Mavzu: G’arb mamlakatlarida g’oyaviy qarshlarning takomil bosqichlari



Download 38,49 Kb.
Sana10.12.2019
Hajmi38,49 Kb.
#29367
Bog'liq
aaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

Mavzu: G’arb mamlakatlarida g’oyaviy qarshlarning takomil bosqichlari

ilk o’rta asrlar renessans davri.

Reja


1. G‘oya tushunchasi

2. Renessans davri

“G‘oya” tushunchasi malumki, inson o‘zinnig aql-zakovati iymon-e iqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.

Mafkura esa muayan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tuzilishidir.

Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va talimotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, tasirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g‘oya”, “mafkura”, “idea” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Idea va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Idea iborasi on yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, u ideologiya so‘zining o‘zagi bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma

osini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g‘oya, tushuncha, logia – talimot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi talimotni anglatadi va ikki xil ma

oda ishlatiladi:

- G‘oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi.

- Muayan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo‘lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g‘oya tevarak olamni o‘rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, sanat va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Malum ma

oda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o‘z g‘oyalari mavjud bo‘ladi.

Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

- Ilmiy g‘oyalar;

- Falsafiy g‘oyalar;

- Diniy g‘oyalar;

- Badiiy g‘oyalar;

- Ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar;

- Milliy g‘oyalar;

- Umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

Milliy g‘oya. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shunday ekan milliy g‘oyaning o‘zi nima?

Milliy g‘oya – millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g‘oya hisoblanadi.

Millat g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

U yoki bu g‘oyaning illiy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma

oda milliy g‘oya oxir oqibat ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdirligicha tasir qiladi. Shu ma

oda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo‘lgan g‘aolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g‘oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, “Manfaatli hamkorlik” g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o‘z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o‘zlarini tashkil etadigan,o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.

Har qanday mafkura muayan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo‘lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Malumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo‘ladi:

- odamlarni muayan g‘oyaga ishontirish;

- shu g‘oyani atrofida uyushtirish;

- kishilarni ma

aviy – ruxiy jihatdan rag‘batlantirish;

- g‘oyaviy tarbiyalash;

- g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

- harakat dasturi bo‘lish.

Malakatimiz uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‘tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.

regulativ kommunikativ

tarbiyaviy

bilish g‘oyaviy bandlik

normativ qadriyatli himoya

safarbar etish, yo‘naltirish

Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo‘shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o‘zining eng sevimli tulporini bizga inom qilmasa, yurtinigga urush elon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, dea buyruq qilibdi. Shu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so‘ng o‘sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo‘lida kanizagini ham xada qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “Shohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo‘shni podsho o‘sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “Yo‘q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo‘lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o‘tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug‘ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o‘zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to‘g‘ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko‘rinib turibdiki har bir qarichni ezozlash falsafasining ildizi mujassamdir.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sotsial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka davat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g‘oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag‘ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g‘oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.

Istiqlol g‘oyasining xalqimiz qalbiga yo‘l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo‘yiladigan asosiy maqsaddir. Shuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg‘or g‘oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko‘rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko‘rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O‘zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko‘p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog‘li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog‘liq. Prezident Islom Kariov takidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo‘lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.

Hozirgi paytda kimning g‘oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo‘lsa – o‘sha g‘alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o‘zida ifoda etadi, jamiyat azolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.

O‘zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko‘yning faroovnligini taminlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o‘z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml masuliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va ananalarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga davat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Shu bilan birga men milliy istiqlol g‘oyasi bugungi tez suratlar bilan o‘zgarayotgan tahlikali dunyoda o‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‘sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog‘i zarur, deb bilaman”Milliy g‘oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo‘llari aniqlanadi.

Shu ma

oda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiri – milliy istiqlol mafkurasinng asoosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk nemat, ya



i o‘z taqdiringni o‘zing belgilash, o‘z yurtingga egalik qilish, ajdodlar ananasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o‘zingga munosib o‘rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo‘lgan intilishini bo‘g‘ar eli, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo‘r berar edi. U mohiyatan g‘ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. Shu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bila milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixmiz chuqurroq o‘rganish, undan saboq olishga alohida e ibor berilishi bejiz emas. Chunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xo‘rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo‘lidagi ulug‘ ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo‘lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo‘lmaydi. Chunki mafkuraning falsafiy asoslari o‘z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug‘ilgan”Milliy mafkura o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mutahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-urt tinchligi, xalq faolvonligini taminlashni ko‘zda tutadi. Bunday ulug‘vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun masullikni his qilishn talab etadi. Erkinlik bo‘lmagan joyda masuliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqililk xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini xatto tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jaiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlashtiradi.

Mafkura jamiyatimizda ilg‘or g‘oyalar ustuvorlik qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar arng-barangligi (pluralizm)ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishiga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo‘llari mavjud bo‘lib, u turli g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi. G‘oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo‘ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida qad ko‘taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intellektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insonit ma

aviyatining ustuvor yo‘nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko‘proq ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lgan ilg‘or g‘oyalar ustunlik qiladi.

Yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‘usidan xoli bo‘lgan ma

aviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayot o‘rtaga qo‘yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma

aviyatli inson shaxsiy shakllantirishni talab etayapti. Milliy mafkura davr talablari va xususiyatlarini yaqqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez yetib boradi va hayot dasturi bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy mafkura o‘zida xalqimizning ezgu orzu-umidlari va hayotiy manfaatlarni ifoda etar ekan, bu maqsadlarga erishishning zarur sharti sifatida barkamol inson shaxsini shakllantirishga alohida e ibor beradi. Chunki ma

aviy barkamol kishilargina shaxsiy va umummilliy manfaatlar uyg‘unligini teran anglaydi. Vatan ozod bo‘lmasa, ashxs ozod bo‘la olmasligini tushunadi.

Mamlakatimiz talim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxisni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi.

Milily mafkura birinchi navbatda hayotga endigina qadam qo‘yatgan yosh avlodning hayotiga yangicha ma

o va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozitsiyani ashkllantirishga qaratilgandir. Chunki yoshlar faqat milliy g‘oya timsolidagina qaratilgandir. Chunki yoshlar faqat milliy g‘oya timsolidagina mamlaat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini taminlashning muhim vositasini ko‘radilar. Yoshlar tabiatan turli g‘oyalarga qiziquvchan va ularga tez beriluvchvn bo‘ladilar. Milliy istiqlol mafkurasi hali turmushning achchiq-chuchkligini tatib ko‘rmagan, hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan ana shu avlodni milliy manfaat va taraqqiyotimizga yot bo‘lgan soxta va buzg‘unchi g‘oyalar tajovuzidan himoya qiladi, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantiradi.

G‘oya safarbar etuvchi ulug‘vor fikr bo‘lsa, mafkura esa mana shunday ulug‘vor g‘oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g‘oyalr tizimidir.

Shunday ekan, millat jamiyatning parokanda bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisoiy islohotlar o‘z ahamitini yo‘qotadi, mustaqillik yo‘lida g‘ov bo‘ladi.

Mamlakatimizad olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli bizda ana shunday bo‘linishlarning oldi olindi. Bugungi kunda ana shu natijalarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy barqarorligini, fuqarolar va millatlararo totuvlikni saqlab qolish ham farz, ham qarzdir. Buning yo‘li esa bitta, u ham bo‘lsa jamiyatning barcha qatlamlari, har bir azosi uchun birday qadrli bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani ishlab chiqishdir.

G‘oyalar to‘g‘risidagi bilimlarga insoniyat tarixiing eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e ibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G‘arb mamlakatlarida “idea” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Idea” grek tilidagi “idea” so‘zidan olingan bo‘lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko‘rinish” degan ma

olarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma

olarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to‘g‘risidagi talimotini asolar ekan, g‘oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni obyektiv reallik sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo‘linmas zarra – atomlarni idealar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, idea – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.

Ko‘pgina mutaxassislarning fikricha, qadimgi dunyoda g‘oya va mafkura tushunchalari qariyb bir xil ma

oda ishlatilgan. Bunda asosan ushbu tushunchalarning inson dunyoqarashi va e iqodini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatiga ko‘proq e ibor berilgan. Masalan, hozirgi dinshunoslikda dining ilk shakllari deb talqin qilinadigan “animizm”, “totemizm”, “fetishizm” kabi oqimlar talqini misolida bu hol yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ularning har biri muayan g‘oyaga ishonch va e iqod hamda ularni bir qadam mutlaqlashtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular o‘z davrida yoki qabilani, el yoki elatni birlashtirish, ularning dunyoqarashini ma

aviy tartibga solish va muvofiqlashtirish uchun mezon bo‘lib xizmat qilgan. Aynan ana shu ma



odagina ularni mafkura vazifasini bajargan a iqod shakllari deyish mumkin.

Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy OsiyoEronXitoy (9-12 va 15-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilmfan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmip, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFargʻonip, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", "Qirq vazir", "Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot" kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning tasvirlanishidir.

Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, "ishroq" falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.

Tafakkurdagi ikki: akliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yoʻnalish namoyandalari zohiran oʻzaro kelishmay kelgan boʻlsalarda, amalda Yevropa Uygʻonish davrida boʻlganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) gʻuboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.

Sharq Uygʻonish davri vakillari oʻz xalklarining ked. madaniyat bilan birga, yunon vahind xalklari merosidan ham foqdalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8—9-asrlarda arab tiliga tarjima qshshndi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham oʻz ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn alArabiyga taʼsir etib, "vahdatul vujud" falsafasiga turtki berdi. Biroqyunonlar koʻp fikrlarni qad. osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati; Abu Rayhon Beruniyning "Kitob attafhim li avoil sinoat attanjim" asari qoʻlyozmasi (13a).yuksalishga shaylangan xalq oʻz madaniyati va oʻzigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni oʻzlashtirib, yana yuksaklikka koʻtariladi.

Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, "xazinat ulhikma", "dor ululum"larda tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obroʻeʼtibori yuksak qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon ya.o. da bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning "Tib qonunlari", "AshShifo", Forobiyning "Ilmlar tasnifi", Ahmad Fargʻoniyning "Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi", Muxammad Muso Xorazmiyning "Aljabr val muqobila", Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. "Tib krnunlari" 7 asr mobaynida Yevropa untlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd goyalari Italiya, Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd — Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats, Abu Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan. "Oʻsha paytda (13—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida musulmonlar ilm charogʻini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon — rumo — arab urugʻidan unib chiqqandir" (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. "Sharkliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar" (Gegel).

Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, qarbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. "Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar" (G. Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante "Bazm", "Ilohiy komediya" asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning "Buyuk Temur" dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.

Musiqada ham Uygʻonish davri jarayoniga xos yuksalish dastlab Sharkda yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qad. anʼanalari arab, hind va fors musiqiy meros asarlari, cholgʻulari bilan oʻzaro taʼsir jarayonlari natijasida yanada boyib qaytadan jonlandi. Zero, Forobiy va uning izdoshi Ibn Sino musikaning nazariy, falsafiy va estetik masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy taʼlimotni yaratishgan. Xususan, Yaqin va Oʻrta Sharq xalklari musiqa amaliyotiga tayangan holda, kuy va usullar, qoʻllaniladigan sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida mushtaraklik mavjudligini isbotlashgan. Forobiyning "Kitob ul musiqa alkabir" ("Musiqaga doyr katta kitob") va, ayniqsa, Ibn Sinoning "Javomeʼ ilm ulmusiqi" ("Musiqaga oid ilmlar toʻplami") kabi asarlarida yunon olimlari (Pifagor, Aristoksen va boshqalar)ning qarashlari boyitilib, tovushlar balandpastligi munosabatlari matematik uslubda ifodalangan. Shuningdek, sof tovushqator tizimi, undan oʻrin olgan budlarning muloyimat va munofirat tasnifoti, iyqo nazariyasi ilk bor asoslab berilgan. 12—13-asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini namoyish etgan Oʻn ikki maqom tizimi yuzaga keldi. Amir Temur (14 a.) va Temuriylar (15—16-asrlar) musiqaning barcha jabhalarida yangi Uygʻonish davri yuzaga kelishini taʼminlab berishdi. Turli mamlakatlardan Samarqand, Buxoro kabi markazlarga keltirilgan sanʼatkorlar — bastakorlik, musiqa ijrochiligi va musiqashunoslik jadal rivojlanishiga hissa koʻshishgan. Mazkur sohalarda nainki muayyan kasb egalari, balki oʻzga badiiy ijod sohiblari, xususan, Mirzo Ulugʻbek, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Boburlar ham nom chiqarishgan. Bu davrda mahalliy maqom ijodiyoti va ijrochiligi yuksaldi, ogʻzaki anʼanadagi musiqaning boshqa rivojlangan shakllari (doston, ashula, cholgʻu kuy va boshqalar) keng oʻrin egallab, oʻzlarining yuqori pallalariga koʻtarildi. Ayni shu jarayon keyinchalik Buxoro Shashmakrmi, Xorazm maqomlari va Fargʻona — Toshkent makom yoʻllari, katta ashulalar shakllanishiga olib keldi.

Yevropa musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan ilgʻor yoʻnalish — "Are nova" namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F. Landino va boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk professional vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni ijod qilishdi, sheʼriy matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin tuzilishdagi kuylar yaratishdi. Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki mustaqil shakl va janrlari (richerkar, prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi, ayniqsa lyutnya, klavesin va klavikord musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va musiqa nazariyotchilarining antik davr badiiy merosiga qiziqishi tufayli yangi janrlar (mas, yunon tragediyasini "tiklash" jarayonida — opera), koʻp ovozli musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi, keyinchalik gomofoniya uslubi k,aror topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh qilindi, notalar chop etilishi joriy etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi (Tinktoris, J. Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda yangi milliy va mahalliy kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y. Okegem, J. Depre), fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar), ingliz (Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim (Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining pirovardida Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq mavzu va obrazlariga qiziqish kuchayib, ingliz G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan. Bular anʼanasi keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni bosh qahramon sifatida gavdalantirgan Italiya (A. va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman va boshqalar) mualliflarining operalarida teranlashgan.

Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega, Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr binolari qurildi.

Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish borasida xam muayyan yutuqlarga erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli boʻldi. Ulkan binolar, gʻoyat katta gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar qurildi, ayniqsa, florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan unumli foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari, mahalliy qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans meʼmorligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor kuchaydi, meʼmorlik mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi tarhi va tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada shakllangan yuksak Uygʻonish davrining mumtoz uslubi Rimaa, keyinroq Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental sanʼat) yaratilishiga sabab boʻldi. Yirik meʼmoriy ansambllar vujudga keldi, "ideal" shaharlarning loyihalari yaratildi.

Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining buyuk meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta gumbazli bino qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali gumbazli SantaMariya del Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy kompozitsiyalarini ilmiy nazariy bayon qilgan "Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob" asari bilan nazariyotchi olim sifatida namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin yaratildi. Yuksak Uygʻonish davri ning asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va rivojlandi, davrning insonparvarlik gʻoyalari ulugʻvor va hashamatli meʼmoriy kompozitsiyalarda oʻz ifodasini topdi. Amaliyotda antik meʼmoriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila boshlandi, meʼmoriy uslublar birlashtirilib yagona milliy meʼmorlik uslubi shakllandi. D. Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqa murakkab meʼmoriy majmualarida yuksak mahorat, boy ilm va nazariy fikr, oʻtkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining goʻzalligi, nisbat va shakllar oʻyinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-barangligi insonga zavq bagʻishlaydigan meʼmoriy makonni yaratdilar.

Soʻnggi Uygʻonish davrida yirik meʼmoriy inshootlar oʻrnini xususiy buyurtmalar kengroq egalladi. Villa, palatsso qurilishi sohasida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi. Bogʻpark meʼmorlik uslubi (bogʻ tuzish sanʼati) shakllandi. Pastbalandlikka ega boʻlgan maydonda bogʻ yaratish muhim ahamiyat kasb etdi: pastbalandliklar birbiri bilan murakkab zinalar orqali bogʻlandi, tepalik va qiyaliklar turli bezak qurilmalar (gʻor, suv kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali oʻsimliklar bilan bezatildi. Asosiy yoʻl, qolgan yoʻlka va zinalar darvozaga yoʻnaltirilgan boʻlib, kompozitsiyaning tugal boʻlishini taʼminlagan. Meʼmoriy nazariy masalalarga eʼtibor ortdi. Bunyod etilayotgan binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy asarlar yaratildi. 16-asr oʻrtalaridan Italiyada maxsus oʻquv yurtlari, akademiyalar tuzildi va ularda meʼmorlikka oid taʼlim berilishi muhim voqea boʻldi. Bu esa Yevropa meʼmorligining keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi, meʼmoriy klassitsizm tamoyillarining shakllanishida muhim rol oʻynadi.

Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda "shimoliy" deb nomlangan) 15-asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim hodisalarni amaliy yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada Uygʻonish davri meʼmorligi soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi (Antverpendagi ratusha, 1561—65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr oʻrtalarida Fransiyada antik davrga hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga asoslangan oʻziga xos meʼmoriy uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori T. va D. Surdo, P. Nevo va boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish davri meʼmorligi oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder yozgi saroyi, 1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar).

Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k. hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi, haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining "oltin asri" hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi.



Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻarbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus, keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr 2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon boʻldi. Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy xususiyatga ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina va boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi Uygʻonish davri rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi tarqaldi (rassom F. Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar). Uygʻonish davriga xos xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham namoyon boʻldi. Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir. Uygʻonish davrining koʻp gʻoyalarini 18-asr maʼrifatparvarlik vakillari meros qilib oldi. Uygʻonish davri ijodkorlarining ilmiy va adabiy asarlari hozirda ham maʼnaviyatimiz yuksalishiga xizmat qilib kelmoqda..
Download 38,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish