Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Download 2.18 Mb.
bet18/99
Sana15.07.2021
Hajmi2.18 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
5-Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. 5- sonli BHMAda asosiy vositalarga qanday ta’rif berilgan?

  2. Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

  3. Mashina va jihozlarga nimalarni kiritish mumkin?

  4. «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar qanday baholarda baholanadi?

  5. Asosiy vositalarning sotish qiymati nima?


6-Mavzu: Asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobi, ularni qabul qilish va korxona ichidagi harakati tizimini o‘rganish.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:

0110-«Yer»;

0111-«Yerni obodonlashtirish»;

0112-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni o‘zlashtirish»;

0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»;

0130-«Mashina va jihozlar»;

0140-«Mebel va ofis jihozlari»;

0150-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;

0160-«Transport vositalari»;

0170-«Ish hayvonlari va mahsuldor hayvonlar»;

0180-«Ko‘p yillik ekinlar»;

0190-«Boshqa asosiy vositalar»;

0199-«Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».

Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo‘lib, ularning debet tomonidagi saldo korxonada mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining ko‘payishi hisobvaraqlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi.

Asosiy vositalarning kirim qilinishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:



  1. Korxona tomonidan yaratilishi;

  2. Boshqa korxonalardan sotib olish;

  3. Tekinga olish;

  4. Asosiy vositalarni muassislar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushi tarzida yoki aksiyalarning haqini to‘lash hisobiga kiritish.

Foydalanishga qo‘yilgan har bir obyekt uchun OS-1 raqamli tipik shakldagi asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoziladi. Asosiy vositalar hisobi korxonalar buxgalteriyasida belgilangan nomenklaturada har bir invevntar obyekti bo‘yicha yuritiladi.

Inventar obyekti deyilganda – ayrim vosita yoki ma’lum ishlab chiqarish funksiyasini bajarishga mo‘ljallangan buyumlar jami tushuniladi.

Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vositalar obyektiga, masalan: binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga 100 dan 199 gacha, o‘tkazish qurilmalariga 200 dan 299 gacha va hokazo inventarlar raqami biriktiriladi.

Buxgalteriyasi dalolatnomasi asosida OS-6 inventar kartochkasi ochiladi va unga obyekt haqidagi hamma ma’lumotlar yoziladi. So’ngra inventor kartochkalari OS-7 shaklidagi maxsus ro’yhatga asosiy vositalarni turkum guruhlari bo’yicha ro’yhat qilinadi. Ro’yhat qilingan kartochkalarga asosiy vositalar kartochkalari joylashtiriladi.

Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (8-shakl) joriy yilning boshida ochiladi. Bu ma’lumotlardan asosiy vositalar harakati oborot vedomosti tuzishda foydalaniladi.

Subyektning mulkiy huquqlari asosiy vositalarning mavjudligi va harakati foydalanishdagi, zaxiradagi konservatsiya qilingan va joriy lizing bo’yicha oborotlarni umulashtirish aktiv 0100 – “Asosiy vositalar” schotida hisobga olinadi.

Asosiy vositalarning tahliliy hisobini tashkil qilish Respublikamiz hududidagi va xorijdagi ushbu vositalarning mavjudligi va harakati haqida ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

Foydalanishdagi, zaxiradagi yoki ijaraga berilgan korxonaga qarashli asosiy vositalarning holati va harakatini hisobga olish 0100 – “Asosiy vositalar”, 0700 – “O’rnatiladigan asbob-uskunalar”, 0800 – “Kapital qo’yilmalar” schotlarida yuritiladi.

Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar ob’ektlari 0810-«Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondensiyada 0110-0190-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha haqiqiy tannarxiga qarab asosiy vositalar sifatida kirim qilinadi.

Korxonaning o‘z kuchi bilan qurilgan asosiy vositalar ob’ektlarining balans qiymatiga o‘sib boruvchi yakun bilan barcha bevosita xarajatlar: material, ishchi kuchi va boshqa xarajatlar, shuningdek qurilish jarayoniga bevosita daxldor bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar kiritiladi.

O‘sib boruvchi yakun bilan hisoblangan xarajatlar qurilish davomida 0810-«Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. O‘urilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag‘ida hisobga olinmaydi, chunki u hali foydalanishga topshirilmagan. O‘urilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-hisobvaraqda jamlangan barcha xarajatlar summasi 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim.

Misol: Korxona ishlab chiqarish uchun 66 000 000 so‘mga transport vositasini sotib oldi va hisob raqamidan pulni to‘ladi. Bunda quyidagicha provodka beriladi:

- transport xarid qilindi:

D-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 66 000 000 so‘m

K-t 5110-«Pul mablag‘lari» - 66 000 000 so‘m.

- transport balansga qabul qilindi:

D-t 0160-«Transport vositalari» - 66 000 000 so‘m

K-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 66 000 000 so‘m.

Misol: Ustaxona binosi jami 120 000 000 so‘m xarahjat evaziga qurib birkazildi va foydalanishga topshirildi. Bunda quyidagicha provodka beriladi:

D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 120 000 000 so‘m

K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish» - 120 000 000 so‘m.

Misol: Korxonaga kompyuter jixozlari bepul olindi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

D-t 0150-« Kompyuter jixozlari va hisoblash texnikasi»

K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk».

Ta’sischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aksiyalar haqini to‘lash hisobiga bergan asosiy vositalarni kirim qilish 4610-«Muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘i krediti hamda 0110-0190-hisobvaraqlar debetida aks ettiriladi.



Misol: Kompaniyaning muassislaridan biri ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha qarzini transport vositasini qo‘shish yo‘li bilan uzdi. O‘iymati – 70 000 000 so‘m. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

D-t 0160-«Transport vositalari» - 70 000 000 so‘m

K-t 4610-«Muassislar qarzlari» - 70 000 000 so‘m.


Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим