Mavzu: Ekinlarni sug’orish usullari va texnikasi Reja: Kirish Asosiy qism



Download 2.73 Mb.
bet3/5
Sana27.09.2021
Hajmi2.73 Mb.
1   2   3   4   5
Tomchilatib sug’orish

Respublikadamizda sug’orish suvlari taqchilligi sharoitida ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda suv resurslarini tejovchi texnologiyalar qo’llash eng muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Suvni tejash texnologiyalaridan tomchilatib sug’orish usuli xozirgi kunda eng maqbul sug’orish usullaridan biri bo’lib qolmoqda.

Dala sharoitida xar bir tomchi suvni tejash, ekinlarga kerakli miqdorda va o’z vaktida, dalada suv yo’qotishini oldini olish, ya’ni suv yo’qotilishini kamaytirish bo’yicha yechimlar qo’llash va suvning har tomchisidan ko’proq hosil olish imkonini yaratishdan iborat.

Mamlakatimizda yumshoq quvurlar hamda tomchilatib sug’orish tizimini izchil joriy etish, buning uchun zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jaligi sohasini isloh etish bo’yicha tegishli davlat dasturlarida belgilangan muhim vazifalardan biridir.

Mamlakatimizda sug’orish suvlaridan tejamli foydalanish tizimini izchil joriy etish, buning uchun zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jaligi sohasini isloh etish bo’yicha tegishli davlat dasturlarida belgilangan muhim vazifalardan biridir. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad tuproq unumdorligini tubdan oshirish, xar bir tomchi suvdan samarali foydalanish, shular oqibatida qishloq xo’jalik ekinlaridan, jumladan bog’dorchilik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishdan iborat.

Tomchilatib sug’orish o’simlikning ildiz qatlami ustiga o’simlikning suvga bo’lgan talabini hisobga olgan holda, suvni kerakli hajmda vaqti-vaqti bilan berishdir. Tomchilatib sug’orishda sug’orish suvi quvurlar orqali o’tib, maxsus tomizg’ichlardan o’ta kichik oqim yoki tomchi ko’rinishida tuproq ustidan o’simlikning ildiz qatlamiga uzatiladi.



O’simlik ildiz usti qatlamini namlantirish nuqtalarining soni oldindan belgilanmaydi, ular tuproqning mexanik tarkibi va qishloq xo’jalik ekinlarining turiga qarab belgilanadi. Bu usulda sug’orish suvi barcha o’simliklarga bir tekis taqsimlanadi.

Nuqtali hisoblanmish namlantirgichdan tomchi ko’rinishidagi o’simlik ildiz qatlamiga singib boradi, bunda gravatatsiya kuchining ta’siri qariyib sezilmaydi. Tomchilatib namlatgich o’chog’ida tuproqni namlantirish darajasi namlantirish maydoni bo’yicha notekisdir, suv tomchisi tushgan nuqtadan suv bosim radiyenti unchalik katta bo’lmaydi, bu qiymat namlanish o’chog’ining kengayishi bilan ortib boradi.

Tomchilatib sug’orishda o’simlikning ildiz tizimi boshqa sug’orish usullariga nisbatan yaxshi rivojlanadi. Namlantirish o’chig’i oldida ildizlar qalin bo’ladi. Agar tomchilatib sug’oriladigan ekinlarda boshqa sug’orish usuli qo’llanilsa, ildizi bu usulga tez moslashadi.

Tomchilatib sug’orish usulining quyidagi afzaliklari bor:

O’simlik ildiz qatlaminining faol (aktiv) rivojlanishi va tuproqda havoning yaxshi almashinuvi hisobiga ozuqa moddalarning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi tezlashadi.

Ekin dalasida ekinlarga dala ishlov ishlarining olib borishidan qat’iy nazar, kunning istalgan vaqtida sug’orish amalga oshirilishi mumkin.

Qator oralig’i tuproqning sug’orilmay qolishi, istalgan vaqtda tuproqqa va o’simlikka ishlov berish va hosilni yig’ishtirib olishga imkoniyat yaratadi. Tomchilatib sug’orishning quyidagi ustunliklari mavjud:

Kam suv sarflanadi. Suvning bug’lanishga, faol qatlamdan foydasiz isrof bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Shamol kuchi sug’orish jarayoniga ta’sir ko’rsatmaydi. Qiyin re’lefli maydonni ham sug’orish imkoniyati mavjud. Namlik (sug’orish suvi) bir tekis taqsimlanadi. Sug’orish ishlarini 24 soatning istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin. Begona o’tlar boshqa usulga qaraganda kam chiadi.


Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat