Mavzu: Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad



Download 89 Kb.
Sana25.09.2019
Hajmi89 Kb.


Mavzu: Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: Angliyada qirol hokimiyatining qay darajadakuchayib borganligi, davlat boshqaruvida sodir bo’lgan o’zgarishlar; qirolicha Yelizaveta boshqaruvi va styuartlar sulolasining qirollik taxtini egallashi haqida batafsil ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga Vatanga muhabbat, Vatan xoinlariga nafrat ruhida tarbiyalash. Ularga adolatparvarlik va insonparvarlik g’oyalarini singdirib borish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning tarixiy jarayonlarga munosabat bildira olish malakalarini shakllantirish, xarita bilan ishlay olish ko’nikmasini rivojlantirish, erkin fikr ayta olish qobiliyatini shakllantirish.

Darsning borishi:
Reja:

  1. Mutlaq monarxiyaning tashkil topishi.

  2. Qirolicha Mariya o’tkazgan kontrreformatsiya.

  3. Yelizaveta- cherkov va dunyoviy ishlarning oily hukmdori.



  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish.

  2. Navbatchini aniqlab, sinf jurnaliga qayd etish.

  3. Kun, oy, yilnomlanishini so’rash.

  4. Hafta yangiliklari haqida axborot eshitish.

Ijodiy daqiqa: (bunda sinf o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib, guruhlarni nomlash uchun har bir guruhga muammoli savol kartochkasini berish va nomlash).

Savollar mazmuni:

  1. guruh

  • “Gerb” so’zining bitta harfini olib tashlab, “odat” so’zining ikkita harfi joyini almashtiring va guruhingiz nomini toping.



  1. guruh

  • “Qari” so’zining sinonimiga “Hamida” ismining bitta harfini olib tashlagan holda bu so’zlar ishtirokida guruhingiz nomini aniqlab bering.



  1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun har bir guruhga “Bingo” savollarini berish:



  1. Iqtisodiyotning bir sohadagi tanho hukmronligi nima deyiladi?



  1. XVI-XVII asrlarda yevropada qo’l mehnatiga asoslangan

korxonalar nima deyilgan?

  1. XVI asrda katolik cherkovini isloh kilish maqsadida Germa-

niyada yoyilgan ijtimoiy harakat bu…

  1. 5ta knazning noroziligi bilan nomlangan xristianlik diniy oqimi:



  1. Reformatsiya to’lqinining kuchayishiga katta ta’sir ko’rsatgan shaxs?



  1. Germaniya taraqqiyotining to’sig’i, tarqoqlik va krepostnoylik tayanchi bu…



  1. 1517-yil Germaniyada cherkov eshigiga yopishtirilgan xitobnoma bu…



  1. Nima uchun Germaniyada katolik cherkovining ta’siri kuchli edi?

Grafik diktant:

Ushbu vazifa o’quvchilar tomonidan so’rab bo’lingach, uyga vazifani so’rashning keyingi bosqichida “Grafik diktant “ usulidan foydalaniladi.Bunda o’quvchilar videoproyektorda namoyish etilganmatnni “insert” usulida to’ldiradilar:



  1. Indulgensiya savdosi dehqonlar va savdogarlar uchun katta daromad keltirgan.



  1. Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo’lmagan.



  1. Reformatsiyani knyazlarning bir qismi, shaharliklar va dehqonlar qo’llab quvvatlagan.



  1. 1521-yil Martin Lyuter imperatorlik sudiga chaqirilgan.



  1. Martin Lyuter katolik dinini qabul qilishga majbur bo’lgan.



  1. Germaniya imperiyasining bir qancha shaharlari rim papasi tomoniga o’tib ketgan.



  1. Germaniya imperiyasining bir qancha shaharlari va 5ta knyazi Lyuterchilikning tarqalishini cheklash haqidagi qaroriga qarshi protestga imzo chekishgan.



  1. 1555-yil Martin Lyuter o’ldirilgan.



  1. Germaniya kuchli davlat bo’lganligi sababli protestantlik oqimini qabul qilgan.



  1. Martin Lyuter Kembridj universitetida ilohiyotdan dars bergan.

Uyga vazifaning yanada mustahkamlanishi va o’quvchilar xotirasini charxlash maqsadida “Sanalar so’zlaydi” topshirig’iga izoh yozishlari kerak bo’ladi va uning javoblari o’qituvchi tomonidan tekshiriladi. To’plangan ballar e’lon qilinib guruhlaga “Rag’bat” va “Jarima” kartochkalari bilan taqdirlanadi.

1521- 1555-

1526- 1517-

1517- 1483-


  1. Yangi mavzuning bayoni:

Mutlaq monarxiya – oliy hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs-monarx qo’lida to’planishidir. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi. Qirol Genrix VIII Tyudor (1509-1547)butun mamlakatni yagona markaz Lonдоnga bo’ysundirdi. Mutlaq monarxiya feodallarning o`zaro urushlariga barham berdi, ularning qo`shinlarini tarqatib yubordi. Isyonchilar yerlari tortib olinib, shaharlar huquqi cheklab qo`yildi. Toifaviy vakillik organi – parlament o`z ahamiyatini qisman yo`qotdi. Faqatgina yangi soliq joriy etishda ularning roziligi belgilab quyildi. Ingliz qirollari veto huquqiga ega edilar. Mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishini parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan maxfiy kengash belgilar edi.

XVI asr tyudorlar sulolasi asri bo`ldi. Bu yuz yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Bular: reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya hukmronligining o`rnatilishi.

Angliyada reformatsiya qirol Genrix VIII (1491-1547) hukmronligida amalga oshirildi. Cherkov erlarining 2/3 qismi sotib yuborilib, yer va mol- mulkdan mahrum etildi. Protestantlik cherkovi esa – anglikan cherkovi deb ataldi. Cherkov boshligi qirol bo’,lib Rim papasi hokimiyatini inkor qildi va boyliklarini tortib oldi. Genrix VIII vofotidan so’ng qizi Mariya[1553-1558] taxtni egalladi. O’zining cherkov boshlig’i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e’lon qildi va katolik dinini tiklashga kirishdi. Ingliz yozuvchisi M. Devis tomonidan yoziligan “Jahon tarixini o’zgartirgan beshta mashhur qirolicha” asarida Mariya Tyudor Genrix VIII ning birinchi xotini Yekaterina Aragonskayadan tug’ilganligi to’g’risida ma’lumotlar bo’lgan.

1554-yilda Mariya parlamentning Rim Papasi hokimiyatini tiklash qarorini chiqarishga erishib, o’rta asrlar qonun va jazolarini tiklaydi, katolik dushmanlri olovda yondiriladi. Ko’pchilik protestantlar Germaniya va Shveytsariyaga qochib jon saqlaydilar.

Qatag’on siyosatidan norozi bo’lgan tabaqalar Genrix VIII ning Anna Boleyndan tug’ilgan qizi Yelizaveta I ni Mariya vafotidan so’ng taxtga o’tqazadilar. Yelizaveta I protestantlikni qayta tiklaydi va protestantlik dinini davlat dini deb e’lon qiladi. Ajoyib shaxsiy sifatlar va kuchli qobiliyatga ega bo’lgan qirolicha “Cherkov va dunyoviy ishlarning oily hukmdori” unvonini oladi. Cherkovda ibodatlar ingliz tilida olib boriladi. Ispaniya qiroli Yelizavetani shakkoklikda ayblaydi. Ispaniyaga qarshi kurashayotgan Gollandiyani Angliya qo’llab quvvatlaydi.

Tarixiy asarda yozilishicha Rim Papasi Kliment VII qarshiligiga qaramasdan katolik cherkovi inkor qilgan protestantlik dinini davlat dini deb e’lon qilgan Genrix VIII katolik diniga mansub xotini Yekaterina Aragonskiydan (Mariya Tyudorning onasi) o’g’li bo’lmaganligi sababli ajrashib, yoshgina go’zal ayol Anna Boleynga uylanadi. Lekin u bilan ham turmushi uzoq kechmaydi. Chunki 1533-yilda undan ham qizaloq-Yekaterina I dunyoga kelgan edi. 1536-yil Yekaterina 3 yoshga to’lib otasi Genrix VIII xotinidan taxtga davogarlik qilishidan voz kechishini so’raydi. Anna Boleyn kelajakda qizalog’ini albatta taxtga o’tirishini aytib Genrixning talabini rad qilganda unga turli ayblovlar qo’yilib Tauer qamoqxonasida saqlanayotgan Annani o’limga hukm qiladi va go’zal Djeyn Seymurga uylanadi. 1536-yil 19-mayida onasidan ajrab qolgan Yelizaveta enagasi bilan uziq qishloq qal’alaridan biriga badarg’a qilinadi.

1537-yil qirol Genrix VIII Djeyn Seymurdan o’g’il farzand ko’radi va o’g’li Eduard VI ni cho’qintirish marosimida ikkala qizini ham saroyga taklif etadi. Hatto ularga alohida e’tibor qaratadi. Tantanalar tugagach Yelizaveta yana o’z qishlog’iga qaytishga majbur bo’ldi. Yaqinda onasidan judo bo’lgan Mariya esa saroyda olib qolindi va merosxo’rlik huquqi ham berildi. Yelizaveta esa ikkinchi darajali bo’lib, meros borasida haq va huquqsiz edi.

Qirollik saroyidan (Londondan) 15mil uzoqlikdagi xaroba qal’ada kun kechirgan Yelizaveta bolaligidanoq ziyrak, zukko va qobiliyatli edi. Enagasining yozib qoldirgan xatlarida keltirilishicha Yelizavetaga otasi tomonidan hech qanday e’tibor bo’lmaganini, hatto kiydirish uchun durustliroq biron kiyimi yo’q ekanligini, shunday bo’lsada qizaloqning juda tirishqoq va bilimga chanqoqligi, lotin, ispan, fransus, grek tillarini yaxshi o’zlashtirishi, ko’p kitob o’qishi, hatto arxitektura va tarix, geografiya, matematikani juda yaxshi bilishini aytgan. 1543-yili Yelizaveta 10 yoshga to’lganda otasi Genrix VIII oltinchi bor uylandi. Uning xotini Yekaterina Parr 10 yoshli Yelizavetani saroyga olib keldirdi. 1547-yilda Genrix VIII hayotdan ko’z yumdi. Taxtga uning to’qqiz yoshli o’g’li Eduard o’tirib 1553-yilgacha boshqardi. Uning vafotidan keyin taxtni Yekaterina Argonskaya va GenrixVIII ning qizi Mariya Tyudor taxtni egalladi. Onasi uchun qasd olishni niyat qilgan Mariya minglab protestanatlarni qilichdan o’tkazdi va “Qonxo’r Mariya” laqabini oldi. 1540-yilda uzoqroq amakisi Filipp Ispanskiyga turmushga chiqqan edi. Nikoh siyosiy o’yinlar evaziga tuzilgan bo’lib Ispaniya-Fransiya urushi tugashi bilanoq ular ajrashdilar. Londonda protestantlar qo’zgo’loni avj olgan bir paytda opasi Mariya Yelizvetani qo’zg’olon tashkilotchiligida ayblab Tauer qal’asiga qal’asiga qamab qo’ygan. Unga qo’yilgan aybni isbotlay olmay ozod qilishga majbur bo’lgan .

Xullas, 1558yilda Mariya vofot etib, xalqning uzoq kutgan orzusi ushaladi. Qirollik taxtini xalqparvar kuchli qobiliyatga va irodaga ega bo’lgan Yelizaveta I [1558-1603] yil Angliya taxtini egallagan. Yigirma besh yoshli qirolicha Yelizaveta-Iga 1559 yil 15 yanvarda Vestmister abbatligida toj kiydirish marosimi o’tkazildi. London ko’chalaridan o’tar ekan, “Men o’z xalqimga sidqidildan xizmat qilaman!” - deya qichqirib, xalq olqishini olar edi. 1559 yilda u Angliyada protestantlik cherkovini tiklab, katolik dini tarafdorlari bilan ham munosabatni ijobiy tomonga o’zgartiradi. Davlat ishlarida juda tejamkor bo’lgan qirolicha kiyinish borasida barcha aslzoda ayollaga o`rnak bo`lgan.

Angliyaning bu davrdagi ashaddiy dushmani katolik Ispaniyasi edi. Ispaniya qiroli Filipp II «shakkok» ingliz qirolichasi Yelizaveta I ga nafrat bilan qarardi. Negaki Yelizavetani Genrix Tyudorning benikoh xotinidan tug’ilgan farzandi ekanligini shama qilib, o’ziga yon bosuvchi kishilar – katolik dini tarafdorlarini o’z atrofiga jipslashtirib, tayanch vositasi sifatida foydalanar edi. 1587 yili yigirma yillik ichki nizolardan so`ng o`zining jiyani Mariya Styuartning taxtga da`vo qilib uyushtirgan fitnasidan xabar topgan qirolicha Elizaveta I uni o’limga mahkum qilish to’g`risidagi farmonga imzo chekdi. Bu davrda Gollandiyada Ispaniya zulmiga qarshi harakat boshlanganda Yelizaveta I Gollandiya tarafida turdi. Oxir-oqibatda bu ikki davlat o`rtasida urush kelib chiqdi. 1588 yili Ispaniya – Angliya urishida Ispaniyaning “Yengilmas armada” kemalari 130-ga yaqin bo`lib, Angliyaniki esa 80-ta edi. Ispanlarning kemasi noqulay va beso’naqay bo`lganligi sababli Lamansh bo`g`ozi yaqinida mag`lubiyatga uchradi. Angliyaga dars berib qo`yishni istagan Ispan qiroli Filipp II atigi 67 kemasi bilan Ispaniyaga qaytib ketdi. Bu mag`lubiyatdan so`ng Ispaniya o`zini boshqa o`nglay olmadi. Angliya esa Yevropaning buyuk davlatiga va dengiz hukmdoriga aylandi. Taxtni boshqarishda Elizavetaga eng yaqin maslakdoshi lord Uilyam Sisil sadoqat bilan xizmat qildi. Ispanlarni yenggach, Shimoliy va Janubiy Amerika – “Yangi dunyoda” o`zining birinchi mustamlakasi “Virdjiniya – qari qiz” kolonniyasiga ega bo`ldi.

XVI-asr Tyudorlarning “Oltin asr”i bo`lib madaniyat gullab yashnadi. Ingliz madaniyatiga o`z hissasini qo`shgan ko`p sonli olimlar, musiqachilar, shoirlar va drammaturglardan Edmund Spenser, Frensis Bekon, Kristofer Marlo, Ben Jonsonlar Elizaveta I boshqaruvi davrida ijod etib Angliyaning gullab yashnashiga o`z hissasini qo`shdilar.

Elizaveta I bir umr ardoqlagan harbiy zobit lord Robert Dadli 1588 yili kasallikdan vafot etgach chuqur qayguga to’lgan qirolicha bu mash’um xabarni ogir dard bilan qabul qiladi. U turmushga chiqishni o’ylaganida esa juda kech edi. 1601 yilda unga 21 yoshli Robert Devero Esseks grafi turmush qurishni taklif qiladi, lekin bu taklif faqat taxt uchun ekanligini sezgan qirolich bu taklifni rad etadi. Lekin qanday bo’lsada o`z maqsadiga erishishni istagan graf davlat to`ntarishini amalga oshirish davomida mag`lubiyatga uchraydi. Londonning Tauer qamoqxonasida saqlaniyotgan Deveroni hech ikkilanmay o`limga mahkum etagan qirolicha Yelizaveta I uning o`limidan ikki yil ham o`tmay qattiq dardga chalinib, bu yorug` dunyoni tark etadi. Yelizavetaning o`limi bilan Tyudorlar sulolasining hukmronligi ham barham topadi. Taxtga Tyudorlar sulolasiga qarindosh Shotlandiya qiroli Yakov VI Styuart o`tqazildi. Shu tariqa Angliyada Styuartlar sulolasi qirollik taxtini egalladi.


Veto (lotincha - taqiqlayman) - davlat boshlig 'ining biror qonunni yoki qarorni kuchga kirishdan to`xtatib qo`yish huquqi.

Kontrreformatsiya - XVI-XVII asrlar o 'rtalarida Yevropada Rim Papasi rahnamoligida reformatsiyaga qarshi qaratilgan diniy-siyosiy harakat.


Parlament – dastlab Fransiyada tashkil etilgan. Fransuzcha “pag’le – gapirmoq” mazmunini anglatadi.

Indulgensiya – lotincha “avf” gunohlardan kechish uchun sotiladigan yorliq.

1509-1547-yil 28-yanv. Genrix VIII Tyudor .

1543-yil Yelizaveta 10 yoshida Genrix Tyudor 6-marta Yekaterina Parrga uylangan.

1547-1553- yil Eduard VI Tyudor.

1553-1558-yil Mariya Tyudor.

1554-yil Mariya Tyudor Filipp Ispanskiyga turmushga chiqqan.

1558-1603-yil. Yelizaveta Tyudor I.

1559-yil 15-yanvarida Vestminster abbatligida Yelizavetaga toj keltirilgan.

1560-yil Robert Dadlining xotini o’lgan.

Robert Dadliga Leychester grafligi unvoni berilgan.



1566-yil Mariya Styuart o’g’il ko’rgan.

1568-yil Mariya Styuart Angliyaga kelgan.

1570-yil Yelizaveta I katolok cherkovi bilan aloqani uzgan.

1587-yil Mariya Styuart o’limga hukm qilingan.

1588-yil ingliz-ispan urushi La-Mansh bo’g’ozida bo’lgan.

1588-yil Robert Dadli o’lgan.

Esseks grafi Robert Devero Yelizavetaga turmush qurishni taklif qilgan.



1601-yil Robert Devero o’limga mahkum etilgan.

1603-yil 24-martida Yelizaveta vafot etgan.

1603-yil martida Iyakov Styuart Mariyaning o’g’li taxtga o’tirgan.

Anjuiskiy gersogi, Fransiya qiroli, Genrix II, Ispaniya qiroli Filipp II lar turmush qurishni taklif etishgan.



1558-1603-yil

1509-1547-yil

1553-1558-yil

1547-1553-yil

1554-1543-yil

1559-yil 15-yanvar

1860-yil

Robert Dadli

1566-yil

Mariya Styuart

1568-yil

1570-yil


1587-yil

1588-yil


Robert Devero

Uilyam Sesil

Iyakov Styuart

Mariya Tyudor

Genrix Tyudor

La-Mansh


80 /130

1603-yil 24-mart

1601-yil

Parlament

Katolik

Protestant



Veto

Yekaterina Aragonskiy

Tauer

Yekaterina Parr



Anna Boleyn

Edurad VI



Dars o’tishda foydalangan adabiyotlar:

  1. 8-sinf jahon tarixi darsligi. U. Jo’rayev, R. Farmonov, Sh. Ergashev. “Sharq nashriyoti”.

  2. Jahon tarixini o’zgartirgan 5 ta qirolicha . Meri Li Devis, ruschadan M. A. Timofeyeva tarjimasi.

  3. Yevropa me’moriy obidalari





Protetant

Monopoliya

Tarqoqligi tufayli

Katolik cherkovi

Manufaktura

Martin Lyuter

Reformatsiya

95 tezis



Protetant

Monopoliya

Tarqoqligi tufayli

Katolik cherkovi













Manufaktura

Martin Lyuter

Reformatsiya

95 tezis













O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI.



“IJTIMOIY FANLAR VA MA’NAVIYAT ASOSLARI” KAFEDRASI

MAVZU: Angliyada qirol hokomoyatining kuchayishi.

Bajardi: ____________

Tekshirdi: ____________

Samarqand 2013


1

2

3

4

5

6

7

8



1

2

3

4

5

6

7

8



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat