Mavzu: Madaniyat va qadriyatlar. Reja: 1 Madaniyat va qadriyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik



Download 38,62 Kb.
bet1/2
Sana18.11.2022
Hajmi38,62 Kb.
#867825
  1   2
Bog'liq
Madaniyat va qadriyatlar


Mavzu: Madaniyat va qadriyatlar.
Reja:
1) Madaniyat va qadriyat tushunchasiga tarixiylik va ilmiylik.
2) Madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni.
3)O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy me’rosga munosabat
4) Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1) Madaniyat – bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya’ni, jamiyatdagi bilim, ma’zon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o’rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog’liqlik haqidagi ma’naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta’sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko’p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o’ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo’lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.


Madaniyatni ilmiy izohlab uning tarixiy mazmuni va ma’nosi ijtimoiy, tarixiy bilimlar tizimidagi o’rni va mavqeyini asoslab beradi. “Madaniyat’’ atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarda rang-barang ma’nolarda ifodalangan. ”Madaniyat” va “kultura” atamalari mutaxasislar fikriga ko’ra ayni ma’noni anglatib, lotincha “ishlov berish”, “parvarish qilish” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik “ma’rifatli bo’lish”, “tarbiyali”, “bilimli bo’lish” mazmunida ishlatilgan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha “madaniy” – “shaharlik” dagan ma’noni bildiradi. Agar Amerikalik madaniyatshunos olimlar A.Kreber va K.Klakxonlarning 1952-yildagi ma’lumotlarga ko’ra madaniyat hodisasiga berilgan ta’rif 164 ta bo’lsa so’nggi adabiyotlarda bu raqam 400 dan ortiqni tashkil etadi.
Qadimi Rim “madaniyat” - tushunchasi hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g’amxurlik degan ma’noda ham foydalanilgan. Ko’rinib turibdiki ”Madaniyat” tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o’z mohiyatini o’zgartirmagan.
- Hozirgi davrdagi madaniyaning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilga va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatining uziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyatning ”Tabiiy” turmush tarzi shaklida yashagan davrda : ya’ni terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvadorlik va dehqonchilik bilan shug’ullangan vaqtlarida madaniyat to’g’risidagi fikrning tug’ulishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o’z madaniyati bilan “qo’shilib” yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar hayotning moddiy va ijtimoiy shakillari undan farq qiladi. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo’lishi bilan muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosida madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko’proq mustaqqil bo’lib boradi. Insonning esa madaniyatga tobeliga ortadi.
Insoniyat jamiyati doimiy rivojida bo’lib, u o’zgarib takomillasib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o’zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o’zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar.
- Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqeylik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlayda va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan sohalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o’rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga bog’liqdir. Ijtimoiy jarayon kishilarning hatti-harakati, ya’ni sotsial faoliyati madaniy idiallarini, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslar aro va guruhlar aro aloqalari shakli vasifasini ham bajaradi.
Ijtimoiy taraqqiyot faoliyati bilan madaniyatning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlarga olib keladi. An’anaviy va industrial jamiyatlarida informatsion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo’lsa, “kompyuter inqilobi” sharoitida informatsiyalar bilimlar ishlab chiqarilishi, ya’ni texnalogiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakillanadi. Informatsiya qimmatbaho tavarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inertsiya katta ta’sirini hisobga olish kerak. Inertsiyaning ta’sirida insoniyat bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklari bilan qayta quriladi. Bu hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o’xshash bo’lgan to’siqlarni o’tmishda odamlar qanday qilib yengib o’tganlarini o’rgana borib o’tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o’tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o’tmish, hozirgi zamon va kelajak o’rtasida doimiy muloqot bo’lib turadi.
Madaniyat kishilarga tana azolari, instinktlar yoki tug’ma iste’dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o’zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofidagi kishilarning, jamiyatning va o’tgan avlodlarning to’plagan tajribalarini o’zlashtiradi. Shaxsning shakillanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki shaxsiy “tabiat”ni ham o’zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, “ikkinchi tabiati”ga aylanadi.
Shaxsning madaniyat bilan o’zaro munosabati hech qachon to’liq va uyg’un bo’la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin. Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o’z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqqildir. U madaniy merosni o’ziga mujassamlashtirgan konkret sotsial guruhlarning ma’noviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadryatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar xazinasi bo’lib qoladi. Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va unga o’z hissalarini qo’shadilar.
“Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudoddir: inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonga mujassam” (N.Berdiyayev). Negaki har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o’lchanadi.
Tarixiy antrapologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu mentalitetdir. “Mentalitet” bu madaniyatga ta’luqli bo’lgan kishilarga yoki boshqa muhitning muayyan “aqliy vositalar yig’indisi”, “psixologogik moslama”larning mavjudligini bildiradi. Ular insonga o’zlashtirishning sotsial borlig’ini mustaqil qabul qilishi va idrok etishga sharoit yaratadi. Betartib uzuq-yuluq tushunchalar va ta’sirlar tafakkur orqali qayta ishlanadi, nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi. Bu manzara inson hatti-harakatida o’chmas iz qoldiradi. Bir sotsial va madaniy umumiylikning tegishli bo’lgan, tarixiy jarayoning subyektiv tomoni hisoblanuvchi idrok va his qilish uslublari tarixning obyektiv jarayoniga qo’shiladi. “madaniyat” tushunchasi qo’llanilishiga qarab quyidagicha o’rganamiz a) individual – shaxs madaniyati; b) guruhiy madaniyat – milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy; v) makon va zamonga cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati; g) insoniyat madaniyati.
Madaniyatni qo’llanish jihatdan turlarga bo’lish munozarali bo’lsada, biz ularning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarini yo’qotmaydi, balki, aksincha, uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqurroq o’rganish madaniyat to’grisidagi tasavvurimizni kengaytirib berishga xizmat qiladi.
Madaniyat tushunchasi qo’llanish jihatdan xilma-xil bo’lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz “muomala madaniyati”, “Mehnat madaniyati”, “hatti-harakati madaniyati” kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko’nikib qolganmiz. Kundalik hayotda madaniyatdan voqeylikni baholash tushunchasi sifatida shaxsning ma’lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodliligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog’lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyat kishi tushunchasiga qo’shilib ishlatiluvchi sifatlar juda keng bo’lib, uni qo’llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning sotsial statusiga bog’liqdir. Hozirgi davrda “ishlab chiqarish madaniyati”, “dam olish madaniyati” va boshqalar to’g’risiga ko’p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko’rsatishlari tushuniladi. Ba’zan madaniyat to’g’risida tasavvurlar shahar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish “madaniyat” madaniy kishilar bilan do’slashish va chiroyli narsalar bilan bg’liq deb fikrlanadi. Ro’znomalarda statistik ma’lumotlarda “iqtisod va madaniyat”, “fan va madaniyat”, “siyosat va madaniyat” iboralari ko’p ishlatiladi, bunda madaniyat ma’naviy iboradir yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nutqi nazardan iqtisodni, siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til bevosita taqlid qilish va amaliy o’rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi.
- Madaniyatni ilmiy tushutirish oddiy ongdan quyidagilarga ko’ra farq qiladi: birinchidan; juda keng bo’lib kishilar faoliyatining barcha usullarini ijtimoiy hayotning barcha shakillarini o’z ichiga oladi. – ikkinchidan; kundalik hayotda hissiy bezak ko’rsatilgan va qimmat jihatlarga urg’u berilgan tasavvurlardan farq qilib, fanda tavsifiy ta’rif berish bilan cheklanadi.
Madaniyat nimada namoyon bo’lishidan qatiy nazar muayyan qadriy o’lchovga ega bo’ladi. Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, tarix, insonparvarlik kabi kotigoriyalar bilan bir qator turadi. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o’ziga xos uslubi sifatida ta’riflash konsepsipasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to’ldiradi. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga o’zida faoliyat ko’rsatish va madaniyatning o’zlashtirish aspeklarini mujassamlashtiradi.

2) Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, bor bilim olami bo’lib, u insonni qayerda yashashini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabatga o’tadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo’luvchi axloq va shakillarni yaratishda va anglashda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim munosabat shakillanadi. Munozaralar tug’ulgan holda jamiyatni mustahkamlashda munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarning majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Shaxs bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo’lib, shaxs madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o’z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakillanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatni kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning madaniyat ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shaxsning o’zaro munosabati shaxsning erkinligi, uning, huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlaridagi muhim masala hisoblanadi.


Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi.
Inson ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi.
- shaxsning komillikka erishuvini ta’minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatni rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongini oshirish, axloqiy va estetik nafosatini tarbiyashda madaniyatning tarkibiy qismlari katta vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan fikrlashiga ko’ra insonning mehnat madaniyati, munosabat madaniyat, axloq madaniyati, badiiy tafakkur madaniyati, dunyoqarashi ruhning olami haqida gapirish mumkin. Madaniyat ijtimoiy tizim tuzilma sifatida ilmiy bilimlarni, tafakkurni, axloqiy – estetik qadryatlarni, axloqiy – huquqiy nizomlarni, urf-odat va an’analarni qamrab oladi. Shaxs madaniyatning shakillanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari ahamiyatlidir: siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy – huquqiy g’oyalar majmui bo’lib, ma’naviy qadriyatlarning mahsus tizimini tashkil qiladi. Bu madaniyat tarixiy taraqqiyot bosqichlariga jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog’liq holda vujudga kelib jamiyat siyosiy faoliyatiga uzviy bog’liq. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida ya’ni insonlar faoliyatidagi tabiatni qayta yaratish va o’zlarini tarbiyalash jarayonlarini qamrab olib, “Siyosiy ishlab chiqarishni” aks ettiradi. Bunda siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhdan (sotsium)ning siyosiy hokimiyat uchun bo’lgan harakatlarini belgilaydi, madaniy - nazariy jihatdan esa ijtimoyi munosabatlarni tabaqaviy dunyoqarash ruhida anglash, muayyan siyosiy g’oyalar, dasturlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga; mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi.
Siyosiy madaniyatning mavjudlik usuli: jamiyatning siyosiy – madaniy boyligi; amaliy siyosiy madaniyatdan iboratdir. Jamiyat siyosiy madaniyati taraqqiyotning ma’lum bir bosqichidagi siyosiy – ijtimoiy qadriyatlar, siyosiy tizimlar, siyosiy faoliyat usullarining majmuidir. Shaxs siyosiy madaniyati esa individ tomonidan jamiyatning siyosiy, mafkuraviy va ijtimoiy va ruhiy qadriyatlarni va usullarini o’zlashtirilishi hamda amalgam oshirishi tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatda qo’llash darajasining o’zaro bog’liqligi, yaxlid birligidan siyosiy madaniyat tarkib topadi.
Siyosiy madaniyat tarkibi huquqiy madaniyat bilan bog’liq bo’lib, bu faqat qonunlarni bilish, huquqiy saviyadagina iborat bo’lib, qonunlarga amal qilish va ular bo’y sunish madaniyati demakdir. Umuman, huquqiy madaniyat, huquqqiy ong, huquqiy munosabatlar, huquqiy faoliyatning birlikda namoyoy bo’luvchi ma’naviy qadriyatlar tizimidir.
Iqtisodiy madaniyat tushunchasida iqtisodiy bilimlar va fikrlar uslubi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik omillari namoyon bo’ladi. Iqtosodiy madaniyat mazmunida madaniyat va iqtisodning o’zaro ta’siri xususiyatlari majjud bo’lib, tarkibiga iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy munosabat kiradi. Iqtosodiy madaniyatning mazmunini kishilarning turli sohalarda maqsadga muvofiq faoliyati, yangi sifat natijalarini tashkil etadi.
Jamiyat iqtisodiy madaniyatida shaxsning iqtisodiy madaniyati uning o’zini kamol toptirishini anglab, nafaqat madaniyat qadriyatlarini yaratishi, boyitishi va iste’mol qilish darajasini, balki o’z erkinligini yangi bosqichga ko’tarilishini ta’minlayni.
Aqliy madaniyat – jamiyat, sotsium, induvidlar tomonidan aqliy kamolot me’yorlariga erishish darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan va o’zlashtiriladigan axloqiy qadriyatlar, axloqiy kamolot me’yorlari bilan bog’liqdir. Axloqiy madaniyat – tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi.
Estetik madaniyat – insonning ma’naviy – hissiy faoliyat bina bog’langan qadriyatlar tizimini ifodalaydi. Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining iqtisoslashtirilagan qismi bo’lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog’lab tushuntirish mumkin.
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Bular: yer yuzida ilm fanni taraqqiy etish, tichni saqlash, qirg’in qurollarni to’xtatish, tabiatni muhofa qilish kiradi.

3) O’zbekiston o’z mustaqilligini mustahkamlash johon ham jamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o’zgarish – milliy g’oya-milliy mafkurani shakillantirish jarayoni kechmoqda. Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari o’ta ibratlidir: “Biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimani olib o’tishmiz mumkin? Va nimalardan vos kechishimiz darkor? Ya’ngi ming yillikda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimiz turmog’i lozim? ¹” ( I.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 1999-yil 3-bet.)


Madaniy me’ros - bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar ularni o’zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasidir. O’zlashtirish yoki aniqrog’i madaniy me’ros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatning harakatdagi siyosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo’lmaganidek o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O’tmish bilan batamom uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo’lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida “proeetar madaniyati”yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu “inqiloblar” jarayonida yangi madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo’q bo’ladi: qo’l yozmalar,kitolar, suratlar yoqildi; me’moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibatda o’tmish bilan bog’liq uzviylik jamiyat ma’nan orqaga ketdi.
Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e’tiborni qaratgan holda O’zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo’shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo’llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va fiestevallar o’tkazilishi, chet mamlakatlarning madaniy kunlari va san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish qilindi, Hind madaniyat markazi, Fransuz madaniyat markazlari ochildi. Hozirgi kunda turli xalqlarning milliy markazlari 100dan ortdi.
O’zbekiston madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslash va uning jahon madaniyatidagi o’rnini munosib baholash ishtiyoqi ham kuchli. “Mirzo Ulug’bek va uning jahon sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi” (1994) “O’zbekistonning jahonda tutgan o’rni va roli. Buxoro va jahon madaniyati”, (1995) “O’rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi” kabi mavzularda o’tkazilgan xalaqaro konfrensiya va semenarlarni ko’rsatish mumkin (1998). Ma’lumki, YUNESKO qarori bilan yer yuzida nishonlangan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzusidagi (1996) konfrensiya misolida Porij shahrida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi” mavzusida ilmiy anjuman hamda ko’rgazma bo’lib o’tdi. Bu tadbirda xalqaro jamoatchilik Amir Temur, al- Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi buyuk yurtdoshlarimizning jahon tamadduni va madaniyati rivojiga qo’shgan munosib ulushini yuksak baholashni ko’rsatdi. Milliy an’anallar va ko’hna madaniyatimiz qayta yuz ocha boshlayapti. Ulug’ ajdodlarimizni yod eta boshladik. Ularni ma’naviy merosini o’zlashtirayapmiz. Prizident I.A.Karimov o’zning asarlari va nutqlarida ma’naviyat, tarbiyaga juda katta e’tibor qaratadi, ayniqsa uning quyidagi fikrlarida buni yaqqol ko’rish mumkin.
“… Hara qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir”! (Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. “Sharq” 1998-yil 5-bet)
Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyati bir biriga yaqin tushunchalardir. Ularni ma’naviy merosi, madaniyati, mafkura va qadriyatlar tashkil qiladi.
Prizidentimiz I.Karimov qayd etganidek, “Beshafqat davr sinovlarida omon qolgan eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, butun kutubxonamiz xazinasida saqlanayotgan 20 mindan ortiq qo’lyozma ularda mujassamlashga tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, fizika, ximya, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asrlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin …”!
(Karimov.I.A “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” – Toshkent- “Sharq” 1998 2-bet)
Madaniy – ma’naviy meros o’zaro bir-biridan farq qilsada, ularning o’rtasida o’tib bo’lmas “Xitoy” devorini qo’yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat – ya’ni insonning madaniy – ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli va nazariy bilim faoliyati yotadi. Madaniy va ma’naviy meros o’rtasida umumiylik ham farqli tomonlari ham mavjud.
Madaniy meros ko’proq umumiylik ustunlik qilsa, manaviy merosda uslubiylik ustunlik qiladi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tutashmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi.
Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o’tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdadi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi.
Prizidentimiz aytganlaridek xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashga oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalari, ulug’ shoir va mutafakirlarimiz yaratgan dunyoviy va badiiy asarlar, Qur’oni Karim, hadislar yassaviy va Baqirg’aniylar yaratgan diniy axloqiy ruhidagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojiblar yaratgan aqliy, pand-nasihat turidagi asarlar Najmiddin Kubro, Baxovuddin Naqshbandiy yaratgan inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o’lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy boyligimiz hisoblanadi.
Sivilizatsiyaning o’zi insonning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichida ro’y beruvchi sifat jihatida yangi boshqichi bo’lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sizilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo’lga kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Shunday qilib, madaniyati, madaniy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va inson manaviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlod voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o’tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qatiyan kirishildi.
Mustaqilligimizning o’tgan yillarida anashu merosimizni o’zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
- Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat sharq balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamiyatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu-ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarishga ona yurtimizda tug’ulib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu ko’hna tuproqda milodgacha bo’lgan davrda va undan keyingi qurilgan suv inshootlari hali hanuz o’zining ko’rki tarovatini saqlab kelayotgani sari atiqalarimiz qadim-qadimdan o’lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan 4 mingdan  ziyod moddiy-manaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
- Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bungungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-mingab qo’lyozmalar, ular mujassamlashgan tarix, adbiyot, san’at,siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilk va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xoli dunyoda kamdan-kam topiladi.
- Ota-boblarimizning asrlar davomida to’planga hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yogorliklar orasida bundan qarib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida axloqiy o’rin tutadi. Avalambor, shuni aytish joyizki, oilis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo’ri mahsuli bo’lmish bu noyob yodgorlikning zamon to’fonlarida, qanchadan-qancha og’ir sinovlarda o’tib, bizning davrimizgacha yetib kelganing o’zida katta ma’no mujassam. Bunday o’lmas asori-atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi. Misol uchun, “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo’lsa unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq holda ko’rsatilgani ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyoni shakillantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o’tkazib keganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi. Shu ma’noda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa “Alpomish” ana shu dostonning shox bayti, desak to’g’ri bo’ladi.
- Shu boyis “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning mozorlarimizni har qanday tajavvuzdan himoya qilishga o’rgatadi.
- Bir paytlar, aniqrog’i, o’tgan asrning 50-yillarida, milliy merosimizning ko’pgina namunalari kabi, “Alpomish” dostoni ham millatchilik ruhidagi asar sifatida qaralib, qatag’onga uchragan edi. O’sha og’ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko’rsatib, saqlab qolishga muvaffaq bo’lganliklarini butun minnatdorchilik bilan eslaymiz.
Bu o’lmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o’z iymon-e’tiqodidek asrab avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz “Alpomish” dostoni asosida tarbiya topgan, o’zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega bo’lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.
Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram-sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.
- Ayniqsa, ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbida chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni qadriyatimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlashimiz joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shavqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan anashu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi.
- Shu nuqtai nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli huruj va hamlalardan tuxmat va bo’xtonlardan ximoya qilish, uning asl mohiyatini unib o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi hamon dolzarb bo’lib kelmoqda. Ma’lumki, xalqimiz azaldan islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shib keladi. Bu haqiqatni jahon jamoatchiligi, butun musulmon yaxshi biladi va tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot bo’lmish islom konfrensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan Toshkent shaxrini 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganini ham anashu yuksak e’tirofning yana bir tasdig’idir.
Musulmon olamining “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuxrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo’tabar zot merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom diniga Quroni Karimdan keyingi 2-muqaddas manbaa bo’lib, ahli islom e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug’i hisoblanadi.
- Abu Iso Muhammad Ibn Sino, Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunoni Termiziy” asari ham musulmon olamida anashunday yuksak qadrlanadi.


Download 38,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish