Mavzu: Ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini almashtirish va guruhlash



Download 83.49 Kb.
bet4/6
Sana13.02.2020
Hajmi83.49 Kb.
1   2   3   4   5   6

Yechimi: 1) 6000 : 2 = 3000 (tup) 2) 3000 : 3 = 1000 (tup)

Javobi: maktab bog‘iga 1000 tup rayhon ko‘chati ekilgan.

6-guruh uchun:

Kutubxonadagi mavjud 5000 ta kitobning 3/10 qismi kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qolganini she’riy va badiiy kitoblar tashkil etadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun nechta kitob bor?

Yechimi: 1) 5000 : 10 = 500 (ta) 2) 500 ∙ 3 = 1500 (ta)

Javobi: maktab kutubxonasida kichik maktab yoshidagi bolalar uchun 15000 ta kitob bor.

O‘quvchilar bajargan ishlarini taqdimot qiladilar. O‘qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Shundan so‘ng ekran orqali “Kema” trenajor mashqi bajariladi. Bunda o‘quvchilar topshiriqlarni bajarib kemani bo‘yaydilar.

Ranglarning yonida javoblar beriladi, kema qismida esa masalalar beriladi.

360 sonining ¼ qismi 90

180 sonining 2/3 qismi 120

240 sonining 4/6 qismi 160

250 sonining 2/5 qismi 100

100 sonining 2/10 qismi 20

350 sonining 4/7 qismi 200

450 sonining 3/5 qismi 270

V. O‘quvchilarni baholash.

O‘quvchilar va guruhlar darsdagi ishtirokiga ko‘r abaholanadi va rag‘batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish.

Uyga vazifa qilb 654 va 655-misollar beriladi. 654-misolda o‘quvchilar misollarni amallar tartibiga ko‘ra bajarsalar, 655-misolda bo‘lishni bajarib, uni ko‘paytirish bilan tekshiradilar.

Sana______________

114-dars Mavzu: Uch xonali songa ko’paytirish

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga sondan kasrni topish bo‘yicha bilim berish, mavzuga oid masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilar orasida do‘stona muhitni yaratish, bir-birlarini o‘zaro hurmat qilishga o‘rgatish. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Darsning jihozi: darslik, jadval va rasmlar, tarqatmalar

Darsning metodi: tushuntirish, mustaqil ish, aqliy hujum, o’yin- musobaqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko'rish.

Darsning maqsadi aytib o'tiladi.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.

O’yin musobaqa tashkil etaman.

Quvnoq topshiriqlar:

O'quvchi savoli: Otasi 41 yoshda, katta o'g'il 13 yoshda, qizi 10 yoshda, kichik o'g 'il 6 yoshda, necha yildan keyin otasining yoshi hamma farzandlarining yoshlari yig'indisiga teng bo 'lib qoladi?

O'quvchi javobi: 41 + x = 29 + 3x : x = 6 yildan keyin.

O'quvchi savoli: Ruchka qalamdan 4 so'm qimmat turadi.5 ta qalam qancha tursa, 3 ta ruchka shuncha turadi. Ruchka qancha turadi?

O'quvchi javobi: 10 so'm

O'quvchi savoli: Akasida 5 ta uch so 'mlik, singlisida esa 5 ta 5 so'mlik bor. Akasi bilan singlisining puli teng bo 'lishi uchun singlisi akasiga qancha pulni berishi kerak?

O'quvchi javobi: 1 ta 5 so 'mlik berishi kerak.

O'quvchi savoli: Bir yilda eng ko'pi bilan necha marta yakshanba keladi?

O'quvchi javobi: 53 yakshanba.

O'quvchi savoli: Agar odam bir minutda 100 dona bug'doyni sanasa, 1 milliyard dona bug'doyni sanash uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

O'quvchi javobi: 50 yilga yaqin vaqt kerak bo 'ladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

656- misol

375 sonini ikki xonali songa ko'paytirish bilan uni uch xonali songa ko'paytirishni taqqoslang: Har bir misolda to'liqsiz ko'paytma qanday hosil bo'lganini tushuntiring va ularning nomini o'qib bering.

Ikkinchi misolda uchinchi to'liqsiz ko'paytmaning yozilishini tushuntiring.

375 va 459 sonlarining ko'paytmasini ayting.
375

x 59


3375

+ 1875


2 2 1 2 5
IV. Mustahkamlash.

657. Ko'paytirishni tushuntirib bajaring:

392•458=179 536 645•384=247 680

972•418 = 406 296 727•641=466 007

658. O'quvchi dars tayyorlash uchun bir kunda o'rtacha 1 soat 50 minut vaqt sarflaydi. O'quvchi dars tayyorlash uchun 6 kunda qancha vaqt sarflaydi? 14 kundachi?

110 min•6=660 min= 11 soat

110min•14=1540 min=25 soat 40 min
659. Hamma kesmalarning nomlarini yozing.

V.Uyga vazifa:

660. Fabrikada 1 069 ta 18 varaqli va 2 405 ta 12 varaqli daftar tayyorlandi. Hamma daftarlarda necha varaq bor?
661. Agar c = 68; c=145bo'lsa, 376 • c ifodaning qiymatini hisoblang.

VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.

Sana______________

115-dars. Mavzu: 690 • 435, 804 • 723 ko‘rinishdagi hollarda ko‘paytirish. Kasrlarni chizmalar bo‘yicha taqqoslash

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga 690 • 435, 804 • 723 ko‘rinishdagi hollarda ko‘paytirishni va kasrlarni chizmalar bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirish va kamaytirish amallarini og‘zaki bajara olish.

Tarbiyaviy: mavzuni o‘tish davomida o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

Salomlashish, davomatni aniqlash va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshrish.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “Sinkveyn” metodidan foydalaniladi:

1. Kasr


2. Oddiy, aralash

3. Bo‘lish, taqsimlash, ajratish

4. Butunni teng bo‘laklarga bo‘lish

5. Ulush.

III.Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzu 662-misol orqali tushuntiriladi. Bunda o‘quvchilarga 690. 435, 804. 723 ko‘rinishdagi hollarda ko‘paytirish quyidagicha ustun shaklida tushuntiriladi.

663-misol doskada o‘quvchilar tomonidan ustun shaklida tushuntirish bilan bajariladi.

305 ∙ 621 = 300 150 620 ∙ 387 = 239 940

7 820 ∙ 15 = 117 300 402 750 ∙ 90 = 36 247 500

664-misol ekranda tushuntiriladi. Buno‘quvchilar ekrandagi to‘g‘ri to‘rtburchaklarning qanday qismi bo‘yalganini ko‘rib chiqdilar.

Lentalar qismlarga bo‘linadi va bittadan qismi ajratib ko‘rsatiladi. So‘ng qismlar rangga bo‘yaladi va to‘g‘risiga ½, 2/4, 4/8, 8/16 yozuvlari chiqadi. Kasrlar tengligi bittalab chiqadi va ularga mos lentalardagi qismlar ajratilib ko‘rsatiladi.

Bir hil uzunlikdagi lentalarni 2 ga, 4 ga, 8 ga va 16 ga bo‘lamiz. Hosil bo‘lgan qismlarni ko‘rib chiqamiz. Berilgan lentalarning bo‘yalgan qismlari uzunliklari tengligini ko‘rishimiz mumkin. Demak, quyidagi yozuvlar to‘g‘ri.

665-masala doskada bajariladi. Bunda masala sharti o‘qilgach, mavzu yuzasidan qisqa suhbat o‘tkaziladi. O‘quvchilarni tikuvchilik kasbiga qiziqtirib, uning yaxshi tomonlari bilan tanishtiriladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.

Keltirildi – 2 to‘p

I to‘pda – 88 m

II to‘pda – 108 m birinchidan 5 ta ko‘p tikildi

Har qaysi ko‘ylakdan tikilgan ko‘ylaklar soni - ? ta

Yechish: 1) 108 – 88 = 20 (m)

2) 20 : 5 = 4 (m)

3) 88 : 4 = 22 (ta)

4) 108 : 4 = 27 (ta)

Javob: birinchi to‘pdan 22 ta, ikkinchisidan 27 ta ko‘ylak tikilgan.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda ekran orqali trenajor mashq bajariladi. Bunda o‘quvchilar quyonga tipratikan oldiga yetib olishida yordam beradilar va faqat fazoviy jismlar bo‘ylab harakarlanishlari lozim bo‘ladi.


Dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash va rag‘batlantiriladi.

V.O‘quvchilarni baholash va darsga yakun yasash.

O‘quvchilar savollariga bergan javoblariga, guruhda faol ishtirokiga, misol-masalani to‘g‘ri bajarganiga qarab baholanadilar.

VI. Uyga vazifa berish.

Darslikdagi 666-masala va 667-topshiriqlar sharti tushuntiriladi va uyga vazifa qilib beriladi.


Sana______________

116 – dars. Mavzu 672 . 508, 849 .530, 607 .309 ko‘rinishdagi hollarda ko‘paytirish. Kasrlarni taqqoslash.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy:o`quvchilarni ko`p xonali sonni ko`p xonali songa ko`paytirishni o`rgatish, kasrlarni taqqoslashga oid masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy:o`quvchilarga vaqtdan unumli foydalanishni uqtirish, tejamkorlikka chorlash. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi:kasrlarni taqqoslay olish, o`g`zaki qo`shish va ayirish ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi.O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta`minlanadi.

II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

O`tilgan mavzuni mustahkamlashda “Davom ettir” o‘yinidan foydalaniladi. Bunga ko`ra o‘qituvchi biror son aytadi, o’quvchilar esa uning tashkil qiluvchilarini aytadi. Masalan: o’qituvchi 210 sonini aytsa, o’quvchilar 3 bilan 70 ning ko’paytmasi, 10 bilan 200 ni yig’indisi, 170 bilan 40 ni yig’indisi va h.z. Shu tariqa barcha o‘quvchilarni sonni to’ldiruvchilarini aytishlari mumkin. Bu o’yin orqali o’quvchilarda sonning tarkibi va og’zaki qo’shish va ayirish mustahkamlanadi.

III. Yangi mavzuning bayoni: Yangi mavzu 668 – topshiriq asosida doskada tushuntiriladi. Bunda doskada ko`rsatilgan misollarda to`liqsiz ko`paytmani aytib, bunday hollarda faqat ikkita to`liqsiz ko`paytma tarzida yoziladi.

669 – misol doskada tushuntirish bilan yechiladi. Ko`paytirish ustun shaklida bajariladi.

524 ∙ 607 = 318 068 321 ∙ 940 = 301 740

(256389 + 396519) : 3 = 652 908 : 3 = 217 636

670 – masala sharti o`qilgach, kompyuter texnikasining bugungi kundagi ahamiyati haqida suhbat o`tkaziladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.

Ikki operator – bir xil vaqtda 99 bet

Birinchi operator – soatiga 5 bet

Ikkinchi operator – soatiga 6 bet

Har birining yozgan betlari soni -: ? ta

Yechish : 1) 5 + 6 = 11(bet)

2) 99 : 11 = 9 (soat)

3) 9 ∙ 5 = 45 (bet)

4) 9 ∙ 6 = 54 (bet)

Javob: birinchi operator 45 bet, ikkinchi operator 54 bet matn yozgan.

671 – masala shartiga ko`ra kasbga yo`naltirish bo`yicha qisqa suhbat o`tkaziladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.

Bir samolyot – 2 soat

Ikkinchi samolyot – 5 soatda birinchidan 2100 km ortiq

Samolyotlar tezligi – bir xil

Har birining bosib o`tgan masofasi - ? km

Yechish: 1) 2100 : (5 – 2) = 700( km/ soat)

2) 700 ∙ 2 = 1400 (km)

3) 700 ∙ 5 = 3500 (km)

Javob: birinchi samolyot 1400km, ikkinchisi 3500 km masofani uchib o`tgan.

672 – topshiriq ekranda tushuntirish bilan bajariladi.

Bir hil mahrajli kasrlar bu butunni bir hil songa bo`linganligi va ulardan har hil qismlarni olinganligini bildiradi. Bir hil mahrajli kasrlarni taqqoslash uchun ularning suratlarini taqqoslaymiz. Ekranda kasrlar lentalar yordamida bir – biri bilan taqqoslanadi.

Lenta 5 ta qismga bo`linadi. Pastga bitta bo`yalgan qismi tushadi, uchta bo`yalgan qismi tushadi va ular taqqoslanadi. Qismlarning yonida kasrlari yoziladi. 1/5 < 3/5

Lenta 9 ta qismga bo`linadi. Pastga 8 ta bo`yalgan qismi tushadi, 6 ta bo`yalgan qismi tushadi va ular taqqoslanadi. Qismlarning yonida kasrlari yoziladi. 8/9> 6/9

Lenta 12 ta qismga bo`linadi. Pastga 7 ta bo`yalgan qismi tushadi, 9 ta bo`yalgan qismi tushadi va ular taqqoslanadi. Qismlarning yonida kasrlari yoziladi. 7/12 < 9/12

Lenta 8 ta qismga bo`linadi. Pastga 4 ta bo`yalgan qismi tushadi, uchta bo`yalgan qismi tushadi va ular taqqoslanadi. Qismlarning yonida kasrlari yoziladi. 4/8 > 3/8.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda “Vertalyot mashqi” foydalaniladi. Bunga ko`ra ranglarning yonida javoblar beriladi, vertalyot qismida esa masalalar beriladi. Vertolyot qismlarida berilgan topshiriq javobini ranglar orasidan topib, olib borilsa, vertolyot shu rangga bo`yaladi.

480 sonining ¼ qismi (120), 720 sonining 2/3 qismi (480), 650 sonining 4/10 qismi (260), 300 sonining 3/5 qismi (180), 1000 sonining 7/10 qismi (700), 3500 sonining 1/7 qismi (500), 150 sonining 3/5 qismi (90).

V. O`quvchilarni baholash va darsni yakunlash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi. Darsga yakun yasaladi.


VI. Uyga vazifa berish. 673 – 674 – misollar uyga vazifa qilib beriladi va sharti tushuntiriladi.

Sana______________

117-dars Mavzu:. Mustahkamlash. 675-680- misol va masalalar.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy:o`quvchilarni ko`p xonali sonni ko`p xonali songa ko`paytirishni o`rgatish, kasrlarni taqqoslashga oid masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy:o`quvchilarga vaqtdan unumli foydalanishni uqtirish, tejamkorlikka chorlash. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi:kasrlarni taqqoslay olish, o`g`zaki qo`shish va ayirish ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar

Darsning jihozi: darslik, jadval va rasmlar, tarqatmalar

Darsning metodi: tushuntirish, mustaqil ish, aqliy hujum, o’yin- musobaqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko'rish.

Darsning maqsadi aytib o'tiladi.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.

Kerakli sonlarni qo'ying:

4 dm2 = 400 sm2 250 sm2 =2 dm2 50 sm2

300 sm2 = 3 dm2 2 dm 6 sm = 26 sm

Qoldiqli bo'lishni bajaring:

350 : 80=4 (30q) 800 : 90=8 (80q) 600 : 70=8(40q)

290 : 40=7 (10q)
QIZIQARLI MASALALAR

1. Devor soatdagi kakku soat Ida 1 marta, 2 da 2 marta va hokazo 12 da 12 marta «ku-ku» laydi. Uni bir sutkada, bir haftada, bir oyda va bir yilda necha marta «ku-ku» lashini hisoblang.

(Javob-. 156; 1092; 4680 yoki 4836; 36040 yoki 36196)

2. Xurshid oddiy yilni II qismi o'tgandan keyingi kunda tavallud topganligi ma'lum bo'lsa, u qaysi oyni nechanchi kunida tug'ilgan?

(Javob:25 fevralda)

III. Yangi mavzu bayoni.

675. Masalalarning yechilishini taqqoslang:

1) G'alla o'rimida bir kunda bir yuk mashinasi haydovchisi 5 marta, ikkinchi haydovchi 3 marta qatnadi va har safar bir xil miqdorda don tashildi. Agar birinchi haydovchi ikkinchi haydovchiga qaraganda 10 t ortiq don tashigan bo'lsa, har qaysi haydovchi qanchadan don tashigan?

5-3=2

10:2=5 5•5=25 (t) 5•3= 15(t)



2) Bir haydovchi bir kunda 25 t va ikkinchisi 15 t don tashidi. 1-haydovchi 2-haydovchiga qaraganda 2 ta ortiq qatnagan bo'lsa, har qaysi haydovchi necha martadan qatnagan?

25-15=10 10:2=5 25:5=5 15:5=3 javob: 5 va 3 marta

IV. Mustaqil ish.

676. 1) 100 l sutdan 8 kg pishloq olinadi. 5000 l sutdan qancha pishloq olish mumkin?

5000:100= 50 50•8=400 l

2) 3 m chit uchun to'langan pul 14 m doka uchun to'langan pulga teng. Agar bir metr chit 1400 so'm tursa, bir metr doka qancha turishini toping.

1400•3=4200 so’m 4200:14=300 javob: 300 so’m

677. Yuzi 80 m2 ga teng bo'lgan to'g'ri to'rtburchak tomonlarining uzunliklari qanday bo'lishi mumkin?

4x20=80 20x4=80

678. Tengsizliklar to'g'rimi:

216•70 > 216•17 267•34 < 267 • (4 • 8)?

15120 > 3672 9078 > 8544


V. Uyga vazifa:

679. 670•308 + 520•805 300•270 – 18•2 040

680- misol

Avval ko'paytmada yoki bo'linmada nechta raqam chiqishini aniqlang, keyin misollarni yeching. Teskari amallar yordamida javoblarni tekshiring:

7 005•4 =28020 2 011•7 =14077 1 206:6 =201 2 808:4=702

VI. Darsni yakunlash.

O’quvchilar javobi tahlil etiladi. Bilimlar baholanadi.
Sana______________

118- dars Mavzu: Mustahkamlash. 1-10- misol va masalalar.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy:o`quvchilarni ko`p xonali sonni ko`p xonali songa ko`paytirishni o`rgatish, kasrlarni taqqoslashga oid masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy:o`quvchilarga vaqtdan unumli foydalanishni uqtirish, tejamkorlikka chorlash. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi:kasrlarni taqqoslay olish, o`g`zaki qo`shish va ayirish ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar

Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar

Darsning metodi: mustaqil ish, aqliy hujum, o’yin- musobaqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko'rish.

Darsning maqsadi aytib o'tiladi.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.

O’yin musobaqa tashkil etaman. “Eng mohir hisobchi” o’yini. Og’zaki hisoblashlar:

1. Maktab tajriba uchastkasiga 900 ta ko'chat ekildi. Ularni 10%i unib chiqmadi. Ulardan qanchasi unib chiqqan?

(Javob\ 810 ta)

2. Kutubxonada 3200 ta kitob bor. Ulardan 40% ni tamirlash kerak. Kitoblardan nechtasi ta'mirlanishi zarur.

(Javob-. 280 tasi)

3. Daryoni chuqurligi 5,78 m. Ko'prik qurish uchun ishlatiladigan ustun daryo tubidan yerga 2,1 m qoqilgan va suv sathidan 5,41 m chiqib turadi. Ustunni uzunligi qancha?

(Javob: 7,51 m)

4. Bir tup gazlamadan birinchi kuni 13,72 m, ikkinchi kuni 24,3 m, uchinchi kuni esa 18,28 m sotildi. 37 m gazlama sotilmay qoldi. To'pda necha metr gazlama bo'lgan?

(Javob-. 93,3 m)

5. Bog'dorchilik j/x ko'chat o'tqazish uchun maydon ajratdi. Shundan 45,5 gektarga anor, 33,4 gektarga o'rik, 25,5 gektarga gilos ko'chati o'tqazildi. Jami qancha gektar yer maydoni ajratilgan?

(Javob: 104,4 m)

6. «Jiguli» avtomashinasi 100 km yo'lga 9 l benzin sarflaydi. «Tiko» avtomabili esa shu masofaga 4,5 l benzin sarflaydi. «Tiko» avtomobili yonilg'ini «Jiguli» avtomobiliga nisbatan necha foiz tejaydi?

(Javob-. 50%)

7. Andijon - Toshkent yo'nalishi 400 km. Har 100 kmga «Neksiya» avtomobilida 8 l benzin sarflanadi. «Tiko» avtomobili esa undan 2 l kam benzin sarflaydi. Har bir avtomobil necha litrdan yoqilg'i sarflaydi?

(Javob-. Neksiya - 32 litr, Tiko - 24 litr.)

III. Darslik bilan ishlash.

Sinf 3 guruhga bo’linadi. Guruhlarga topshiriqlar beriladi.

I guruh:


1. 36•8 17•30 13•60 15•30 13•12

78•5 42•20 45•20 14•50 18•11

2. 6 300:100 23 430:10 170•0•130 36•1

4 700 : 10 65 200 : 100 60•80•0 36 : 1

II guruh:

3. 4 527•50 - 710 037 : 9 826•400 - 270 018 : 6

8 213•30 - 12 240 : 30 734 600 : 50 + 454•40

4. 234 521 - 216•1 000 354 000 : 200•6

III guruh:

721 018 + 360•100 835-100 : 50 • 9

5. 69 580:70-14 280:60 100 100-935•90

463 700:50 + 546•40 180 997 + 12 240:90

167 : 40 472 : 50 810 : 400 2 150 : 600

IV. Sardorlar bahsi.

1) 40 soni noma'lum sondan 4 marta kam. Noma'lum sonni toping.

2) Xadichaning bo'yi lm 52 sm. Bu necha sm va dm bo'ladi?

3) Metrda ifodalang: 3 km 52 m, 5 km 680 m.

4) Detsimetrda ifodalang: 9 dm 5 sm, 5 dm 7 sm.

5) 2 sonining bo'linmasi qachon 0 ga teng bo'ladi?

6) 3200 1/8 sonining - qismini toping.

7) 350 va 7 sonlarini bo'linmasini 3 marta orttiring.

8) To'g'ri to'rtburchak bo'yi 15 sm, eni 5 sm, yuzasini toping.

9) Kg da ifodalang: 5 t 326 kg, 2 t 102 kg.

10) Metrda ifodalang: 5 km 36 sm, 7 km 51 m.

11) Birinchi qo'shiluvchi 70, ikkinchisi 2 marta ortiq. Yig'indini toping.

12) 170 va 90 sonlarining ayirmasini 5 ga ko'paytiring.

13) Kvadratning tomonlari 9 sm, yuzasini toping.

14) Bo'linmada 50 hosil qilish uchun qaysi sonni 16 ga bo'lish kerak?

15) 4 km ni mayda o'lchov birliklarda ifodalang.

16) Bir sonni o'ylang. Shu sonning 1/4 qismi, 60 ga teng. Shu sonni toping.

17) Qaysi son 120 dan 4 marta kam, 3 marta ortiq?

18) Kamayuvchi 130, ayirma 35, ayiriluvchini toping.

V. Darsni yakunlash. G’olib guruh va eng mohir hisobchi aniqlanadi va rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa: 7-10- misollar

Sana______________

119-dars

6-NI (yozma ish) - 30 minut

Ikki xonali va uch xonali songa bo‘lish


Mavzu:. 6- nazorat ishi.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy:o`quvchilarni ko`p xonali sonni ko`p xonali songa ko`paytirishni o`rgatish, kasrlarni taqqoslashga oid masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy:o`quvchilarga vaqtdan unumli foydalanishni uqtirish, tejamkorlikka chorlash. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi:kasrlarni taqqoslay olish, o`g`zaki qo`shish va ayirish ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar

Darsning jihozi: tarqatmalar

Darsning metodi: mustaqil ish.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko'rish.

Darsning maqsadi aytib o'tiladi.

II. Nazorat ishi.

6-NAZORAT ISHI
1- variant

1. Qulay usulda hisoblang.

17 • 16 + 17 • 34=17•(16+34)=17•50=850

72 • 47 - 72 • 37= 72•(47-37)=72•10=720

48 • 32 + 48 • 68= 48• (32+68)=48•100=4800

85 • 98 - 85 • 78= 85•(98-78)= 85•20=1700

2. Ustun usulida bajaring:

7sr 586 kg + 12sr 508 kg = 20sr 094kg

12 km 400 m-9km 955 m= 2 km 445m

3. Masalani yeching.

Eni 40 m, bo'yi 70 m bo'lgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonning yuzi necha ar?

40m•70m=2800m2=28ar

4. Sonli ifoda tuzing va uning qiymatini toping.

2 148 va 65 sonlari ko'paytmasidan 84 040 va 20 sonlari bo'linmasini ayiring.

2148•65-84040:20=139620-4202=135418
2- variant

1. Qulay usulda hisoblang.

53• 18 + 53• 82=53•(18+82)= 53•100=5300

82 • 47 - 82 • 37= 82• (47-37)=82•10=820

68 • 32 + 48 • 68= 68•(32+48)= 68•80=5440

75 • 98 - 75 • 78= 75•(98-78)= 75•20=1500

2. Ustun usulida bajaring:

8 sr 792 kg + 9 sr 308 kg =18sr 100kg

10 km 500 m - 7 km 755 m= 2km745 m

3. Masalani yeching.

Bo'yi 60 m, eni 40 m bo'lgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonning yuzi necha ar?

60x40=2400m2= 24ar

4. Ifoda tuzing va uning qiymatini toping.

1 248 va 45 sonlari ko'paytmasidan 3 075 va 3 sonlari bo'linmasini ayiring.


Download 83.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik