Mavzu: Ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini almashtirish va guruhlash



Download 83.49 Kb.
bet3/6
Sana13.02.2020
Hajmi83.49 Kb.
1   2   3   4   5   6

Agarda javoblar noto‘g‘ri kirilisa vinni puh joyida qoladi.

V. O‘quvchilarni baholash

Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi

VI. Uyga vazifa berish

611 va 612-misollar uyga vazifa qilib beriladi va o‘lchov birliklarini takrorlab o‘tish topshirig‘i beriladi.

Sana______________

107-dars. Ikki xonali songa yozma ko‘paytirish usullari (umumiy xol). Noma’lum sonni ikki ayirma bo‘yicha topishga doir masalalar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarni ikki xonali songa yozma ko‘paytirish usullari bilan tanishtirish; noma’lum sonni ikki ayirma bo‘yicha topishga doir masalalar yechish; TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida amallarni bajara olish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Vatanga bo‘lgan mehr va g’ururni uyg‘otish; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, misol va masalalarni yechish malakalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism:

Sinf o‘quvchilarini guruhlarga bo‘lish. Guruhlarga bo‘lishda tartib bilan 3 gacha sanaladi. 1 soni, 2 soni va 3 soni to‘g‘ri kelgan o‘quvchilar 3 qatorga o‘tiradilar.

II. O‘tilgan mavzuni mustaahkamlash

O‘tilgan mavzu “Moslashuv” o‘yini orqali mustahkamlanadi. Guruh a’zolari berilgan misollarni javoblar bilan moslashtiradilar masalan:

48+32 51

51+32 24


65-14 41

29+12 83


79-55 80

Misollarni to‘g‘ri moslashtirgan guruh a’zolari rag‘batlantiriladi.

III. Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzu 613 – misol asosida ekranda tushuntiriladi.

39 ni 58 ga ko‘paytirish uchun 58 ni 50+8 deb olamiz va 39 ga alohida ko‘paytirib natijalarni qo‘shamiz. 39 ni 8 ko‘paytirsak 312 bo‘ladi. Bu birinchi to‘liqsiz ko‘paytma. 39 ni 50 ga ko‘paytirsak 1950 hosil bo‘ladi. 1950 bu ikkinchi to‘liqsiz ko‘paytma. 312 ga 1950 ni qo‘shsak natijada 2262 soni hosil bo‘ladi.

2262 soni 39 va 58 sonlarning ko‘paytmasi.

Yechishni bunday yozish mumkin:

Ikkinchi to‘liqsiz ko‘paytma oxiriga nolni yozmaslik qabul qilingan. Shuning uchun ikkinchi to‘liqsiz ko‘paytmani 195 o‘nlik deb o‘nliklar tagidan boshlab yozamiz.

Tekshirish uchun 58 ni 39 ga ko‘paytirish kerak. Natija 2262 ga teng. Demak ko‘paytirish to‘g‘ri bajarilgan

613 -misol.

1) 39 soni 59 ga qanday ko‘paytirilganini ko‘rib chiqamiz.

39 ∙ 58=39 ∙ (50 + 8) = 39 ∙ 50 + 39 ∙ 8 = 2262

Ko‘paytirishni yozma ko‘paytirish usulida ko‘rib chiqamiz

2) Berilgan yozuvlar bo‘yicha 49 ni 74ga, 68 ni 35ga va 91ni 26ga qanday ko‘paytirilganini tushuntiriladi.. Har bir holda to‘liqsiz ko‘paytmani va natijani aytib o‘tiladi.

614-misol doskada tushuntirish bilan bajariladi..

32 ∙ 59 = 32∙ (50 + 9) = 32 ∙ 50 + 32 ∙ 9 = 1 600 + 288 =1 888

1 600 va 288 to‘liqsiz ko‘paytmalar, 1 888 nattija.

Qolgan misollarni ham shu tariqa yechib natijani topamiz.

72 ∙ 27 64 ∙ 28 41 ∙ 84

To‘liqsiz ko‘paytmani va natijalarni topiladi.

615-masala doskada bajariladi. Masala sharti bir necha bor o‘qilgach, qisqa shart tuziladi.

Berilgan:

1-do‘konga – 3 ta o‘ram

2-do‘konga – 4 ta o‘ram

Hamma gazlama – 672 m

1-do‘konga - ?m

2-do‘konga - ?m

Yechish: 1) 672 : (3 + 4) = 672 : 7 = 96 (m)

2) 96 ∙ 3 = 288 (m)

3) 96 ∙ 4 = 384( m)

Javob: 1-do‘konga 288 m, 2-do‘konga 384 m gazlama keltirilgan.

616-masala. Masala sharti bo‘yicha O‘zbekistondagi neft qazib chiqarish korxonalari qayerda joylashganligi va ulardan nimalar tayyorlanishi haqida savol – javob o‘tkaziladi.

Berilgan:

11 ta sisternada – ? t bor

18 ta sisternada – ?, 350 t ko‘p

Yechish:1) 18 – 11 = 7(ta)

2) 350 : 7 = 50( t)

3) 18 ∙ 50 = 900( t)

Javob: 18 ta sisternada 900 t neft bor.

Dam olish daqiqasi:

Dam olish daqiqasida harakatli mashqlar bajariladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

Har bir guruh a’zolariga ikki va uch xonali sonlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi, ular bu sonlarni ikki xonali qo‘shiluvchilarga ajratib doskaga yozadilar.

Masalan: 44= +

98= +

56= + ….



Faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V. O‘quvchilarni baholash

Barcha guruh a’zolari darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadilar

VI. Uyga vazifa berish

617-misol va 618-masalani uyga vazifa qilib beriladi

Sana______________

108-dars. Mavzu: Ko’p xonali sonlarni ikki xonali songa yozma ko’paytirish

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________

Sana______________

109-dars. Kasrlar haqida tushuncha. O‘rganilgan ko‘rinishdagi masalalar yechish.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga kasr haqida tushuncha berish; TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; FK1: kasrlarni so‘zlar, kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy: mavzuni o‘tish davomida o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, kasrlarni to‘g‘ri o‘qish malakalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism..

-Bolajonlar, matematika fani nimani o‘rgatadi?

-Sanashni, hisoblashni

Fikrlashni, o‘ylashni

Masalalar yechishni

Noma’lumni topishni.

Og‘irlik, uzunlikni

Vaqt, masofa, tezlikni

Ko‘paytirish, bo‘lishni

Perimetr, yuzani

Topishni, taqqoslashni

Burchak, tomon, shaklni

O‘rgatar matematika

Bel bog‘lab doim tikka.

Dars shiorini ishlab chiqish. ”Sanamay sakkiz dema”.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarga o‘tilgan darslarga oid “Tezkor savol-javob” o‘tkaziladi.

- Sonni yig‘indiga ko‘paytirish uchun nima qilish lozim?

- Ko‘paytirish komponentlari qanday nomlanadi?

- Ikki xonali sonnii kki xonali songa ko‘paytirish qanday amalga oshiriladi?

- To‘liqsiz ko‘paytma nima?

III. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzu ekranda tushuntiriladi.

624.
To‘g‘ri to‘rtburchaklar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Har bir to‘g‘ri to‘rtburchak nechta teng (bir xil) qismga bo‘lingan ? Haqiqatan ham birinchisi 15 ta, ikkinchisi 6 ta, uchinchisi … ta qismga bo‘lingan. Har bir rasmda to‘g‘ri to‘rtburchakning qanday qismi bo‘yalgan?

To‘g‘ri, birinchi rasmda to‘g‘ri to‘rtburchakning o‘n beshdan bir qismi; ikkinchisida oltidan bir qismi bo‘yalgan va h. k. Lekin buni qanday matematik belgi bilan yozish mumkin?

Buning uchun matematiklar kasrlar deb ataluvchi sonlarni o‘ylab topdilar Kasrlarni yozish uchun tanish belgi (raqam)lar va chiziqlardan foydalaniladi. Chiziq tagiga narsa, shakl yoki miqdor nechta teng qismga bo‘linganligini ko‘rsatuvchi son yoziladi. Bu son maxraj deb ataladi. Chiziq ustidagi son shunday qismdan nechta olinganligini ko‘rsatadi. Bu son surat deb ataladi.

Endi biz birinchi rasmda to‘g‘ri to‘rtburchakning 1/15 qismi, ikkinchisida 1/6 qismi, uchinchisida … qismi bo‘yalganligini ko‘rib turibmiz. Demak, agar birinchi to‘g‘rito‘rtburchakning ikki qismi bo‘yalsa, u holda “To‘g‘ri to‘rtburchakning 2/15 qismi bo‘yalgan” deyiladi. Agar uch qismi bo‘yalsa, u holda “To‘g‘ri to‘rtburchakning 3/15 qismi bo‘yalgan” deyiladi. Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning hamma qismlari bo‘yalsa, u holda birinchisida 15/15, ikkinchisida 6/6, uchinchisida esa 12/12 va h. k. kasr hosil bo‘ladi.

Yodingizda tuting! Agar har bir to‘g‘ri to‘rtburchakning hamma qismlarini bo‘yasak, unda bir butun to‘g‘ri to‘rtburchak hosil bo‘ladi. Shuning uchun surat va maxraji bir xil bo‘lgan har qanday kasr 1ga teng bo‘ladi:15/15=1; 6/6=1; 12/12=1


625-misolda berilgan rasmlar ninimasi bilan bir-biriga o‘xshashini o‘quvchilarga tushuntiriladi. Ya’ni barcha shakllarning ¼ qismi bo‘yalgan.
626-627-misollarni o‘quvchilar doskada bajaradilar.

626-misolda AB kesmani o‘lchab, daftarlarida chizadilar.

O‘ylab ko‘ring! Kesmaning 1/10 qismi nimaga teng.

Yozuvlar to‘g‘ri bo‘lishi uchun nuqtalar o‘rniga qanday uzunlik o‘lchovlarini yozish kerak? O‘quvchilar topshiriqni bajaradilar.

1…=1/10… 1…=10…

Agar quyidagicha yozuv hosil bo‘lsa, u holda topshiriq to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi:

1 sm= 1/10 dm 1 dm= 10 sm

627 - topshiriq. Santimetrning 1/10 qismi nimaga teng?

1/10 sm … mm

Metrning 1/10 qismi nimaga teng? 1/10 m= … dm. 1m hosilbo‘lishiuchun 1 km ni nechta bir xil qismga bo‘lish kerak? To‘g‘ri tenglikni yozing: 1 m=…/… km. To‘g‘ri tengliklar: 1/10 sm=1 mm; 1/10 m=1 dm; 1 m=1/10 km.

628-misolni doskada amallar taga ko‘ra bajaradilar

8491∙ 73=619 843

94 720 : 80 ∙ 96 + 89 994 = 1184 ∙ 96 + 89 994 = 113 664 + 89 994 = 203 658

O‘quvchilarning ishlari tekshirilib boriladi va rag‘batlantiriladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda trenajor mashq ekranda bajariladi. Bunda o‘quvchilar bo‘yalgan qismini ifodalovchi sonni yozadilar.


2/5, 1/6, 3/7, 5/6, 7/12, 3/4, 8/9, 2/3, 5/8, 7/7 sonlariga mos ravishda har xil shakillar teng qismga bo‘lingan va ko‘rsatilgan qismi bo‘yalgan shakllar beriladi. Shakl yonida kasr chizig‘i, surat va maxraji uchun joy ajratilib ular klavyatura yordamida kiritiladi

Son to‘g‘ri kiritilsa bo‘yalgan qismi ajralib kattalashadi va yana joyiga qaytadi so‘ng rag‘bat ovozi eshitiladi. Noto‘g‘ri topilganda esa mahsus ovoz eshitiladi.

O‘quvchilar dam olish daqiqasidan so‘ng mavzu asosida ekran orqali test topshiriqlarini bajaradilar.

V. O‘quvchilarni baholash. O‘quvchilarning darsga ishtirokiga ko‘ra baholanadi va rag‘batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa berish.

Uyga vazifa 629 - 630-misol va masalalar. 630-masalaning bajarilish tartibi tushuntiriladi.

Sana______________

111- dars Mavzu: Sonli nurda kasrni topish. 7300 . 54, 9007 . 89 ko‘rinishdagi xollarda ko‘paytirish.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga kasr haqida tushuncha berish; TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; FK1: kasrlarni so‘zlar, kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy: mavzuni o‘tish davomida o‘quvchilarni bir-birini hurmat qilishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, kasrlarni to‘g‘ri o‘qish malakalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Darsning jihozi: darslik, jadval va rasmlar, tarqatmalar

Darsning metodi: tushuntirish, mustaqil ish, aqliy hujum.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Darsga hozirlik ko'rish.

Darsning maqsadi aytib o'tiladi.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.

Og’zaki savol- javoblar o’tkazaman.

III. Yangi mavzu bayoni.

1) Po'lat 9 ta qalam, Yo'ldosh esa xuddi shunday 5 ta qalam sotib oldi. Hamma xarid uchun Po'lat Yo'ldoshga qaraganda 400 so'm ortiq to'ladi. Bitta qalam necha so'm turadi?

2) Po'lat 9 ta otkritka, Yo'ldosh esa xuddi shunday 5 ta otkritka sotib oldi. Hamma xarid uchun Po'lat Yo'ldoshga qaraganda 400 so'm ortiq to'ladi. Po'lat va Yo'ldosh har bir xarid uchun necha so'mdan to'lashgan?

IV. Mustahkamlash.

638. Jadvaldan foydalanib uchta sodda masala tuzing, ularni yeching:
To'g'ri to'rtburchakning bo'yi To'g'ri to'rtburchakning eni To'g'ri to'rtburchakning yuzi

16 dm


9 m

? ?


8 m

5 sm 64 dm2 ,

?

75 sm2
639. Misollarning yechilishini ko'rib chiqing va tushuntiring:



640. 4 280 •57=243960 8 040 • 36=289440 19 750 : 50 • 92=36340

641. Bir guruhda 42 o'quvchi, ikkinchisida birinchisidagiga qaraganda 8 ta kam, uchinchisida esa ikkinchisidagiga qaraganda 4 ta ko'p o'quvchi bor. Uchinchi guruhda nechta o'quvchi bor?


V. Uyga vazifa:

642. Ustada bo'yi 65 sm, eni 76 sm bo'lgan oyna bor edi. Undan uzunligi 52 sm va eni 37 sm bo'lgan to'g'ri to'rtburchak shakli qirqib olingandan keyin qolgan oynaning yuzini hisoblang.

643. Tenglamalarni yeching:

620–x= 80 x + 120 = 400 x:9 = 14 30•x=270

X=540 x=280 x=126 x=9
VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.

Sana______________

112-dars. Mavzu: Sondan kasrni topish. Masalalar yechish

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga 7300 • 54, 9007 • 89 ko‘rinishdagi hollarda ko‘paytirishni o’rgatish; TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; FK1: o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila olish, tegishli misollar keltira olish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish; TK4: boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, kasrlarni to‘g‘ri o‘qish malakalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Dars borishi:

I. Tashkiliy qism.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash . O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “Xonqizi” trenajoridan foydalaniladi. Bunda o‘quvchilar xonqiziga gulga yetib olishda yordam beradilar va yo‘lak bo‘ylab mos kasrlarni joylashtiradilar.

Dala fonida chap tomondagi xonqiz o‘ng tomondagi gulgacha borish uchun yo‘lida to‘rtta birlik kesmaga ajratilgan yo‘lak (cho‘p, o‘t bargi, yer, gul bandi) bo‘ylab yurishi talab etiladi. Bunda har bir yo‘lak turli qismlarga ajratilgan va bo‘yalgan bo‘ladi. Yuqori qismida ko‘rsatilgan yo‘lak qismlari kasrlarda ifodalangan bo‘ladi. Mos kasrni olib yo‘lakga joylashtirish talab etiladi agar kasr to‘g‘ri tanlansa, xonqizi harakatlanib gulga yetib boradi. Noto‘g‘ri olib borilsa xonqizi joyida qimirlaydi lekin harakatlanmaydi.

III. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzuni tushuntirishda multimediali ilovada keltirilgan shu darsdagi testdan boshlash lozim. 644 -topshiriq ekranda test davomida tushuntiriladi.

Navbardagi testlar ham shu tariqa bajariladi.

2. Do‘konda 120 kg kartoshka bor edi. Shundan ¾ qismi sotildi. Do‘konda necha kilogram kartoshka qoldi? Shu shartga mos keladigan sxemani tanlang.

3. Kitobning narxi 6300 so‘m, ruchka esa kitob narxining 2/9 qismini tashkil qiladi. Ruchkaning narxi qancha?

4. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi 35 sm2, doiraning yuzi to‘g‘ri to‘rtburchak yuzining 3/5 qismini tashkil etadi. Doiraning yuzini toping. 5. A B kesmaning uzunligi 9 sm, C D kesmaning uzunligi esa A B kesma uzunligining 1/3 qismiga teng. C D kesmaning uzunligini toping.

645-masala doskada bajariladi.

To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 8 sm, eni 4 sm. Shu to‘g‘ri to‘rtburchak yuzining 3/8 qismini toppish uchun Manzuraning tanlagan yechinmini tahlil qilib yozadilar va Murodniki bilan solishtiradilar.

Manzuraning yechimi: Murodning yechimi:

1) 8 ∙ 4 = 32 (kv. m) 1) 8 ∙ 4 = 32 (kv. m)

2) 32 : 8 ∙ 3 = 12 (kv. m) 2) 32 : 4 = 4 (kv. m)

3) 4 ∙ 3 = 12 (kv. m)

Nima uchun Murod 3 ta ish bilan topganini tushuntiradilar.

646-misol amallar tartibiga rioya qilgan holda bajariladi.

2 250 : 90 + 8 420 : 20 = 25 + 421 = 4 46

900 100 – ( 735 – 184 ) ∙ 80 = 900 100 – 557 ∙ 80 = 900 100 – 44 080 = 856 020

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda ekranda 647-topshiriq ko‘rsatiladi. Ekranda AB shakl umumiy bo‘lgan shakllar nomi aytiladi va ekranda boshqa rang bilan ajratib ko‘rsatib beriladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi shunga o‘xshash topshiriq beradi.

V. O‘quvchilarni baholash.O‘quvchilar va guruhlar darsdagi ishtirokiga ko‘r abaholanadi va rag‘batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish. Uyga vazifa qilb 648 va 649-misollar beriladi. 648-misolda o‘quvchilar misollarni amallar tartibiga ko‘ra bajarsalar, 649-topshiriqda berilgan shaklning perimetri va yuzini topadilar.

Sana______________

113-dars. O‘tilganlarni mustahkamlash. Matematik diktant


Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga sondan kasrni topish bo‘yicha bilim berish, mavzuga oid masalalar yechish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilar orasida do‘stona muhitni yaratish, bir-birlarini o‘zaro hurmat qilishga o‘rgatish. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilar “Klaster” metodidan foydalanib, massa o‘lchov birliklarini eslaydilar.

III. Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzu masala yordamida tushuntiriladi.

650-masala shartini o‘quvchilardan biri o‘qiydi. Masala shartiga oid suhbat o‘tkaziladi. Yozgi ta’til rejalari haqida savol-javob o‘tkaziladi. Masalaning qisqa sharti tuziladi.

Hamma donlar- 83kg

Guruch – 36 kg

Grechka yormasi - ?, 2marta kam

Mosh - ?, qolgani

Yechish: 1)36 : 2 = 18 (kg)

2) 36 + 18 = 54 (kg)

3) 83 – 54 = 29 (kg)

Javob: 29 kg mosh sarflangan.

651-misol doskada bajariladi.

30815 + 6050 ∙ 20 : 50 = 33235

1) 6050 ∙ 20 = 121000

2) 121000 : 50 = 2420

3) 30815 + 2420 = 33235

900 – 700 : (37 + 33) ∙ 6 = 840

1) 37 + 33 = 70

2) 700 : 70 = 10

3) 6 ∙ 10 = 60

4) 900 – 60 = 840

652-misol doskada tushuntirish bilan bajariladi.

900 – x ∙ 40 = 660 x : 20 = 4800 : 48

x∙ 40 = 900 – 660 x : 20 = 100

x ∙ 40 = 240 x = 100 ∙ 2

x= 240 : 40 x = 200

x= 6 Tekshirish:

Tekshirish: 200 : 20 = 100

900 – 6 ∙ 40 = 900 – 240 = 660 100 = 100

660 = 660

653-masala. Masala doskada bajariladi. Masala sharti bo‘yicha qisqa suhbat o‘tkaziladi. Bunda bug‘doydan nimalar tayyorlanishi va non haqidagi maqollar

so‘raladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.

Hamma bug‘doy – 60t

Sotildi – 3/8 qismi

Qoldi - ? t

Bu masalani tushuntirishda butunning qismini topish uchun butun son ya’ni 60 tonnani kg ga aylantirib olgach, uni kasr sonning mahrajiga bo‘lib, suratiga ko‘paytiriladi.

Yechish:

60 t = 60000 kg

1) 60000 : 8 = 7500

2) 7500∙ 3 = 22500 kg

22500 = 22 t 500 kg

Javob: vagonda 22 t 500 kg bug‘doy qolgan.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

O‘quvchilar kichik guruhlarda ishlab, yangi mavzuni mustahkamlashda sondan kasrni topishga oid og‘zaki masalalarni yechadi.

1-guruh uchun:

Do‘kondagi 50 ta mebelning 3/10 qismi sotildi. Do‘konda nechta mebel sotilmay qolgan?

Yechimi: 1) 50 : 10 = 5(ta) 2) 5 ∙ 3 = 15(ta)

Javobi; do‘konda 15 ta mebel sotilmay qolgan.

2-guruh uchun:

Sinfdagi 36 ta o‘quvchining 5/6 qismi shanbalikda ishtirok etdi? Nechta o‘quvchi shanbalikda ishtirok etmagan?

Yechimi: 1) 36 : 6 = 6 (ta) 2) 6 ∙ 5 = 30 (ta) 3) 36 – 30 = 6 (ta)

Javobi: shanbalikda 6 ta o‘quvchi ishtirok etmagan.

3-guruh uchun:

Oshxonadagi 25 kg shakarning 2/5 qismi murabboga, qolgani pishiriqlar uchun sarflanga bo‘lsa, necha kg shakar pishiriqqa ishlatilgan?

Yechimi: 1) 25 : 5= 5 (kg) 2) 5 ∙ 2 = 10 (kg) 3) 25 – 10 = 15 (kg)

Javobi: pishiriqqa 15 kg shaker ishlatilgan

4-guruh uchun:

Bolalar bog‘chasi oshxonasiga keltirilgan 30 litr sutning 1/3 qismi shirguruchga ishlatildi, qolganidan qatiq tayyorlandi. Shirguruchga qancha sut ishlatilgan?

Yechimi: 1) 30 : 3 = 10 (l) 2) 10 ∙ 1 = 10 (l)

Javobi: shirguruchga 10 litr sut ishlatilgan.

5-guruh uchun:

Maktab bog‘iga olib kelingan 6000 ta ko‘chatning yarmi ertangi gul bo‘lib, qolganining 1/3 qismini rayhon tashkil etadi. Maktab bog‘iga necha tup rayhon ko‘chati ekilgan?


Download 83.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik