Mavzu: Dunyoning 7 mo’jizasi Reja: Qadimgi dunyoning 7 mo’jizasi haqida



Download 320.7 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2020
Hajmi320.7 Kb.
  1   2   3   4   5
Mavzu:Dunyoning 7 mo’jizasi

Reja:

  1. Qadimgi dunyoning 7 mo’jizasi haqida.

  2. Qadimgi dunyoning 7 mo’jizasi.


Yetti moʻʼjiza — qad. dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida "Dunyoning yetti moʻʼjizasi" hisoblangan: 1) Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan qad. misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. 2—3-ming yilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops ehromi (bal. 146,6 m, asosi 233X233 m)ning har biri 2,5 t lik 2300000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 t lik bloklar ham bor) 30 y. mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor; 2) "Semiramida osma bogʻlari" — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. 6-asr); 3) Rodos o.dagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550 y.); 4) Zevsning Yunonistonning Olimpiya sh.dagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430 y., haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan); 5) Rodos o. koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280 y., haykaltarosh Haros misdan ishlagan); 6) Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hoz. Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377— 352 y.); 7) Iskandariya (Aleksandriya) sh.dagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280 y., meʼmori Sostrat). Ye.m. dan faqat Misr exromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qad. yozma manbalardangina maʼlum.

Bugungi kunda sayohatga otlangan istalgan kishi avval internetga nazar tashlaydi. Bu bilan u diqqatga sazovor joylarning reytingini, u haqida boshqa sayyohlarning fikrini, qayerga borishi ma’qulligini bilib oladi. Bugungi kunda “Dunyoning yetti mo‘jizasi” deb tanilgan sayyohlik markazlarining ro‘yxati ana shu maqsadda tuzilgan.

Qadimgi manbalarda O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda bunyod etilgan va o‘z salobati, go‘zalligi bilan o‘sha zamon odamlarini hayratga solgan inshootlardan



yettitasi «Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi» deb yozib qoldirilgan.

Bu ro‘yxat o‘zida miloddan avvalgi 1-va 2-asrga oid inson tasavvuri va topqirligining ajoyib misollarini, mukammal me’morchilik va muhandislik, turli yunon yozuvchilari tomonidan yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida qurilgan mayoqni jamlagan. Lekin siz endigi ta’tilingizda mana shu yo‘nalishga qarab safar qilsangiz, hafsalangiz pir bo‘ladi. Ulardan faqatgina Misr ehromlari — Giza piramidasi vaqt zarbalariga qarshi turib, bugungi kungacha yetib keldi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan Budget Direct me’morlik byurosi ushbu ehromlarning 3D suratini ishlab chiqdi

Misr ehromlari

Nil daryosi g'arbidagi Giza shahrida 4-Dinastiya paytida (er.av. 2575-2467 y.) qurilgan. Eng eski 7 mo'jizadan faqatgima Misr ehromlari shu paytgacha deyarli zararlanmasdan saqlanib qolgan. Ehromlardan eng katta - Qirol Hufu, yoki katta Piramida deb ataladi. Uning egallagan maydoni 4.8 gektar (12 akr)ni tashkil etadi. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, ehromlar uchun 10 yil joy hozirlashgan, qirol qabri joylashgan ehromni tiklash uchun 20 yil davomida 100000 dan ortiq qul ishlatilgan.



Ehromlarning eng yuksagi fir'avn Xufu (Xeops) piramidasidir. Uning balandligi 147 metr, bundan qariyb 5 ming yil ilgari, ua'ni miloddan avvalgi 28-asrda qurilgan. Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir kilometrga yaqin uo'l bosish kerak. Bu chrom silliqlab tarashlangan va jilo berilgan 2 million 300 mingta ohaktosh plitalaridan tiklangan. Har bir plitaning og'irligi ikki tonnaga yaqin. Kattaligi jihatidan Xufu ehromidan keyin fir'avn Xafra (Xefren) piramidasi turadi. U Xufu ehromidan 2 metr past. Bu fir'avnga tog'dek sag'ana ham karhlik qildi va u chrom oldida yaxlit qoya tiklatib, unga bosh qismi odam boshiga o xshatib ishlangan sher shaklini o'yishni buyurdi. Bu haykal Sfinks deb ataladi. Sfinks obrazi inson kabi donolik va sher kabi kuchlilik ramzini ifodalaydi. Mahalliy aholi uni «Abul Havl — dahshat otasi» deb yuritadi. Misrdagi bu topilmalar 20-asrda butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi. Ayniqsa Tutanhomon sag'anasining topilishi juda katta shovshuvga sabab bo'ldi. Bundan 32 asr muqaddam yashagan bu fir'avnning piramidasi bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan ekan. Tutanhomon ehromi miloddan avval qanday qurilgan bo'Isa, olimlar ko'z o'ngida shundayligicha namoyon bo'ldi. Maqbara ichidan Qadimgi Misr saroylariga oid anchagina boyliklar — oltin va kumushdan yasalgan haykalchalar, turli idishlar, muhrlar topildi. Maqbaradagi juda ko'r jihozlar, oltin buyumlarga va niqoblar bilan bezatilgan fir'avnning mo'miyolangan jasadiga ham qo'l tekkizilmagan edi. Tutanhomon boyliklari jahondagi ko'r mamlakatlarda namoyish qilindi.

Bobil osma bog'lari

Qirol Nebuchadnezzar II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog'lari tog'ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o'sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo'lib, o'zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo'lgan. Osma bog'lar ustun qilib yuqoriga ko'tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan.



Bu bog'lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroy- ini baland sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko'r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal bog'lar yaratilgan. Bu bog'larni sug'orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko'tarib beradigan, charm idishlar o'rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada go'zal ediki, uni yetti iqlimda uo'q «bog'i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'rnida minora cha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.

Download 320.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati