171-amaliy matematika va informatika guruhi talabasi O’razmatova Surayyoning “Chiziqli operatorlar spektral nazariyasi”
fanidan mustaqil ishi
Reja:
Chiziqli operatorlarga doir tushunchalar:xos qiymat,xos vektor,chiziqli operatorlarning chegaralanganligi haqida teorema.
Chiziqli operatorlar spektri haqida tushuncha.
Chiziqli operatorning rezolventasi.
Mavzuga doir topshiriqlar.
Operatorlar nazariyasida spektr tushunchasi eng muhim tushunchalardan biridir. Chiziqli operator spektrini o`rganish matematik fizika uchun muhimdir.
Masalan, kvant mexanikasida sistema Hamiltoniani - bu Hilbert fazosidagi o`z-o`ziga qo`shma operatordir, uning spektrini o`rganish sistema fizik xususiyatlarini o`rganish uchun muhimdir. Spektr tushunchasini dastlab chekli o`lchamli
fazolardagi chiziqli operatorlar uchun eslatamiz.