Mavzu: harakatli tyinlarning qisqacha tarixi, turkumlari va pedagogik ahamiyati



Download 374,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi374,69 Kb.
#78670
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu



2-MAVZU: HARAKATLI TYINLARNING QISQACHA TARIXI, 

TURKUMLARI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI 

 

Reja: 

1.  Harakatli tyinlarning kelib chiqish tarixi 

2.  O‘yin mazmuni va murakkabligi bo‘yicha turkumlanishi 

3.  Harakatli o‘yinlarning pedagogik ahamiyati 

 

 

Harakatli o’yinlarning kelib chiqish tarixi 

 

Tarixiy  ma’lumotlarga  qaraganda  ibtidoiy  ovchilar  hayotida  ovchilik 

o‘yinlari  muhim  o‘rin  tutgan.  Ba’zi  manbalarda  ular  ovdan  oldin  o‘tkazilishi 

yozilgan  bo‘lsa,  boshqalarida  ovdan  so‘nggi  o‘yinlar  haqida  fikrlar  bayon 

etilgan.  Agar  bu  ma’lumotlarni  chuqurroq  tahlil  etadigan  bo‘lsak,  unda 

ovchilik  o‘yinlari  ovdan  oldin  ham,  undan  so‘ng  ham  o‘tkazilgan,  deyish 

mumkin.  Ovdan  oldingi  o‘yinlar  –  avvalda  mashq  (ovga  tayyorgarlikni 

tekshirish,  ovga  ruhiy  va  jismoniy  tayyorgarlik)  vazifasini  o‘tagan  hamda 

jiddiy  o‘ziga  xos  kichik  ibtidoiy  odamlar  o‘ljani  osongina  qo‘lga  tushirish, 

unga  yaqinlashishni  o‘rganishgan,  buning  uchun  niqob  kiyib,  hayvon 

qiyofasiga  kirish,  uning  yurishturishlari  va  tovush  chiqarishlarini  mashq 

qilishgan. Aynan ana shunday o‘yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga 

o‘rgatishgan.  Shu  boisdan  ham  u  o‘ziga  xos  maktab  vazifasini  o‘tab,  bir 

tomondan,  ovchilar  mahoratini  o‘stirishga  yordam  bergan  bo‘lsa,  ikkinchi 

tomondan esa, ularda taqlid san’atini shakllantirgan va rivojlantirgan. 

Ovdan  so‘nggi  o‘yinlar  ov  muvaffaqiyatli  tugagandagina  uyushtirilgan 

deb  tahlil  qilish  mumkin.  Chunki  o‘lja  bilan  qaytish,  bu  –  ziyofat, 

xursandchilik  qilishga,  butun  jamoaning  bayram  qilishiga  imkon  yaratgan. 

O‘rta  Osiyo  hududida  ibtidoiy  odamlar  hayotida  ham  ovchilik  o‘yinlari 

bo‘lgan.  Paleolit  davri  Boysun  tog‘idagi  Teshiktosh  g‘oridan  bundan  yuz 

ming  yil  burungi  pespertol  (o‘rta  paleolit)  odam  suyagining  topilishi, 

Samarqanddagi  Omonqo‘ton  qishlog‘idagi  g‘ordan  topilgan  tosh  qurollar, 

Surxondaryoning  Zarkent  kamarida  alvon  rangdagi  suratlar,  Xo‘jakent 

qishlog‘idagi  toshlarga  chizilgan  kiyik  hamda  ho‘kiz  tasviri  va  boshqa 

ko‘pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san’atga oid elementlar, 

jumladan,  bolalar  folklor  o‘yinlarining  eng  sodda  shoxobchalarga  ega 

ekanligidan  dalolat  beribgina  qolmay,  balki  uning  tug‘ilishi  bosqichlarini 

aniqlashga  ham  yordam  beradi.  Mazkur  suratlarda  ibtidoiy  kishilarning 

qadimgi  ovchiligi,  hayvonot  olami  va  tabiat  bilan  bog‘liq  marosimlari  aks 

etib, ov vaqtida  jonivorlar terisidan niqob kiyib  yurishlari, bir tomondan,  ov 

jarayonida  yovvoyi  hayvonlarni  hurkitib  yubormaslikni  ko‘zlasa,  ikkinchi 



jihatdan,  ularning  tushuncha  va  e’tiqodlarini  etnografik  hamda urf-odatlari, 

qadriyatlarini  ham  ifoda  etadi.  Farg‘onaning  Saymalitosh  tog‘i  g‘orlariga 

chizilgan  rasmlar  (eramizdan  oldingi  II–I  asrlar)  hayvon  terisini  yopinib, 

o‘yinga  tushayotgan  shikor  marosimlaridan  dalolat  beradi.  Hayvonlar 

to‘dasiga  yaqinlashish  uchun  ibtidoiy  odam  hayvon  yoki  qushlarga  aynan 

taqlid  qilish,  buning  uchun  esa  ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini, 

yurishturishlarini,  o‘t-o‘lanlar  bilan  oziqlanishlarini,  bir-birlari  bilan 

olishishlarini, hurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham o‘rganishga to‘g‘ri 

kelardi.  Nihoyat,  yovvoyi  hayvonlarni  ov  qilish  shart-sharoiti  odamning 

chaqqon  va  abjir,  jasur  va  toliqmas  bo‘lishini,  buning  uchun  doim  tinimsiz 

shug‘ullana  borishini  talab  qilardi.  Bularning  hammasini  o‘z  navbatida 

ibtidoiy  odamda  jismoniy-ritmik  yoki  tabiat  hodisalariga  taqlid  qiluvchi 

pantomima  harakat  va  o‘yinlar,  qahramonlik  raqslarining  tug‘ilishiga  olib 

kelar edi. Tog‘ 

qoyalari  va  g‘orlarda  chizilgan  suratlardagi  o‘yin  tasviri  mazmun-ma’no  va 

shakl-shamoyil  jihatdan  turli  xarakterga  ega.  Ayrimlari  ov  va  mehnat 

jarayonini,  ba’zilari  esa  tabiat  hodisalariga  taqlid  shaklida,  boshqalari 

jangovarlikni, afsungarlikni, imo-ishora va pontomima san’atini eslatadi. 

Dastlabki  paytlarda  shovqinli  betartib  o‘yinlar  bora-bora  musiqaviy 

ohang  pantomima  hamda  plastik  harakatlar  orqali  amalga  oshirila 

boshlangan  keyingi  davrlarda,  bunday  etnografik  talqindagi  o‘yinlar  turli 

shakllarga  ko‘chib  «Ayiq  o‘yini»,  «Dev  o‘yini»,  «Maymun  o‘yini»,  so‘ngra 

«Pishiq  o‘yin»,  «Ot  o‘yini»,  «Yumronqoziq  o‘yini»,  «Echki  o‘yini»,  «Bo‘ri 

o‘yini»,  «Kaltak  o‘yini»,  «Burgut  o‘yini»,  «It  o‘yini  (irillatar  o‘yini)»,  «Quyon 

o‘yini»,  «Tulki  o‘yini»,  «Jak-jaku  o‘yini»  kabi  ko‘pgina  o‘yinlar, 

pantomimalari  avloddan  avlodga  o‘tib  kelayotgani  ma’lum.  Ular  bevosita 

yoxud  bilvosita  bolalar  folklor  o‘yinlariga  aloqadordir.  Shu  tariqa  «o‘yin» 

so‘zi  turkiy  xalqlarning  o‘ynamoq  so‘zi  bilan  bog‘liq  holda  (uy,  aql,  hikmat 

ma’nolarini  beradi).  Aql  fahmni,harakat  va  imo-ishoralar  vositasida  ifoda 

etmoqlik esa o‘yinlarning dunyoga kelishida muhimdir. 

O‘zbek  an’anaviy  bolalar  folklor  o‘yinlarining  mavzu  qamrovi  va  ijro 

uslublari  juda  keng.  Ijtimoiy  hayot,  kishilar  munosabatlarining  biron-bir 

jabhasi  yo‘qki,  ular  o‘yinlar  nazariga  tushmagan  bo‘lsin.  Xalqimizning 

dehqonchilik,  chorvachilik,  bog‘dorchilik,  polizchilik  madaniyati  deysizmi, 

kasb-hunar  va  ilm-bilim  sohasi  deysizmi,  falsafiy,  estetik,  axloqiy  yoxud 

ta’lim-tarbiya, axloq-odob bobidagi qarashlari deysizmi – barchasi an’anaviy 

o‘yinlarga mavzudir. Xususan, o‘zbek bolalar folklor o‘yinlari boshdan-oyoq 

ma’naviy,  ma’rifiy  va  axloqiy  tushunchalar  bilan  yo‘g‘rilgan.  Xalqimizning 

ming-ming  yillarda  bosib  o‘tgan  tarixiy  yo‘lida,  tajriba-sinovlardan  qayta-

qayta o‘tib, yaxlit va mukammal holga kelib, bizgacha yetib kelgan bolalar 

folklor o‘yinlarining mazmun yo‘nalishiga qarab quyidagicha turlarga bo‘lish 

mumkin: 


1.  Mavsumiy  bolalar  folklor  o‘yinlari:  ilk  bahor,  yoz,  kuz,  qish 

mavsumlarida o‘ynaladigan folklor o‘yinlar. 




2. Marosim bolalar folklor o‘yinlari: rasm-rusumlar, odatlar, marosimlar, 

an’anaviy bayramlarda o‘ynaladigan o‘yinlar. 

3.  Mehnat  bilan  bog‘liq  bolalar  folklor  o‘yinlari:  «Yerni  tobiga  keltirish, 

haydash»,  «Ekin  ekish»,  «Qovun-qovun»,  «O‘rik  qoqish»,  «Qovun  sayli», 

«Yanchiq»,  «Xo‘sh-xo‘sh»,  «Churey-churey»,  «Sigir  sog‘di»,  «Tuya 

qaytarish», «Ot sug‘orish» va boshqalar. 

4. Oilaviy-maishiy bolalar folklor o‘yinlari: «Mehmonmehmon », «Kelin 

tushirish»,  «Kelin-kuyov»,  «Ona-bola»,  «Ovqat  pishirish»,  «Uy  jihozlash», 

«Qo‘g‘irchoq  o‘yini»,  «Non  yopish»,  «Er-xotin»,  «Alla-alla»,  «Beshik 

bezash», «Beshikka belash» va boshqalar. 

5. Jismoniy harakatli bolalar folklor o‘yinlari: «Quvlashmachoq », «Kes-

kes»,  «Ko‘rpa  yopildi»,  «Ziyrak»,  «G‘ozg‘  oz»,  «Koptokni  quvib  yet»,  «Oq 

suyak»,  «To‘p-tosh»,  «Sinish»,  «Chiqildo»,  «Chopish»,  «Zuv-zuv»,  «Oq 

terakmiko‘k  terak»,  «Eshak  mindi»,  «Lanka»,  «Ot  o‘yini»,  «Qiz  quvdi»  va 

boshqalar. 

6.  Mantiqiy  bolalar  folklor  o‘yinlari:  tez  aytishlar,  topishmoqni  topish 

o‘yinlari,  aytishuvlar,  savol-javoblar,  o‘ylab  top,  xotirani  tiklash  o‘yinlari, 

chamalashlar va boshqalar. 

7. Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog‘liq bolalar folklor o‘yinlari. 

8. Ermak bolalar folklor o‘yinlari. 

9. Musiqa o‘yinlari. 

Xalq  o‘yinlari,  jumladan,  bolalar  folklor  o‘yinlari,  eng  qadim 

zamonlardan  boshlab  xalq  hayoti  tarzini,  ma’naviyma’rifiy,  jismoniy 

tayyorgarligini,  estetik  dunyoqarashini  mujassamlashtirgan  holda  shu 

kungacha  rivojlanib,  mazmunmaqsadiga  ko‘ra  teranlashib  bizga  yetib 

kelgandir.  Boshqa  san’at  turlaridan  farqli  o‘laroq,  o‘yinlarda  xalq  ruhiyati, 

psixologiyasi,  koloriti  va  yosh  avlod  tarbiyasiga  bo‘lgan  munosabatida 

yorqin  aks  etadi.  Tarixiy  manbalarga  qaraganda,  kechki  paleolit  davrida 

(taxminan miloddan 40–41 ming yil ilgari) yer yuzining shimolida Hotemga 

oid «Ayiq bayramlari» bo‘lgan. Hotem – ayiqqa bag‘ishlangan afsonalardan 

bu bayram haqida ba’zi 

ma’lumotlarni topish mumkin (ularning birida ayiq odamlarni ofatdan saqlab 

qoladi,  buning  evaziga  qabilaning  eng  go‘zal  qizini  ayiqqa  turmushga 

berishadi.  Ular  o‘rtasidagi  to‘y  tasviridagi  «Ayiq  bayrami»ga  oid  ba’zi 

elementlarini  aniqlash  mumkin).  Shuni  eslab  o‘tish  kerakki,  «Ayiq 

bayramlarining  variantlari  va  elementlari  Sibir  xalqlarining  ba’zilarida  XX 

asrning boshlarida ham saqlangan va bunday bayramlarda ayiq obrazidagi 

kishi  bosh  qahramon  bo‘lib,  u  ayiq  xarakterini  qilib,  raqsga  tushib  yurgan. 

O‘rta Osiyoda esa «Ayiq o‘yini» (pantomimik raqs sifatida) keying vaqtlarda 

yetib kelgan. Hatto hozirgi kunda ham O‘zbekiston Respublikasi hududida 

va  shuningdek,  Turkiya,  Hindiston  va  Kavkaz  kabi  joylarning  ko‘chalarida 

ayiq o‘ynatib yurgan odamni, ya’ni ayiqchini ko‘rish mumkin. Ular odamlar 

gavjum  joylarda  kichik  tomosha  ko‘rsatib  yurishadi.  Balki  bu  qadimgi  ayiq 

o‘yinidan  bizgacha  yetib  kelgan  elementlarning  bir  ko‘rinishi  bo‘lishi  ham 

mumkin. 



Mehnat  taqsimotining  vujudga  kelishi  munosabati  bilan  qadimgi 

odamlarning  chorvachilik  va  dehqonchilikka  o‘tishi  (bu  jarayon  o‘rta 

Osiyoda  miloddan  oldingi  III  ming  yillik  oxiri  II  ming  yillik  boshlariga  to‘g‘ri 

keladi)  ana  shu  yangi  sohaga  oid  odat,  marosim  va  o‘yinlarni  vujudga 

keltira boshladi. 

Ma’lumki,  dehqonlarning  hayotida  eng  quvonchli  voqea  bu  hosilni 

yig‘ish  va  yangi  noz-ne’matlarni  totib  ko‘rish  jarayoni  bo‘lgan.  Yil  bo‘yi 

kutilgan bunday jarayon, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. 

Bunday  ko‘tarinki  kayfiyatni  harakatlarda  aks  ettirish  maqsadida  kishilar 

o‘yinlar va marosimlarni tashkil qilishgan, «Mehnat o‘yinlari» yaxshi kayfiyat 

bilan keng ma’noda aytilganda bayram ruhiyatini vujudga keltirgan. Bronza 

davrlaridan  boshlab  o‘troq  dehqonchilikning  vujudga  kelishi  va  uning  tez 

rivojlanishi  natijasida  bahorda  mehnat  mavsumiga  kirishish,  kuzda 

hosilning  yig‘ib  olish  yakuniga  bag‘ishlangan  bayramlar  va  o‘yinlar  shu 

tariqa  yuzaga  kelib,  ular  yillar  o‘tishi  bilan  an’anaga  aylana  boshlagan. 

Demak, insonning «birinchi kasbi» – ovchilik asosida – «Ovchilik o‘yinlari» 

vujudga kelgan bo‘lsa, uning dehqonchilikka o‘tishi va u bilan shug‘ullanishi 

natijasida  «Mehnat  o‘yinlari»  shakllanib,  yangi  mehnat  o‘yinlari  va 

bayramlari  uchun  zamin  yaratgan.  Abu  Rayhon  Beruniyning  «Qadimgi 

xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa Navro‘z 

bayrami  kunlarida  har  xil  musobaqalar  va  o‘yinlar  «Ko‘pkari»,  «Kurash», 

«Ekin  ekish»,  «Xo‘rozlar  jangi»,  poyga  bayramning  ko‘rki  sanalgan.  Shu 

bilan birga bedana, xo‘roz, qo‘chqor urishtirish o‘yinlari ham o‘tkazilgan. 

Shuning  uchun  xalq  o‘yinlarining  dastlabki  namunalari  insoniyat  ongi 

va  tafakkuri  bilan  bog‘liqdir.  Uning  paydo  bo‘lishida  o‘sha  davr  shart-

sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf-odat va 

marosimlari asosiy rol o‘ynagan. Avvalo oddiy og‘zaki bayonning dastlabki 

namunalari  paydo  bo‘lgan.  Ular  nihoyatda  soda  bo‘lib,  turli  xildagi  undov 

xitoblar  va  voqealarning  bayonidan  iborat  bo‘lgan.  Ov  jarayoni  hamda 

tafakkurning  rivojlanishi  voqea  va  hodisalar  talqinida  oddiy  bayondan 

obrazli tasvirlashga olib keldi. 

Eng qadimgi xalq o‘yinlari namunalari yozuv yuzaga kelmasdan ancha 

ilgari  paydo  bo‘lgan.  Ilk  xalq  o‘yinlari  asl  holda,  to‘laligicha  bizga  yetib 

kelmagan.  U  otadan-bolaga,  avloddan-avlodga  o‘tib,  har  bir  o‘yin  turli  xil 

ijtimoiyiqtisodiy  bosqichlarni  bosib  o‘tganligi  sababli  uning  shakli  va 

mazmunida  yangi-yangi  variantlari  yuzaga  kelgan.  Xalq  o‘yinlarining  eng 

qadimgi  namunalari  ba’zi  tarixiy  yodgorliklar,  ilmiy  asar  va  yodnomalar 

orqaligina bizgacha yetib kelgan. Eng qadimgi o‘yinlar jangnomalar, miflar, 

afsona  va  rivoyatlar,  qahramonlik  eposlari,  sanoqlar  va  raqslardan  tashkil 

topgan. 


Jahonga 

mashhur 


bo‘lgan 

olim, 


tibbiyot 

ilmining 

buyuk 

nomoyandalaridan  biri  Abu  Ali  ibn  Sino  tibbiyotda  jismoniy  mashqlarning 



roli katta ekanligini ilmiy asoslab, o‘sha vaqtlardayoq xalq milliy o‘yinlari va 

milliy kurash haqida qimmatli fikrlarni yozib qoldirgan. Masalan, u quyidagi 

o‘yinlarni: «Yoydan o‘q otish», «Kichik qurollar bilan chovgon o‘yinlari», «Bir 



oyoqda  sakrash»,  «Yuqoridagi  bir  narsaga  irg‘ib  osilish»,  «Nayza  otish», 

«Tosh  ko‘tarish»  va  shunga  o‘xshash  o‘yinlarni  yozib  qoldirgan.  Unga 

tevarakatrofidagi  shaxslar  sen  bilimdon  va  aqlli,  o‘zing  bolalarga  har  xil 

fanlardan  bilim  berasan-u,  yana  ular  bilan  o‘ynaysan,  deganlar,  Ibn  Sino 

bunday  tanqidiy  mulohazaga:  «Inson  hayotining  har  bir  davri  o‘zining 

go‘zalligiga ega. Bolalikning xususiyati esa o‘yin», deb javob bergan edi. 

XI  asrda  yashab,  ijod  etgan  Mahmud  Koshg‘ariy  «Devonu  lug‘otit 

turk», ya’ni turkiy so‘zlar devonini tuzib chiqdi, unda xalq o‘yinlarining 150 

ga yaqin turlari tilga olinadi va shundan 20 ga yaqin o‘yinlarga ta’rif beriladi. 

Olim o‘yin turlari, o‘yinlarning bola va kattalarning yosh xususiyatlariga 

nisbatan  taqsimoti,  mashg‘ulot,  musobaqa  turlarini  bayon  qiladi.  Mahmud 

Koshg‘ariy  bayonida  o‘yinlar  nafaqat  jismoniy,  balki  aqliy  mashg‘ulotlarga 

ham bo‘linadiki, ular diqqat bilan o‘rganilishga loyiq. 

Hozirda biz «Sport musobaqalari» deb qo‘llab  yurgan ibora,  Mahmud 

Koshg‘ariy devonida «bahs» atamasi bilan berilgan. Bunday «bahslar»ning 

turlari ko‘p bo‘lgan. Masalan, merganlikda bahs qilmoq, o‘q-yoy otib, qush 

va hayvonlarni ovlamoq, shuningdek, arqon taxtali sopqonlarda tosh otmoq 

bahsi.  Buni  «Oltin  qovoq»  o‘yini  deb  ataganlar.  Devonda  bunday 

bahslarning  qoida  va  shartlari,  xillari,  g‘oliblarga  beriladigan  sovrinlar, 

asbob-anjomlarning  nomlari  bayon  etilgan.  Ko‘rish  bahsi  ham  turlicha 

bo‘lgan,  chunonchi,  bog‘dodi,  chalish,  yeng  silkish,  bo‘yin  qaytarish,  baliq 

ovi, ovchilik bahslari shular jumlasidandir. 




Download 374,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish