Mavzu: elеktrоlitlarning eritmаlаri reja


Dissotsilangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining umumiy soniga nisbati dissotsilanish darajasi deb ataladi



Download 45.5 Kb.
bet2/3
Sana28.08.2021
Hajmi45.5 Kb.
1   2   3
Dissotsilangan molekulalar sonining erigan modda molekulalarining umumiy soniga nisbati dissotsilanish darajasi deb ataladi. Eritmalar suyultirilganda uning qiymati ortadi va to’la dissotsilanganda birga yoki 100% ga teng bo’ladi.

Elektrolit ionlari konsentratsiyalari ko’paytmasining ularning dissotsialanmagan molekulalar konsentratsiyasiga nisbati dissotsialanish doimiysi deb ataladi. Masalan, muvozanat uchun

NH4OHNH4+ + OH- K=C · COH- /C (61.1)

Suyultirilgan eritmalarning dissotsilanish darajasi  bilan dissotsilanish doimiysi k quyidagi tenglama ko’rinishida bog’langan:

(61.2),

(61.2) bunda C-elektrolit konsentratsiyasi.

Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi kislota, asos, tuz eritmalarining nima uchun Vant-Goff qonuniga bo’ysunmasligini tushuntirish imkonini beradi. Eritmalarning osmotik bosimi, shuningdek, gazlarning bosimi hajm birligidagi zarrachalar soniga bog’liq. Agar elektrolit eritmaning tajribada aniqlangan osmotik bosimi Vant-Goff qonuni bo’yicha hisoblangan bosimdan katta bo’lsa, u holda bu eritmaning hajm birligidagi zarrachalar soni uning molyar konsentratsiyasidan katta bo’ladi. Faqat molekulalarning bir qismi dissotsilangandagina zarrachalar soni ortishi mumkin. Arrenius dissotsilanish darajasi izotonik koeffitsiyent bilan quyidagicha bog’langanligini ko’rsatadi.

(61.3)

bunda n-bir molekula dissotsiyalanganda hosil bo’lgan ionlar soni, i-izotonik koeffitsiyent.

Dissotsiyalanish nazariyasi boshqa hodisa va jarayonlarni ham ilmiy asosda izohlab berdi. Arrenius nazariyasiga asosan, ion reaksiyalarning borish mexanizmini, bufer eritmalar ta’sirini, zinasimon dissotsialanishini, eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini, indikatorlarning ta’sir prinsipini, tuzlar gidrolizini, shuningdek «kislota» va «asos» tushunchalarini to’la mohiyatlari ochib berildi. Biroq, bu nazariya ilmiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lish bilan bir qatorda ma’lum kamchiliklardan ham holi emas. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasini tajribada tekshirish natijasida bu nazariyani ko’pgina elektrolit eritmalarga tadbiq qilib bo’lmasligi aniqlandi va bunday elektrolitlar kuchli elektrolitlar deb nomlanadi. Arrenius nazariyasiga ko’ra tajribada olingan natijalar o’rinli bo’lgan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. Elektrolitlarning bunday bo’linishi shartli bo’lib, ma’lumki elektrolitning holati erituvchi tabiatiga bog’liqdir. Masalan, natriy xlorid suvda kuchli elektrolit, atsetonda esa kuchsiz elektrolit xossasiga ega bo’ladi.

Suvda ko’pgina tuzlar va noorganik kislotalar, ishqorlar kuchli elektrolit xossasini namoyon qiladi.

Keyingi izlanishlar asosida quyidagi ikki holat o’rinli bo’lgan kuchli elektrolitik eritmalar nazariyasini ishlab chiqishga olib keldi: 1) kuchli elektrolit eritmalarda ihtiyoriy konsentratsiyada faqat ionlar ko’rinishida mavjud bo’ladi; 2) ionlar eritmalarda bir-birlari bilan elektrostatik ta’sirda bo’ladilar.

Ionlar orasidagi tortishish va itarishishlar eritmalarning osmotik bosimi, muzlash temperaturasining pasayishi, elektr o’tkazuvchanlik, ionlarning reaksiyaga kirishish qobiliyatlari kabi xususiyatlarining mohiyatlarini anglab yetish imkonini beradi. Bu eritmadagi elektrostatik o’zaro ta’sirlashuvchi ionlar soni, ularning molekulalari to’la dissotsialangandagi ionlar sonidan kichik bo’lishi bilan tushuntiriladi.


Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat