Mavzu bo’yicha savollar



Download 32,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi32,5 Kb.
#221444
Bog'liq
1-seminar. O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati


1-seminar: O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI, OB’EKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI

Mavzu bo’yicha savollar:

1. O’zbekistonni rvojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyatining predmeti?

2. O’zbekistonni rvojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyatining ob’ekti?

3. O’zbekistonni rvojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyatining maqsadi?

4. O’zbekistonni rvojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyatining vazifalari?

2.O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik

asoslari va ustuvor yo‘nalishlari qanday?

3.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi

– milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi sifatida nomoyon bo’lishini

qanday tushuntira olasiz?.

JAVOBLAR.

1.Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo’lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning ―O’zbek modeliga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir.

Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohalardagi tub o’zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o’n yilliklarni o’z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o’zar uyg’unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o’rganiladi.

Fuqarolik jamiyatini o’qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg’ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

-jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o’rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;

-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o’rganishda har tomonlama ko’maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish;

-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;

-talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo’ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;

- talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko’mklashish;

- taraqqiyotning ―o’zbek modeli‖ va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o’zlashtirishlariga ko’maklashish;

- talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o’zaro ta‘sir etish mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish;

- fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma‘naviy asoslarini ochib berish;

- fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;

- talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma‘rifiy va ruhiy asosi – milliy ma‘naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;

- ―Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyilining mazmunmohiyatini tushuntirish;

- ―Adolat – qonun ustuvorligida‖ tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish;

- saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;

- fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o’rnini ochib berish;

- ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta‘siri to’g’risida bilimlar berish;

- siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;

- jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta‘minlash masalasi haqida tushunchalar berish;

- fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o’rni va ahamiyatini ko’rsatib berish;

- nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o’rnini ochib berish;

- ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish;

- fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish;

- jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta‘minlanish masalalarini yoritish;

- ijtimoiy sheriklik to’g’risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish.



2.. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil va uning mohiyati. O‘tgan asrning 80-yillari oxiri - 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir… Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak» O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: «Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi» Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi. O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi.

3.O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiya­si O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning dav­lat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar stra­tegiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat xisoblanadi. O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bulib utgan O‘zbekistan Respublikasi Prszidenti saylovidan keyin xalk, davlatining mustahkam poydevorini kurish, demo­kratik imkoniyatlarni kengaytirish, konun chikdruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatining mustakil xokimiyat sifatida faoliyat olib borishi bo‘yicha asosiy talabdan kelib chikadigan bosh tamoyil - xalkda xizmat kilish va uning oldida xisob berish masalasi kun tartibiga ku-yildi. Agar ana shu tamoyilga amal kilinmasa, har kan-day xokimiyat fakat byurokratik tuzilmadan iborat bulib kolishi xakli ravishda ta’kidlab kelinmokda. X,akikatan xam, xalkka yakdnlashish, uning ichiga kirib, eng dolzarb muammolarini xal etish, elu yurt dardu tashvishlari bi-lan yashash har kanday xokimiyatning borligini bildira-di. CHunki u shu tarika xokimiyatning birdan-bir manbai bo‘lgan xalk tomonidan e’tirof etiladi, kullab-kuvvat-lanadi. Ijtimoiy jarayonlarni uzaro xamkorlik asosida maksadli optimallashtirish, ya’ni sinergetik yondashuv nazariyasi ksng kullanmokda. Sinergetikani xamma soxa-ga nisbatan keng kullash amaliyoti yo‘lga kuyilmokda. Masalan, jamiyatda sinergetika uzini uzi eng makbul tatpkil etish imkoniyati sifatida turli muassasa va soxalararo xamkorlik tarzida xam amal qilmoqda.
Download 32,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish