bog‘liq deb qaraladi. Bu masalaga e’tiborning borayotganing boisi shundaki, shaxsdagi mafkuraviy imunetetning shakllanishida undagi ezgu g‘oya va imon e’tiqod muhim ahamiyatga egadir.

Agar biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab sog‘lom e’tiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular ma’naviti boy, mustaqil fikrli va olijanob shaxslar bo‘lib kamolga etadi. SHu ma’noda, shaxs e’tiqodi undagi shunday barqoror va teran fikr, tasavvurlar, bilimlar majmuiki, mafkuraviy dunyoqarash hamda milliy g‘oyalar aslida ana shunday e’tiqodlar asosida shakllanadi. Insoniylik fazilatikomillik g‘oyalari, hozirgi kunda mustaqil davlatimizda keng qo‘llanilayotgan mafkura mujassamlashgan. Jinoyatchilikni ildizini qirqishda, korrupsiyani oldini olishda, konstitutsiya belgilagan maqsadlarga erishishda katta xizmat qiladi. Komil insoniy tarzda tarbiyalangan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqeahodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va halq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘rii baholay oladi. Komil insoniy g‘oyalarni kishilar ongiga singdirish, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga rioya etib yashash jamiyatimiz hayotining asosiy mezoniga aylanib boradi.

Komil insoniylikni ko‘chaytirish, jamiyatda loqaydlik, beparvolik, boqimandalik, poraxo‘rlik kabi illatlarni payini qirqish, odamlar qalbida yuksak ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, ahloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan baquvvat avlodni voyaga etkazish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik kabi fazilatlarni tarbiyalash, insonlar ongida ta’sirchanlikni oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo etish borasidagi intilishlarimiz samaradroligini ham oshiradi.

YOshlarimiz tafakkurida erkin fikr, erkin hayot tuyg‘usini shakllantirish lozimdir. Hayotni erkinlashtirib, komil inson g‘oyasini halqimiz qalbi va ongiga singdirish uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishning muhim shartidir. Komil insoniylik g‘oyasi siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarini mujassamlashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida birbiri bilan yaqinlashtiradi va shu ma’noda demokratik qadriyatlarni nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik, urug‘aymoqchilik, mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy imunetetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘rii yo‘l tanlash va jaholatga qarshi marifat bilan kurashish insoniylik g‘oyasini halqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi bilan bog‘liq.

Insoniylik g‘oyalarini, ma’naviy etuk ongni, yoshlarimiz qalbiga singdirishda, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya davlatning rivojlanishida, insoniyat hayotining faoliyatida katta xavf ekanligini ochiqoydin tushuntira olishda, yoshlarni jinoyatchilik va turli oqimlarga kirib ketishini oldini olishda, ta’lim muassasalarining roli kattadir. O‘qituvchilar o‘quvchilarni to‘g‘rii hayot yo‘liga boshlay olishlari, sabr toqatli haqqoniy insonlar etib, halq va davlat manfaatlarini O‘z manfaatlaridan ustun qo‘yadigan va hozirgi kunda xavf va tahdidlarni to‘g‘rii tahlil qila oladigan insonlar bo‘lib etishish uchun, qattiq mehnat qilib jon kuydirmoqlari darkor

Olimlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilirning davlat oldidagi ma’suliyati shu qadar kuchli bo‘lishi kerakki, ular mustaqil O‘zbekiston uchun adolatli, halqparvar, kuchli va salohiyatli, bilimdon, jinoiy unsurlardan yiroq professional kadrlarni etkazib bermoqlari darkor. Ikkinchidan, kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbiqi kishining jamiyatda o‘z o‘rninni topish jarayoninni tezlashtiradi. Zero, har bir inson o‘smirlik, ya’ni voyaga etish arfasidanoq jamiyatda o‘z o‘rninni topa olishi va belgilay bilishi lozim. Aks xolda bu uning hayot yo‘llarida sarson, maqsadsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu esa yoshlarni o‘ziga ishonchini so‘ndirish, ayrim xollarda jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaslikka, o‘z foydasi va jamiyat foydasini ta’minlay olmasligiga, faqat o‘z manfaati yo‘lida tekinxo‘rlikka ruju qo‘yuvchi oqibatlarga tushub qolishiga sabab bo‘ladi. Demakkim, uning shaxs bo‘lib shakllanishi gumon bo‘lib qoladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish bilan ana shunday salbiy oqibatlarni oldi olinadi.




Download 29,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish