Mavzu: Kuchlanish stablizatorlari. Impulsli ta’minlash manbasining struktura sxemasi. Kim (keng impulsli modulyatsiya) LI kontrollerlar. Sistema bloki ta’minlash manbasining sxemasi. Kuchlanish stablizatorlari



Download 491.24 Kb.
bet1/6
Sana11.02.2020
Hajmi491.24 Kb.
  1   2   3   4   5   6
Mavzu: Kuchlanish stablizatorlari. Impulsli ta’minlash manbasining struktura sxemasi. KIM (keng impulsli modulyatsiya) li kontrollerlar. Sistema bloki ta’minlash manbasining sxemasi.
Kuchlanish stablizatorlari. Elektron aparaturalarning ta’minlash manbalarini loyihalashda ta’minlovchi kuchlanishning stabill bo‘lishi talab qilinadi. Ta’minlovchi kuchlanishning sekin yoki tez tebranishlari (pulsatsiyalar) elektron qurilmaning ish rejimlarini va ko‘rsatgichlarini keskin o‘zgartiradi. Ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi va chastotasining tebranishlari, yuklanishining o‘zgarishi, to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyalari, atrof muhit namligining o‘zgarishlari va hokazolar ta’minlovchi kuchlanish nostabilliklarining sabablari bo‘lishi mumkin. Masalan, 0.1 % aniqlik bilan o‘lchovchi qurilmaning ta’minlovchi kuchlanish nostabilligi 0.01 % dan ko’p bo‘lmasligi lozim.

Kuchlanish stablizatorlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat.



Foydali ish koeffisienti, yuklanishda ajralayotgan quvvatning kirish quvvatiga nisbati.

 (2.1)

Stablizatsiya koeffisienti, yuklanish qarshiligi o‘zgarmas bo‘lganda stablizator kirishidagi kuchlanish  nisbiy o‘zgarishining yuklanishdagi kuchlanish  nisbiy o‘zgarishiga nisbati.

 (2.2)

Chiqish qarshiligi, kirish kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lgan holda yuklanish tokining o’zgarishi natijasida kuchlanishning qanchaga o‘zgarishini belgilovchi kattalik



 (2.3)

Elektron apparaturalarni ta’minlovchi kuchlanish stablizatorlarining chiqish qarshiligini mumkin qadar kichik bo‘lishiga harakat qilinadi, aks holda qurilmaning ko‘rsatkichlari o‘zgarib ketadi.

Yuqori darajadagi stablizatsiya koeffisientiga ega bo‘lgan kuchlanish stablizatorlari tarkibida, volt-amper tavsifnomasida kuchlanish tokka kuchsiz bog‘liq bo‘lgan nochiziqli element bo‘lishi lozim. Teshilish sohasida ishlovchi yarim o‘tkazgichli stablitron shunday volt-amper tavsifnomaga ega (2.1 – b, rasm).

Eng oddiy parametrik kuchlanish stablizatorining sxemasi 2.1 – a rasmda tasvirlangan. Parametrik deb atalishining sababi shundaki, stabliztorning ko‘rsatkichlari to‘liqligicha stablitronning ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi.

Sxemadagi kirish kuchlanishining yoki yuklanish tokining o‘zgarishi yuklanishga parallel ulangan stablitron orqali o‘tayotgan tokning o‘zgarishiga olib keladi, undagi kuchlanish deyarli o‘zgarmaydi.

Haqiqatdan ham kirish kuchlanishi sxemadagi Rb ballast qarshilik va VD stablitronda taqsimlanadi, ya’ni



 (2.4)

Download 491.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим