Mavzu: Egilish metodi bilan elastiklik modulini aniqlash Nazariy qism



Download 49.93 Kb.
Sana15.07.2021
Hajmi49.93 Kb.

Mavzu: Egilish metodi bilan elastiklik modulini aniqlash..

Nazariy qism

Elastiklik nazariyasida “deformutsiya” deb tashqi kuch ta’sirida qattiq jism zarralarining bir – biriga nisbatan vaziyatli o‘zgarishi tushuniladi. Tashqi kuch ta’sirida qattiq jismning shakli va hajmi o‘zgarishiga deformatsiya deyladi. Deformatsiya elastik va plastik bo‘ladi. Elastik deformatsiya deb, tashqi kuch olib tashlanganda, jism avvalgi shakli va o‘lchamini tiklashga aytiladi. Agar jism avvalgi shakli va o‘lchamini tiklay olmasa plastik deformatsiya deyladi. Deformatsiya bir necha ko‘rinishda bo‘ladi.

Cho‘zilish, qisilish, siljish, burilish, egilish. Deformatsiya o‘lchovi bo‘lib nisbiy deformatsiya ε – kuch ta’sirida jism o‘lchovlarining o‘zgargan qiymatini  ℓ absolyut qiymatining boshlang‘ich qimatiga ℓ ga nisbatiga teng bo‘ladi.



yoki (1)

Deformatsiya hosil qiluvchi P kuchni shu kuch ta’sir etayotgan ko‘ndalang kesim yuzasi S ga nisbati deformatsiya kuchlanganligi deyladi,

Ya’ni,

(2)

Bunda - kuchlanganlik (birligi SI sistemasida N/m2=Pa). Nisbatan kichik kuchlar ta’sir etganda, deformatsiya elastiklik xarakteriga ega bo‘ladi. Bu holda nisbiy deformatsiya kuchlanganlikka to‘g‘ri proporsional bo‘ladi va Guk qonuni deyladi.



va (3)

Bu yerda E – elastiklik moduli yoki Yung moduli

Bundan (4)

(1) dagi qiymatini va (2) dagi qiymatini (4) dagi kattaliklarning o‘rinlariga qo‘ysak



(5) hosil bo‘ladi.

Elastik moduli SI sistemasida [E]=[N/m2]=[Pa] o‘lchanadi.



Yung modulining fizik ma’nosi:

Yung moduli son jihatidan jismga qo‘yilgan shunday kuchlanganlikka tengki, u jism uzunligini ikki marta uzaytiradi, ya’ni, =1 bo‘ladi.



- kuchlanishning – nisbiy deformatsiyaga bog‘lanishini ko‘rib chiqaylik

– oshganda ham proportsional ravishda elastiklik chegarasigacha el oshib boradi. (OA qism) Jism deformatsiya ta’sirida hali elastiklik hususiyatini yo‘qotmagan bo‘lsa, bunda hosil bo‘lgan eng katta mexanik kuchlanishga elastiklik chegarasi el deyiladi. Rasm-1
Bu chegaradan keyingi mexanik kuchlanishni o‘sishida deformatsiya plastik xarakterga ega va Guk qonuniga bo‘ysunmaydi. Kuchlanishni mustahkamlik chegarasidan σcheg oshsa (B nuqta) jism buziladi. Yuqori mustahkamlik chegarasiga ega bo‘lgan jismlar elastik jismlardir (metallar). Mo’rt jismlarning (cho‘yan, shisha, muz) elastiklik chegarasi kichik bo‘ladi. Jismning mexanik xossalari temperaturaga bog‘liq. Temperatura oshishi bilan jismning elamtikligi oshadi, kamayishi bilan mo‘rtligi oshadi.

Organizm to‘qimalarining mexanik hossalari ularning tuzilishiga va tabiatiga bog‘liq. Suyakning biriktiruvchi asosi elastin suyakka elastiklik, undagi fosfor va kalsiy tuzlari esa qattiqlik va mustahkamlik beradi. Suyak tuzilishini shakllanishi tashqaridan qo‘yiladigan yukka moslashgan bo‘ladi.

Yumshoq to‘qimalar asosan oqsil polimerlardan tuzilgan bo‘lib, yuqori elastikligi va yopishqoqligi bilan farq qiladi.Buxususiyat deformatsiyaning oshishiga olib keladi. Bunday jismlar elastomerlar deyiladi, ular Guk qonuniga bo‘ysinmaydi.

Bu amaliy ishdan maqsad, egilish metodi bilan sterjinning elastiklik modulini aniqlash. Sterjen qattiq tayanchga o‘rnatilib, uninig o‘rtasiga ma’lum og‘irlikka ega bo‘lgan toshlar yuklatiladi. (rasm-1). Toshlar kuch sifatida ishlatiladi va uning ta’sirida egilish deformatsiyasi ro‘y beradi. Bu holda deformatsiya kattaligi λ “egilish o‘qi” bilan, ya’ni sterjenga ta’sir etuvchi kuchning qo‘yilish nuqtasi siljiydigan masofa bilan xarakterlanadi. Egilish o‘qi quyidagi formula bilan aniqlanadi:



(6)

Bunda ℓ - – tayanch nuqtalari orasidagi masofa

P – egilish deformatsiyasini hosil qiluvchi kuch

E – elastiklik moduli

a – sterjenning eni

b – sterjenning qalinligi



Agar sterjenning kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lsa (6) formulani qo‘llash mumkin. (6) formuladan elastik modulni quyidagicha topish mumkin.

(7)
Download 49.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим