Mavzu: Mahsulot sifat darajasini baholash. Xulosa. Reja



Download 40,59 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2020
Hajmi40,59 Kb.
#45111
  1   2
Bog'liq
sifat
346-guruh, Isoqulova Sh, Ne'matjonova M, qonun, 171 29.03.1994, 8-mavzu amaliy, Aniq integralning tadbiqlari. Qutb koordinatalar sistemasida yuzani hisoblash, O'zlashtirma gap, 3-topshiriq, 3-topshiriq, Qurbonov Pahlavon, Qurbonov Pahlavon, Qurbonov Pahlavon, Nematova Dilorom, doc 2, 2 5201872902093276041
Mavzu: Mahsulot sifat darajasini baholash. Xulosa.

Reja:



  1. Mahsulot sifat darajasini baholash usullari.

  2. Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda aralash usuli.

  3. Mahsulot sifatini texnikaviy darajasini baholash.

  1. Mahsulot sifat darajasini baholash usullari.

Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin (1-rasm).

Mahsulotning sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari













1




1










O'lchash

usuli




Hisoblash

usuli




Ma'lumotlar manbaalari bo'yicha




Organaleptik

usul




Ro'yxatga olish usuli




1










1




An'anaviy usul




Ekspert usuli




Ijtimoiy usul

1 - rasm. Mahsulot sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari

klassifikatsiyasi.



O'lchash usuli texnik o'lchov asboblari yordamida olingan ma'lumotlarga asoslangan. O'lchash usuli yordamida mahsulotning og'irligi, bo'yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.

Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog'lanishlar yordamida olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og'irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko'rsatkichlarni aniqlashda qo'llaniladi.

Organoleptik usul - sezgi organlari: ko'rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma'lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko'rinishi, ko'zga tashlanuvchanligini baholashda qo'llaniladi.

Qayd etish usuli ma'lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o'tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo'li bilan olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu usulda unifikatsiyalash ko'rsatkichi, huquqiy patent ko'rsatkichi kabilar aniqlanadi. Ma'lumot manbalariga qarab sifat ko'rsatkichlari an'anaviy, ekspert va ijtimoiy usullarga bo'linadi.

An'anaviy usul - muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo'liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).

Ekspert usulida mahsulot sifat ko'rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya'ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi. Ekspert usuli yordamida boshqa usullarda aniqlab bo'lmaydigan ba'zi sifat ko'rsatkichlarini baholash mumkin. Bu usul ba'zi ergonometrik va estetik ko'rsatkichlarini baholashda qo'llaniladi.

Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste'molchilariga tayanadi. Iste'molchilarning fikri to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, so'roq qilish yoki maxsus so'roq anketalari orqali, ko'rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

  1. Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda

aralash usuli.

Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko'rsatkichlarini tegishli bazis ko'rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya'ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko'rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko'rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi.

Ba'zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko'rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra ikki guruhga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa-xususiyatlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni, ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali ko'rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng bo'lgan barcha nisbiy ko'rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan kichik bo'lmagan ko'rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi namunaning sifat ko'rsatkichlaridan past emasligini ko'rishimiz mumkin. Aks holda mahsulotning sifati darajasini boshqa usulda, masalan, kompleks usulida aniqlash mumkin.

Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko'rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo'lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko'ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.


(1)




Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko'rsatkichini obyektiv topishdadir.

Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichlari bilan e'tiborga olinayotgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlikni tavsiflash imkoniyati bo'lgan barcha holatlarda quyidagi funktsional bog'liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


(2)




Barcha bo'lishi mumkin bo'lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog'liqlikning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda umumlashgan ko'rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri qabul qilinadi.

Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial va kompleks usullari har doim ham qo'yilgan masalalarni yechishga imkon beravermaydi. Sifat ko'rsatkichlarining keng nomenklaturasiga ega bo'lgan murakkab mahsulotni baholashda, differentsial usul yordamida aniq xulosa chiqarib bo'lmaydi, faqatgina kompleks usulni qo'llash esa baholanayotgan mahsulotning barcha asosiy xossa- xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon bermaydi. Bunday holatlarda mahsulotning sifatini baholash uchun mahsulot sifatining birlik va kompleks ko'rsatkichlaridan differentsial va kompleks baholash usulini qo'shib, birgalikda foydalaniladi. Baholashning bunday usuli aralash usul deyiladi.

Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Sifatning birlik ko'rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo'yicha sifatning kompleks ko'rsatkichlari aniqlanadi.

Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:

Mahsulotning sifati ko'rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.

  • Mahsulotning belgisi_- uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy tavsifidir.

  • Mahsulotning parametri_- uning belgisi bo'lib, barcha miqdoriy xususiyat va xolatlarni ifodalaydi.

  • Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko'rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o'tkazuvchanligi, cho'ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.

  • Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichiga tortilgan o'rtacha qiymat ko'rinishida aniqlangan ko'rsatkichni misol qilib keltirishimiz mumkin:

Ko = KZ bu yerda

/=1

Ki- mahsulotning i xususiyatining ko'rsatkichi.

Zi- Ki ko'rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.

  1. Guruhlar bo'yicha aniqlangan kompleks ko'rsatkichlar hamda alohida ajratib ko'rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo'lgan birlik ko'rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi.

Odatda, o'lchash yo'li bilan mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichlari aniqlanadi.

Huquqiy-patent va iqtisodiy ko'rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko'rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo'li bilan, yuqorida aytib o'tganimizdek, sifatning kompleks ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin.

  1. Mahsulot sifatini texnikaviy darajasini baholash.

Sifat ko'rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko'rsatkichlarini taqqoslashda ko'rsatkichlar dinamikasining tavsifi ham e'tiborga olinadi. Masalan, sifat ko'rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo'yicha taqqoslaganda ularning dinamikasining tavsifi ham e'tiborga olinadi. Masalan, sifat ko'rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo'yicha taqqoslaganda ularning dinamikasining tavsifi quyidagicha hisobga olinadi: sifat ko'rsatkichlari nisbatining miqdoriy qiymati sifat ko'rsatkichlari boshlang'ich ko'rsatkichga nisbatan ortsa, birdan katta, kamaysa birdan kichik bo'ladigan qilib tuziladi. 2-rasmda mahsulotning sifati darajasini baholashning sxemasi keltirilgan.


ёки


гбаз

P

Pi

P

гбаз

Texnikaviy daraja - mahsulotni texnikaviy takomillashtirishning nisbiy tavsifi bo'lib, mana shu mahsulot turini takomillashtirishda fan-texnika yutuqlarini tavsiflovchi, mahsulot sifatini belgilovchi eng asosiy xossa-xususiyatlarining yig'indisiga aytiladi.

1 Illi I I I I I—I—I =►

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11

2- rasm. Sifat ko'rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo'yicha taqqoslash.

Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o'rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko'rsatkichini bazis namuna ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.

Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna - bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg'or yutuqlarini o'zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.



Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:


Download 40,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti