Mavzu: Amir Temur va temuriylar davlati. Reja



Download 23,28 Kb.
Sana30.08.2021
Hajmi23,28 Kb.
#159953
Bog'liq
tarix 1



Mavzu: Amir Temur va temuriylar davlati.

Reja

1. XIV asrning 40-yillarida Chig‘atoy ulusidagi siyosiy ahvol. Amir Temur va Suyurg‘atmishxonlarning Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilinishi.

2. Markazlashgan Amir Temur saltanatining tashkil topishi.

3. Amir Temurning Mo‘g‘uliston, Hirot, Eron, Seyiston, Astrabod va Ozarbayjon ustiga qilgan yurishlari. Amir Temurning Ozarbayjon va Forsga qilgan uch yillik (1386-1388) yurishi. Amir Temurning To‘xtamishga qarshi yurishlari va mo‘g‘ullar ustidan erishgan g‘alabasining xalqaro ahamiyati.

4. Amir Temurning Eronga qilgan besh yillik (1392-1396) va Hindistonga qilgan yetti yillik yurishlari (1399-1405).

5. Sulton Yildirim Boyazidning Anqara ostonasidagi mag‘lubiyati (1402). Amir Temurning Xitoyga yurishi va O‘trorda vafot etishi (1405 y. fevral). Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon, buyuk davlat arbobi.

6. Temur tuzuklari. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni. Amir Temur saltanatining ma’muriy va harbiy tuzilishi. Amir Temur va bugungi kun.

7. Amir Temur vafotidan so‘ng, temuriylar o‘rtasidagi taxt uchun kurash va Temur saltanatining parchalanishi. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hayot.

1.

XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik g‘oyatda kuchayib, о‘zaro ichki kurash yanada keskinlashadi. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular о‘rtasda nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Bu davrda mamlakatda yagona uyushgan davlatning yо‘qligi, uning siyosiy jihatdan maydalanib ketganini о‘rta asr muarrixlaridan G‘iyosuddin Xondamir о‘zi-ning “Habib us-siyar” nomli asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Amirzoda Abdullo binni amir Qazog‘on (1346-1358) vafotidan sо‘ng Turkiston ahvolidan haraju maraj (boshboshdoqlik) yо‘l topib, har shaharda mustaqil shohlikka intilishlar maydonga keladi. Har qasabada bir uyatsiz davlat iqbol havosi bilan qо‘zg‘alishga oyoqbosdi”. Xondamirning yozishicha, ulus о‘nga yaqin mustaqil bekliklarga bо‘linib ketadi. Samarqand viloyatida Amir Bayon Sulduz, Keshda Amir Xoja Barlos, Xо‘jandda Amir Boyazid Jaloir, Balxda Ujaydu Sulduz, Shiburg‘onda Muhammad Xoja Yazdiy, Kо‘histonda Amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodman chegarasida Amir Husayn va Amir Xizir Yasovuriylar о‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar.



Nizomuddin Shomiyning sо‘ziga qaraganda, mamlakatda hokimlar о‘rtasida doimo nizolar va g‘alayonlar bо‘lib turar, davlat ishlari esa bugunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy parokandalik, о‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bо‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa dehqonlar xо‘jaligini xonavayron qilgan edi. Buning ustiga Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mо‘g‘uliston amirlari Movarounnahrni bosib olishga harakat qiladilar. Bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytadilar. Mо‘g‘uliston amirlarining vayrongarchilik yurishlariga qarshi kurash boshlanib ketadi. Mо‘g‘ullar istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi.

Mana shunday ichki о‘zaro urushlar qizigan, mо‘g‘ullar zulmiga qarshi mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda qisqa vaqg ichida о‘rta asrlarning yirik davlatini vujudga keltirgan sohibqiron Amir Temur siyosat maydoniga dastlabki qadamlarini qо‘ymoqda edi.

Amir Temur (1336-1405) Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xо‘jailg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘)da 1336 yil 9 aprel kuni tavallud topgan. Uning tо‘liq ismi Amir Temur Kо‘ragoniy

ibn Amir Taragay ibn Amir Burkul. Yozma manbalarda u Temurlang, Yevropa adabiyotida esa Temurlan nomlari bilan ham ta’riflanadi. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yо‘lidagi dastlabki harakati XIV asrning 60-yillari boshlaridan boshlanadi. Buning sababi bor edi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning о‘zaro kurashi kuchayib, Amir Qazoton о‘ldiriladi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjga chiqib, har jihatdan og‘ir tanglik sodir bо‘ladi. Bu davrda Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi - Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan mо‘g‘ul xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu о‘lkada о‘z hokimiyatini о‘rnatishga harakat qiladilar. Mо‘ul xonlaridan Tug‘luq Temur (1359-1363) 1360-1361 yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Mо‘g‘ul xonlarining g‘oratu rongarchilik yurishlari, istibdodi va zulmiga qarshi xalq harakati boshlanadi. Biroq Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bо‘lib, mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga о‘tadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, о‘zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh viloyataning hukmdori Amir Xoja Barlosdek bahodirbek Xuroson tomon qochadi.

Mо‘g‘ullarga qarshi turish uchun kuchlarning teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tug‘luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bi-lan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan Kesh vshyuyatini butunlay qо‘ldan chiqarib yubormaslik maqsadida xon xizmatiga о‘tadi. Natijada Tushuq Temurning yorlig‘i bilan о‘z viloyatining dorug‘asi etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojlikdan qо‘yilgan siyosiy va strategik qadam edi. Bu bilan Amir Temur mо‘g‘ullarning navbatdagi talonining oldini olib, mamlakat va xalqni bunday halokatdan qutqargan edi. Biroq Movarounnahrning xukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja bilan Amir Temurning murosasi tо‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli u 1361 yillar oxirida mamlakatni tark etishga majbur bо‘ladi. U Movarounnahrning nufuzli amirlaridan Husayn bilan itgafoq tuzadi. Amir Temur Husaynning singlisi О‘ljoy Turkon Og‘oga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada mustahkamlanadi. Amir Temur va Husayn avval-boshidanoq movarounnahrlik isyonkor amirlarga, sо‘ngra esa, mо‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradilar. 1363 yilda Amudaryoning chap sohilida - Qunduz shahri yonida mо‘g‘ullar bilan birinchi jangi bо‘lib, unda Amir Temur va Husaynlar umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida itgifoqchilar Ilyosxoja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364 yil oxirida ular mо‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar.

Biroq Movarounnahrni qо‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 yilning bahorida yana Turkiston ustiga qо‘shin tortadi. Ikki о‘rtadagi jang 1365 yil 22 may kuni Toshkent bilan Chinoz о‘rtasida, Chirchiqdaryosi bо‘yida sodir bо‘ladi. Tarixda u “Jangi loy” nomi bilan shuxrat topadi. Chunki о‘sha kuni kuchli jala quyib, jang maydoni botqoqlikka aylanadi, hatto otlar loyga botib qoladi. Jangda Amir Temur bilan Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ular mag‘lubiyatga uchraydilar. Jangda Amir Temur qо‘shini g‘olibona harakat qilib, zafar topayotgan bir paytda Husayn о‘z askarlari bilan jang maydonini tark etadi. Amir Temur chekinishga majbur bо‘ladi. Bu g‘alabadan sо‘ng esa Ilyosxoja hech qanday qarshshshkka uchramay, Xо‘jand va Jizzax shaharlarini egallab, Samarqand ustiga yuradi. О‘sha paytlarda Samarqand katta qо‘shinga qarshilik kо‘rsata olmasdi. Shaharning na devori va mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi va na bironta shijoatli amiri bor edi. Lekin mо‘g‘ullarga qarshi xalq kо‘tariladi. Shahar mudofaasini u о‘z qо‘liga oladi. О‘z g‘alabasi bilan sarmast Ilyosxoja boshliq mо‘g‘ullar jabrdiyda samarqandliklar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchraydilar. Uzoq davom etgan mо‘g‘ullar hukmronligiga qarshi kо‘tarilgan bu xalq harakati tarixda “sarbadorlar” harakati nomi bilan shuhrat topadi.

2 XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Husayndan kо‘ra Amir Temur zamonning bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u о‘z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki va о‘ziga yaqin g‘animlaridan boshlaydi. 1370 yil bahorida Amir Temur kuchli raqib, sobiq ittifoqdoshi Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yо‘lga chiqadi. Qо‘shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog‘iga yetganda Andhud aslzodalaridan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatani qо‘llab-quvvatlab, unga hokimiyat ramzlari –katta nog‘ora (tabl) bilan yalov - bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz, bu voqea siyosiy ahamiyatga ega edi. Bu bilan shayx Amir Temurning hukmdorligini rasman tan olib, uni qо‘llab-quvvatlagan edi. Amir Temur Balxga yetmasdan О‘rpuz mavzeida amir va nо‘yonlar bilan mashvarat о‘tkazadi. Kо‘pchilikning xohish va ixtiyori bilan, qadimiy qonun-qoidaga kо‘ra, Chingiziylar avlodidan bо‘lgan Suyurg‘atmish о‘g‘lon (1370-1388) mamlakat podsholigi taxtiga о‘tkaziladi. Bu orada Amir Temur qо‘shini to Balxga yetib borguncha, yо‘l-yо‘lakay yangi kuchlar kelib qо‘shiladi. U Boj kechuvi oldida Qarqaradan Jaku Barlos, Xuttalondan amir Kayxusrav, daryoning narigi tomonida esa, Xum mavzeidan Amir О‘ljoytu va Badaxshon shohi Shayxmuhammad hamda Shiburg‘ondan Zinda Chashm о‘z lashkarlari bilan yetib keladilar. Bu asnoda esa Amir Husaynni kо‘pchilik amirlari tark etadilar. Jangda Amir Husayn qо‘shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaddan sо‘ng, 1370 yilning 10 aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bо‘ladi. Amir Husayn asirga olinib, qatl etiladi. Bu kalabadan sо‘ng Amir Husaynning xotinlaridan biri Movarounnaxrning Chingiziylardan bо‘lgan sobiq hukmdori Qazonxon (1343-1346)ning qizi Saroymulkxonimni о‘z nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabata bilan Amir Temur “kо‘ragon”, ya’ni “xonning kuyovi” nomini oladi. Amir Husaynning haramidagi boshqa xotinlari bilan mol-mulki beklarga bо‘lib beriladi.

1370 yilning 11 aprelida Chig‘atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning zodagonlari hamda Termizning xonzodalari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy о‘tkaziladi. Manbalarda ta’riflanishicha, qurultoyda e’tiborli amirlar, Temurning yoshligidagi quroldoshlari va uning sobiq dushmanlari hozir bо‘lgan edilar. Ular orasida Amir Shayxmuhammad Bayon Sulduz, Amir О‘ljoytu, Amir Kayxusrav, Amir Joku Barlos, Amir Zinda Chashm va mо‘tabar ma’murlar bor edi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasmiy tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Garchi saltanat taxtiga, an’anaga kо‘ra, dastlab nomigagina Suyurg‘atmish (1370-1388), sо‘ngra uning vafotidan keyin Sulton Mahmudxon (1388-1402) о‘tqazilgan bо‘lsa-da, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur о‘zi boshqaradi, viloyatlardagi hokimiyat о‘gillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qilinadi.

Movarounnahrning yagona hukmdori bо‘lib olgach, Amir Temur о‘z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga kirishadi. Avvalambor davlat uchun mustahkam poytaxt - bebosh mahalliy hukmdorlarning hujumlariga qarshi tura oladigan bir qarorgoh zarur edi. Shu maqsadda Amir Temur 1370 yilning may oyida Samarqandga qaytadi va shahar devorlari, qal’alar hamda saroylar bino qilishga kirishadi. Bunday qurilishlar Samarqand mо‘g‘ullar tomonidan vayron etilgandan keyin 150 yil о‘tgach birinchi marta bunyod qilingan umumjumhuriy inshootlar edi. Sо‘ngra u holdan toygan mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etadi.

3Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarihda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar nomi bilan shuxrat topdi. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armaniston (Van kо‘li atrofi)dagi yerlar egallanadi.

4 Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil fath ztishga kirishadi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida G‘arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi, muzaffariylar va jaloyiriylar sulolasining hukmronligi barham topadi.

Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan g‘orati (1398 yil may - 1399 yil mart) qariyb о‘n bir oy davom etadi. Hindistondan u katga о‘lja, shu jumladan, 120 ta jangovar fillar bilan qaytadi. О‘ljalarning bir qismi navkarlarga tarqatilib, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarf etiladi.

5Amir Temur Boyazid Yildirim bilan bо‘ladigan jangga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi. Nihoyat, Rumga yuzlanib, avval Kemah (Komoh) qal’asini fath etadi, sо‘ngra Anqara shahrini qamalga oladi.

Amir Temur bilan Sulton Boyazid qо‘shinlari о‘rtasidagi sо‘nggi va hal qiluvchi jang 1402 yil 20 iyulda Anqara yaqinida - Chubuqobod degan mavzeida sodir bо‘ladi. Bu muhoraba tarixda “Anqara jangi” nomi bilan shuhrat topadi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bо‘lib 360 ming nafar, shu jumladan, Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan Sohibqiron qо‘shini о‘zining an’anaviy jangovar tartibi -yasolda harakat qiladi. Qо‘shinning 40 qismdan iborat markaz - g‘uliga Amir Temur bevosita о‘zi qо‘mondonlik qiladi. Uning о‘ng qanoti - burong‘origa о‘g‘li Mironshoh Mirzo, nabiralari Muhammad Sulton, Pirmuhammad, Amir Shayx Nuriddinlar, sо‘l qanoti juvong‘origa kenja о‘g‘li Shohruh Mirzo, nabiralari Xalil Sulton, Rustam Bahodir, Amir Sulaymonshoh va Amir Shohmaliklar rahbarlik qiladilar. Qо‘shin markazi manglayida uchiga yarim oy shaklidagi oltin tо‘g‘ro о‘rnatilib, tо‘riq ot yoli osilgan zangori davlat alami bayrog‘i muttasil hilpillab turardi. Shuningdek, о‘ng qanot xirovuliga Sohibkdeonning nabirasi Abu Bakr Mirzo yetakchilik qiladi. Chap qanot xirovuliga esa Sulton Husayn Mirzo. Markazning о‘ng tarafida Umarshayx Mirzoning о‘g‘li Ahmad Mirzo, Toshtemir о‘g‘lon sh Shohsuvor singari sarkardalar joylashadi. Markazning chap tomonida Jalol Islom, Tavakkal Qarqara, Alimuhammad kabi bahodirlar о‘rin oladi. Qо‘shin saflari oldida 30 ta jangovar fil mahorabaga shay qilinib, ular ustida sovut va dubulg‘a kiygan filbonlar bilan tirandoz va otashboz naftandozlar joylashgan edi. Markazlar va qanotlar ortida Iskandar Mirzo boshliq zaxiradagi qismlar о‘rin olib, ular jang holatini mutgasil kuzatgan holda dushmanga tо‘satdan beriladigan hal qiluvchi zarbaga tayyor turardi. Amir Temur qо‘shini yasolining qarshisidan Sulton Boyazidning Rum va Farang mamlakatlaridan tо‘plagan lashkarlari saf tortib turardi. О‘ng qanotga sultonning qaynisi serb knyazi Lazarevich qо‘mondonlik qiladi. Bu qism о‘tirg‘itgich ra’dandozlar bilan qurollangan yigirma ming nafarli serb polklaridan tashkil topgan. Rum askarlaridan iborat qо‘shinning sо‘l qanotini Boyazidning katga о‘g‘li Sulaymon Chalabiy boshqaradi. Bu qanot turk suvorilar bilan kuchaytirilgan. Qо‘shin markazida Boyazidning о‘zi va uning orqasi aryergardida о‘g‘illari Miso, Iso va Mustafolarning harbiy qismlari joylashgan edi.



Anqara jangi Mironshoh Mirzoning g‘anim juvong‘origa bergan kuchli zarbasi bilan boshlanadi. Biroq, rumliklar matonat bilan qarshilik kо‘rsatadilar. Jangu jadal shiddat olib turgan pallada Boyazid askarlarining bir qismi hujumga bardosh bera olmay jang maydonini tark etib qochadi. Dushman qо‘shini saflarida paydo bо‘lgan sarosimalikni payqagan Amir Temur barcha amirzodalar, umarolar va nо‘yonlarga birgalikda dushmanga qarshi hujum qilishga amr qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Soxibqiron kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan Sulton askarlari chekinishga majbur bо‘ladi. Boyazid qо‘mondonligidagi jangchilar qatgiq turib qarshilik kо‘rsatadilar. Turk yanichо‘rlarining birontasi ham qolmaydi, barchasi qirib tashlanadi. Suyurg‘atmishxonning о‘g‘li Sulton Mahmudxon Boyazidni asirga oladi. U bilan birga о‘g‘li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta’qib etib Anadulu yarim orolini egallaydi, Rum (О‘rta Yer) dengizining sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini fath etadi va salbchilarning Yaqin Sharkdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Sо‘ngra Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari taslim bо‘ladilar. Misr ham о‘z itoatkorligani izhor etadi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlaridan, xususan, Bursada Vizantiya va butun nasoro olamidan Boyazvdga yikib berilgan bojlardan tо‘plangan katta о‘ljani qо‘lga kiritadi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlar katgagina karvonga yuk bо‘lar edi.

Boyazid Yildirim qо‘lga tushirilib, о‘rdugohga olib kelinganda, о‘z ganimiga podshohona hurmat va ehtirom kо‘rsatgan Soxibqiron turk sultoni vafotidan sо‘ng (1403 yil 9 mart) uning vorislariga himmat kо‘zi bilan boqadi va ularga beqiyos muruvvatlar qiladi. Boyazidning tо‘ng‘ich о‘g‘li Sulaymon Chalabiy turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etab tayinlanadi. Edirne (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilanadi. Anadо‘lu yarim orolining shimoli-g‘arbiy qismi suyurg‘ol sifatida Iso Chalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantiriladi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarish Muso Chalabiy qо‘liga toshdiriladi. Chunki Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida emas edi. Vaholanki, salb yurishlarining oqibatlari, Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlaridagi ilinjlari hali musulmon olami yodidan kо‘tarilmagan edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saklab qoldi va Boyazid vorisla riga muruvvat qо‘lini chо‘zdi. Shunday bо‘lsa-da, Boyazid usti dan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix VI (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390-1408) tabriklab, unga о‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.
Download 23,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish