Mavzu: Kuchlanish stablizatorlari. Impulsli ta’minlash manbasining struktura sxemasi. Kim (keng impulsli modulyatsiya) LI kontrollerlar. Sistema bloki ta’minlash manbasining sxemasi. Kuchlanish stablizatorlari



Download 491.24 Kb.
bet4/6
Sana11.02.2020
Hajmi491.24 Kb.
1   2   3   4   5   6

2. Kompensatsion stablizatorlar.
Kuchlanish stablizatorlari. Kompensatsion kuchlanish stablizatorlari uzluksiz ta’sir etuvchi va impulsli bo‘lishi mumkin. Uzluksiz ta’sirlashuvchi kompensatsion kuchlanish stablizatori avtomatik rostlovchi tizimdan iborat bo‘lib, chiqishdagi kuchlanishning haqiqiy qiymatini namunaviy (tayanch) kuchlanishining qiymati bilan uzluksiz taqqoslab turadi. Taqqoslash natijasida yuzaga kelgan kuchlanishlar farqi kuchaytirilib boshqaruv elementiga ta’sir ettiriladi va natijada chiqish kuchlanishi belgilangan qiymatiga qaytadi. Tayanch kuchlanishi manbai sifatida kam tok bilan ishlovchi parametrik kuchlanish stablizatoridan foydalaniladi.

a) b)


2.4-rasm. a) boshqaruv elementi ketma-ket ulangan kompensatsion kuchlanish stablizatorining tarkibiy tuzilish sxemasi, b) elektrik prinsipial sxemasi.
Boshqaruv elementini ulash usuliga ko‘ra kompensatsion kuchlanish stablizatorlari ketma-ket va parallel turlarga bo‘linadi.

Boshqaruv elementi Ryuk yuklanish bilan ketma-ket ulangan kompensatsion kuchlanish stablizatorining tarkibiy tuzilishi sxemasi 2.4- a, rasmda tasvirlangan.



Taqqoslash natijasida yuzaga kelgan Uyuk-UT signali (TS) taqqoslash sxemasida hosil qilinadi va o‘zgarmas tok K kuchaytirgichida kuchaytirilib, BE boshqaruv elementiga beriladi.

Signal farqi (Uyuk-UT)>0 musbat bo‘lganda  BE ichki qarshiligi va undagi kuchlanish tushuvi ortadi. Boshqaruv elementi  BE va Ryuk ketema-ket ulanganligidan UBE kuchlanish tushuvining ortishi chiqish kuchlanishining kamayishiga olib keladi va uni Uch.nom qiymatda saqlab turadi.

Aksincha ya’ni (Uyuk-UT)<0 manfiy bo‘lganda  BE ichki qarshiligi va undagi UBE kuchlanish tushuvi ham kamayib, chiqish Uch kuchlanishning ortishiga olib keladi.

Tranzistorlar asosida tuzilgan kema-ket kompensatsion kuchlanish stablizatorining elektrik prinspial sxemasi 2.4-b, rasmda tasvirlangan. Sxemada VT1 tranzistor boshqaruv elementi vazifasini bajaradi. Kirish Ukr kuchlanishi ortganda chiqish kuchlanishi absolyut qiymati ortadi va VT2 tranzistor asosida tuzulgan o‘zgarmas tok kuchaytirgichi kirishida Ube2 manfiy signal farqini hosil qiladi. Natijada VT2 tranzistorning kollektor toki ortib, yerga nisbatan undagi potensial ko‘proq musbat bo‘ladi. Boshqaruv elementi VT1 trnzistorning  Ube1 kuchlanishi kamayadi va  BE chiqish qarshiligi hamda undagi kuchlanish tushuvi ortadi. Natijada Uyuk yuklanish kuchlanishi kamayib Uyuk.nom qiymatni oladi. Sxemaning stablizatsiya koeffisientini oshirish uchun VT1 tranzistorning baza tokini belgilovchi RK rezistorni – E0 namunaviy kuchlanish manbaiga ulash lozim. Namunaviy – E0 kuchlanish manbai absolyut stabil bo‘lgan holda va  kuchlanish bo‘lgich ta’sirini hisobga olmagan holda (VT2 tranzistor bazasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri stablizator chiqishiga ulangan) 2.4-b, sxemaning stablizatsiya koeffisientini

 (2.10)

ifoda bilan, chiqish qarshiligini esa





ifoda bilan aniqlanadi. Agar E0 stabil bo‘lmasa u holda uning tebranishlari RK rezistor orqali VT1 tranzistorlarning bazasiga beriladi va natijada stablizatsiya koeffisienti



marta yomonlashadi.



Sxemadagi  qarshilikni oshirish bilan  kamaytirilishi mumkin, biroq bu stablizatorning

 (2.11)

normal ishlash shartini bajarmasligiga olib keladi. Bu shart oddiy



tenglikdan kelib chiqadi.

Yuqoridagi (2.11) tenglikka ko‘ra VT1 tranzistor Ib1 baza tokining  qiymatga ortishi VT2 tranzistor IK2 tokining shuncha qiymatga kamayishiga olib keladi.

Baza toki yuklanish toki bilan



munosabat orqali bog‘langanligi sababli  qarshilikning ortishi sababli  toki IK2 tokdan katta bo‘lishi mumkin, bu esa (2.11) shartning buzilishiga olib keladi.



Chiqish kuchlanishini silliq o‘zgartirish  kuchlanish bo‘lgichni 2.4-b, rasmda tasvirlangan kabi stablizatorning chiqishiga ulash bilan amalga oshirilishi mumkin.

Bu holda stablizatorning chiqish kuchlanishi



 (2.12)

ifoda bilan aniqlanadi.



Odatda kuchlanish bo‘lgichning  toki VT2 tranzistor tokidan bir tartib (o‘n marta) katta qilib tanlanadi. Kuchlanish bo‘lgich tokini bundan ortiq qilish maqsadga muvofiq emas, chunki bu sxema FIK ning sezilarli kamayishiga olib keladi. Bu vaqtda (2.12) ifodani quydagicha yozish mumkin.

 (2.13)

Kuchlanish bo‘lgichni ulash (2.10) ifoda bilan aniqlanuvchi stablizatsiya koeffisientini B marta kamaytiradi, chunki VT2 tranzistor kirish tokining orttirmasi shuncha marta kamayib, chiqish kuchlanishi orttirmasini ham shu qadar kamaytiradi.



Kuchlanish bo‘lgichsiz kirish tokining orttirmasi  va bo‘lgich ulangandagi ortirmasini  ko’rinishda yozib B kattalikni aniqlash mumkin.



bunda, , 

Kompensatsion stablizatorining stablizatsiya koeffisientini oshirish usullaridan biri boshqaruv elementi sifatida tarkibiy tranzistorlardan foydalanishdir. Tarkibiy tranzistorlardan foydalanish, stablizatsiya koeffisientini qo‘shimcha tranzistor tok bo’yicha kuchaytirish koeffisienti qadar oshiradi.

Boshqaruv elementi parallel ulangan kompensatsion kuchlanish stablizatorining tarkibiy tuzilish sxemasi 2.5-rasmda tasvirlangan.

Sxemada  BE boshqaruv elementi yuklanish Ryuk qarshiligiga parallel, ketma-ket qilib, esa Rb ballast qarshiligi ulangan. Parallel tipdagi kompensatsion stablizator K kuchaytirgich yo‘q deb tasavvur qilinganda strukturaviy tuzilishi jihatdan boshqaruv elementi vazifasini stablitron bajaruvchi parametrik kuchlanish stablizatoriga o‘xshaydi.



Sxema quyidagidek ishlaydi. Taqqoslash sxemasida shakllanuvchi  signal farqi K kuchaytirgichda kuchaytiriladi va  BE boshqaruv elementiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir natijasida  BE ichki qarshiligi o‘zgarib,  Ryuk kuchlanishni belgilangan sathda saqlab turadi.

2.5-rasm. Boshqaruv elementi parallel ulangan kompensatsion kuchlanish stablizatorining tarkibiy tuzilish sxemasi.

Ketma-ket tipdagi kompensatsion kuchlanish stablizatorining stablizatsiya koeffisienti bir necha ming atrofida bo‘ladi va u K kuchaytirgichining kuchaytirish koeffisientiga bog‘liq bo’ladi. Biroq shuni e’tiborga olish lozimki, kuchaytirish koeffisientini oshirish stablizator sxemasining o‘z-o‘zidan uyg‘onishiga olib keladi. Kompensatsion kuchlanish stablizatorining chqish qarshiligi bir nech Om hatto Om ning bir necha ulushiga teng bo‘lishi mumkin.

Parallel tipdagi stablizatorning foydali ish koeffisienti ketma-ket tipidagi stablizatornikidan kichik bo‘ladi. Buning asosiy sababi Rb qarshiligida qo‘shimcha quvvat isrof bo‘lshidir.



Ketma-ket tipdagi kompensatsion stablizatorining asosiy kamchiligi yuklanishning ortishiga sezgirligidir. Chiqish zanjirida qisqa tutashuv yuz berganda kirish kuchlanishi to‘liqligicha boshqaruv elementiga (VT2 tranzistor) tushadi va tranzistor orqali IK tok keskin ortib ketadi va natijada tranzistorni ishga yaroqsiz holatga o‘tkazishi mumkin.

2.6-rasm. Kompensatsion kuchlanish stablizatorining elektrik prinsipial sxemasi.

Tok stablizatorlari. Kompensatsion tok stablizatorlarida yuklanish bilan ketma-ket Ret namunaviy qarshilik ulanadi va undagi kuchlanish oddiy kuchlanish stablizatori vositasida stabillashtirladi. Shunga ko‘ra,  Ryuk yuklanish qarshiligi o‘zgarganda u orqali o‘tayotgan tok o‘zgarmas bo‘lib qoladi.

Kompensatsion tok stablizatorlaridan birining elektrik prinspial sxemasi 2.6-rasmda tasvirlangan. Signal  farqi (UT – tayanch manbaining kuchlanishi) VT2 tranzistordan iborat kuchaytirgichga kuchatiriladi va VT1 tranzistorda tuzilgan boshqaruv elementiga ta’sir qilib Ret etalon qarshilikdagi kuchlanishni o‘garmas qilib saqlab turadi.


Download 491.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat