Mavzu: Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlararo uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash muammo va yechimlari



Download 27,04 Kb.
Sana20.10.2019
Hajmi27,04 Kb.
#23897
Bog'liq
Mavzu Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlara

Mavzu: Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlararo uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash muammo va yechimlari.

Kimyo fani tabiiy fanlar tizimiga kirib matematika, fizika, biologiya, geografiya, iqtisod fanlari bilan uzviy bog’liq. Har bir fanni o’qitish rejalashtirilganda o’ziga xos oddiydan murakkabligiga tomon tadrijiy rivojlanish tartibida berilgan, ammo ayrim hollarda fanlararo bog’liqlik etarlicha hisobga olinmagan.



M A T E M A T I K A

1-MUAMMO: boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitishda bir noma’lum tenglamalar va 8-sinfda sistema asosida yechiladigan ikki noma’lum tenglamalar hamda 5-6-sinflarda proporsiya tenglamalar tuzish va unga oid masala va misollarning yetarli darajada o’zlashtirilmasligi kimyo fanidan masalalar yechishda qiyinchilik tug’diradi.

YECHIMI: matematika o’qitishda 7-sinfda proporsiya, bir noma’lum tenglamalar haqidagi tushunchalarni kimyodan masalalar yechishga moslab takrorlash maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Matematika fanini o’qitishda 8-sinfda ikki noma’lum tenglamalar yechishni o’rgatishda bir yoqlamalikka barham berib, kimyo o’qituvchisi bilan hamkorlikda masalalar yechishni takrorlash;



F I Z I K A

2-MUAMMO: Kimyo fanida 8-sinfda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar” 8-mavzu, “Yadro reaksiyalari” 15-mavzuda berilgan.

Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragida bu mavzular haqida tushunchalar yoritib berilgan.

“Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan. O’quvchi elektrofarez, elektrodlarni bilmaydi.

YECHIMI: Kimyoda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar” 8-mavzu, “Yadro reaksiyalari” 15-mavzuda, Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragidagi bu mavzular bir sinfda o’zlashtirilib, hamda bir biriga yaqin choraklarda o’rgatilsa; Kimyo fanida Izotonlar haqida ham izoh berish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

“Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan mavzular ham xuddi shunday yaqinlashtirish; Faradey qonunlari katta mavzu u fizikada kengroq yoritilgan, ammo jarayoniga e’tibor qaratilmagan. Kimyoda Faradey qonuning faqat qoidasigagina e’tibor berib ketilgan, ko’proq elektroliz jarayoni yoritilgan. Bu mavzuga kimyoda 1 soat berilgan va o’qituvchiga mavzuni yoritish qiyinchilik tug’diradi. Shu nomunosiblikni to’ldirish uchun bu mavzularga 2 soat ajratilsa,

1-soat Elektroliz va uning ahamiyatiga,

2-soat Faradey qonunlariga, Masalalar yechish qo’ysak;

shu tarizda fizika va kimyo o’qituvchilari bir-birimizni to’ldirib borar edik. O’quvchida mavzuni o’zlashtirish yaxshi amalga oshar edi.

B I O L O G I Y A

3-MUAMMO: Uglevodlar, yog’lar, aminokislotalar biologiya fanida I-chorakda o’tib ketiladi, ammo kimyo fanida biz bu mavzularnu III –chorakda yoritib beramiz.

YECHIMI: Agarda shu mavzular bilan kimyo fanidagi mavzular yaqinlashtirilsa mavzu yaxshi yoritiladi.

G E O G R A F I Y A

4-MUAMMO: Metallarni olish va o’rgatishda ular qaysi viloyatlarda olinishi va qayerlarda ishlatilishi, dunyoda bu qazib olingan qazilmalar nechanchi o’rinda turishi haqida ma’lumot berib ketamiz. Geografiya fanida Navoiy, Angren, Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlari haqida ma’lumotlar berilgan, ammo O’zbekistonda qazib olinadigan qazilma boyliklari va ularning tarkibi haqida ma’lumot yo’q. Qayerda va qancha qazib olinishi, uning zahiralari, hamda qancha moddiy zapaslarimiz borligi haqida ma’lumotlar kiritilmagan.

YECHIMI: Georafiya faniga ham tabiiy boyliklarimiz a va uning qazib olinishi, hamda uning dunyodagi yetakchi o’rinlari haqida ma’lumotlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu har bir bolada Vataniga bo’lgan milliy g’ururni shakllantiradi.

I Q T I S O D

5-MUAMMO: Iqtisodiyotimizda rangli metallar haqida, neft, paxta qancha foyda keltirishi va qanday moddiy ustunligimiz borligi haqida ma’lumotlar yoq. YECHIMI: Iqtisodiyot fanlariga ham shu haqida ma’lumotlar kiritish;



K I M YO

6-MUAMMO: Boshqa fanlardagi fanlararo uzviylikni va uzliksizni ta’minlash muammolarini topib, yechimini to’g’rilasak bo’lar, ammo o’zimizning fanimizdagi dolzarb muammolarimizga ham befarq qarash mumkin emas.

Kimyodan 7-sinfda Avogadro qonunini o’tganda molyar hajm, zichlik, hajm munosabatlari, n.sh. nisbiy zichlik (P=101,307 kПA ), (V=22,4 l), (T=273 K) Avogadro haqidagi tushunchalar beriladi, ammo gaz holati tenglamalari

P0 V0 = PV Mendeleyev- Klapeyron tenglamalari ( PV=nRT) haqidagi

T0 T ma’lumotlar berilmaganligi bolaga fanni o’zlashtirishda qiyinchilik tug’diradi. Mavzu o’zlashtirilmasdan bolaga “Ideal gaz qonunlari” haqidagi masalalar test va so’rovnomalarda keltiriladi.

7-sinfda “Ekvivalentlar qonuni” anorganik moddalarning eng muhim sinflari mavzusida o’tish maqsadga muvofiq. Shu mavzuni o’zlashtirishda 2 ga bo’lib o’rgansak, oddiy moddalarning ekvivalentini oldinroq, murakkab moddaning ekvivalentini oksid, kislota, tuz, asoslar mavzusini o’zlashtirganliklaridan keyin quysak maqsadga muvofiqroq bo’lgan bo’lar edi.

YECHIMI: Bu fanimizning dolzarb muammo va yechimini bugungi forumda javob topamiz degan umiddamiz!



Bu muammolarni hal qilish va uning yechimlarini topishda har bir o’qituvchi ma’sul. Maqsadimiz: fanimizni yaxshi o’qitib, bolaga kerak bolgan BKM larni bera bilish;

MUAMMOLAR

YECHIMLARI

  1. Fanlararo o’qitishda integratsiyaning kamligi va nomuvofiqligi;

1.Fanlararo aloqani keng yo’lga qo’yish;

  1. Dars jarayonida o’qituvchilar tomonidan tajribalarning yoritib berilmayotganligi;

2.Amaliy mashg’ulot va laboratoriya tajribalari o’tkaziladigan metodik xizmat markazlarini tashkil etish;

  1. Malaka oshirish oliygohi bilan hamkorlikni mustahkamlash;

3. O’qituvchining malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini jonlantirish;

Download 27,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish