Mavzu: Avesto ‘Avesto’ – Tarix va ma’naviy dunyomiz sarchashmasi



Download 48 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi48 Kb.
#37267


Mavzu: Avesto

Avesto’ – Tarix va ma’naviy dunyomiz sarchashmasi.

‘Avesto’ – Turonu Eron xalqlari ajdodlarning islomdan avvalgi dini, ya’ni zardushtiylikning muqaddas kitobi. Mohiyatiga ko’ra ‘Avesto’ miloddan avvalgi 2 ming yillik o’rtalaridan 1 ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarning xamda ilk davlatchilik munosobatlari tarixning qomusiy yozma yodgorligidir.

‘Avesto’ kitobi ko’p qatlamli. Uning tarkibijdan ibtidoiy davrlarga tutashadigan asotirlar, olamning oqilona munosiblikda mukammal yaratilishi haqidagi tasavvurlar, odamzodning ezgulik, baxtiyor va farovon, g’amu anduhsiz xayot, adolatli ijtimoiy boshqaruv, havf-hatarsiz turmush, sog’lom tan, teran aql, soliq va dono farzandlar, oqila ayol, totuh oila, gurkiragan ko’m-ko’k bepayon yaylovlar, to’q va semiz chorva, suvlari ma’mur, serhosil ekin dalalari haqidagi orzu umidalar o’rin olgan.

‘Avesto’ kitobining yaratilgan makoni sifatida ishonch bilan O’rta Osiyoni ko’rsatish mumkin. Bu bugungi O’zbekisston, xususan, Xorazm, Sug’d va unga tutash o’lkalardir. ’Avesto’ kitobidagi geografik – tarixiy ma’lumotlar shundan dalolat beradi. Qadimgi Baqtriya va Eronga oid bazi geografik nomlar ‘Avesto’ga zardushtiylik dini O’rta Osiyodan chiqib, shu o’lkalarga yoyilgan paytlarda kirganligi shubhasizdir.

‘Avesto’ning kitob qilinish tarixi bir necha bosqichdan iborat. Dastlab oromiy yozuvi vositasida uning matnlari teriga yozib olingan. Bu bosqich Turon zaminida turli qabila va qavmlarni ilk davlat tuzilmalari atrofida uyishtirishga hizmat qilgan. Chunki ‘Avesto’ borliq dunyonig yaralish asoslarini yagona deb e’lon qilgan va bu tizimga ko’rsatiladigan har qanday tazyiqni qoralaydi. Aksincha, bu tizimni yanada barqaror rivojiga hizmat qilishni odamzod uchun farz qilib qo’yadi. Uning tartibotlari mutlaq va buzilmasdir. Uni har qanday tarzda buzishga urinish yomon oqibatlari bilan buzg’unchini o’zini halok etadi. Inson sharafli va ma’sul mavjudot sifatida ilohiy va oqilona yaratilgan dunyoning ezgu asoslarini rivojlantirishi lozim.

‘Avesto’ zardushtiylik dini dunyo qarashini falsafiy ahloqiy tizimini o’zini mujassam etgan. Xususan, bu kitob bronza davri qabilalari va urug’larining boshini adolat bilan boshqariladigan ijtimoiy uyg’unlashuv, yurtchilik, elchilik g’oyalari atrofida birlashtirishga xizmat etgan desak, bu ta’rif ham asar mohiyatini ochishga ojizlik qiladi. Muhimi shuki ‘Avesto’ ilk bora insoniyat ongiga dunyoni taratgan yakka-yagona zotning borligi, uning nomi Axura Mazda ekanligi haqidagi fikrni etishtirdi. Ya’ni odamzod tarixida ilk bora vahdoniyat, yakka hudolik tushunchasi paydo bo’ldi. Qabilalararo nizolar, bosqinlar, qonli janglar, g’oyaviy tortishuvlar zamonida bu buyuk jasorat va inqilobiy xodisa edi.

Insoniyat uchun tinch, osoishta xayot, yaratuvchi mehnat, tabiat bilan ongli uyg’unlikda tillashib-dillashib yashay bilish, ijtimoiy axillik, kengashlilik va mehru oqibatchilik asosida kelishib xayot ko’rish, o’zaro yordam, kengbag’r, olijanoblik, xaqgo’ylik, niyat xolisligi, so’zda rostlik, lutfu nafosat va andisha, amalda esa to’g’rilik, xudo buyurgan ezgu maqsadga, ya’ni yaxshilik dunyosi ravnaqiga xizmat qilish, insoniyat qalbidan yovuzlikni chiqarish, niyatni yomonlikdan poklash, tan va rux pokizaligiga intilish, etiqodda mustaxkamlik, so’z, vada va qasamiyodga sadoqat va boshqa ko’plab milliy hamda umumbashariy g’oyalar ‘Avesto’da ajablanarli darajada mukammal ishlab chiqilgan. Qizig’i shundaki, uning yuzaga kelishida ulug’ mutafakkir inson ‘Avesto’da takidlanishicha Axura Mazdaning suyukli, imonli bandasi Zaratushtra muhim ro’l o’ynaydi. ‘Avesto’ yaratilgan davr uchun bu g’oyalar qanchalik ilg’or bo’lsa, ular uch ming yil o’sha hozirga qadar ham o’z qadru himmatini to’qoymay kelmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki ‘Avesto’ g’oyalari yuksak umumbashariyligi bilan abadiyatga daxldordir.


Avesto” olamining vujudga kelishi va tuzilishi xaqida.

Zardushtiylik dini Sharq, xususan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining yuksak tafakkuri maxsuli bo’lib, u faqat diniy aqidalar va ahloq meyorlari majmui bo’libgina qolmay, balki real hayot, ilmga asoslangan dunyoqarash, ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’z ichiga oluvchi keng qamrovli murakkab bir talimotdir.

Zardushtiylikning ajdodlarimiz dunyoqarash tizimi sifatida o’ziga xos olamning yaralishi haqidagi kontseptsiyasi bo’lgan. Bunga ko’ra, olam ikki turga bo’linadi: ilohiy va moddiy olam.

‘Avesto’da bayon qilinishicha moddiy olam olti bosqichda yaratilgan. Uning yaratilishi bir yil davomida yuz bergan va bu yaratilish jarayoni ‘gahanbor’ (asos) deb atalgan. Har bir gahanborning o’z nomi bor.

1. MADYUZARM – Birinchi gahanbor bo’lib ‘bahorning o’rtasi’ ma’nosini bildiradi. Madyuzarm yilning 41- kunidan 45-kunigacha besh kun davom etgan. Madyuzarm bosqichida oliy iloh Ahura Mazda osmonu falakni yaratgan.

Zardushtiylik ananasida yil boshi 21 mart xisoblangan, yani Navro’z kuni. Farvardan oyining 2-kunida (27 martda) Zardusht tugilgan. Eronda Farvardin oyining oltinchi kunini ‘Xurdod kuni’ (‘tug’ilish kuni’) deb nishonlanadi. Eron zardushtiylari o’rtasida 27 martni ‘katta navro’z’ yoki ‘xurdon navro’z’ deb nishonlash rasm bo’lgan.

Madyuzarm gahanbori bizning taqvimda may oyining dastlabki besh kuniga to’g’ri keladi.Madyuzarm 5 kun davom etgan va shunda koinot vujudga kelgan.

2. Yaralishning ikkinchi bosqichi ‘yozning o’rtasi’ degan ma’noni bildiradi. Madyusham bosqichi yilning 101-kunidan 105-kunigacha besh kun davom etgan. Bu bosqichda Axura Mazda suvni yaratgan.

Olamda suvning vujudga kelish jarayoni hozirgi taqvimda iyun oyining 29 va iyulning uchinchi kunlariga to’g’ri keladi. Suv bilan bog’liq ishonch etiqodlar mana shu jarayonda shakllangan.

3. PATYAXSHIM – Moddiy olam yaratilishining uch gahanbori bo’lib, uning manosi ‘g’alla yig’ish’ demakdir. Yaralishning bu jarayoni yilning 176-kunidan 180-kunigacha 5-kun davom etgan. Patyaxshimda Axura Mazda yerni yaratgan.

Bu paytda boshoqli donlar yig’ib olingan va yerga ishlov berilgan. Ona zaminga hayotning kafolati, faravonlik sharofati deb etiqod qilingan. Yerga ishlov berish dehqonchilik bilan bog’liq kultlar shu jarayonda shakllangan patyaxshim gahanbori bizning taqvimda sentabr oyining 12-17-kunlariga to’g’ri keladi.

4. Moddiy olam yaralishining to’rtinchi gahanbori ‘Ayosrim’ deb nomlanib, uning manosi ‘Uyga qaytish’ demakdir. Yaralishning bu bosqichida chorva suvurlari yozgi o’tlovda uyga qaytganlar.’Avesto’da bu gahanbor ‘Ayosrima’ shaklida ham uchraydi. ‘Ayosrima’da Axura Mazda o’simliklar dunyosini yaratgan. O’simliklarni yaratishdan maqsad to’rt muqddas unsurni tuproq, suv, xavo, olov, va oqibatda hayotni ulug’lash edi. Ayosrima bizning taqvim bo’yicha oktabr oyining 13-18 kunlariga to’g’ri keladi. Bazi shifobahsh o’simliklar muqaddaslashtirish ham bu bosqich bilan bog’liq holda izohlanadi.

5. MIDYORIM – Olamning vujudga kelishida beshinchi gahanbor bo’lib, uning manosi ‘yilning o’rtasi ‘ demakdir midyorim yilning 290-kunidan 294-kunigacha 5 kun davomida yoz bergan. Bu jarayonda Axura Mazda hayvonot dunyosini yaratgan va uni inson olamining bir bo’lagi, farovon turmushning zarur sharti qilib qo’yadi. ‘Xudojo’y inson qurgan, olov va suv bilan ma’mur qilgan, bola-chaqa chorva bilan obod qilgan joy muqaddasdir. Bunday uyda mol xol mo’l, imon mo’l, itlar mamnun, xotinlar va bola farovon, olov mo’l va barcha ezguliklar mo’l’.

Midyorim gahanbori bizning taqvim bo’yicha yilning 4-9 yanvar kunlariga to’g’ri keladi. Chorvani ulug’lash, hayvonlar bilan bog’liq kultlar mana shu jarayonda shakllangan. Qadimda qolgan besh oyini ‘Katta qish’ deb atalgan.

6.XAMASPANTMADAM – Moddiy olam vujudga kelishning oxirgi va yuksak bosqichi bo’lib, uning ma’nosi ‘barcha mavjudotning’ demakdir. Bu jarayon yilning 360-kunidan 365-kunigacha 5-kun davom etgan va unda Axura Mazda yer yuzasida kayumars va uning avlodi odamni yaratgan.

Bizning taqvim bo’yicha odamning vujudga kelishi navro’z arfasiga to’g’ri keladi. Navro’z arafsida tabiat va odamlar harakatga keladi, olam va odamning harakati uyg’unlashadi, hayotda yangi kun – navro’z boshlanadi. Shu kuni birinchi bor olov kashf qilingan va otashgohda olov yoqilgan.



Demak, ‘Avesto’ tasavvuricha olam olyi bosqichda vujudga kelgan, har bir bosqich besh kun davom etgan. Astumand dunyosi, yani real dunyoning yaratilish jarayoni bir yil davomida o’ttiz kunda sodir bo’ldi. Shu kabi tasavvurlarning turli ko’rinishlari barcha dinlarga xosdir.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish