Mavzu. Frazeologiya haqida



Download 23,04 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2021
Hajmi23,04 Kb.
#70526
  1   2   3
Bog'liq
Tilshunoslik nazaryasi(1)


Mavzu. Frazeologiya haqida.

Reja.


1.Frazeologiya atamasi.

2.Frazeologizimning semantik strukturasi.



3.Frazeologizimlarda semantik munosabat.

Frazeologiya [ yun.phrasis- ifoda, ibora va ..logiya ]-1] tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini [Frazeologizm ]uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo’limi ; 2]muayyan tildagi frazeologizimlar majmui. Tilshunoslik bo’limi sifatidagi Frazeologiyaning asosiy diqqat e’tibori frazeologizimlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o’rganishga , shuningdek ,frazeologizimlarning nutqda qo’llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi.Frazeogiyaning eng muhim muammosi frazeologizimlarni nutqda hosil qilinadigan [ya’ni avvaldan tayyor bo’lmagan ] so’z birikmalarida farqlab ajratib olish va shu asosda frazeologizimlarning belgilarini aniqlashdir.Idiomafrazeologiyalar ,frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar [maqol va matallar , gapga teng boshqa frazeologizimlar ] o’rtasidagi muayyan tafovutlarga qarab ko’plab tadqiqotchilar frazeologizimlarni 2 xil tor va keng ma’noda tushunadilar.Uni keng ma’noda tushunilganda ,frazeologiya doirasiga maqol va mattallar ,folklorga xos barqaror jumlalar ba’zi muloqot shakllari [salomlashish ,xayirlashish jumlalari ] ham kiritiladi. Lekin bu masala ,ya’ni frazeologiyani keng ma’noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo’lib qolmoqda. Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari; frazeologik tarkibining izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizimning belgilik xususiyatini o’rganish ; frazeologizimlar omonimiyasi ,sinonimiyasi, antonimyasi ,polisemiyasi va variantdorlikini tavsiflash ; frazeologizimlar tarkibida qo’llanuvchi so’zlar va ular xos ma’nolarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash ; frazeologizimlar so’z turkumlari bilan o’zaro munosabatlarini oydinlashtirish ;ularning sintaktik rolini aniqlash ;frazeologik birliklar tarkibida so’zlarning yangi ma’nolari hosil bo’lishini o’rganish va boshqa .Frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish pirinsiplarini ,ularni o’rganish ,tasniflash va lug’atlarda tasniflash metodlarini ishlab chiqadi .Frazeologiyada ishlab chiqilgan o’ziga xos ,xilma xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha ;struktur semantik, grammatik ,vazifaviy uslubiy asoslarga ko’ra tasnif etiladi.Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi. Frazeologizim tilshunoslikning mustaqil tarmog’i sifatida 20-asrning 40-yillarda rus tilshunosligida paydo bo’lgan .Uning dastlabki shakillanishiga rus olimlari A .A Potebnya ,I .I . Sreznevskiy ,A .A .SHaxmatov asarlarida asos solingan bo’lsa ,barqaror [turg’un ] so’z birikmalarini alohida tilshunoslik bo’limi –Frazeologiyada o’rganish masalasi 20-40-yillaridagi o’quv metodik adabiyotlarda –Ye .D . Polivanov ,S .Abakumov , L . A .Bulaxovskiy asarlarida ko’tarib chiqilgan .G’arbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida F .tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida ajratilmaydi . O’zbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar o’tgan asrning 50- yillaridan boshlangan .SHu kungacha frazeologizimlar turli jihatlardan o’rganilgan [SH .Rahmatullayev ,B Yo’ldoshev ,A . Mamatov va boshqalar ],F bo’yicha bir necha lug’atlar tuzilgan [ SH .Rahmatullayev ,M . Sodiqova ],yozuvchilaridan Abdulla Qodiriy ,Abdulla Qahor ,Hamid Olimjon ,Oydin ,Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan .70-80-yillarda SamDU qoshida frazeologik to’plamlar chiqaruvchi markaz faoliyat ko’rsatgan . Frazeologizim ikki yoqlama lisoniy birlik bo’lib ,shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat . Frazeologizimning shakily tomonini so’z [leksema emas ]tashkil qiladi .Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir .Frazeologik ma’no o’ta murakkab tabiyatli bo’lsa ,boshqalari grammatik ma’noga ega ,xolos .Masalan ,mustaqil so’z turkimiga kiruvchi frazeologizim ; [burgaga achchiq qilib ,ko’rpaga o’t qo’ymoq ,tarvuzi qo’ltig’idan tushmoq ;ko’ngli bo’sh; xash pash deguncha ]denotative ma’noga ega bo’lsa turgan gap ,shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizimlar faqat grammatik vazifa bajaradi . Odatda ,frazeologizimning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi .Biroq xech qachon ular teng emas .CHunki frazeologizim ortiqcha bo’lib qolar edi .Misollar sifatida [yoqasini ushlamoq ] frazeologizim bilan [xayron bo’lmoq ]leksemasining ma’nolarini qiyoslab ko’raylik .Mazkur frazeologizim ’’kutilmagan tushunib bo’lmaydigan narsa yoki hodisadan o’ta darajada tasirlanib ,tajjublanmoq ’’bo’lsa , [xayron bo’lmoq ]leksemasi ’’kutilmagan ,tushunib bo’lmaydigan narsa yoki xodisadan tasirlanmoq ’’ega . Xar ikkala ma’ noda xam kishi ichki ruxiy xolati [denotat ]aks etgan .Biroq frazeologizim ma’nosida ’’o’ta darajada ’’va ’’so’zlashuv uslubiga xos ’’, ’’bo’yoqdor ,,semalariga egaligi bilan ,, xayron bo’lmoq ,, leksemasidan farqlanadi .Demak ,frazeologizimning ko’pincha , ifoda semalarida obrazlilik, bo’yoqdorlik bo’rtib turadi .Ummuman olganda ,frazeologik ma’no torroq va muyyanroq , leksema ma’nosi esa unga nisbatan kengroq va mavxumroq bo’ladi . Masalan ,[xayron bo’lmoq ]leksemasi umumuslubiy va bo’yoqsiz . SHuning o’ziyoq barcha uslubga qo’llanish imkoniga egaligini va turli ,, bo’yoqlar ,,bilan ishlatish mumkinligini ko’rsatadi . Ko’rinadiki ,frazeologizim va leksema bir narsa yoki xodisani atasa-da [atash semelari bir xil bo’lsada ], ifoda bo’yoqlari bilan keskin farqlanib turadi [ya’ni ifoda semalari turlichadir ]. Frazeologizim birdan ortiq mustaqil so’zdan tashkil topadi .Biroq uning ma’nosi tashkil etuvchi ma’nolarining oddiy yig’indisi emas . Masalan ,[qo’yniga qo’l solmoq ]frazeologizimning ma’nosi [ qo’yin ] ,[ qo’l ], [ solmoq ] leksemalari ma’nolari sintezi yoki qo’shiluvchi emas .Frazeologizimning ma’nosi tashkil etuvchi so’z to’la yoki qisman ko’chma ma’noda ishlatilishi natijasida xosil bo’ladi . M asalan , birovning fikrini bilishga urinish xarakati uning qo’ynini titkilab ,nimasi borligini bilishga intilish xarakatiga o’xshaydi . Natijada ,qo’yniga qo’l solmoq erkin birikmasi o’zidan anglashilgan mazmunga o’xshash bo’lgan boshqa bir mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizimga aylanadi .Yoki kishi qo’ltiqlab ketayotgan tarvuzni tushirib yuborsa ,qanday ahvolga tushadi . Biror narsadan ruxiy tushkunlikka tushgan odamning xolati shunga monand va erkin birikma frazeologizim moxiyatiga ega bo’lgan . Bu esa frazeologik ma’noning mantiqiyligidan dalolat beradi . Frazeologizim tarkibidagi ayrim so'zning ko’chma ma’noda ,boshqalarining o’z ma’nosida qo’llanilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin . Masalan ,[aqilni yemoq ],[ko’zini bo’yamoq ],[ko’zi ko’ziga tushdi ],[og’zi quloqida ],frazeologizimlarda [aql ], [ko’z ], [og’iz ],so’zlari o’z ma’nosida ,[yemoq ] ,[bo’yamoq ], [tushmoq ],[qulog’ida ]so’zlari ko’chma ma’noda . Ba’zan xarakat –xolatning natijasini ifodalovchi qurilma frazeologizimga aylanadi .Masalan ,kishi afsuslanishi natijasida barmog’ini tishlab qolishi mumkin . SHuning uchun barmog’ini tishlab qolmoq qurilmasi frazeologik qiymat kasb etgan .Tishini –tishiga qo’ymoq , tepa sochi tikka bo’lmoq ,labiga uchuq toshmoq iboralari ham shular jumlasidandir . Ayrim frazeologizim turli diniy aqida , tushuncha ,rivoyat ,asosida ham shakllanadi; 1. Uning eriga mening ko’zim tekkan emish .[I .Rahim ] 2. Hammani qo’yib , sizning soldat o’g’lingizga tegaman deb ko’zim uchib turibdimi? [M .Muxam ] 3. ,,Jabirdiyda ,,ning ham guvohlarining ham dumi xurjunida gaplari shunday savollar berilishini talab etardi .[ M .Ism ] Frazeologizim ,asosan ,bir ma’nolidir . Ammo polesemantiklik frazeologizimda ham uchrab turadi .Masalan ,[aqli yetadi ]frazeologizimi ,,idrok qilmoq ,, ’’ishonch xosil qimoq ,,ma’nosiga [bo’yniga qo’ymoq] iborasi 3 ta - ,,aybni birovga to’nkamoq ’’, ’’isbotlab e’tirof qildirmoq ’’, ,,biror ishni bajarishni birovning zimmasiga yuklamoq,, ma’nolariga ,[qo’lga olmoq ] iborasi esa 4 ta -,, o’z ixtiyoriga o’tkazmoq” ,”qo’qisdan hujum qilib bosib olmoq “, “qamash maqsadidi tutmoq “ , “ biror yo’l bilan o’z xohishiga bo’ysunadigan qilmoq “ ma’nolariga ega . Frazeologik polisemiyada barcha ma’no ko’chma bo’lganligi bois ularni bosh va xosila ma’nolarga ajratish qiyin . Frazeologizimlarda semantik munosabat . Leksikada bo’lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy –semantik munosabat amal qiladi . Frazeologik sinonimiya .

Frazeologik anatomiya .

Frazeologik omonimiya .


Download 23,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish