Mavzu: Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari



Download 69 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi69 Kb.

Mavzu: Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari.

(Monologik va diologik metodlar)

Reja:

Kirish.

I-bob. Kimyo o`qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha

1.1 Kimyo o`qitishning metodlari va vazifalarini aniqlash, ular qo`llaniladigan o`rnini belgilash.

1.2 Kimyo o`qitishning umumiy, dogmatik, ilyustrativ va evristik metodlar.

II-bob. Kimyo o’qitishda monologik va dialogik metodlar

2.1 Monologik metodlar

2.2 Dialogik metodlar

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

  • O'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab, malakali, yetuk mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj keskin ortganligining guvohi bo'lib turibmiz. Maktabdan boshlab mustaqil fikrlovchi yigit-qizlarni tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Yosh avlod ma'lum bilimlar yig'indisini bilibgina qolmay, mustaqil davlat quruvchiga xos ma'naviyat va ma'rifat egasi bo'lib, o'zining mehnatga munosabati va xulq atvori hammaga havas qildiradigan bo'lishi kerak.

Bizning mamlakatda o'qituvchiga, yosh avlodni tarbiyasiga katta imtiyozlar berilmoqda. Shu sababli oliy ta'lim oldida birinchidan studentlar jamoasiga bilimli, ma'naviyatli hamda o'zbek millatiga xos tafakkurga ega bo'lgan yoshlar qabul qilish, ularni bilim bilan qurollantirish va yuqori ma'nosida buyuk inson darajasiga etkazish kerakdir. Buni bajarishda fan o'qituvchilari xizmati kattadir.

O'qituvchi-mukamal shakllangan kimyo fani bo'yicha mutaxassis bo'lishi kerak. U kimyo fani, kimyoviy bilimlar va amaliy uslublardan tashqari bolalarning yoshiga qarab psixologiyasini bilish kerak. U oldindan bilim berishning hamma bosqichlarini amalga oshirish uslublarini mukammal egallashi kerak. O'zi dars beradigan fanning didaktik asoslarini bilib, bilimni berish umumiy uslublarini bolalar yoshlarini hisobga berib, o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib bilimni etkazishi kerak.

O'qituvchi o'zining bilimini hamma vaqt to'xtamay oshirib borishi shart, ya'ni pedagogik texnologiyalarini egallashi, o'quv jarayoni mukammallashtirishga harakat qilishi kerak. Chunki o'qituvchi o'z izlanishlarida to'xtab qolsa, ertasiga u shablon qotgan fikrlab qoladi va yuqori xavas qiladigan darajadagi insonlar orasidan chiqib qoladi va o'quvchilar orasida unga nisbatan xurmat ozayadi, bolalar unga taqlid qilishi, xavas qilishi yo'qolaboshlaydi.

Har bir o'qituvchi boshqalar tajribalarini quruq nusxa qilmasdan, o'zining tajribasi bilan to'ldirishi kerak va shunda o'quv jarayoni mukammalashadi chunki har bir inson uziga xos uslub va unga xos shaxsiy xislatlarga ega.

Kimyo o'qitish uslublari ma'lum tartibda o'rganiladi. Avval o'qish jarayonining asosiy vazifalari qarab chiqiladi. Keyin o'qish jarayonini tashkil etish uslublari, o'qitish qurollari, shakli va o'qituvchi mexnatini ilmiy tashkil etish uslublari qarab chiqiladi.





  • Kimyo o`qitishning metodlari, shakllari, manbalari o`qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, kimyo o`qitish nazariyasining eng muhim bo`limlari sanaladi.

O`qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta`lim jarayonida ta`lim mazmunini harakatlantirish shakli bo`lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni fanning didaktik ekvivalenti bo`lib hisoblansa, o`qitish metodlari o`rganilayotgan fan yoki bilish lozim bo`lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir.

Didaktikada fanni o`rganish metodlari va o`qitish metodlari mavjud.

O`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarga ta`lim, tarbiya beruvchi ularni rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat.

O`qitish metodi - o`qituvchi rahnamoligida o`quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bo`lib hisoblanadi. Kimyo o`qitish metodikasining o`ziga xos alohida xususiyatlari mavjud: ular;

1. Kimyo o`qitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan.

2. O`quvchilarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini o`stirishga qaratilgan bo`lib, moddaning aniq xossasi o`zgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi kabilar fikr yuritishga o`quvchilarni o`ylashga olib keladi. Har bir metod ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qaerda samarali amalga oshirsa o`sha yerda o`sha jarayonda qo`llanilishi maqsadga muvofiq.

Metodlar o`zining qo`llanilishi bilan ham o`quvchilarni tarbiyalaydi.

Shu sababli o`qituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani samarali amalga oshirishiga e`tibor berishi kerak.

Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga e`tibor berish kerak.

1) O`qitishning qonuniyatlari va prinsiplari.

2) O`qitishning maqsad va vazifalari.

3) Shu fan mazmunining hamda o`rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy mosligi.

4) Maktab o`quvchilarning o`qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf jamoasining xususiyatlari).

5) Tashqi sharoitning o`ziga xosligi.

6) O`qituvchining o`z imkoniyatlari.

O`qitish metodlarining tuzilishi har xil bo`lib, ular ma`lum jarayonning

takomillashuvi bilan to`xtovsiz ravishda o`sib boradi. Bu o`sish jamiyatda madaniyat darajasini o`sishiga bog`liq. Shu sababli o`qitish metodlarini tartibga solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini berish lozim. Mustaqil O’zbekistonimiz maktabi tarbiyalovchi ta’limni amalga oshiradi. Bu maktab beradigan ta’limning tarbiyalovchi xususiyati shundan iboratki, u o’quvchilar dalialiktik-materialistik dunyoqarash asoslari hosil qiluvchi chinakam ilmiy bilimlar beradi. Bizning maktabimizda ta’lim berishning talabalarda aktivlik, tashabbus, mustaqil fikrlash, qo’yilgan maqsadga intilish, o’z burchini his etish, boshqa metod va usullari tarbiya jihatidan katta rol o’ynaydi.

Kimyo o`qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu «yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin.

O’qitishning dogmatik metodi- o’qituvchining materialni og’zaki, ko’rsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni bu materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat. O’qitishning ilyustrativ metodi- o`qituvchi o`quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo`llaydi. Ular: o`qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday ko`rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo`llanmalari tablisalardan foydalaniladi.

O`qituvchi laboratoriya tajribalarini ko`rsatib tushuntirib beradi.

Ilyustrativ metodda o`qituvchi ayrim amaliy mashg`ulotlarni bajarish texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qo`llaganda ham foydalanadi. Bu metod o`quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig`ilgach kengroq qo`llaniladi.

O`quvchilarda amaliy o`quv ko`nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib ko`rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish, qoshiqchadagi eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko`rsatish amalga oshiriladi.

O’qitishning illyustrativ metodi - kimyo kursining boshlang`ich qismida ko`p qo`llanadi. Bu davrda o`quvchilarda ko`nikma va malakalar yetarli bo`lmaydi. Shu davrda o`qituvchi tajribalarni o`zi ko`rsatib tushintirib beradi.

Bu metoddan o`quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham keng foydalaniladilar.

O’qitishning evristik metodi- o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi, talabalar bevosita o`qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar.

Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib chiqqan. Masalan, galogenlar xossalarining chog`ishtirma tavsifi mohiyatini aniqlashda qo`llaniladi.

Bu davrda o`quvchilar galogenlarning xossalarni chog`ishtirib izohlashini o`qituvchi tartibga solib turadi. Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qo`ysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga kraxmal kleystrini qo`shsak yana rang o`zgarishi sezilmaydi. Uch komponentni birgalikda qo`shib aralashtirsak kraxmal ko`k tusga kiradi. Sababini esa talabalar o`zlari izohlab berishlari lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir. Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo`lib hisoblanadi. O`quvchi nazariy bilimlar to`g`riligini amalda sinab ko`radi. Masalan,eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi.

Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o`zaro bog`liqlikka ega. Klassifikasiyada har xil holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi.




  • Kimyo o`qituvchisidan o’quv materialini o’zi bayon etishi, talabalarni ham mustaqil ishlashga o’rgatish talab etiladi. Shu talabga asosan kimyo o`qitishning metodlari 2 ga bo’linadi:

1. bayon etish metodlari.(monologik va diologik metodlar)

2. mustaqil ishlash metodlari.

Maktablarda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar:

1. O`qituvchining o’quv materialini bayon etish metodlariga, bunda so’zlab berish, ma’ruza, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalar va ko’rsatmali o’qitishning boshqa vositalaridan foydalanish

Monologik metodlar- so’zlab berish, ma’ruzalarga, bo`linib, o`quv materiali mazmunini o`qituvchining o`zi tushintiradi. Bu metodda o`quvchilar faktlar, eksprement orqali kuzatib o`rganadilar: fandagi ma`lum bilimlar atrof muhit himoyasi, element va moddalarning sodir bo`lishi tarzida ko`rgazmali holda ifodalanadi.

Tushuntirish metodi qo`llanganda o`quvchilarga nazariy bilimlar mohiyati ochib beriladi. Moddalar massasining saqlanish qonuni atom - molekulyar nuqtai nazaridan tushuntirilganda yoki elementlar xossalarining davriy ravishda takrorlanish kabi holatlar tushintirilganda tushunchalar ketma - ket ochilib umumlashtiriladi.

Ma`ruza - metodi ancha vaqt olinadigan monoton metod bo`lib hisoblanadi. Maktab ma`ruzasi 30 minutdan ko`proq vaqtni olib asosan yuqori sinf o’quvchilari va talabalar uchun qo’lay.

Monoton metodda o`qituvchi o`zining nutqi ravonligiga katta e`tibor beradi. O`qituvchi nutq ravonligi, sofligi, mazmunli holda materialni izohlash bilan o`quvchilar diqqatini o`ziga torta bilishi kerak.

Diologik metodlar- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo`lib o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi.

Suhbat - bu o`quvchi va o`qituvchi orasidagi diolog bo`lib hisoblanadi.O`qituvchining savollariga o`quvchi javob beradi yoki aksincha.

Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya tarzida seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari ularning tuzilishiga bog`liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o`rganilsa, o`quvchilarda tafakkur qirralari o`sib tayanch bilimlarni qo`llash orqali rivojlanish bo`ladi. Bu metod ko`proq yuqori sinflarda olib boriladi.

2. Mustaqil ishlash metodlari- laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar,

kimyodan masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash.

Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariy mazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o`quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko`nikma va malakalar rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi. Demonstrasion tajribalar ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi. Masalan, CO2 bilan o`t o`chirishni ko`rsatish;

Ko`rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO dan unumli foydalanish lozim.

O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izo hlab borish lozim.

Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi:

1. Tajribaning maqsadini qo`ya bilish: o`quvchilar nima sababdan tajriba o`tkazilishini tushinishi kerak.

2. Tajribalar o`tkazilayotgan priborlarning chizmalarini chizish; sharoitni belgilash, (reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.)

3. O`quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo`layapti-yu, natija nima bo`ladi anglab yetish)

4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi, o`qituvchining so`zi bilan amalga oshadi. Ular:

1) Tajribaning o`zidan bilimlar paydo bo`lishi.

2) O`qituvchining so`zi izohlari kuzatishini to`ldirib borishi.

O`qituvchi o`qitish jarayonida o`quv - ko`rsazmali vositalardan foydalanishibu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo`llanmalari va hokazolar.

Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o`chirmaslik kerak.

-Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko`rinishlarda bo`ladi.

Ularning turlari ham har xil. M: O`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma va malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng mu him sohasi bo`lib hisoblanadi.

Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim- tarbiya berish, rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.

O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko`nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib hisoblanadi.

O`quvchi eksperimenti - mustaqil ish turi bo`lib hisoblanadi. Shu usul bilan o`quvchi o`zidagi bilim ko`nikma malakalar darajasini ham sinab ko`radi.

O`quvchi eksperimenti maqsadi, uni kelgusi mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. O`quvchi eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliymashg’ulotlarga bo`linadi.

Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi.

Laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish bo`lib hisoblanadi.

O`quvchi eksperimenti quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

1) Tajribani maqsadini tushuntirish;

2) Moddalarni o`rganish;

3) Priborni yig`ish yoki tayyorlashdan foydalana bilish;

4) Tajribani bajarish;

5) Natijalar tahlili va xulosalar chiqarish;

6) Olingan natijalarni izohlash va kimyoviy tenglamalar tuzish.

7) Hisobot yoza olish.

O`quvchi o`z oldiga qo’ygan muammoning yechimini tushunib yetishi kerak.

Kimyo fanidan o`quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa holda amalga oshadi. Laboratoriya mashg`ulot joylari oldindan o`quvchiga ajratib qo’yiladi.

Laboratoriya tajribalari yangi material mazmunini tushuntirish jarayonida olib boriladi.

Amaliy mashg’ulotlar - ma`lum mavzular o`rganilgach, ularning oxirida olingan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, konspektlash hamda ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kimyodan amaliy mashg’ulotlar- o’quvchi va talabalarning bilim ko`nikmalarini shakllantirishning asosiy omilidir. Amaliy mash g`ulotlarda ko`nikma va malakalar shakllanishiga katta e`tibor beradi. Amaliy mash g`ulot VII sinfdan boshlab o`tkazila boshlaydi. Har bir amaliy mashg`ulotni o`tkazishda reaktiv, pribor va kimyoviy asbob -uskunalar bilan ishlashning texnik qoidalari, muomila qilish ko`nikmalariga alohida ahamiyat berish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi: berilgan instruksiya asosida o`tkaziladigan mash g`ulotlar va eksperimental masalalar yechish bilan bog`liq tajribalar.

Instruksiya - berilgan yo`l - yo`riq asosida o`tkaziladigan tajribalar. Unda

tajribaning har bir bosqichi yozma holda berilgan bo`ladi. Ular darslikda yozilgan holda mavjud.

Eksperimental masalalar - instruksiya berilmasdan masala sharti beriladi. Shu shartga asosan o’quvchi ijodiy ravishda mustaqil ish bajaradi. Eksperimental masala yechishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, kerakli reaktiv priborlar stolga qo`yiladi.

Tajribalar yakunida maxsus daftarga hisobotlar yoziladi. Hisobotlar kimyo xonasida saqlanadi.

Hisobot shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:

1) sinf. 2) o`quvchi f va i. 3) fan. 4) ishning mavzusi. 5) tajribaning nomi. 6) tajribaning maqsadi. 7) bajarish tartibi. 8) pribor chizmasi va kuzatish xulosalari. 9) xulosa va reaksiya tenglamalari.

O’qitish metodiga qo’yiladigan talablar: Normal tashkil qilingan ta’limtarbiya jarayoni biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi.

Har bir metod o’quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, talabalarning saviyasiga va tayyorgarligiga, maktabning (kimyo laboratoriyasi bor yo’qligiga) qarab tanlanadi.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’sida: xavfsizlikka taxdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.---T.: O’zbekiston, 1997

2. I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”



--T.: O’zbekiston, 1997

3. T. Gulboyev. Ta’lim jarayonining tayanch bilimlari. T.: Fan, 1996. 9. T. Gulboyev. Ta’lim jarayonida tayanch bilimlarni rivojlantirishning didaktik asoslari. T.: Fan, 1998
Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat