Mavzu: Ekinlarni sug’orish usullari va texnikasi Reja: Kirish Asosiy qism



Download 2.73 Mb.
bet4/5
Sana27.09.2021
Hajmi2.73 Mb.
1   2   3   4   5
1.3.Yomg’irlatib sug’orish
Yomg’irlatib sug’orish - suvni tuproq yuzi (satxi) va o’simlikka maxsus mashina, qurilma va agregatlar yordamida sun’iy yomg’ir shaklida yetkazib berish hisoblanadi. Yomg’irlatib sug’orishni qo’llash orqali qishloq xo’jalik ekini talabidan kelib chiqqan xolda suvni berish natijasida o’simlik faol qatlamida maqbul namlik yaratiladi. Buning oqibatida o’simlik uchun zarur bo’lgan suv-xavo-zuqa va tuz tartiboti muvozanati ushlab turiladi.


Suv resurslari tanqis bo’lgan bir paytda, suv resurslarini tejab foydalanish eng asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun xam joylarda fermer dexqonlarga mutaxassislar tomondan qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda suv tejash usullaridan foydalanish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmokda. Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan fermer xo’jaliklarida tomchilatib sug’orish qurilmalarini qo’llash orqali hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lgan suv tanqisligi vaqtida dalzarb muammoni ozgina bo’lsa xam yechish mumkin. Yomg’irlatib sug’orish uskunalari asosan gumid mintaqalarda o’proq qo’llanilmoqda va yuqori natijaga erishilmoqda.

O’zbekiston respublikasi arid mintaqaga mansubdir, ya’ni yog’ingarchilik miqdori qam miqdorda bo’ladi va bug’lanish yuqori darajada bo’ladi. Tomchilatib sug’orish usulini qo’llash orqali fermerlarning daromadi oshadi.

Xozirgi kunda suv tanqis bo’lgan bir paytda sug’orishda yangi texnologiyalar(tomchilatib sug’orish)ni ishlab chiqarishga joriy qilish katta axamiyatga ega.

Buning uchun kuyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:

Suv sifatini e’tiborga olish;

Tomchilatib sug’orish uskunasini ishlatish, ekspluatatsiya qilish bo’yicha joylarda mutaxassislar tayyorlashni yo’lga qo’yish;

Sug’orishda sug’orish rejimiga amal qilish; Sug’orish kanallarini yaxshi ishlashini ta’minlash;

Kanallarni kerakli inshootlar (suv o’lchash, taqsimlash va boshqalar) bilan ta’minlash;

Femerlarni yerga va suvga bo’lgan munosabatini kuchaytirish;

Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

Suv resurslaridan foydalanishda suv inshootlaridan samarali foydalanish; Limit asosida suv resurslaridan foydalanish;

Suv o’lchagich asboblaridan foydalanish;

Ortiqcha sug’orish ishlarini kamaytirish;

Suvchilarni moddiy manfaatdorligini oshirish, ish xaqini o’z vaqtida berib borishni ta’minlash va boshqalar.



Yomg’irlatib sug’orish usulining quyidagi afzalliklari mavjud, bular:



  • Sug’orish me’yorini kamaytirish yoki ko’paytirish orqali tuproqning namlanish chuqurligini o’zgartirish (ekin talabidan kelib chiqqan xolda).

  • Havoning yer usti qatlamidagi nisbiy namligini oshirish.

  • Nisbiy namlikni oshirish orqali havo haroratini pasaytirish.

  • Ekinlarni sovuq urmasligini ta’minlashi.

  • Suvni dala bo’ylab bir tekisda taqsimlanishi (sug’oriladigan yer relefiga talab qo’yilmasligi).

  • Sug’orish egatlari va o’q ariqlarni qurishga zaruriyatning yo’qligi.

  • Sug’orish suvi bilan mineral o’g’itlarni berish mumkinligi.

  • Suv tejamkor ishlatilishi.

  • Erdan foydalanishning yuqoriligi.

  • Suvdan foydalanish samaradorligining oshishi va boshqalar.

  • Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari.




Xulosa
Zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarning afzalliklari Ekinlarni sug’orishda suv tejovchi istiqbolli usullarni qo’llashda yomg’irlatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori 20-25 % gacha kamayadi, yer ostidan sug’orishda dalaga suv berish miqdori 25-30 % gacha kamayadi, tomchilatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori odatdagidan 35-65 % gacha kamayadi, egat olinmaydi.

Mamlakatimizda suvdan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har yili 5 ming kilometrdan ortiq sug‘orish, 12 ming kilometr kollektor-drenaj, 50 ming kilometr ariq tarmoqlari tozalanmoqda. 200 kilometrdan ziyod kanallar, 530 kilometr lotok va kollektor tarmoqlari, 400 dan ortiq gidrotexnik inshootlar va boshqa ko‘plab obyektlar rekonstruksiya qilinmoqda va qurilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2013-2017-yillarda 25 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda plyonka to‘shab sug‘orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda o‘qariqlar o‘rniga egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish usullari joriy etilishi belgilangan.

Hozirga qadar 10,8 ming gektarda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilindi.

Sug‘orish tarmoqlarida suvning texnik yo‘qotilishi va filtratsiyasi kamayishiga erishilmoqda.

Tomchilatib sug‘orish tizimini barpo etish uchun suv nasosi, filtr hovuz-tindirgich, o‘g‘itlovchi moslama, magistral va tarqatuvchi quvurlar, sug‘orish shlanglari hamda yordamchi qismlarning aksariyati yurtimizda ishlab chiqarilmoqda.



2014-yil Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga asosan yuridik shaxslar yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug‘orishdan foydalanayotgan bo‘lsa, o‘sha maydon uchun tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod etildi.


Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat