Mavzu: Hamid Olimjon hayoti va ijodi



Download 402,34 Kb.
Sana27.09.2021
Hajmi402,34 Kb.
#186815
TuriReferat
Bog'liq
Hamid Olimjon


REFERAT

Mavzu:


Hamid Olimjon hayoti va ijodi

Bajardi: Abdufattoxov Bobur

Tekshirdi: Nizomova Gulshoda

Toshkent 2018y



Shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-1926) O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi. Hamid  Olimjon  talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. Hamid  Olimjonning   «Ko‘klam»   nomli ilk  she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar»   (1931),   «O’lim  yovga»   (1932),   «Poyga»   (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi. Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat qahramonligini tasvirlagan shoir 30-yillarda adabiyotimizda siyosiy lirikaning eng yaxshi namunalarini yaratdi. Hamid Olimjon poeziyasining lirik qahramoni — vatanparvar inson, «Vodiylarni yayov kezganda» o‘sha lirik qahramonga yangi turmush yaratuvchisi sifatida jahonga tanildi. Ana o‘sha lirik qahramon Ulug’ Vatan urushi yillarida «Jangchi Tursun» bo‘lib gavdalandi. O’zbekiston  Fanlar  akademiyasining muxbir  a’zosi (1943)    Hamid   Olimjon   o‘zbek   adabiyotpning   dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi. Hamid Olimjon A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, M. Gorkiy,   V.   Mayakovskiy,    A.   Serafimovich,     T.   Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarga tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi.O’zbek xalq og’zaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so‘z boshi bilan (1938) chop etildi. U Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxiriga O’zbekiston  Yozuvchilari uyushmasiga  rahbarlik    qildi. Hamid Olimjon o‘zining «Daryo kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937), «O’lka» (1939), «Baxt» (1940) to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul bilan Baxtiyor» (1937), «Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan novator shoir sifatida davrining ilg’or g’oyalarini tarannum etdi. Ulug’   Vatan   urushnning   olovli   yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo‘lib kelayotir. Uni «Jinoyat» dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari bilan bir qatorda   «Jangchi  Tursun»,   «Roksananing  ko‘z  yoshlari»   kabi qator balladalari ham yaratildi. Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko‘pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Shoir 1944 yilda avtomobil halokagiga uchrab vafot etgan. Uning nomi abadiylashtirilgan.




Download 402,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish