Mavzu: Amir Temur va Mirzo Ulug‘bekning tabiat faniga qo‘shgan hissalari Reja



Download 20,19 Kb.
Sana12.02.2020
Hajmi20,19 Kb.
#39525
Bog'liq
Amir Temur va Mirzo Ulug‘bekning tabiat faniga qo‘shgan hissalari

Mavzu: Amir Temur va Mirzo Ulug‘bekning tabiat faniga qo‘shgan hissalari

Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

1. Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasi

2. «Ulug`bek akademiyasi»

3. «Ziji jadidi Ko`ragoniy» («Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali»)


  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug`bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geogra­fiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi, O`rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda.

  Mirzo Ulug`bekning nomi butun dunyoga buyuk mutafakkir sifatida ma’lum. Ammo u dastlab, bobosi Amir Temurga va so`ng otasi Shohruxga turli yurishlarda hamroh bo`lgan. Movarounnahr hukmdori bo`lgach, keyinchalik o`zi ham mamlakatning turli qismlarini kezgan. Safarlari davomida ko`rganlarini o`zining ilmiy faoliyatida keng qo`llagan. Shuning uchun Ulug`bekni sayyoh-olimlar qatoriga kiritishimiz mumkin.

  Mirzo Ulug`bek (to`liq ismi sharifi - Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug`bek Ko`ragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chog`ida Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining tarbiyasini katta rafiqasi Saroymlkxonimga topshiradi va ana shundan keyingi 11 yil davomida berilgan tarbiya Mirzo Ulug`bekning buyuk inson bo`lib shakllanishida katta rol o`ynagan.

  1409-yilda temurzoda Shohrux o`g`li Ulug`bekni Samarqand hokimi etib tayinlagan va 1411-yildan boshlab esa Mirzo Ulug`bek butun Movarounnahr boshqaruvini qo`lga olib, Samarqandni ilm- fan markaziga aylantirdi.

  Mirzo Ulug`bek fan xomiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas, uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqanda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi Gijduvondadir (1433). Hatto, Buxorodagi Madrasa peshtokiga hadisdan olingan lavhani: «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb yozdirib qo`ygan. 

 

Asosiy qism

Tarixchilarning yozishicha, Ulug`bek kuchli xotira sohibi: geo­metriya, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, mantik, musiqadan hamda Qur’on, hadis va fiqh ilmlaridan yaxshi xabardor bo`lgan. Ammo Mirzo Ulug`bek hayotining asosiy qismini astronomiyaga bag`ishlagan va ushbu fanning XV asrdagi rivojida uning xizmati beqiyos. Chunki O`rta asrlargacha mavjud bo`lgan yo`lduzlar jadvalining sifati, ya’ni aniqligi, O`sha zamoy astronomlarini qoniqtirmas edi. Shu bois, osmon jismlarini kuzatish uchun Samarqandda Mirzo Ulug`bek boshchiligida rasadxona bunyod etish va uni jihozlash ishlari amalga oshirilgan.

  Ma’lumki, rasadxona 1427-1429 yillarda ko`rilgan va uni barpo etish rejasi bo`lajak alloma Mirzo Ulug`bekda bolalik chogidayoq tug`ilgan edi. Chunki olim yoshligida Tehron yonidagi Maroga observatoriyasini ko`rib, havas bilan «men ham shundayni ko`raman», deb ahd qilgan ekan. Ulug`bekning yoshi 26-27 larga yetganda u olimlar bilan yaqindan tanishgan va ular bilan ko`p suhbatlar ko`rgan. 1420-yillarga kelib uning atrofida 60-70 tacha matematik va astronom olimlar to`plangandi. Ulug`bek ko`rdirgan rasadxonaning asosiy qismi radiusini 40,2 metrdan iborat kvadrant tashkil etgan va unda astronomik o`lchashlarni amalga oshirish uchun bir qator boshqa asbob-uskunalar ham o`rnatilgan.

  Rasadxona binosi uch qavatli binodan iborat bo`lgan. Mirzo Ulug`bek o`zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalardagi 100 dan ortiq ilm ahlini to`plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Qavofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi o`z zamonasining zabardast olimlari edi.

  Afsuski, rasadxona binosi Ulug`bek vafotidan keyin qarovsiz qolib, asta-sekin yemirila boshlagan va XVII asrning oxiriga kelib, ustki qismi butunlay buzilgan. Inshootning yer ostidagi qismi esa tuproq ostida qolib, ko`milib ketgan. Rus arxeolog olimi V.Vyatkinning 1908 va 1914 yillardagi Samarqandda olib borgan arxeologik izlanishlari natijasida Ulug`bek rasadxonasi qoldiqlari joyi aniqlanib, keyinchalik uni o`rganish ishlari da­vom ettirilgan.

  Mirzo Ulug`bek Samarqandda rasadxona zamirida «Ulug`bek akademiyasi»ga asos solgan va bu yerda olib borilgan ilmiy kuzatishlari natijasida «Ziji jadidi Ko`ragoniy» («Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali») va «To`rt ulus tarixi» kabi mashhur asarlari yaratilgan. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «Ulug`bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida esa Ptolomeyga o`xshardi».

  «Ziji jadidi Ko`ragoniy» asarida 1018 ta harakatlanmaydigan yo`lduzning koordinatlari hayron qolarli darajadagi aniqlikda ko`rsatib berilgan. Mutaxassislarning tan olishicha, ushbu yo`lduzlar jadvali grek olimlaridan miloddan avvalgi II asrda yashagan Gipparx va milodiy I-II asrlarda ijod qilgan Ptolomey tuzgan jadvallardan keyingi davrda yaratilgan eng aniq astronomik manba hisoblanadi.

  «Ziji jadidi Ko`ragoniy»dagi trigonometrik jadvallar ham o`zining aniqligi bilan alohida ajralib turadi. Jumladan, Mir­zo Ulug`bek astronomiyadagi muhim o`zgarmas miqdor - bir darajaning sinusi qiymatini verguldan keyin 18 ta belgi miqdoridagi aniqlikda hisoblashga muvaffaq bo`lgan.

  Quyosh bir yilda bir marta aylanib chiqadigan fazoviy doira - ekliptikaning og`ishi qiymatini aniqlashda Mirzo Ulug`bek dunyo astronomiya fanida eng oldingi o`rinlarda turadi. Uning 1437-yilda amalga oshirgan hisob-kitoblariga ko`ra, ekliptikaning og`ishi 23°30'17"ga teng va bu qiymat hozirgi zamondagi hisob-kitoblardan bor-yo`g`i 0'32"ga farq qiladi. Shuning uchun ham Ulug`bek tomonidan hisoblangan bir astronomik yil 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekundga teng va bu hozirgi zamon ma’lumotlaridan atigi 58 sekundga farq qiladi. 

  Ulug`bekning yozib qoldirgan asarlarida bir qator geografik ma’lumotlar ham mavjud. «Ziji jadidi Ko`ragoniy»dagi jadvallarda dunyodagi 683 ta aholi punktining geografik koordinatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ulug`bekning yozishicha, u yaratgan rasadxona 39°37'28" geografik kenglikda joylashgan. Hozirgi vaqtdagi o`lchashlar shundan dalolat beradiki, ushbu inshootning joylashgan o`rni 39°40'37" geografik kenglikka to`g`ri keladi. Agar O`rta asrlardagi kuzatish uskunalari va uslublarini hisobga oladigan bo`lsak, Ulug`bek amalga oshirgan ulchash natijalarini juda aniq, deb e’tirof etish mumkin.

  Bundan tashqari, Samarqandlik tarixchi olim Mutrubi Samarqandiyning 1605-yilda yozilgan «Tazkirat ush-shuaro» asarida Ulug`bek tomonidan yaratilgan Sharqiy yarimsharning xaritasi o`rin olgan. Muallifning yozishicha, ushbu noyob xarita Samarqanddagi Ulug`bek madrasasi devoridagi xaritaning kichraytirilgan nusxasi. Unda Sharqiy yarimshar yarim aylana tarzida, o`ziga xos iqlimga ega bo`lgan yetti mintaqaga bo`lingan, daryolar va dengizlar turli ranglarda belgilangan. Xaritada Misr, Basra, Multon, Xo`jand, Buxo­ro, Xazorasp, Xorazm, Qashqar, Sayhun, Sinh va boshqa bir qator joy nomlari ko`rsatilgan.

  Mutrubi Samarqandiyning ma’lumotiga ko`ra, Samarqanddagi Ulug`bek madrasasida toliblar diniy bilimlar bilan bir qatorda adabiyot, metafizika, arif­metika, geografiya va boshqa dunyoviy fanlarni ham o`rganishgan. Muallifning yozishicha, geografiya fani ayni Ulug`bek tuzgan xarita yordamida o`rganilgan.

  Mirzo Ulug`bek yaratgan Samarqand astronomiya maktabining ushbu fan rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi dunyo olimlari tomonidan keng tan olingan. «Ziji jadi­di Ko`ragoniy» asari XVII asrda Oksfordda ingliz tiliga va keyinchalik bir qancha sharhlar bilan dunyoning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. 1648-yilda astronom Yan Gaveliy tomonidan Polshada chop etilgan «Yo`lduzli osmon katalogi»ga dunyo astronomlarining ramziy yigilishini tasvirlovchi gravyura ilova qilingan bo`lib, undan dunyoning mashhur olimlari qatoridan Ulug`bek ham o`rin olgan. «Ziji jadidi Ko`ragoniy»da keltirilgan yo`lduzlar jadvali uzoq vaqt davomida dunyodagi eng yaxshi qo`llanma sifatida foydalanib kelindi va hozirgi vaqtda ham u o`zining ilmiy-tarixiy ahamiyatini yo`qotgan emas. 

  Mirzo Ulug`bekni haqli ravishda yo`lduzlar ilmining sultoni, deb atash mumkin. Olimga cheksiz hurmat hosilasi sifatida mamlakatimizning qator shaharlarida va hatto, chet mamlakatlarda ham haykallar o`rnatilgan. Dunyo faniga qo`shgan katta hissasiga ehtirom sifatida Mirzo Ulug`bekning nomi fazoda ham abadiylashtirilgan. Jumladan, XIX asrda yashab ijod qilgan nemis astronomi Io­gann Genrix fon Medler o`zi ochgan Oydagi kraterni Mirzo Ulug`bek nomi bilan atagan. Ilm-fan va ma’rifatning rivojlanishida Ulug’bekning roli katta bo’ldi. Ulug’bek nomi bilan shuhrat qozongan Muhammad Tarag’ay 1394 yil 22 martda tug’ildi. Yuqorida aytganimizdek, Temur vafotidan keyin 4 yil davom etgan toj-taxt uchun kurashlari natijasida hokimiyat Ulug’bekning otasi Shohruh Mirzo qo’liga o’tdi. Shohruh Mirzo o’zi Xurosonda podsholik qilib, poytaxti Samarqand bo’lgan Movaraunnahrni Ulug’bekga topshirdi. Biroq Ulug’bek boshqa temuriy hukmdorlardan ko’p farq qilar edi. U yangi viloyatlarni qo’lga qo’lga kiritishga, davlatni kengaytirishga emas, balki ko’proq obodonchilikka, ilm-fan va ma’rifatning rivojlanishiga e’tibor berdi. Jumladan, u Buxoro, Samarqand, G’ijduvon va boshqa shaharlarda madrasalar qurdirdi. U Buxoro madrasasining darvozasiga «Ilmga intilish xar–bir muslim va muslima uchun karzu-farzdir. Degan xadisni yezdirib kuygan.Demak. u musulmon erkaklаr bilan bir qatorda xotin-qizlarning ham ilm olish huquqini himoya qilgan. Ayniqsa, Samarqanddagi Ulugbek madrasasi mamlakatda diniy va dunyoviy ilmlarni tarqatishda tabiiy fanlarni rivojlanishda o’ziga xos markaz rolini o’ynadi. Madrasaning birinchi mashg’ulotini mashhur olimlar Muhammad Xavofiy va Qozizoda Rumiylar o’tkazgan edi.Madrasa yirik ilmiy markazga aylandi. Ulug’bek, G’iyosiddin Jamshid, Abuali Birjandiy, Mansur Koshiy, Ali Qushchi, Maryam Chalabiy va boshqa olimlar astronomiya, matematika, geometriya va boshqa fanlardan muntazam ilmiy ish olib bordilar. Ulug’bek bu olimlarning yordami bilan Samarqandda Obirahmat arig’i yonida Ko’xaq tepaligida 1424 yilda katta rasadxona-observatoriya qurdi. Bu observatoriyadagi asboblar, jumladan asosiy asbob bo’lgan sekstant o’z aniqligi bilan XV asrning barcha observatoriyalaridagi asboblardan ustun turadi. Ulug’bek bu observatoriyada ertayu-kech kuzatish olib boradi, sayyoralar olamining sirlarini aniqlaydi. 1018 yulduzning holati va harakatini o’rganib chiqadi.

Astronomiya fanini yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’taradi. O’z kuzatishlarini yakunlab o’zining yirik asari «Ziji jadidi Ko’ragoniy (Yangi Ko’ragoniy yulduzlar jadvali)ni» yozadi. Bu asar nazariy kirish qism va 4 katta bobdan iborat.

Xulosa

Kirish qismida «Din tumanday to’zg’ib ketadi. Podsholiklar emiriladi, ammo olimlarning xizmatlari mangu qoladi»-deb yozadi. Shuning bilan insoniyat uchun fanning ahamiyatini yuksak baholaydi. Bu asarida Ulug’bek hindlar, greklar, eronliklar va boshqa xalqlarning kalendarlarini tanqidiy tahlil qilib, o’zidan oldin o’tgan Erotosfen, Gipparx, Ptolomey, Al-Battoniy, Ibn Yunus, Nasriddin Tusiy va boshqa astronomlarning muvaffaqiyatlarini orqada qoldirgan edi. Sayyoralar olamini o’rganishda, yil, hafta, kecha-kunduzni belgilashda mislsiz katta yutuqlarga erishdi. Ulug’bek yilni takomillashmagan asboblar bilan o’lchab hisoblashda atigi 58 sekundda xato qilgan (hozirgi zamon hisobi bo’yicha 2 yil 365 kun 6 soat 9 minut 10 sekunddan iborat).

Ulug’bek tuzgan bu yulduzlar jadvali vaqt ustidan nazorat qilishda, kun, hafta, oy va yillarni to’g’ri belgilashda shahar va mamlakatlarning koordinatalarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

1 oy harakatiga hijriy kalendar asoslangan arab kalendari bo’yicha hisoblaganda har yuz yilda 3 yil tafovut chiqadi. (Hozirgi Grigoryan kalendarida ham har 4 yilda 1 kun ortib qoladi. U qobisa yiliga qo’shib hisoblanadi). Ulug’bek san’at ahillari va shoirlarga homiylik qilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, u muzika kuylari ham yaratgan, she’rlar yozgan. Ulug’bekning ilm va ma’rifat bilan keng shug’ullanishi, san’at va adabiyotga ixlosi xotin-qizlar taqdiriga gumanistik munosabatda bo’lishi va boshqa ilg’or harakatlari reaktsion ruhoniylar boshchiligida barcha reaktsion qora kuchlarni o’rtadan olib tashlash uchun chora-tadbir ko’rdilar. Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda yovuzlarcha o’ldirdi

Samarqand Ulug’bekdan keyin ham uzoq vaqtgacha O’rta Osiyoning katta ilmiy va madaniy markaz bo’lib qoldi. XV.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


  1. I.Karimov “Sohibqiron kamolga yetgan yurt” T.1996


  2. I.Karimov “Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir” T.1996


  3. I.Karimov “Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamrohlik ruhi bizga namuna bo’laversin” Asarlar, 4-j., T. 1996;


  4. Amir Temur jahon tarixida, Parij. 1996


  5. Hamidulla Dadaboyev Amir Temurning harbiy mahorati T. 1996


  6. Temur tuzuklari, forschadan Alixon Sog’uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi T. 1991


  7. Ibn Arabshoh, Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T. 1992


  8. Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T. 1996


  9. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T. 1997





Download 20,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish