Mavzu: Intellekt psixodiagnostikasi va metodikalari



Download 1.44 Mb.
Sana04.10.2020
Hajmi1.44 Mb.

Mavzu: Intellekt psixodiagnostikasi va metodikalari.

Reja: 1. Intellekt so'zini eshitganingizda fikringizga qanday so'zlar, iboralar keladi. 2. Tafakkur shakllari va operasiyalari. 3. Tafakkur turlari. Muammoli vaziyat va masala echish. Tafakkurning individual xususiyatlari. 4. Xayol to'g'risida tushuncha. Xayol va uning turlari. Xayol jarayonida analitiko-sintetik faoliyat.

Tayanch iboralar: psixik jarayonlar, qismlardan rasm hosil qilish, intellektni psixometrik tekshirish, intellektni o'lchashning Veksler shkalasi.

Klassifikasiya metodi. Guruhlar bo'yicha klassifikasiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920)tomonidan taklif etilgan, keyinchalik L.S.Vgotskiy (1934) va B.G.Zeygarnik (1958) tomonidan o'zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o'rganish uchun qo'llaniladi. Shu bilan birga tajriba vaziyatida topshiriqni bajarayotganda sinaluvchi xulq-atvori xususiyatlari, uning xatolariga munosabati hamda yordam berilganda ularni tuzatish qobiliyatlari ko'rinadi.

Tajriba o'tkazish uchun har xil predmetlarning, o'simliklarning, hayvonlarning rasmlari tasvirlangan kartochkalar kerak bo'ladi. Bunday rasmlarda B.V.Zeygarnik (1958) taklif etgan rangli bezash, turli umumlashtirish darajalari aks etgan bo'lishi kerak. Bog'cha bolalarini tekshirishda (S.Ya.Rubinshteyn, 1970) kartochkalarning ba'zilaridan (o'lchash asboblari, o'quv qurollar) foydalanmaslik kerak, chunki bolalar ular haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar.

Bu metodikaning boshqa variantida predmetlarning, o'simliklarning, hayvonlarning nomlari kartochkalarga yozilgan bo'lishi mumkin. Bu variantni kattaroq bolalarni tekshirishda qo'llash mumkin. Shunday qilib, metodikaning birinchi varianti - predmetli klassifikasiyadir, ikkala variantda ham bolalarning umumlashtirish, yangi tushunchalarni shakllantirish qobiliyati aniqlanadi.

Klassifikasiya metodikasidagi og'zaki usul qo'llanganda sinaluvchi aniq tushunchalar, so'zlarni guruhlarga ajratishi kerak. Bu erda rasmning ta'siri yo'q bo'lib, sinaluvchi so'zlarning mazmunini yaxshi tushunadi, atrofdagi predmet va hodisalar haqida ma'lum bilimlarga ega bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda klassifikasiyaning bu usulida sinaluvchi predmetlarni o'ziga ma'lum guruhlarga ajratish qobiliyati osonlik bilan muhokama qilinganda uning tafakkur jarayonlari xususiyatlari haqida qo'shimcha ma'lumot oladi.

Rossiyada birinchi bo'lib Veksler shkalasi V.M.Bexterev nomli Leningrad psixonevrologik ilmiy-tadqiqot institutida moslashtirilgan. Metodika B.G.Ananev (1969) maktabi psixologlari tomonidan intellekt taraqqiyotini uzoq yillar o'rganishda, jumladan bolalarda psixik taraqqiyotdan chetga chiqishlar va orqada qolishlarni differensial-diagnostika qilishda keng qo'llanilgan.

Aql-farosat - voqelikni nazariy tomondan o'zlashtirishning yuksak formasi bo'lib, kishining fikrlash qobiliyatida namoyon bo'ladi. So'z-mantiqiy tafakkur - tafakkur turlaridan bo'lib, bu mantiqiy operasiyalar, amallar yordamida tushunchalar orqali ifodalanadi.

Analiz-tahlil - murakkab ob'ektni turli tarkibiy qismlarga ajratish yoki tavsifnoma berishdan iborat fikrlash operasiyasidir. Ko'rgazmali obrazli tafakkur - tafakkur turlaridan bo'lib, bu tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni tavsiflab beradi.

Klassifikasiya - tevarak-atrofdagi olamni o'rganishda birgina narsa bilan emas, balki ko'p va xilma-xil narsalar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi, ya'ni narsalarni o'rganish maqsadida guruhlarga, sinflarga ajratishdir. Assosiativ - XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya fani yo'nalishi bo'lib, ko'proq Angliyada tarqalgan, ya'ni psixik xodisalarning o'zaro bog'lanishi bo'lib, ma'lum qonunlar bo'yicha tarkib topishdir.

Created by: Shodmonova Mahliyo


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat