To‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblash. To‘g‘ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi:
Yillik amortizatsiya summasi = (dastlabki qiymati - tugatish qiymati) / xizmat qilish muddati.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud;
Asosiy vositaning balans qiymati - 50000 ming so‘m;
Tugatilish qiymati - 2000 ming so‘m;
Xizmat muddati – 5 yil.
Yillik amortizatsiya summasi = (50000-2000)/5= 9600 ming so‘m.
Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblash jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |