Mavzu: Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati



Download 1.6 Mb.
Sana27.09.2021
Hajmi1.6 Mb.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumani XTBga qarashli 65-ixtisoslashgan Davlat umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Urazimbetov Baxtiyar Ergashevichning 8-sinf Jahon tarixi fanidan taqdimoti Mavzu: Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati


Buyuk geografik kadshfiyotlar atamasi XV asr oxiri-XVII asr o`rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi.

Georafik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma`lum bo`lgan yangi yerlarning qidirib topilishi.

Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo`lishdi.

Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristafor Kolumb(1451-1506) edi.

U o`z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo`l ochishni maqsad qilib qo`ydi.

  • Italiyalik olim P.Taskanelli yerning dumaloqligi haqidagi ta`limotdan kelib chiqib,dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo`ldi.
  • Bu xaritada Osiyo qit`asi qirg`oqlari Atlantika okeanining g`arbiy sohillarida ekanligi belgilangan
  • edi.

  • Shu tufayli P.Toskanelli Yevropa qit’alaridan G’arb tomonga suzib Hindistonga borish mumkin, deb ishonardi.

Kishilardagi tadbirkorlik ruhi, kapital jamg’arishga intilish, insonning imkoniyatlariga ishonch tuyg’usi eng dadil rejalarni ham amalga oshiradigan qilib qo’ydi.

Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi savdi yo`li topish yevropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar qilib qo`yadi.


  • 1492-yilda X.Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo`li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvvafaq bo`ladi.
  • X.Kolumb 1492-yilda 6-avgust kuni 3 ta kemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyani boshlaydi.

X.Kolumb ekspeditsiyasi 12-oktabr kuni Amerika qit`asidagi San-Salvador oroliga kelib tushadi.

Shu tariqa Hindistonga olib boradiga suv yo`lini ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga olib keladi.

Biroq X.Kolumb 1492-yilda Hindistonga emas,Amerikaga kelib qolganini anglamagan.

  • X.Kolumb Hindistonga 4 marta ekspeditsiya uyushtirgan.Bu ekspeditsiyalar natijasida juda katta hududlar va u yerlarda Ispaniya bayrog`i hilpiray boshlaydi.
  • X.Kolumb bu yerlarning vitse-qiroli etib tayinlangan.
  • Yangi qit`aning Kolumbiya deb emas Amerika deb nomlanishi Italiya dengizchisi va astranomi Amerigo Vispuchchi (1454-1512)nomi bilan bog`liq.

Amerigo Vispuchchi Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan.U 1499-1501-yillarda Portugaliyalik ekspeditsiya tarkibida Braziliya qirg`oqlarini tadqiq etdi. 1507-yilda xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit`ani Amerigo Vispuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan.

1515-yilda Yangi dunyo “Amerika” deb atalgan deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratiladi.

1569-yildan esa boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar “Amerika” deb yoziladigan bo`ldi.

Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo`li 1498-yilda kashf etilgan. Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi vasko da Gama amalga oshirgan. 1519-yilda yana bir portugaliyalik dengiz sayyohi F.Magellan Amerika qit`asini aylanib o`tib,Hindistonga boradigan dengiz yo`lini ochdi.


F.Magellan


Dunyoni aylanib suzish 1522-yilda nihoyasiga yetdi. Bu ekspeditsiya yerning dumoloqligini,uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi.

L.V.Torres boshchiligidagi ekspeditsiya esa 1605-yilda Avstraliyani kashf etdi.



Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi. Uning natijasida geografiya,tarix,etnografiya va okeanshunoshik fanlari yangi xulosalar,ma`lumotlar bilan boyidi. Yana bu kashfiyotlar orqali yangi savdo yo`llari ochildi. Bu yo`llar O`rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga ko`chdi. Bu esa,o`z navbatida,jahon savdosini vujudga keltirdi.
Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat