Mavzu: Korroziya haqida umumiy tushuncha



Download 398,66 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi398,66 Kb.
#649604
Bog'liq
2 5192682582612908347


Mavzu: Korroziya haqida umumiy tushuncha
Reja:

  1. Korroziya haqida ma’lumot

  2. Kimyoviy korroziya

  3. Elektrokimyoviy korroziya

Korroziya haqida ma’lumot


Korroziya so’zi lotincha (Corrosio) so’zidan olingan bo’lib, yemirilish, parchalanish va zanglash ma’nolarini anglatadi.
Korroziya 2 turga bo’linadi. 1.Kimyoviy korroziya
2. Elektrokimyoviy korroziya turlariga bo’linadi. Metallar korroziyasi hozirga vaqtga kelib sanoat miqyosida, qishloq xo’jaligi miqyoida va yana boshqa sohalar miqyosida keng tarqalgan bo’lib, barcha sohalarda keng ziyon yetkazmoqda.
Metall qurilmalarini korroziyadan himoya qilishda ularning yuzalari izolyasiya qoplamalari bilan qoplanmoqda.
Metall yuzasiga qoplangan izolyatsiya qoplamalari ishlash jarayonida vaqt o’tishi bilan tashqi muhit tasirida eskiradi. Natijada tarkibidagi namlik, erigan tuzlar metallga kelib, uning yuzasida galvanik elementlarni hosil qiladi va metallning yemirilishiga olib keladi. Metallarni izolyatsiya qoplamalaridan tashqari protektor, epoksidli lak buyoqlari, anod, katod va ingibitorlar bilan himoya qilinadi. Bu kabi himoya vositalarining ishlatilishi metal qurilmalarining ishlatilish muhiti va joylashuviga qarab qo’llaniladi.




Kimyoviy korroziya
Kimyoviy korroziya bu kimyoviy reaksiyalar tasirida va elektrolid bo’lmagan tok o’tkazmaydigan muhitda sodir bo’ladigan korroziyaga kimyoviy korroziya deyiladi. Kimyoviy korroziya jaraoni gazlar ta’sirida yuqori haroratda va korrozion aktiv elementlari bo’lgan tok o’tkazmaydigan suyuqliklarda shular bilan birgalikda quruq atmosfera sharoitida sodir bo’ladi. Kimyoviy korroziya ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi.

  1. Elektrolid bo’lmagan korroziya

  2. Gaz korroziyasi kabi turlarga bo’linadi.

Gaz korroziyasi yuqori haroratda metall bilan gazning (O2) o’zaro ta’sirida sodir bo’ladi. Natijada metall oksidlari sodir bo’ladi.

  1. Temir II – oksidi FeO 2Fe+O2=2FeO

  2. Temir III – oksidi Fe2O3 4Fe+3O2=2Fe2O3

  3. Temir murakkab oksidi Fe3O4 3Fe+2O2=Fe3O4

Temir oksidlarining ko’rinishlari mavjud.
Elektrolit bo’lmagan korroziya
Elektrolid bo’lmagan korroziya ya’ni tok o’tkazmaydigan suyuqliklarga neft va uning mahsulotlari kirib, suv tarkibidagi oltingugurt birikmalari bo’lsa, ularning metall qurilmalariga nisbatan korrozion aktivligi ortadi.
Mahsulotlar tarkibida H2S miqdorini ortishi metall qurilmalarining korroziyalanish tezligini orttiradi.


Elektrokimyoviy korroziya
Elektrokimyoviy korroziya bu elektr toki ta’sirida bo’ladigan korroziya tushuniladi. Elektrokimyoviy korroziya o’z navbatida bir necha guruhlarga bo’linadi.

  1. Kontakt korroziyasi

  2. Atmosfera korroziyasi

  3. Biokorroziya

  4. Elektrokorroziya

  5. Tuproq korroziyasi

  6. Elektrolitlarda korroziya

Kontakt korroziyasi bu metall ionlari turli bo’lgan va ularni biriktirilgan qismiga tok oqib o’tishi jarayonida sodir bo’ladigan korroziyaga kontakt korroziyasi deyiladi.
Atmosfera korroziyasi bu jarayonda atmosferadagi azot, kislorod, is gazi hamda inert gazlar ta’sirida va chaqmoqlar chaqnash jarayonida boradigan korroziyaga aytiladi.
Biokorroziya bu yer usti va yer osti o’simliklarida va har xil zamburug’li o’simliklarning metall yuzasida galvanik elementlarni hosil qilishi va namlikni ortishishiga olib kelgan korroiyaga biokorroziya deyiladi.
Elektrokorroziya bu elektr toki bilan boradigan korroziya hisoblanib, elektr toki yo’nalishlarini o’zgartirib metallning kristall panjaralarini zararlash hisobiga sodir bo’ladigan korroziyaga aytiladi. Bu korroziya turi yana daydi toklar ta’sirida korroziya deb ham yuritiladi.
Tuproq korroziyasi bu korroziya tuproq tarkibidagi mineral moddalar va namlik hisobiga shu bilan birgalikda yer qatlamini joylashuviga qarab sodir bo’ladigan korroziyaga tuproq korroziyasi deyiladi. Tuproq tarkibida namlik va tuzlarning bo’lishi metallar uchun elektrolit sharoitini yaratadi. Bu muhitda yer osti metall qurilmalari elektrokimyoviy korroziya mexanizmi asosida korroziyalanadi.
Elektrolitlarda korroziya bu korroziya turi elektr toki o’tkazadigan suyuqliklarda sodir bo’ladigan korroziyaga kiradi. Elektrolitlarda korroziya ham bir necha turga bo’linadi.

  1. Dengiz va daryo suvlarida

  2. Kislotali eritmalarda

  3. Tuzli eritmalarda

  4. Ishqoriy eritmalarda

Elektrokimyoviy korroziya dunyo miqyosida keng tarqalgan korroziya turiga kiradi.


Xulosa:


Korroziya bu lotincha “Corrossio” so’zidan olingan bo’lib yemirilish, parchalanish degan ma’noni anglatadi.
Korroziya bu barcha sohalarda tarqalgan bo’lib dunyo uchun muammo hisoblanib kelmoqda. Chunki, korroziya metall qurilmalarining zararlanishiga olib kelmoqda. Metall quvurlarining ichki qismi, reaktrlar va shu kabi barcha metall konstruksiyalarini teshilishiga olib keladi. Bu qurilmalar ichida kuchli bosim bilan ishlaydigan ish jarayonlari boradi bu esa inson omiliga salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birgalikda iqtisodiy zararlarni ham keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida bevosita va bilvosita xarajatlarning ortib ketishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun metall qurilmalaridan uzoq va xavfsiz foydalanish maqsadida har xil turdagi hioya vositalari; Izolyatsiya qoplamalari, protektorli himoya, ingibitorlar va bitum mastikasi kabi himoya vositalaridan foydalanilmoqda. Bu kabi himoya vositalari metall qurilmalarini qisman bo’lsa ham ishlash muddatini uzaytirib beradi.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Download 398,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish